28
b) kasallik qo’zg’atuvchisini yuqtirishda qatnashadigan omillarni aniqlash;
v) kasallik o’chog’ining chegaralarini belgilash;
g) zararsizlantirilishi lozim bo’lgan atrof-muhit obektlarini aniqlash;
d) kasallik yuqish xavfi bo’lgan shaxslarni, shuningdek tibbiyot xodimlari
kuzatuviga muhtoj, ayrim hollarda esa ajratib qo’yilishi lozim bo’lgan shaxslarni
aniqlash;
e) kasallik o’chog’ini tugatish bo’yicha tadbirlar rejasini tuzish.
Sanitariya-epidemiologiya xizmati xodimlari bemor yoki bakteriya tashuvchi
haqida "shoshilinch bildirish xati (№ 058 hisob shakli)" olinishi bilan
epidemiologik tekshirishni boshlaydilar.
Epidemiologik tekshirishni asosan epidemiolog vrachlar yoki ularning
yordamchilari o’tkazadilar, ba’zi hollarda vaziyatga qarab sanitariya vrachlari yoki
boshqa soha xodimlari jalb qilinishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: