151
prognozi bo’yicha sakkizinchi pandemiya ham boshlangan, biroq boshlangan yili
hozircha aniq ko’rsatilmagan. Sakkizinchi pandemiya Bengal-O -139 shtammi
bilan boshlangan 1996—97 yillarda bemorlar soni 1 mln.dan oshib ketdi. Asosiy
epidemiya Osiyo, Afrika, Lotin Amerikasi davlatlari (Hindiston, Pokiston,
Bangladesh, Eron, Xitoyda) qayd etildi.
U yoki bu mamlakatga infeksiya qo’zg’atuvchisi o’tishi natijasida vaboning
epidemik avj olishi va bunda epidemiyalarning oldini olishga faqat tibbiy chora-
tadbirlar yordamida erishib bo’lmaydi. Bunga erishish uchun yirik ijtimoiy va
kommunal o’zgartirishlarni amalga oshirish talab qilinadi. Hatto qoniqarli
sanitariya - gigiyena holati va yaxshi sanitariya sharoiti mavjud bo’lgan davlatlar
ham o’z hududlarida vaboning avj olish xavfidan kafolatlanmagan.
Dostları ilə paylaş: