Epidemiologik tahlil - bu shifoxona ichidagi kasallanish darajalari,
dinamikasi, gospital infeksiya kasalligining strukturalarini aniqlashdan iborat.
Buning uchun ajralayotgan salmonellalar haqida ma’lumotlarni bilish kerak,
tashqaridan kelgan infeksiyalar sonini va shifoxona ichida salmonellyoz bilan
kasallanganlarni va bundan tashqari ma’lum vaqt oralig’ida Shu shifoxonada
kasallangan bolalar haqida ma’lumotlar bo’lishi kerak.
Shifoxonalardagi
epidemiologik
tekshiruvda
quyidagilar
asosida
qoniqarsizligi aniqlanadi.
1. Tahlil qilinayotgan davrda shifoxonadagi kasallanishlar soni.
2. Tashqaridan kelgan infeksiyalarning shifoxonadagi kasallarga bog’liqlik
ko’rsatkichlari epidemik jarayon tipiga qarab bu ko’rsatkichlar o’zgarishi mumkin.
Ro’yxatga olingan sporadik kasalliklarning intensiv ko’rsatkichlari 1,0dan
(1000 ta bolaga) oshmaydi. Sekin kechuvchi ko’tarilish maishiy muloqot yo’li
bilan yuqishda 1,0 dan 10 gacha, oziq-ovqatlardan kelib chiqadigan ko’tarilish
30,0-40,0 gacha oshishi mumkin.
Epidemik holatda kuzatilgan kamchiliklarning oldini olish sanitariya-
epidemiologiya xizmati rejali topshiriq tuzadi va bunda sanitariya-gigiyenik va
epidemiyaga qarshi chora-tadbirlarni, dezinfeksiya rejimini kuchaytirish va
shifoxonaning material-texnik bazasini mustahkamlash haqida ushbu shifoxona
ma’muriyatiga yuboradi.