80
(toza) qismi tomonida kameraning nazorat o’lchov asboblari o’rnatiladi.
Xavfsizlikni taminlash maqsadida kameralarda ortiqcha bug’ni chiqarib yuborib,
bosimni pasaytiruvchi ehtiyot ochib - yopqichlar o’rnatilgan.
Mustaqil ish uchun vazifa:
Talaba masala echishi shart. Masala yozma ravishda yechilib, o’qituvchiga
baholash uchun topshiriladi
I — masala.
Epidemiolog-vrach ich terlama kasalligi o’chog’ida yakuniy dezinfeksiyani
nazorat kilib, quyidagi kamchiliklarni aniqladi:
a) dezinfeksiya qilinishi lozim bo’lgan quyidagi narsalar: idish-tovoq, tuvak,
kasalning kiyim-kechaklari dezinfeksiya qilinmagan;
b) kiyim-kechaklarni, choyshablarni dezinfeksiya qilish usuli noto’g’ri olib
borilgan, ya’ni ular faqatgina yuvilgan;
1. Dezinfeksiya qilinishi lozim bo’lgan narsalarni aniqlab, ularni dezinfeksiya
qilish tartibini ko’rsatib bering.
2. Dezinfeksiya qilish usullariga tavsif bering.
Dostları ilə paylaş: