102
YUQUMLI KASALLIKLAR KO’P YILLIK DINAMIKASINI TAHLIL
QILISH
Ushbu tahlilning maqsadi:
- Kasallanishning ko’p yillik tendensiyasini aniqlash;
- Epidemik siklning jadallashish va davom etishini aniqlash;
- Epidemiyaga qarshi o’tkazilgan tadbirlarning samarasini aniqlab,
ularga baho berishdir.
Kasallanishning ko’p yillik o’zgarish sur’atini tahlil qilish uslubi
Ko’p yillik o’zgarish sur’ati - bu ma’lum yillar ichida kasallanishning
o’zgarishi. Bu o’zgarishlar har xil sabablar ta’sirida bo’ladi.
Bu sabablar uch guruhga bo’linadi:
1. Doimo ta’sir qiluvchi sabablar.
2. Davriy ta’sir etuvchi sabablar. Ularning ta’siri ma’lum yillarda davriy
qaytariladi.
3. Epidemik jarayon jadalligining o’zgarishiga sabab bo’luvchi tasodifiy
uzluksiz o’zgaruvchi omillar. Shunday qilib ko’p yillik tendensiyalarning turlari
quyidagicha:
1. Bir taraflama yo’naltirilgan o’zgarishlar.
2. Davriy tebranishlar.
3. Davriy bo’lmagan tebranishlar.
Dostları ilə paylaş: