O’zbekiston respublikasi sog’liqni saqlash vazirligi


MAVZU 5. YUQUMLI KASALLIKLAR QO’ZG’ATUVCHILARINI



Yüklə 1,67 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə54/244
tarix02.01.2022
ölçüsü1,67 Mb.
#45642
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   244
1-Эпид-амал.машг. (1)

MAVZU 5. YUQUMLI KASALLIKLAR QO’ZG’ATUVCHILARINI 
TARQATUVCHI BO’G’IMOYOQLILARNING EPIDEMIOLOGIK 
AHAMIYATI. BO’G’IMOYOQLILARGA QARSHI KURASHDA 
DEZINSEKSIYANING MOHIYATI VA UNI TASHKIL QILISH. 
INSEKTITSIDLAR VA REPELLENTLAR, ULARNI QO’LLASH 
USULLARI 
I.     Maqsad: 
1.1.  Epidemiologik  ahamiyatga  ega  bo’lgan  kanalarning  biologiya  va 
ekologiyasini o’rganish. 
1.2. Epidemiologik ahamiyatga molik pashsha, chivin, so’nalarning biologiya 
va ekologiyasini o’rganish. 
1.3.  Burga va bitlarning biologiya va ekologiyasini o’rganish. 
1.4. Kana, pashsha, chivin, so’na, burga va bit kabi bo’g’imoyoqlilarga qarshi 
kurashish yo’llarini o’rganish. 
1.5.  Suvarak va qo’ng’ir chumolilar bilan kurash usullarini o’rganish. 
1.6.  Dezinseksiyaning  mohiyati  va  uni  tashkil  qilish  hamda  insektitsidlarni 
qo’llash usullarini o’rganish. 
2.  Darsga ajratilgan vaqt - 4 soat. 
3.  Darsning rejasi: 
3.1. Kirish so’zi va talabalarning boshlang’ich bilim darajasini tekshirish. 
3.2.  Yuqumli  kasalliklarni  tarqatuvchi  bo’g’imoyoqlilar  morfologiyasini 
o’rganish. 
3.3.  Bo’g’imoyoqlilarni yig’ish usullarini o’rganish. 
3.4.  Mexanik,  fizik,  biologik,  kimyoviy  usullarining  bo’g’imoyoqlilarni 
qirg’in qilishdagi ahamiyatini o’rganish. 
3.5. Kontakt insektitsidlar guruhining umumiy tavsifini o’rganish. 
a)  DCT  -  dixlordifeniltrixlormetilmetan  moddasining  xususiyatlari  va 
qo’llanish usullari. 
b) Geksaxlorsiklogeksan (GXCG, geksoxloran). 
 3.6.      Fosfororganik insektitsidlarni o’rganish: 
a) xlorofos 
b) dixlofos 
v) karbofos 
g) metilacetofos 
d) metafos  
v) trixlofos 
3.7.  Bo’g’imoyoqlilarga  nafas  olish  organlari  orqali  ta’sir  qiluvchi 
insektitsidlarni o’rganish. 
a) piretrum kukuni 
b)  fumigantlar  (oltingugurt  angidridi,  xlorpikrin,  metilbromid,  cian 
birikmalar). 
3.8.  Ichak  orqali  ta’sir  qiluvchi  insektitsidlarni  o’rganish  (S  natriy  ftorid, 
tanakan, borat kislota). 
3.9. Repellentlarni o’rganish (dietiltoluolamid, benzimin, dimetilftalat). 


 
68 
3.10. Har xil sharoitlarda dezinfeksiya o’tkazilishini o’rganish. Tarqatuvchi - 
bo’g’imoyoqlilarning  (kana  va  boshqa  hashorat)  ekologiya  va  biologiyasini 
hisobga  olgan  holda  aholi  turar  joylarida,  insonning  o’zini  va  kiyimlarini 
dezinfeksiya qilish usullarini o’rganish. 
4.   Mavzuga oid savollar. 
4.1. Bo’g’imoyoqlilar - yuqumli kasalliklar tarqatuvchisi. 
4.2. Argaz va iksod kanalarning xususiyatlari. 
4.3. Burgalarning ekologiyasi va biologiyasi. 
4.4. Bo’g’imoyoqlilar bilan kurash usullari. 
4.5. Dezinseksiya moddalari, ta’sir mexanizmlari. 
5. Ushbu mavzu bo’yicha talaba bilishi lozim bo’lgan savollar: 
5.1. Parazit va xo’jayin oralaridagi o’zaro munosabat, epidemik o’choqlarning 
paydo bo’lish shart-sharoitlari, epidemik jarayonning mohiyati. 
5.2.  Epidemiyaga qarshi kurashish choralarining samaradorligi. 
5.3. Dezinseksiya usullari. 
5.4. Dezinseksion vositalarning xususiyatlari va ularni qo’llash usullari. 
5.5. Dezinseksiyaning texnik vositalari.  
6.     Amaliy ko’nikmalar. 
6.1.  Yuqumli  kasalliklarni  tarqatuvchi  bo’g’imoyoqlilar  bilan  kurash 
choralarini ekologik jihatdan asoslash. 
6.2. Dezinseksiya o’tkazishda ishlatiladigan moddalar va texnik vositalar. 
6.3. O’tkazilgan dezinseksiyaning sifatini (samaradorligini) baholash. 
 

Yüklə 1,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   244




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin