Kasallikni etiolog’iyasi va patog’enezi-Surunkali tonzillit muammosi xozirgi kunda nafaqat otorinolaringolog’olarni, balki tibbiyotni butun sohasi mutaxasislarini muammosi bo`lib qolmoqda,chunki bemor tanasida, surunkali tonzillit bilan bog’’liq bo`lgan kasalliklar xozirgi kunda 100 dan ortib ketdi.
Xalqum limfoadenoid tizimida eng ko`p yallig’’lanish tanglay bezlarida uchraganligi uchun xam surunkali tonzillit xaqida so`z yuritilganda tanglay bezlarini yallig’’lanishi tushuniladi. Bolalar orasida surunkali tonzillit 12-15% uchrasa,kattalar orasida esa 4-10% uchraydi
Surunkali tonzillit butun organizmni infektsion-allergik kasallgi xisoblanib, maxaliy tanglay bezlarida yallig’’lanish jarayoni sifatida namoyon bo`ladi. Agar o`tkir angina kelib chiqishida infektsion agent turtki bersa, kasallikni keyingi davrlarida esa yangi patolog’ik, alergik jarayonlar asosiy o`rinni egallaydi. Masalan: O`tkir anginada, yoki surunkali tonzillitni tez-tez qaytalanuvchi turida tanglay yoylari, murtak bezlari va atrof to`qimada distrofik o`zgarishlar hosil bo`ladi, organizm reaktivligi o`zgaradi, natijada bosh miya po`stlog’’i va po`stloq osti markazlarida turgun qo`zg’olish o`choqlarni vujudga keladi. SHunday qilib surunkali tonzillitda infektsion agent va uni ta`siri natijasida paydo bo`lgan yangi patolog’ik mexanizmi ishga tushadi, bu o`zgarishlar makroorganizm bilan mikroorganizmni o`zaro uzoq vaqt bir-biriga ta`siri natijasida shakillanadi.
Surunkali tonzillit bolalik davrdan yoki keyingi davrlarda tez-tez angina bo`lgan odamlarda, undan tashqari infektsion kasalliklar (skarlatina, qizamiq, difteriya) bilan og’’rigan bemorlarda ko`prok rivojlanadi. Tanglay bezlarini lakunalaridagi yiringli ajralmalarni bez to`qimalariga doimo ta`sir etishi natijasida, organizmda antigen-antitelo kompleksi hosil bo`ladi, buning natijada bez to`qimalarini tarkibi (yallig’’lanish xisobiga to`qimalar kog’ulyatsiya uchraydi.) o`zgaradi, tarkibi o`zgargan bundayn to`qima kelgusida o`zini organizmi uchun antigen xususiyatiga to`qimaga aylanadi. Buning oqibatida bodomcha bezi asta-sekin allergiya o`chog’’iga aylanib qoladi.
Surunkali tonzillit kelib chiqishida ko`p xollarda, og’’iz bo`shlig’idagi surunkali kasalliklar muxim o`rin egallaydi (tish kariesi, surunkali faringit,stomatit). Ko`pincha surunkali tonzillit burun-Halqumni va burun yondosh bo`shliqlarini yiringli yallig’’lanishlari bilan kasallangan shaxslarda uchraydi, chunki bu kasalliklarida, bo`yinni chuqur limfa bezlarida limfadenit xolati vujudga keladi, oqibatida limfostaz rivojlaadi.Bu sohadagi limfa bezlar bilan, tanglay bezlari limfa tomirlarini o`zaro tutashligi uchun, ulardagi yallig’’lanish jarayoni tanglay bezlariga xam tarqaladi.
Surunkali tonzillitda,boshqa a`zolarga patolog’ik ta`siri turli ko`rinishda namoyon bo`ladi.Bunday o`zgarishlardan biri yurak qon-tomir tizimi misolida yaqqol ko`rinadi. Bezlarni surunkali yallig’’lanishi natijasida tanglay bezlarida hosil bo`lgan patolog’ik o`choqdan chiqayotgan impul’s, yurak qon tomir va markaziy asab tizimiga reflektor ta’sir qilishi xisobiga, bu a`zolarda avval funktsional keyinchalik esa organik o`zgarishlar kuzatiladi.
Xulosa qilib aytilganda surunkali tonzillitni kelib chiqishida quydagi omillar muxim o`rin egallaydi:
- Tanglay bezlarini antomo-topog’rafik joylashganligi xolati (tashqi muxitni doimiy salbiy ta`siri).
- Bezni lakunalarda doimo patolog’ik ajralmalar va mikrofloralarni mavjudligi (antigen-antitelo komplesni doimiyligi).
- Bez to`qimalarini gistolog’ik tuzilishini o`zgarishi (to`qimalarni kaog’ulyatsiyasi).
- Bezni ximoya faoliyatini buzilishi.
- Bemorni maxalliy va umumiy ximoya faoliyatini pasayishi.
SURUNKALI TONZILLITLARDA BEZLARDAGI PATOLOG’O-ANATOMIK O`ZGARISHLAR
Patolog’o-anatomik nuqtai nazardan surunkali tonzillitda quyidagi o`garishlar kuzatiladi.
-
Epitelial qatlam yoki uni atrofidagi o`zgarishlar
-
Parenximadagi o`zgarishlar;
-
Peri va paratonzilyar to`qimadagi o`zgarishlar.
Surunkali tonzilitda epitelial qatlamdagi o`zgarishlar asosan lakunalarda rivojlangan bo`ladi, bunda yallig’’lanish natijasida epiteliy qalinlashadi,joylarda ularni ko`chishi kuzatiladi. epiteliyni o`zgarishi kriptalarni kengligi va uzunligi,ularni tarmoqlanganligiga bog’’liqdir. Bu o`zgarishlar yallig’’lanish jarayonini darajasi,vaqtiga,davomiyliga va bemorni yoshiga bog’’liq bo`ladi,shuning uchun xam joylarda epiteliylar kalinlashadi yoki yupqalashadi, metaplaziyaga uchraydi,ba’zida esa bu qatlam butunlay tekislanib ketadi. Ayrim xollarda epiteliy qatlamini keskin infil’tratsiyasi xisobiga kriptalarda leykotsit va limfotsitlarni chiqishi kuzatiladi. Kriptalar parenxima bilan qo`shilib, turli perilakunar yallig’’lanish jarayonlari vujudga keltiradi.
Perenximadagi o`zgarishlar ikki ko`rinshda namoyon bo`ladi bulardan:
a) birinchisi faol yallig’’lanish jarayoni
b)ikkinchisi esa yallig’’lanish jarayonini asorati .
Birinchi guruxdagi o`zgarishlarda bezlarda infil’tratlar va abstsesslarni hosil bo`lishi kuzatiladi, infil’tratlar yagona yoki to`planib, perenximani turli erlarida joylashadi, qirg’oqlari noaniq bo`lgan bir nechta folliqo’lalarni qamrab oladi. Markazda joylashgan infil’trat, periferiyaga tarqalib, bez kapsulasiga xam etib boradi. Ba`zi infil’tratlarni markazida shakllanga abstsessni ko`rish mumkin. Abstsess butun folliqo’la yoki bir nechta folliqo’lar guruxini qamrab oladi. Bunday yallig’’lanish jarayoni natijasida tanglay bezlarini limfa yo`llarida, limfostaz kuzatiladi.
b) bezlardagi ikkinchi gurux o`zgarishlarga chandiqli sklerotik xolatlar kiradi, bu xolat yallig’’lanishni oxiri bosqichi xisoblanadi. Bunda bezdagi kriptalar ozayadi va yuzaki joylashadi. epiteliy qalinlashgan, foliqo’lalar oz, chunki ularni o`rnini biriktiruvchi to`qima egallagan bo`lada, ba’zida limfoid infil’tratsiya kuzatiladi.
Peri va paratonzilyar to`qimadagi o`zgarishlar sklerotik xarakterda bo`lib, bunda baquvvat biriktiruvchi to`qima bezlarni nafaqat tashqi qismi,xatto kapsulasini xam qamrab oladi. Kamayib qolgan limfoid to`qimalarda yallig’’lanish belgilari to`liq namoyon bo`lmaydi. Bezni kapsulasini ichkarisida va uni tashqarida peretonzilyar to`qima infil’tratsiyasi yoki peretonzillit xolati kuzatiladi. Bunday xolat ko`pincha bezni yuqori qismida uchraydi.
SURUNKALI TONZILITNI KLINIKASI VA TASHXISI
Surunkali tonzillitni tashxisida, kasallik tarixini to`liq o`rganish asosiy omillardan biri xisoblanadi. Bemorlarni shikoyatlari kasalni individual xususiyatlari va patolog’ik jarayonini qaysi yo`nalishida tus olishga bog’’liqdir.
Bemorlarni xarakterli shikoyatlari – qaytalanuvchi tez-tez anginalar tonzillit uchun eng xos va yagona belgilardan xisoblanadi.Ammo 2-3% bemorlarda kasallik angina xolida qaytalanmasdan (anginasiz surunkali tonzillit) xam kechadi Quyidagi keltirilgan belgilar umumiy intoksikatsiyaga xos belgilar xisoblanadi: yutinganda tomoqda og’’riq, bo`yin limfatik tugunlari sohasidagi og’’riq, tana xaroratini subfebril ko`tarilishi, umumiy quvvatsizlik, ayrim xollarda yurak va bo`g’imlar sohasida og’’riq, og’’izdan noxush xid kelishi, ishtaxani buzilishi, tez charchab qolish, bosh og’’rig’i va boshqalar.
Kasallikni rivojlanishida bemorlarni shamollashi, o`ta charchashi, zararli sharoitlarda ishlashi, noto`g’ri ovqatlanishi, xamda boshqa turli yo`ldosh yallig’’lanishlar - tish kariesi, og’’iz va burun bo`shlig’idagi surunkali yallig’’lanishlar, immunolog’ik ximoya quvvatini pasayib ketishi muxim o`rin egallaydi.
Faringoskopiyada maxalliy belgilaridan: Oldingi tanglay yoylarini qirg’og’’ini qizirishi,ularni valiksimon qalinlashishi, tanglay bezlarini tanglay yoylari bilan chandikli chatishib ketishi, bezlarni yuzalarini notekis bo`lishi, bezninig lakunalarida yiringli ajralmalarni to`planishi, jag’ osti va bo`yin limfa bezlarini kattalashuvi kuzatiladi.
Bezlarni xajmi turlicha bo`lib, yallig’’lanish jarayonini darajasi, bemorni yoshi, konstitutsion xususiyatiga,kasallikni davomiyligiga bog’’liq bo`ladi.. Ba’zida bodomcha bezlar katta o`lchamda bo`ladi (tanglay yoylaridan tashqariga chiqib, bir-biri bilan yopishib turadi – uchinchi darajada yo`g’onlashuvi)), ba’zida bezlar atrofik tuzilishda bo`lib, tanglay yoylari ortidan deyarli ko`rinmaydi. Bodomcha bezlarni xajmi yallig’’lanish darajasini baxolamaydi, shuning uchun xam bezlarini xajmi surunkali tonzilitni tashxisi uchun asos bo`la olmaydi.
Tashxisda tanglay yoylarnn shishganligi va qalinlashganligi katta axamiyatga ega bo`lib, surunkali yallig’’langan bez atrofidagi kollateral qon va limfa aylanishi buzilishi natijasida hosil bo`lgan belgilardir.
Tanglay bezlari va uni atrofidagi to`qimalardagi tonzillitga xos o`zgarish xolatiga qarab, asoslanuvchi boshqa belgilar xam mavjud bo`lib ular quydagilardir:
-
Giz belgisi (1920) - bezni lakunalaridan (chuqurchalari) chiqayotgan yiringli ajralmalarni atrof to`qimalarga ta`siri natijasida oldingi tanglay yoylarida qon tomirlarida mikrotsirqo’lyatsiyani buzilishi xisobiga qizarib qoladi.
-
V.YA.Zak belgisi (1933) Oldingi va orqangi tanglay yoylarini yuqori qismini burchak shaklida shishib qolishi. Bu belgi tanlay bezlarini yuqori qismidagi lakunalardan ajralayotgan yiringni ta`siri natijasida paydo bo`lgan limfostazdir.
-
B.S.Preobrajenskiy belgisi (1958) -oldingi va orqangi tanglay yoylarni valiksimon qalinlashuvidir. Bu belgi tanglay bezlarni lakunalarda uzoq muddat davom etgan yallig’’lanish jarayonini ta`siri xisobiga to`qimalarni giperplazisi kuzatiladi.Natijada tanglay yoylari qalinlashib o`ziga xos xalqa hosil qiladi, bu xalqa tanglay bezlarini kirish darvozasiga o`xshab qoladi.
Surunkali tonzillitni asosiy belgilaridan biri lakunalarda patolog’ik ekssudat yoki yiringli ajralmalarni bo`lishidir. Lakunadagi bunday patolog’ik ajralmalar (yiring) bezni surunkali yallig’’lanishini natijasidir Ba’zida faringoskopiyada bitta yoki bir nechta lakuna teshiklari oqish-sariq yiringli ajralmalar bilan to`lganligi ko`rinadi. Bu xolat lakunar anginani eslatadi, lekin undan farqi o`laroq surunkali tonzillitlarda bez to`qimalarida o`tkir yallig’’lanish belgilari kuzatilmaydi. Bundan tashqari tashxisda kasallik tarixi ma`lumotlari, bemorni shikoyatlari, regionar limfatik tugunlarni xolati, surunkali tonzillitdan dalolat beradi.
Ko`p xollarda, lakunalardagi patolog’ik ajralmalarni borligini aniqlash uchun shpatel’ bilan tilni uchdan bir qismi bosiladi, ikkinchi shpatel’ bilan bezni yuqorigi qismidan, oldingi tanglay yoylari orqali eziladi, natijada lakunadan suyuq yoki qo`yiq yiringli ekssudat ajralab chiqadi.
Surunkali tonzillitni yana belgilaridan biri, bezni tanglay yuzasiga ezilganda og’’riq bo`lishidir.
Ayrim xollarda bodomcha bezlarini eziliganda turli asoratlar kelib chiqmasligini oldini olish maqsadida, bezlarni tekshirishda zondlardan foydalanish qulay xisoblanadi, buning uchun uzunligi 10-15 sm, oxiri to`mtoq bo`lgan zonddan foydalaniladi. Bunday zondlar ko`pincha davolash maksadda lakunani yuvish uchun qo`llaniladi.
Jag’ osti va bo`yin limfatik tugunlar kattalashgan bo`ladi va ushlab ko`rilganda og’’riqli bo`ladi.
Surunkali tonzillitni o`ziga xos umumiy intoksikatsiyaga xos belgilarin xam mavjud: Bemorlarda vaqti-vaqti bilan tana xaroratini subfebril ko`tarilib turishligi bezovta qiladi. Bunday xolatni assosiy sababi surunkali yallig’’lanish xisobiga organizimda doimo intoktsikatsiya jarayoni ketayotganligidan darak beradi. Surunkali tonzillitdagi umumiy intoktsikatsiyani ko`rinishlaridan yana biri bemorda uzoq davom etuvchi quvvatlsizlik,lanjlik,ish qobiliyatini pasayishi,uyqu va ishtaxani buzilishidir.
Surunkali tonzillitni kechishida o`ziga xos asoratlar kuzatiladi,bunday asoratlardan biri bu revmatizimdir. Revmatizmda doimo yurakda etishmovchilik (stenoz yoki yurak klapanlarini etishmovchiligi, miokardiodistrofiya, infektsion-allernik miokardit) paydo bo`ladi. SHuning uchun xam bemorlar ko`proq yurak sohasidagi og’’riqqa shikoyat qiladi va eKG da xam revmatizmga xos o`zgarishlar kuzatiladi.
Qon tizimi o`rganilganda leykotsitlarni fagotsitar faoliyati pasayganligi, ularni degenerativ turlari paydo bo`lishi aniqlanadi, limfotsitlarni umumiy miqdori pasayib ketadi. YOsh bolalarda kamqonlikka moyilik paydo bo`ladi. Uzoq davom etgan tonzilyar intoktsikatsiya trombotsitar pupuraga va gemoragik vasqo’litga olib keladi. Organizmni immunolog’ik faoliyati pasayib ketadi ya`niy: qon zardobida immunolglobulinlarni miqdori ozayadi T va V limfotsitlarni nomutanosibligi vujudga keladi,nospetsifik immunolog’ik faoliyatni omillari xisoblangan immunog’lobulinlarni miqdori keskin o`zgaradi .
YUqorida keltirgan o`zgarishlardan tashqari surunkali tonzillitda organizni boshqa a`zolarida xam turli xildagi asoratlar paydo bo`ladi va ular xaqida kelgusi bo`limlarda batafsil to`xtalib o`tamiz.
YUqorida keltirilgan ma`lumotlardan ko`rinib turibdiki, keltirilgan xech bir belgilar surunkali tonzillit uchun maxsus belgi xisoblanmaydi. Boshqa kasalliklarga o`xshab surunkali tonzillitga tashxis qo`yishda bitta belgiga qarab emas, balki kasallikni barcha klinik ko`rinishlarini yig’indisi va yaxshi yig’ilgan kasallik tarixiga asoslanadi
SURUNKALI TONZILLITLARNI SINIFLANISHI
Surunkali tonzillitni to`liq taxlil qilish va davolash masalalarini aniq belgilash, ularni dispanser nazoratiga olish masalasini xal etish va amaliyotda qo`llashda oson bo`lishi uchun, albatta siniflarga bo`lib o`rganish maqsadga muofiqdir. Buning uchun surunkali tonzillitni tub moxiyatini ifoda etuvchi siniflanishni bir necha mualiflar tomonidan turli ko`rinshlarini taklif qilingan. Xozirgi kunda amaliyotda B. S. Preobrajenskiy tomonidan 1958 yilda taklif qilingan,siniflanish keng qo`llanilmoqda:
Surunkali tonzillit oddiy turi Surunkali tonzillitni toksiko-allergik turi, bu turi o`z xolida toksiko-allergik birinchi va ikkinchi bosqichlarga bo`linadi. Surunkali tonzillitni oddiy ko`rinishida kasallikni yuqorida keltirilgan maxalliy belgilari klinik ko`rinishi namoyon bo`ladi, bemorlarni kasallik tarixida bir marotaba angina o`tkazganligiga shikoyatlar bo`ladi. Kasallikni bu ko`rinishida surunkali tonzillitga xos bo`lgan,lekin keskin namoyon bo`lmagan maxalliy va umumiy belgilar ayon bo`ladi,surunkali tonzillit bilan bog’’liq bo`lgan yo`ldosh kasalliklar uchramaydi. Surunkali tonzillitni toksiko-allergik ko`rinishini birinchi bosqichida kasallikni oddiy ko`rinishidagi barcha belgilari aniq ko`zga tashlanadi va bo’nga qo`shimcha surunkali tonzillit natijasida paydo bo`lgan yo`ldosh kasalliklar (revmokardit, revmatitzm) xam uchraydi. Kasallikni bu turida yuqorida keltirilgan belgilariga qo`shimcha,surunkali tonzillit tez-tez qaytalanadi (yiliga 3-4 marotaba),ba`zan paratonzillit bilan asoratlanadi, tana xaroratini subfebril ko`tarilishi uzoq muddatilarga cho`ziladi,umumiy intoksikatsiya belgilari keskin namoyon bo`ladi. Tonzillog’en intoktsikatsiya xisobiga bemorlarda doimo quvvatsizlik, tez-tez charchash, ish qobiliyatini pasayishi bezovta qiladi. Bemorlarni vaqti-vaqti bilan bo`g’imlarida va yurak sohasida og’’riqlar bezovta qilib turadi. YUrak sohasidagi og’’riqlar funktsional xarakterga ega bo`lib faqat surunkali tonzillitni qaytalanish (angina) vaqtida kuzatiladi. YUrakni eKGda o`zgarishlar revmakarditga xos bo`lib, remissiya vaqtida deyarli o`zgarishsiz. Bo`yindagi va jag’ ostidagi limfatik bezlar katalashgan, ushlab ko`rilganda ba`zan og’’riqli bo`ladi. Qonni taxlilidagi va immunolog’ik faoliyatidagi o`zgarishlar doimiy . Surunkali tonzillitni toksiko-allergik ko`rinishini ikkinchi bosqichi: kasallikni ancha og’’ri va asoratli ko`rinishi xisoblanadi. Bu bosqichida kasallikni xam maxalliy, xam umumiy belgilari to`liq va doimiy namoyon bo`ladi. Yo`ldosh kasalliklar va kasallikni asoratidan so`ng paydo bo`lgan boshqa kasalliklar to`liq shakillangan. Anginalarni qaytalanishi deyarli xar oyda bir marotaba va undan xam ko`p bo`ladi,qaytalanish ko`pincha paratonzillit va paratonzilyar abstsesslar bilan asoratlanadi. Toksiko-allergik xolat barcha ko`rinshida rivojlangan bo`ladi. YUrakdagi o`zgarishlar va og’’riqlar doimiy va eKG da o`z aksini topgan. Boshqa a`zolarda: buyurak, bo`g’imlar, jigar va yurak-qon tomirlar tizimidagi o`zgarishlar doimiy va xam klinik, xam laboratoriya tekshirishlarida tasdiqlanadi. Surunkali tonzillitni tashxisi. Kasallikni tashxisi umumiy va maxalliy belgilarga va bemorni shikoyatiga, kasallik tarixiga,laboratoriya tekshirishlar natijalariga asoslanib qo`yiladi. Ayrim gumon xollarda lakunalardan va bez yuzasidan olingan surtmalarni tekshirish, kasallikni tashxisini to`liq tasdiqlashga yordam beradi. Olingan surtmalarda patolog’ik mikrorfloralar topiladi, leykotsitlarni fagotsitar faoligi pasaygan bo`ladi va qonda leykotsitlarni ko`p yadroli turlari paydo bo`ladi, limfotsitlar kamayyadi. Surunkali tonzillitni qiyosiy tashxisi ko`p qiyinchilik tug’dirmaydi. Bodomcha bezlarini fiziolog’ik gipertrofiyasini (ayniqsa yosh bolalarda) ko`pincha boshqa soha vrachlarni surunkali tonzillit bilan almashtiradi, xolbo’qi xech qachon tanglay bezlarini xajmi surunkali tonzillitga tashxis qo`yishda axamiyat kasb etmaydi. Ayrim xollarda limfatik tizimni va qon hosil qiluvchi a`zolarni sistemik kasalliklarida (leykozlarda) tanglay bezlarini giperplaziyasi va tonzillitga xos o`zgarishlari kuzatiladi. Bunda xollarda diqqat bilan umumiy tekshiruv o`tkazish, ayniqsa limfatik a`zolarni va qonni tekshirish kasallikni to`liq aniqlashga yordam beradi.
Bodomcha bezni yomon sifatli o`smasida, bezni bir tomonnini kattalashishi, o`smani qo`shni a’zolarga o`sib kirisha, bo`yinnii limfa tugunlarini metastazi xisobiga kattalashishi kuzatiladi. Aniq tashxisni o`tkazilgan biopsiya natijasiga asoslanadi.
Ko`pincha surunkali tonzillitni surunkali faringitni, oddiy yoki granulyoz turlarini farqlash kerak. Bu kasalliklarda bemorlarda surunkali tonzillitlardagi kabi shikoyatlar uchraydi. Surunkali faringitni qo`zg’alish davrini, ayrim xollarda kataral angina bilan chalkashtiriladi. Surunkali faringit uchun Halqumni orqa devorini shilliq qavatini limfoadenoid to`qimalarini (diffuz yoki maxalliy), qizarishi, shishi bo`lishi xosdir. Ba’zida yonbosh faringitda, tilcha va tanglay yoylarni shishi kuzatiladi,ammo tanglay bezlarida deyarli o`zgarishlar kuzatilmaydi.
Agar surunkali faringit va surunkali tonzillit birdaniga kechsa, tashxisda bir oz qiyinchilik tug’ilishi mumkin. Bu xolatda, qiyosiy tasxislash uchun faringoskopik ma’lumotlar asos bo`ladi.
SURUNKALI TONZLITNI BOSHQA A’ZOLAR
KASALLIKLARI BILAN BOG’’LIQLIGI
Xozirgi kunda surunkali tonzillit faqat xalqumni chegaralangan kasalliklari qatorida emas,balkim butun tanani kaslligi deb qaralmoqda. Bu kasallik xalqumda maxalliy o`zgarish bo`lishi bilan kechsada,ammo butun organizmda o`ziga xos o`zgarishlar keltirb chiqarishga sabab bo`lmoqda. Kasallikni bunday keng tarmoqlaganligini olimlar tomonidan XX asr boshida o`rganishga boshlashgan.
Davolash jarayonida jarroxlik usulini keng qo`llanishi (tonziloektomiya) surunkali tonzillitlarni va uning bilan bog’’liq bo`lgan kasalliklarni bartaraf etishda yaxshi samara beradi. Adabiyotlarda keltrilgan ma`lumotlarga qaraganda, surunkali tonzillitlarda tonzilektomiyadan so`ng ko`pgina yo`ldosh kasalliklarni klinik belgilarini bartaraf bo`lishi tezlashgan, chunki surunkali yallig’’langan tanglay bezlari ko`p kasalliklar uchun infektsiya o`chog’’i xisoblangan. Ingliz muallifi Mur (1929 y) o`zini tonzillit muammosiga bag’ishlangan monog’rafiyasida surunkali tonzilit natijasida paydo bo’ladigan 10 dan oshiq kasalliklarni keltirgan,bular qatoriga: Surunkali toksimiya va septitsemiya, gastroentral dispepsiya, oshqozon va o`n ikki barmoq ichak yara kasalligi, o`tkir infektsion xoletsistit, o`tkir pankreatit, appenditsit, qizilcha, bo`yin limfadeniti, bo`qoq, fibrozit, bursit, periostit, osteomielit, miozit, nevritlar, bod, artritlar, bronxit, bronxoektoziyalar, gangrenalar, mitral va aortal paroklar, perekardit, endokardit miokardit, flebit, septikotromboflebit, nefrit, xoreya, epilepsiya, psixozlar, ko`p shaklli eritema, surunkali torvoq, temiratki, uchuqlar va xokozolar.
Surunkali tonzillitni uzoq davom etishi, turli yo`ldosh kasalliklarni paydo bo`lishi va uning natijasida bemorlarni erta yoshda mexnat qobiliyatini doimiy yo`qotishga xamda nog’ironlikka olib keladi. Bunday yo`ldosh kasalliklardan kallog’an kasalliklar (revmatizm, dermatomiozit, sklerodermiya, tugunli periarterit, tizimli qizil volchanka), teri kasalliklari (psoriaz, ekzema,), nefrit, bo`qoq xisoblanadi. Uzoq davom etgan intoksikatsiya xisobiga trombotsitar purpura va gemoragik vasqo’lit rivojlanadi.
YUrakni tonzilog’en zararlanish mexanizmida nerv-reflektor, infektsnon toksik, allergik omillar muxim o`rin to’tadi. Yallig’’lanish natijasida miokardda metabolik o`zgarishlar rivojlanadi,to`qimada oksidlanish-kaytalanish jarayonlarini izdan chiqadi, bu xolat o`z navbatida yurak mushaklarini qisqaruvchanlik miqdorini o`zgartiradi.
Patolog’ik o`zgargan tanglay bezlari, avvalgidek ximoya a`zosi emas balki organizmga «infektsiya tarqalish darvozasi» xisoblanib, septik xolat, revmatik infektsiya, xolitsistit, pielit, nefritni kabi kasalliklarni keltirib chiqaradi va bir vaqini o`zida organizmni doimiy infektsiya tarqatuvchi o`chog’’iga aylanib (xronio-sepsis) qoladi. Natijada organizmda turli autoimmun va immunopatololgik xolatlar vujudga keladi.
SURUNKALI TONZILLITNI DAVOLASH.
Davolashni boshlashdan avval surunkali yallig’’lanish jarayoni to`liq namoyon bo`lgan, surunkali tonzillitni butqo’l davolash mumkinligi xaqidagi savolni xal qilmoq kerak. Kasallikni oddiy ko`rinishini xozirgi kunda amaliyotda ishlatilayotgan antibakterial dorilar va zamonaviy davolash usullarini qo`llash bilan to`liq davolash mumkin, ammo toksiko-allergik birinchi va ikkinchi darajalarida batamom tuzalish masalalari anchagina muammolidir. Bunday xolat esa yuqorida keltirilgan,kasallik natijasida paydo bo`lgan va uning bilan bog’’liq bo`lgan organizmdagi ikkilamchi kasalliklar asosiy sabablar xisoblanadi.
Kasallikni davolash usuli klinik shaklini turiga qarab konservativ, yarim xirurgik va xirurgik turlariga bo`linadi. Kasallikni qaytalanish davrida albatta yotib davolanish tavsiya etiladi.
Davolashdan oldin kasllikni keltirib chiqaruvchi omillarni, burun va burun yondosh bo`shliqlari, og’’iz bo`shlig’laridagi turli surunkali yallig’’lanish o`chog’’larini to`liq bartaraf etish zarur.
Konservativ davolashga ko`rsatma: Asosiy ta’sir etish turiga qarab konservativ davo quyidagicha guruxlanadi.
1.Organizmni reaktivligini oshirishga qaratilgan davolar: kunlik xayot tarzini to`g’ri rejjalashtrish, o`z vaqtida ishlash,ovqatlanish va dam olish, vitaminlarga boy ratsional ovqatlar istemol qilish, jismoniy mashqlar, sanator-kurortlarda davolanish, gammaglobulin, temir, fosfor preparatlarini qo`llash.
2.Giposensibilizatsiyalovchi davolar: kal’tsiy preparatlari, askorbin-kislota,epsilon-aminokapron kislota, antigistamin preparatlar, kortikosteroidlar tavsiya etiladi.
3.Umumiy ta’sir qiluvchi ximioterapevtik preparatlar (antibiotiklar, antiseptik dorilar, faringosept, metilurasil, falimit,tonzillgon,tonzipret,makropen,loraben va x) .
4.Tanglay bezlarini va ularni regionar limfa tugunlarini sanatsiya qiluvchi vositalar qo`llash: lakunadagi yiringni so`rib olish, antiseptik va antibiotik eritmalari bilan lakunalarni yuvish, lakunalar ichiga antiseptik dorilar bilan to`ldirish, intra va paratonzilyar to`qimalarga antibiotiklar va antiseptik dorilarni in’ektsiya qilish, lakunalarga davolovchi dori pastalarini yuborish, antibiotik va fitontsidlar bilan ingolyatsiya va aerozollar qilish, ul’trabinafsha nurlari, ul’tratovush, lazer nurlari va elektromagnit bilan ta`sir etish, UVCH va boshqalar.
N.V.Belog’olov tomonidan taklif qilingan lakunalarni yuvish eng yaxshi foyda beruvchi usuldir( bu usul nafaqat davolash, balki diagnostik maqsadida xam qo`llaniladi. YUvish uchun ingichka kanyula va shprits kerak. Bez lakunalari kun ora 10-12 ta yuviladi).
Lakunadagi yiring so`rib tashlash maqsadida bir uchi elektro so`rg’ichga, ikkinchi uchi dori moddasi bor eritmaga ulangan vakuum-qopqoqchadan foydalaniladi. Lakunalar yaxshi rivojlanmagan xolatlarda xar bir bodomcha beziga Z-4 kun tannafus bilan, 3 marotaba 0, 5 % novokain va 1% tripsin eritmasini aralashtirilib intra va parotonzilyar to`qimalarga in`ektsiya qilish yaxshi samara beradi. (I. B. Soldatov) . Bunday usul bilan davolash uchun mikroflorani antibiotiklarga sezuvchanligini aniqlab antibiotiklar xam yuborish mumkin.
Xar bir bodomcha beziga va paratonzilyar to`qimalarga bir vaqtning o`zida 4 ta in’ektsiya qilinadi, muolijani birin-ketin bezni yuqorigi, o`rta, pastki, qismlariga qilinadi.
5.Reflektor ta’sir etish, turli novokainli blokadalar, igna reflektor terapiyasi, bo`yinni ul’trabinafsha nurlantirish.
6. Konservativ davolashda organizmni tabiiy reaktivligini oshirish. Buning uchun V. S. Jdanov usuli bo’yicha S, RR, V gurux vitaminlar, biostimulyatorlar (aloe ekstrakti, shishasimon tana, Fibs) in’ektsiya qilinadi, kal’tsiy glyukonat, fitin, temir preparatlari ichishga buyuriladi.
7.Oxirgi vaqtda levomizol,nukleat natriy, prodegiozan, imudon va auto zardob bilan immunokorrektsiyalovchi davolash o`tkazish yaxshi samara bermoqda. Konservativ davo yiliga ikki marotaba, ikki xaftadan baxor va kuzda o`tkaziladi. Surunkali tonzillitni tez-tez qaytalanishi bilan kechadigan ko`rinishida, konservativ davo yiliga 4 marotabagacha o`tkazish kerak.
Konservativ davolashni yuqorida ko`rsatib o`tilgan reja asosida olib borilganda, samaradorlik 71-85% ga etadi.
O`tkazilgan konservativ davo natijasiz bo`lganda, surunkali tonzillitni dekompensatsiya turida, anginalar qaytalanishi tezlashganda yarim xirurgik davolardan xisoblangan gal’vanokaustika, diatermokog’ulyatsiya, lakunatomiya, bodomcha bezlariga krio (muzlatish) ta’sirlash, lazer destruktsiya qilinadi, bu davolash usullarini kasallikni klinik shakli, dekompensatsiya turi, albatta bodomcha bezni anatomik xususiyatini xisobga olingan xolda amalga oshiriladi.
SHo’nga ko`ra bodomcha bezlar keskin kattalashgan yoki kichik atrofik xolda,lakunalari yopiq bo`lsa krio ta’sirlash o`tkazilmaydi. Bundan tashqari surunkali tonzillitni gipertrofik ko`rinishida, ayrim xollarda bezni bir qismini (tonzillotomiya) kesib tashlanadi. Surunkali tonzillitlarda o`tkazilgan konservativ davolarni samaradarligini quyidagi belgilarga qarab aniqlanadi: ikki yil davomida nazorat qilinganda, kasallikni ob`ektiv belgilarini yo`qolishi, umumiy toksiko-allergik xolatni bartaraf bo`lishi va kasallikni qaytalanish xuruji (angina) kuzatilmaslik, laborator tekshirishlarni (qon,siydik taxlili,EKG) natijalarini mo`tadilligi xisoblanadi.
Surunkali tonzilitni jarroxlik usuli bilan davolash – tonzillektomiya. O`tkazilgan konservativ davolardan foyda bo`lmaganda va surunkali tonzillitni toksiko-allergik turini ikkinchi bosqichida anginalarni qaytalanishi davom etsa, paratonzillit va paratonzilyar abstsesslar bilan asoratlansa, bemorda intoktsikatsiya belgilari doimo namoyon bo`lsa, surunkali tonzillit natijasida bir qancha yo`ldosh kasalliklar paydo bo`lganda, bez olib tashlanadi – ya`niy tonzilektomiya qilinadi. Bemorni tonzilektomiyaga tayyorlashda, to`liq xar tomonlama tekshirishdan o`tkaziladi, agar bemorlarda revmatizm xuruji davri bo`lsa, o’nga qarshi davolash ishlari olib boriladi, undan tashqari tonzilektomiya o`tkazish uchun qarshi ko`rsatmalar aniqlaniladi
Tonziloektomiyaga qarshi ko`rsatmalar: qon kasalliklari * (gemofiliya), yurak va buyrak etishmovchiligi, stenokardiya, gipertenziyani yuqorigi darajasi, qandli diabetni og’’ir shakli, silni faol davri, o`tkir yuqumli kasalliklar, xomiladorlikni oxirgi oylari, xayz davri.
Tashrix kasallikni qo`zg’almagan davrida, angina qaytalangandan 2-3 xaftadan o`tgandan keyin bajariladi.
|
|
Tonzilloektomiyada maxalliy og’’riqsizlantirish jarayoni
|
Tonzilloektomiyada tanglay bezini ajratish jarayoni
|
Tonzilloektomiyada o’ng tanglay bezi olingan
va chap tomondagi bezni ajratish jarayoni
Tonziloektomiyaga tayyorgarlik-poliklinikada, tashrixi - kasalxonada o`tkaziladi. O`tkazilgan tashrixdan so`ng eng ko`p uchraydigan xafli asoratlaridan biri bu qon ketishi bo`lib, ko`prok bu xolat revmatizm bilan asoratlangan bemorlarda yoki davolanish jarayonida salitsilatlar (aspirin) ichgan bemorlarda uchraydi. Tonziloektomiyani boshqa asoratlaridan: jag’ orti o`tkir limfodeniti, teriosti emfizemasi, pnevmoniya, o`pka atelektazi va abstsessi xisoblanadi. Juda kam lekin xayot uchun xafli asoratlaridan meningit, miya abstsesslari xam kuzatilishi mumkin.
Asoratlarni eng xaflisi va ko’p uchraydigan turi qon ketish xisoblanib, quydagi turlari mavjud: arterial, venoz va parenximatoz. Qon ketishni o`ta xaflisi bu arterial qon ketishi bo`lib, agar katta arteriyalardan ketsa tomir urishiga monand qon otilib chiqadi va xayot uchun xafli bo`lib qoladi, shuning uchun xam vrach darxol qon to`xtatishni chorasini ko`rishi kerak.
Venoz qon ketishida, arterial qonga qaraganda ancha qoramtir rangda va past bosimda oqadi. Parinximatoz qon ketishda olingan bezni o`rnidan kapilyar qon oqadi va aniq bir joyni topish qiyin bo`ladi.
Qon ketishni to`xtashishda eng avvalo qon oqayotgan joyni tampon bilan bosiladi, ayrim xollarda tamponlar qon to`xtatuvchi dorilarga (perikis vodorod, aminokapron kislotasi kukuni, quruq plazma va tromboplast) shimdirilib bosiladi, bundan tashqari turli qonni ivishini kuchaytiruvchi moddalar (10% kaltsiy xlorid eritmasi, 5% amnokapron kislotasi eritmasi, 1% vikasol) tomirga va mushak orasiga yuboriladi. Ko`pincha oz miqdordan qon quyish yaxshi yordam beradi. O`tkazilgan chora-tadbirlardan foyda bo`lmasa olingan bezni o`rniga tampon tiqilib, ustidan oldingi va orqangi tanglay yoylarini bir-biriga 36-48 soatga tiqiladi.
Ayrim xollarda tonzilektomiyadan so`ng qilingan tavsiyalarga rioya qilinmaganda, ya`niy 8-15 kunlarida kechki qon ketishi kuzatiladi, bunday kechki qon ketishlar, erta qon ketishga qaraganda xafsizrok bo`ladi va ko`rilgan choralardan so`ng tezda to`xtaydi.
Tonzillitlarni oldini olishga umum-gigienik va sanatsiya tadbirlari kiradi. Bu ikkilamchi oldini olish xisoblanadi.
Umumiy tadbirlardan: tanani chiniqtirish, ratsional ovqatlanish, yashash va ish joyi gigienasiga rioya qilish, bakterial ifloslikni yo`qotish, sanitar-oqartiriruv ishlarini rivojlantirish, og’’iz bo`shlig’idagi surunkali yallishglanish o`choqlarini bartaraf qilish: yiringli sinuitlar, adenoitlarni davolash, burun orqali nafas olish tiklash kabi ishlari kiradi.
Surunkali tonzilit kasaligini oldini olish va uni asoratlarini pasaytirishda: bo`lim terapevti va pediatri, otorinolaringolog’, stomatolog’lar birgalikda ishlar olib borib, surunkali tonzilliti bor bemorlarni doimiy nazoratga olish ishlarini yo`lga qo`yish, kasallarni faol izlash, ularni kuzatish, oldini olish tadbirlarni olib borish kerak.
Surunkaln tonzillit bilan xasta bemorlarni xammasi otorinolaringolog’ nazoratida bo`lishi shart. Kasallarni saralashi yoki dispanser xisobga olish, axolini yoppasiga davriy ko`rikdan o`tkazish, ambulator qabulda, statsionarda tekshirilganda, surunkali tonzillit yoki uni asorati bilan og’’rib, vaqtincha mexnat qobiliyatini yo`qotgan bemorlarni vaqtida aniqlanib ularga kerakli chora-tadbirlar belgilanadi.
Dispanser nazoratda bo`lgan bemorlar xar 3 oyda 1 marta otorinolaringolog’ tomonidan tekshiriladi. Keyinchalik asoratlar, qo`zg’alishlar bo`lmasa, nazorat miqdorini yiliga 2 martaga kamaytiriladi.
Surunkali tonzillit bolalar orasida ko`p uchraganligi uchun dispanserizatsiyada pediatr va o`rta tibbiy xodim qatnashishi shart.
Agar konservativ davo samarador bo`lsa, dispanser nazoratda oxirgi davolash ishlaridan so`ng 3 yil davomida kasallikni qaytalanishi kuzatilmasa bunday bemorlar dispanser xisobidan chiqariladi. Agar, davo choralari samarasiz, maxalliy belgilar saqlangan, anginani qaytalanishi davom etaversa jarroxlik yo`li bilan davolashga o`tiladi.
HALQUM (BURUN HALQUM) BEZINI KATTALASHUVI - ADENOIDLAR
Adenoid burun-Halqum (3) bezini surunkali yallig’’lanish natijasida yoki fiziolog’ik kattalashuvidir. Burun-Halqum bezini kattalashuviga olib keluvchi sabablar: bolalarda uchraydigan turli yuqumli va tez-tez qaytalanib turuvchi yuqori nafas yo`llarini virusli kasalliklari, immunotanqislik xolatlari, allergik kasalliklarga moyillik va kasallika irsiy moyilliklar muxim o`rin to’tadi. Bu bezni kattalashuvi o`z o`rnida yuqori nafas yo`llari va eshitish a’zolari kasalliklarini paydo bo`lishida muxim o`rin egallaydi.
Adenond tufali nafaqat burun, quloq va ovoz hosil qiluvchi a’zolarni faoliyatini buzilishi,balki shuning bilan bir qatorda o`sib kelayotgan yosh organizmida bir qator funktsional xamda organik o`zgarishlar xam kuzatiladi, bunday o`zgarishlar umumiy bir tushuncha - adenoidizm yoki adenondsimon o`zgarish deb yuritiladi.
Bolalarda adenoid ikkala jinsda bir xil 15 yoshgacha kuzatilib, balog’’at yoshiga etgandan so`ng, bez asta-sekin atrofiyalanadi. Morfolog’ik jixatadan adenoid quyidagicha tuzilgan: retiqo’lyar-qo`shuvchi to`qima trabeqo’lalari orasida folliqo’lalar joylashadi. Bez ko`p qatorli xilpillovchi tslindrik epeteliy bilan qoplangan, stromasida shilliq ishlab chiqaruvchi bezchalar joylashgan, bu bezlar tomonidan ishlab chiqarilgan shilimshiq doimo devorlarni yuvib turadi,natijada bez normal fiziolog’ik faoliyat ko`rsatib turadi. Ayrim xollarda bez yuzasida mayda (pufakchalar) kistalar uchraydi.
Belgilari: Adenoidizm belgilari bezlarni kattalashuvi darajasiga bog’’liqdir.
Bemorlardagi asosiy o`zgarishlar: Burundan nafas olishni qiyinligi tufayli og’’iz yarim ochiq xolatda, burundan ko`p miqdorda shilimshiq oqib turadi, yuqori jag’ biroz oldinga bo`rtib chiqqan, shunig uchun xam og’’iz yumilganda yuqori lab tishlarni to`liq berkitmaydi, pastki jag’ osilib turadi, bemorni rangi oqargan, burun-lab chiziklari tekislangan, tish-jag’ tizimi noto`g’ri shakllangan, yuqori tanglay cho`qqisi (gumbazi) ichkariga botib kirgan bo`ladi. Bunday o`ziga xos ko`rinishni adabiyotlarda “adenoidli chexra”deb yuritiladi. burun-Halqum qismini to`silishi xisobiga bemorlar dimog’’da gapiradi, kattalashgan bez qisman eshituv nayini teshigini to`sib qo`yishi natijasida eshitish pasayadi,quloqda og’’riq kuzatiladi.
Orqa rinoskopiyada burun-Halqumni
(adenoid) bezini gipertrofiyasini ko’rinishi
Uzoq muddat burundan nafas olishni qiyinlashuvi xisobiga, ko`krak qafasi tuzilishi o`zgarib “tovuq ko`kragi” shaklini oladi Qonni kislorod bilan to`yinmasligi natijasida,bemorlar aqliy jixatlardan rivolanishda o`z tengqurlaridan orqada qoladi, ularni xayoli parishon,fikrini bir manzilga to`playolmaydi, xotirasi pasaygan, o`quv mashg’ulotlarida o`zlashtira olmaydi, to’ngi uyqu buzilgan, xurrak otib uxlaydi, uyqu vaqtida bezovtalanib tez-tez xolatini almashtiradi (qulay joy izlaydi), tunda uyqudan bexosdan cho`chib o`yg’onib ketadi, uyqudan bemorlar loxas va lanj bo`lib turishadi. SHuningdek refletor o`zgarishlar natijasida bosh og’’rishi, tunda siyib qo`yishi, xurujsimon yo`tal, asmatik spazmofiliyaga xos xolatlar kuzatiladi.
Adenoid nafaqat burun orqali nafas olishga mexanik ravishda to`sqinlik ko`rsatadi, balki qon aylanishiga xam reflektor ta’sir etadi, natijada burun va uni atroflaridagi to`qimalarda qon to`planishi kuzatiladi, bu esa o`z navbatida burun shilliq qavatini va burun chig’anoqlarini surunkali shishiga va yallig’’lanishiga olib keladi. Bunday o`zgarish ko`proq chig’anoqlarni orqangi qismida kechadi va bu joylarda ko`p miqdorda qo`yiq yopishqoq ajralma to`planib qolishi xisobiga, uzoq davom etuvchi tumovga sabab bo`ladi.
Burun-Halqum bezini kattalashuvini 4 darajaga bo`lish mumkin, ayrim adabiyotlarda 3 darajaga bo`linadi.
1- daraja katalashuvi-adenoid to`qimasi dimog’’ suyagini 1/3 qismini egallaydi.
2 -daraja katalashuvi dimog’’ suyagini-1/2 (yarimini) qismini egallaydi
3- daraja katalashuvi dimog’’ suyagini- 2/3 qismini egallaydi
4- daraja katalashuvi - dimog’’ suyagi butunlay to`sib, burun –xalqumni to`liq egallaydi.
Adenoid tashxisi yuqorida aytib o`tilgan belgilarga qo`shimcha yana orqangi rinoskopiyani natijalariga asoslanadi. Ko`pincha yosh bolalarda orqangi rinoskopiya qilishni iloji bo`lmaydi, bunda burun Halqum qismi barmoq bilan tekshiriladi, bu tekshirishda bezni mavjudligini aniqlash emas, balki uni yuzasi, konsistentsiyasi, yumshoqliga, joylashuvi xolati, tarqalish sohasi,og’’riq bor-yo`qligi xam aniqlanadi. Kerak bo`lsa oddiy yoki kontrast moddalar bilan rentgenog’rafiya qilinadi. Xozirgi kunda endoskopik tekshirish yaxshi yo`lga qo`yilgan, bunday tekshirish natijasida burun-Halqumni xolati to`grisida to`liq ma`lumot olish imkoniyati bor.
Kasallikni qiyosiy farqlash: Kasallik burun chig’anoqlari gipertrofiyasi, burun to`sig’ini qiyshayishi, o`smalar, burun ichidagi chandiqlanish jarayonlari, xoanal polip, dimog’’ni tug’ma etishmovchiligi, ba’zan esa burunda infil’tratlar hosil bo`lishi bilan kechuvchi qon kasalliklari, dimog’’dagi limfadenoid to`qimani destruktsiyasi bilan taqqoslanadi.
Davolash: Dimog’’ bezini yo`g’onlashish bosqichiga qarab konservativ va jarroxlik usulidan davolanadi. Bemorlarda jarroxlikka qarshi ko`rsatma bo`lganda yoki bezni xajmi katta bo`lmagan darajasida konservativ usul bilan davolanadi. Konservativ davolash usullardan iqlimni almashtirish (dengiz soxilida iqlim terapiyasi) yaxshi natija beradi. Antigistamin dorilar, buro’nga qon tomir toraytiruchi, bujmaytiruvchi va yuzaki kuydiruvchi dorilar (kollargol, protorgol) tomizish tavsiya qilinadi. Ayrim xollarda konservativ davoni foydasizligida rentgenoterapiya qo`llaniladi.
Eng oddiy jarroxlik usullaridan adenotomiya xisoblanadi. Jarroxlik 5-7 yoshda qilinadi, lekin kasallik asoratlangan bo`lsa: eshitishni yomonlashishida, o`rta quloqni yallig’’lannshi jarayonida, burundan nafas olishni qiyinlashuvida maqsadga muvofiq ko`krak yoshidagi bolalarda va kattalarda xam qilinishi mumkin. YOsh bolalarda adenotomiya ambulatoriya sharoitida o`tkazilishi mumkin, kattalarida esa albatta statsionar sharoitida bo`lishi kerak. Jarroxlikdan avval quyidagi tekshirishlar olib boriladi: qonni umumiy taxlili, trombotsitlar soni, qonni ivish vaqti o`rganiladi, siydik va axlat taxlili, pediatr xulosasi, oo`iz bo`shlig’ini sanatsiyasi o`tkaziladi. Adenotomiyadan avval bolani tana xarorati o`lchanadi. Jarroxlik og’’riqsizlantirishsiz Bekman adenotomi yordamida qilinadi. YOsh bolalarda adenotomiyadan 15- 20 min. avval maxalliy og’’riqsizlshtirish uchun 1% dikain eritmasi yoki 5% kokain eritmasi 5 tomchidan burunni xar bir tomoniga tomiziladi.
Adenotomlar 5 xil kattalikda bo`ladi, bemorni yoshi va dimog’’ni xajmiga qarab tanlab olinadi. Jarroxlik vaqtida jarroxni yordamchisi bolani quchog’’iga o`tqazib,tizzalari orasiga oyoqlarini kirgizadi, bir qo`li bilan bolani boshi ushlaydi, ikkinchi qo`li bilan uni ko`kragini qo`llarini birgalikda qo`shib ushlaydi. Jarroxlik vaqtida bolani boshini xarakatga keltirmaslikga erishish zarur,aks xolda xalqumni jaroxatlanishiga yoki muolijani sifatsiz o`tkazishga olib keladi. SHpatel’ bilan tilni oldingi 1/3 qismi eziladi, adenotom yumshoq tanglay ortidan, dimoqqa kiritiladi va o`rta chiziq bo`ylab dimog’’ni orqa-yuqori devoriga bosiladi, tez xarakat bilan dimog’’ bo`ylab oldindan orqaga va pastga qarab xarakat qilinib bez kesiladi va tashqariga olib chiqariladi. Agar bez to`liq kesilmasdan osilib qolgan bo`lsa, konxotom yoki egri qaychi bilan qirqib olinadi.
