O’zbekiston respublikasi sog’liqni saqlash vazirligi


Kasallikning ko’p yillik dinamikasini tahlil qilish bosqichlari va usullari



Yüklə 1,67 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə96/244
tarix02.01.2022
ölçüsü1,67 Mb.
#45642
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   244
1-Эпид-амал.машг. (1)

Kasallikning ko’p yillik dinamikasini tahlil qilish bosqichlari va usullari 
 
Davrlarni  kattalashtirish  usuli  -  bir-biriga  yaqin  ikki  yillikning 
ko’rsatkichlari  qo’shilib,  yig’indi  ikkiga  bo’linadi,  natijada  o’rtacha  (O’)  qiymat 
hosil bo’ladi. Masalan, 18 yillik kasallanish tahlil qilinayotganda, yuqoridagi usul 
bilan  9  ta  o’rtacha  (O’)  ko’rsatkich  hosil  bo’ladi.O’rtacha  siljish  usuli  bilan  bir-
birlariga yaqin ikki yoki uch yillikning yig’indisini olib, uni yillar soniga bo’linadi. 
Bunda,  tanlab  olingan  vaqt  orasidagi  haqiqiy  kasallanish  ko’rsatkichi  o’rtacha 
arifmetik kattalik bilan aniqlanganligi uchun, olingan o’rtacha kattaliklar ichidagi 


 
103 
tasodifiy  og’ishlar  o’zaro  bir-birlarini  yo’qotadi.  So’ngra  davr  bir  kuzatishga 
siljitilib, o’rtacha qiymatni hisoblash takrorlanadi, ya’ni o’rtacha, markazlashadi. 
Ko’pchilik  hollarda  2  yoki  3  yillik  davrni  tekislash  yo’lidan  foydalaniladi. 
Eng  kichik  kvadratlar  usuli  universal  qo’llanishga  ega.  Dinamik  qatorniig 
tekislanishi  quyidagi  funksiya  u=a+vx  bilan  bajariladi,  bunda  "u"  to’g’ri  chiziqli 
tendensiya  ko’rsatkichi,  ya’ni  kasallanishning  nazariy  ko’rsatkichi,  "a"  - 
kasallanishniig o’rtacha ko’p yillik sathi (o’zgarmas kattalik), "vx" - to’g’ri chiziqli 
tendensiyani  vujudga  keltiruvchi  va  har  bir  tahlil  qilinayotgan  yil  uchun 
o’zgaruvchan kattalik. Bu usuldan foydalanilganda jadvalga eng kichik kvadratlar 
usulini qo’llash qonuniga rioya qilinadigan holda olingan natijalar to’ldiriladi. 
1.  Tahlil  qilinayotgan  yil  juft  qiymatga  ega  bo’lsa,  dinamik  qator  ikki  teng 
bo’lakka bo’linadi. Bunda qatorda o’rtacha qiymatga ega bo’lgan bir-biriga yaqin 
ikkita  ko’rsatkich  namoyon  bo’ladi.  (Masalan:  18-9  va  10  hisob  ko’rsatkichlari). 
Bu o’rta qiymatlarga 1 deb raqam qo’yiladi. Keyingi ko’rsatkichlarga "1" dan ikki 
tomonga  qarab  ortib  boruvchi  toq  raqamlar  qo’yiladi,  ya’ni  3;  5;  7;  9;  11;  13. 
Bunda  raqamlarning  yuqori  qismi  manfiy  (-)  quyi  qismi  esa  musbat  (+)  ishorali 
bo’ladi. 
Toq dinamik qator tahlil qilinganda, o’rtadagi o’rinni egallagan ko’rsatkichga 
"O" raqam qo’yiladi. "O" dan boshlab ikki tarafga ortib boruvchi 1; 2; 3; 4; 5; 6; 
raqamlar  qo’yib  boriladi,  bunda  "O"  dan  yuqori  qismi  manfiy  (-)  quyi  qismi  esa 
musbat (+) ishorali bo’ladi. 
2.  Bu  sonlar  (tahlil  qilinayotgan  yillarning  raqamlari)  kvadratga  oshirilib 
jadvalning keyingi bo’limiga yoziladi. 
Bunday  ko’paytmalarning  yig’indisi  aniqlab,  jadvalning  jamlovchi  bo’limi 
(∑x
2
) ga yoziladi. 
3.  Ko’rsatkich  (u)  ni  o’zining  raqami  (x)  ga  ko’paytirib,  har  bir  yil  uchun 
kasallanish  ko’rsatkichining  ko’paytmasi  (ux)  aniqlanadi va  u jadvalning keyingi 
bo’limiga  yoziladi  (o’zining  ishorasi  bilan).  Bu  bo’limning  jamiga  ko’paytma 
yig’indisi (∑ux) ishorasini hisobga olib kiritiladi. 
4. "v" kattalik quyidagi formula bilan hisoblanadi:  
v=∑ux / ∑x
2
 
5.  Quyidagi  funksiya  u=a+vx  ga  asosan  har  bir  yil  uchun  to’g’ri  chiziqli 
tendensiya ko’rsatkichi hisoblanadi. 
 

Yüklə 1,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   244




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin