Chorvachalik va parrandachilik xo’jaliklarida salmonellyozlar profilaktikasi
Tibbiy xizmat ham, veterinariya xizmati ham salmonellyozlarning oldini
olishda katta ahamiyatga ega.
Tibbiyot va veterinariya xodimlari quyidagi qoidalarga amal qilishlari lozim.
1. Hayvonlarda va parrandalarda salmonellyoz kasalliklari aniqlanganda
veterinariya xodimlari bu haqda mahalliy DSENMga xabar qilishlari zarur. O’z
navbatida tibbiyot xodimlari epidemik o’choqda epidemiologik tekshirish
o’tkazishda va uni bartaraf etishda zarurat tug’ilganda veterinariya xodimlarini
jalb qilishlari lozim.
2. Sut fermalariga ishga kiruvchi shaxslarni salmonellyoz yo’qligiga
tekshirish lozim. Sut zavodlarida va sut oshxonalarida sutni yig’ish, saqlash va
tashishga, jihozlash, asbob-uskunalarga ishlov berish sifatiga, pasterizatorlarning
sozligi va samarali ishlashiga, sut va sut-qatiq mahsulotlarini sovutish rejimiga
e’tibor berish zarur.
3. Chorvachilik va parrandachilik fermalarida rejali va epidemiologik
ko’rsatmalar bo’yicha dezinfeksiya va deratizatsiya qilish lozim. Hayvonlar
salmonellyoz bilan og’riganda hayvonlar saqlanadigan joylarni har kuni
dezinfeksiya qilish zarur.
4. Hayvonlar majburan so’yilgan taqdirda go’sht va uning mahsulotlarini
veterinariya va bakteriologiya jihatidan tekshirmay turib ishlatish qatiyan man
etiladi. Majburan so’yilgan hayvonlar go’shtini qayta ishlash, saqlash va sotishning
sanitariya-gigiyena talablariga to’la rioya qilish lozim.
5. Salmonellyozlar tez-tez qayd qilinib turgan xo’jaliklardan mollarni
qushxonalarga yuborishda bu haqda qushxona ma’muriyatiga yozma ravishda
xabar qilish kerak.