100000 aholiga 2,0 va undan ortiq kasallik ko’rsatkichi to’g’ri kelgan
hududlarda A va S seroguruhga kiruvchi polisaxarid menigokokk vaksinasi
qo’llaniladi.
Emlashlar kasallikni yuqtirishga o’ta moyil guruhlarda o’tkaziladi:
- turli joylardan kelib o’qiydiganlar va yotoqxonada turadiganlar (institut,
texnikum, vaqtincha ishlovchilar);
- 5 yosh va undan katta doimiy bir-birlari bilan muloqotda bo’luvchilar
(bolalar uyi, maktab-internat);
- yozgi lager, dala-hovlilarga ketayotgan bolalar ketishdan 2 hafta oldin
vaksinatsiya qilinishi lozim, vaksinatsiya 3 yilda 1 martadan ortiq bo’lmasligi
kerak. Teri ostiga bolalarga 25 mkg miqdorida yuboriladi. 5-8 yosh - 25 mkg (0,25
ml), 9-13 yosh - 50 mkg (0,5 ml), kattalarga 75 mkg (0,75 ml), emlanganlardagi
mahalliy o’zgarishlar 2 kundan keyin yo’qolib ketadi. 30% emlanganlarda 6-8
soatdan keyin 37,1-37,5°S gacha tana harorati ko’tarilishi mumkin va u bir
sutkadan keyin o’z holiga keladi. Emlash o’tkazish uchun kasallikning etiologik
holatini bilish kerak.