1- bosqich
|
2- bosqich
|
Adenotomiya jarroxligini o`tkazish
Qon ketish oz miqdorda bo`lib, tezda to`xtaydi. Ba’zan kesilgan adenoid to`qimasi Halqumni pastki qismiga tushib qoladi, uni bemor bexosdan yutib yuborish mumkin. Juda kam xollarda kesilgan adenoid to`qimasi xiqildoqqa tushib, asfiktsiya keltirib chiqarishi kuzatilgan. Adenotomiyadan so`ng qon ketishi kuzatilmasa, 2-3 soatdan so`ng bemorni maxalliy pediatr nazorati ostida uyga jo`natish mumkin. Buning uchun burun va Halqum orqali qon oqishi bor yo`qligi ko`riladi, 2 kun davomida bemor bolani uyda yotishi va vrach bergan ko`rsatmalarga rioya qilishi uqtiriladi. Ovqat yumshoq va suyuq bo`lishi kerak, jarroxlikdan ikki xaftadan so`ng bemor qayta tekshirishdan o`tkaziladi. Birinchi marotaba adenotomiyadan so`ng chala qoldirilgan to`qimalar qayta gipertrofiyaga uchrashi mumkin.
Bolani yoshi qanchalik kichik bo`lsa, adenoidni qaytalanishi extimoli shunchalik yuqori bo`ladi. Qayta gipertrofiyalangan adenoidni yana adenotomiya qilinadi.
TANGLAY BEZLARINI GIPERTROFIYASI
Tanglay bezlarini gipertrofiyasi burun-Halqum (adenoid) bezi gipertrofiyasiga monand kechadi. YOsh bolalarda bezlarda fiziolog’ik gipertrofiyaga moyillik bo`lganligi uchun xam,ularda tanlay bezlarini yo`g’onlashuvi (gipertrofiyasi) eng ko`p uchraydi. Tanglay bezlarini gipertrofiyasi limfadenoid to`qimalari umumiy giperpalaziya ko`rinishida bo`ladi. Odatda bu bezlar yumshoq, och pushti rangda, bolalarda ko`pincha kattalashib, tanglay yoylaridan tashqariga chiqib turadi, ba`zan shu darajada kattalashadiki xatto ular bir biriga tegib turadi, natijada Halqumga kirish qismini butunlay to`sib qo`yadi. Fiziolog’ik gipertrofiyalangan tanglay bezlarida yallig’’lanish belgilari uchramaydi. Vaqt o`tishi bilan kattalashga tanglay bezlari xajmi jixatidan kichrayib, o`zini odatdagi shakliga qaytadi.Ayrim xollarda bu involyutsiya jarayon ushlanib qoladi, shuning uchun ayrim katta yoshdagilarda xam bezlarini gipertrofiyasini 11 va 111 darajada uchraydi. Bundan tashqari yallig’’lanish jarayoniga javoban bezlarni gipertorfiyasi uchraydi. Bu turdagi kattalashgan tanglay bezlari qattiq, to`qimasida limfoid elementlar kam, qo`shuvchi to`qimalarga boy bo`ladi. Keyinchali qo`shuvchi to`qima ko`payishi xisobiga bezlarni kichrayib, atrofiyaga uchraydi.
Kasallikni kechishi: Gipertrofiyalangan bodomcha bezlari ma`lum darajada mexanik ravishda nafas olishga, ovqat yutishga va tovush hosil bo`lishiga xalaqit beradi. YOsh bolalarda reflektor yo`talga sabab bo`ladi (bezga bog’’liq yo`tal) va bunday yo`tallar tunda kuchayadi,uyqulari bezovta,yuzaki va xurrak otib uxlashadi.. Tekshirishlar natijasiga asosan burun-Halqum va tanglay bezlari kattalashgan bolalar turli yuqumli kasalliklarga tez beriluvchan bo`ladi va bu kasalliklar (skralatina, bo`g’ma) boshqa bolalarga qaraganda ancha og’’ir kechadi.
Tashxis: bemorni shikoyatlari va faringoskopiyaga asosan qo`yiladi.
B. S. Preobrajenskiy bodomcha bezlari kattalashuvini shartli ravishda 3 darajaga bo`lgan. Oldingi tanglay yoylar qirg’og’’i va kichik tilni o`rtasidan o`tkazilgan chiziqlar oraligi o`lchov qilib olingan:
1.Tanglay bezlari shu Halqum bo`shlig’ini 1/3 qismini egallasa bu birinchi daraja katalashuv xisoblanada.
2.Agar tanglay bezlari shu bo`shliqni 2\3 (yarimini) qismini egallasa ikkichi darajali katalashuv xisoblanadi.
3.Tanglay bezlari shu bo`shliqni to`liq egallasa va bir-biriga tegib tursa bu uchinchi daraja katalashgan xisoblanadi.
Tanglay bezlarini oddiy shakldagi gipertrofiyasini surunkali gipertrofik tonzillit bilan taqqoslash mumkin: surunkali tonzillitni bu shakli bemor anamnezida angina va faringoskopik ko`rinishda surunkali yallig’’lanishga xos belgilarni borligi bilan ajralib turadi. Tanlay bezlarini uncha yuqori bo`lmagan yallig’’lanishi limfosarkomada (bir tomonlama), leykemiya, limfog’ranulematozda bo`lishi mumkin. Qon taxlili va biopsiya olinib gistolog’ik tekshirish natijalariga asosan bu kasalliklar uzaro taqqoslanadi.
Davolash: Tanglay bezalarini kichik xajmdagi gipertrofiyasida va yallig’’lanish jarayonini qo`shilish natijasida hosil bo`lgan shishlarni kamaytirish maqsadida ishqorli yoki burishtiruvchi eritmalar bilan (5% natriy bikorbanat, tanin eritmasi 1: 1000) tomoqni chayqash taviya etiladi. Bundan tashqari bezlar yuzalariLyugol’ eritmasi bilan yoki 3-5% lyapis bilan surtiladi. Kerakli xollarda qo`shimcha ravishda umumiy davolash tadbirlari, fizioterapevtik muolijalar qo`llaniladi. SHuningdek, iqlim almashtirish ya`niy dengiz iqlimida dam olish yaxshi natija beradi
. Jarroxlik yo`li bilan davolashda tonzillotomiya qilinadi, bunda bezni kattalashgan qismi kesib tashlanadi.
Tonzillotomiya o`tkazishga qarshiliklar : qon kasalliklari, organizmda o`tkir va og’’ir kasalliklar, yana epidemik yuqumli kasalliklar bilan aloqador xolatlar xisoblanadi. Tonzillotomiya asosan 5-7 yoshdagi bolalarda qilinadi.
Jarroxlik ambulatoriya sharoitda olib boriladi,ayrim xollarda go`daklarda ba’zan esa katta yoshdagilarda kasalxona sharoitida qilinadi. Jarroxlik. adenotomiya o`tkazish kabi olib boriladi. Halqum shilliq qavati 1% dikani eritmasini surtish yo`li bilan og’’riqsizlantiriladi, yoki butunlay og’’riqsizlantirishsiz o`tkaziladi. CHunkn bez parenximasi amaliy jixatdan og’’riq sezmaydi.
Tonzilotom yordamida qirqib olingan tanglay bezi
Tonzillotomiyaga ko`rsatma xuddi adenotomiyaga ko`rsatma singari: bodomcha bezlari gipertrofiyasi aniqlangan bolalarda tonzillotomiya bir vaqtda adenotomiya bilan birga qilinishi mumkin. Bodomcha bezlarini qisman olib tashlash Mat’e yoki Boxon tonzillotomlari yordamida amalga oshiriladi. Bezlarni kattlashgan qismidan Koxer qisqichiga qisilib, qirqib olinadi. Jarroxlikdan keyingi nazorat adenotomiyadan so`ngi nazorat kabi bo`ladi.
HALQUM NEVROZI
Bu xolat aloxida nozolog’ik kasallik xisoblanmaydi,balkim boshqa patolog’ik xolatlarni,ikkilamchi simptomkompleksidir.Bu patolog’ik xolatni ko`rinishi, xalqumni sezuvchanlik faoliyatini buzilishi (giposteziya,giperesteziya va parasteziya) bilan davom etadi.
Xalqumni sezuvchanligini buzilishini asosida, uni turli yallig’’lanish kasalliklarini ta`siri, shilliq qavatlarni sezuvchanligini ta`min etuvchi asab tolalarini quyi yoki markaziy buzilishlari yotadi. Xalqum nevrozini kelib chiqishini asosiy sababi bu isteriyadir.Asab tizimi o`zgaruvchan,muqum bir xolatga,irodaga ega bo`lmagan odamlarda eng ko`p uchraydigan xolatdir.
Giposteziya va anesteziya xolatlari-bu xolatni ko`rinishida xalqumdagi refleksni pasayishi yoki umuman bo`lmasligi sifatida namoyon bo`ladi.Bu xolat isteriyadan tashqari, markaziy asab tizimida turli kasalliklar (zaxm,skleroz,bul’bar falajlik,miya o`smasi) xisobiga paydo bo`lgan organik o`zgarishlar,bundan tashqari umumiy virusli kasalliklar va xalqum bo`g’masi sabab bo`ladi.Giposteziya va anasteziya xolatlari xiqildoqni kirish qismiga yaqin joylarda bo`lsa,ovqat luqmasi yoki so`lakni nafas yo`llariga tushib aspiratsiya bo`lishi mumkin.
Giperesteziya- yuqoridagi xolatga qarama-qarshi,bu erda xalqumni reflekslarini va shilliq qavtlarni sezuvchanligini ortib ketganligi kuzatiladi. Giperesteziya xolati xalqumni turli surunkali kasalliklarida (granulyoz,yonbosh faringitlar,surunkali tonzillitlarda) yoki nevrosteniya va isteriyada asab tizimini qo`g’aluvchanligini ortib ketishi natijasida paydo bo`ladi.
Bu xolat uchun xos shikoyatlar:tomoqda doimiy yot jism borligi xissiyotiga, bu xolat ayniqsa yutinganda kuchayadi,bundan tashqari, qichishish,achishish,sanchilish,noxuishlik belgilari bezovta qiladi.Tomoqdagi yot jismni tupurib tashlash maqsadida doimo tomoqni qirib, yo`talib,tupurib yuradi. Tomoqdagi qirilish xissiyti, vaqti-vaqti bilan yo`talish xurujini chaqiradi.
Parasteziya- yallig’’lanish jarayoni bo`lmagan xolda tomoqda turli shikoyatlar:yot jism sanchilib turishi,sezish jarayonlarini pasayib qolganlik xolati,qichishib turishiga bo`ladi.Bunday xolat ko`pincha asab tizimi charchagan,tajang odamlarda yoki klimakterik xolatdagi ayollarda kuzatiladi.Bu bemorlar butun diqat etiborini tomoqdagi o`zgarishlarga qaratib, o`zlarini og’’ir kasallikka chalingan bemorlardek to’tadi. Ayrim xollarda rakafobiya vaximasi bilan, tinmasdan bir vrachdan,ikkinchi vrach qabulida bo`ladi.
Tashxis bemorni tomoqdagi xolatga mos bo`lmagan shikoyatlari,faringoskopik tekshirishlar natijasiga asoslanadi.Bundan bemorlarni tinchlantirsh maqsadida ichki kasalliklar mutaxassisi,nervpatolog’,akusher-gnekolog’ ko`rigidan o`tkazish zarur.Xar extimolga qarshi, bo`yin sohasi osteoxondrozini aniqlash uchun shu sohani rentgenog’rafiya qilinadi.
Davolash davolash muolijalari tekshirish natijalariga asoslanadi.Agar tomoqda turli surunkali yallig’’lanish jarayoni aniqlanilsa,shu yo`nalishda muolijalar o`tkaziladi.Asab,ichki a`zolar va endokrin tizimi faoliyatini tinchlantirish uchun turli muolijalar,fizioterapevtik ta`sir etuvchi davolar olib boriladi.Bo`yin sohasiga SHerbak bo`yicha kaltsiy xlor eritmasi bilan elektroforez o`tkaziladi,xalqum va xiqildoq sohasidagi simpatik tugunlarga novokainli blokada qilinadi.
Apnoe sindromi yoki uyquda xurrak otish
Apnoe sindromi uyquda xurrak otish jarayonida nafasni to`xtab qolishi.Bemorlarni uyquda xurrak otishi va apnoe sindromi bilan kechishi,bu o`ziga xos nafas olish tizimini patolog’ik xolatlariga kiradi.Bunday patolog’ik xolatlar o`rta va qari yoshdagi xamda o`ta semiz odamlarda,ayollarga nisbatan erkaklar orasida ko`p uchraydi.
Dastlab uyquda oddiy xurrak boshlanadi,keyinchalik vaqti-vaqti bilan nafasni to`xtab qolishi - apnoe qo`shiladi.CHet ellarda bu xolatni SAS (slep apnae sindrome) yoki ronxopatiya deb yuritiladi.Vaqt o`tishi bilan apnoe xolati ko`payib bir necha soniyadan,bir necha daqiqigacha davom etadi.Apnoe vaqtda nafas olish bosh miya orqali ongli boshqarilmasdan,aksincha qonda kislorod miqdori ozayib,karbonat angidiridini miqdorini ko`payishi natijasida nafas markazini qitiqlash xisobiga amalga oshiriladi. Uyqudagi nafasni shu tarzda kechishi,vaqt o`tishi bilan inson tanasidagi xayotiy muxim a`zolarda patolog’ik o`zgarishlar keltirib chiqaradi.Xurrak otish jarayonini apoe bilan davom etish xisobiga, uyquda bexosdan o`limlar xam kuzatilgan.
Xurrakotishni kelib chiqishi mexanizmida asosiy o`rinni kichik til o`ynaydi,ko`pincha xollarda kichik til uzayib,yo`g’onlashib qoladi yoki mushaklari o`z tonusini yo`qotib osilib qoladi. Bundan tashqari xurrakni rivojlanishida tanglay yoylarini,yumshoq tanglayni xolati va bodamcha bezlarini xajmi (yo`g’onlashuvi) muxim axamiyat kasb etadi.
Semiz, yo`g’on va bo`yni kalta odamlarda xam xurrak otishga moyillik yuqoridir.Xurrak otishda nafas yo`llarini kasalliklari (adenoidlar,gipertrofik rinitlar,surunkali sinuitlar,adenoidlar) xiqildoq-xalqum a`zolarini (til o`zagi bezi,xiqildoq tog’’ayini,xiqildoqqa kirish qismini tuzilishi) o`ziga xos tuzilishga ega ekanligi xam axamiyat kasb etadi.
Faringoskopiyada: ko`pincha bunday odamlarda kichik til cho`zilib pastga til o`zagiga tegib turadi,tanglay yoylari va yumshoq tanglay tonusi pasayib osilib qoladi,bodomcha bezlari kattalashgan ko`rinadi.
Tashxis xech qanday qiyinchilik tug’dirmaydi, ko`proq bemorlar o`zlari xurrak otishdan shikoyat qiladilar yoki atrofidagilar apnoe sindromi xaqida so`z yuritadilar.
Davolash: konservativ davolash masvdida pastki jag’ni tortib bog’’lab qo`yish,burun qanotlarini kengaytirib qo`yish,uxlashdan avval og’’izga maxsus rezinali so`rg’ichlar solish,refleksdavolash,fizioterapevtik davolar qo`laniladi. Xozirgi kunda sezirarli naf berayotgan davolash SRAR usuli (Continions positive airway pressure) xisoblanadi. Bu usulda nafas yo`llarida doimo musbat bosim hosil qilish uchun, bemorga yotishda maxsus maska kiydiriladi va yuqori bosimda xavo yuborilib turiladi.
Davolashni eng samarali usuli jarroxlik xisoblanadi va umumiy qilib uvulopalatinofaringoplastika deb yuritiladi. Jarroxlik usulini asosida kichik til,tanglay yoylari,yumshoq tanglayda turlicha jarroxlik muolijalarini o`tkaziladi. Xozirgi kunda bunday jarroxlik usullarini 10 dan ortig’i mavjud va jarroxlik muolijalarini o`tkazishda xar bir bemorga shaxsiy yondoshish zarur.
DASTLABKI JORIY NAZORAT
(bilimni dastlabki darajasini tekshirish va auditoriyadan tashkari mustaqil
tayyorgarligini natijalari bo’yicha korrektsiya qilish).
Auditoriyadan tashkaridagi mustaqil tayyorgarlik uchun nazorat savollari:
1. Normal mezoepifaringoskopiya.
2. Bodomcha bezlarining gistolog’ik tuzilishi.
3. Halqum qavatlari.
4. Pirog’ov-Valdersonni xalqasini joylashuvi.
5. Surunkali tonzilitni klassifikatsiyasi.
6. Bodomcha bezlarining gipertrafiyasi klinikasi diagnostikasi, davolash.
7. Surunkali tonzilitni mezofaringoskopik ko’rinishi.
8. Surunkali tonzilitda bodomcha bezlaridagi patomorfolog’ik uzgarishlar.
9. Surunkali tonzilitni konservativ davolash.
10. Adenoid klinikasi, diagnostikasi, davolash.
11. Tonzilektomiya asoratlari.
12. Surunkali faringitlarda klinikasi, diagnostikasi va davolash.
Doimiy tekshirish: mustaqil tayyorgarlik uchun berilgan savollar asosida o’tkaziladi.
Darsning jixozlash:
1.Peshona reflektori (Simonovskiy) - 3ta.
2.Burun halqum oynagi - 4ta.
3.Tablitsalar - 5ta.
4.Kompyuter prezentatsiyasi - 1ta.
5Talabalar uchun o’quv-uslubiy qo’llanma
6.Slaydlar, diapozitivlar, atlaslar va diaprorektorlar.
Dostları ilə paylaş: |