O`zbekiston respublikasi sog’’liqni saqlash vazirligi


MASHGUOTNI O`TKAZISH BO`YICHA KERAKLI KO`RGAZMALI QUROLLAR



Yüklə 256,01 Kb.
səhifə3/4
tarix13.03.2017
ölçüsü256,01 Kb.
#11068
1   2   3   4

MASHGUOTNI O`TKAZISH BO`YICHA KERAKLI KO`RGAZMALI QUROLLAR


  1. Halqumning klinik anatomiyasi

  2. Normal epifaringoskopik va mezofaringoskopik ko’rinish.

  3. Adenoid (burun halqum bezini yugonlashuvi).

  4. Tanglay bezini yugonlashuvi (gipertrofiyasi).

  5. Surunkali tonzillit.

  6. Tanglay murtagini normadagi va surunkali tonzillitdagi gistolog’ik tuzilishi.

  7. Tonzill - ektomiya jarroxligi bosqichlari.

  8. Adenotomiya, tonzillotomiya jarroxligi.

  9. Adenotomiya, tonzilltomiya utkazish uchun asboblar

  10. Surunkali tonzillitdai va adenoidda olingan bezlarni makropreparatlari.

  11. Kodoskop, slaydoskop, videoikkiliklarda mavzu bo’yicha slayd va videofilm namoyish etish.

12.Mavzu bo’yicha bemorlar namoyish etish.

AMALIY MASHG’ULOTNI UTKAZISH XRONOLOG’IK XARITASI



Mashgulot tartibi 180 (min.)

Mashg’ulotning amaliy qismining taxlili

Guruxlardagi talabalar soni

1

Mashg’ulotni tashkiliy qismi

5

7-8 talaba

2

Talabalarni boshlangich (mustaqil tayyorgarligini) bilimini mavzu

savollariga asoslanib tekshirish:

YOzma:

Og’’zaki



30

20


-*-

3

Mashg’ulotning amaliy qismini (tekshiruv usullari, tablitsa va slaydlarni, kompyuter prezentatsiyalarini) namoyish qilish

40

-*-

4

O’quv xonasida talabalarni mustaqil ishlari (otoskopiyani bajarishni o’quv xaritasi va yunaltiruvchi asosi yordamida va o’quv qo’llanmalari orqali urganish, bemor va kasallik tarixi va LOR kasalliklari atlasi bilan ishlash, tablitsalardan foydalanish.)

40

-*-

5

Materialni uzlashtirish darajasini baxolashda ziddiyatli masalarini echish, bemorda rinoskopiya usulini bajarishini nazorat qilish, uslubiy qo’llanmani tekshirish, baxolash.

35

-*-




Mashg’ulotni yakunlash

10

-*-


AMALIY MASHG’ULOTNI O’QUV XARITASI

(Talabalarni mustaqil auditoriya ishi uchun).

KASALLIK TARIXINI YOZISH UCHUN USLUBIY TAVSIYANOMA

Kasallik tarixiga bemorning asosiy shikoyatlari LOR a’zolaridan boshlanib yoziladi. So’ngra kasallik tarixi va xayot tarixi, ob’ektiv tekshirish natijalari yoziladi.

Anamnesis morvi - qisqa shaklda xozirgi kasallikni qanday boshlangani, (kasallik sababi) kechishi, qanday boshlanganidan, statsionarga kelguncha davr. Bu kasallikda qanday davolash usuli kachon utkazilganligi va uning foydasi albatta kursatiladi.

Anamnesis vitae - bu bo’limga bemorning umumiy ma’lumotlari, rivojlanishi, irsiyati, maishiy va meknat sharoiti, zararli odatlari, allergik anamnezi

aniklanadi. Allergik xolatlar, dori - darmonlar, ozik-ovkatlar va x.k. sezuvchanlik, bronxial astma, revmatizm, tumov, diatez, kvinke shishi, eshak emi va b.

Status praesens - bemorning umumiy akvoli ( konikarli, urta, okir va x.k.). Ichki a’zolar bo’yicha qisqacha yozuv (YUKT sistemasi, NO sistemasi, OI sistemasi va x.k.).



Lor status

Halqum: og’’izhalqum shilliq qavati pushti rangda, nam, tanglay yullari ajratilmokda (yoki patolog’iyada tanglay yullari kirkoki giperemiyasi, infil’tratsiyasi, shishgan). Bodomcha bezlari bilan yopishgan. Bodomcha bezlari kattaligi 1(2-3) darajada, lakunalar kengaymagan, (yoki kengaygan), lakunalarda patolog’ik ajralma yuk (yoki shpatel bilan ezilganda kazeoz, yiringli koplama, suyuk yoki kuyuk). Bodomcha bezlari tashki yuzasi tekis (yoki dagal, notekis). Halqum orqa devori nam (yoki kuruk) pushti rangda, limfoid donachalari kattalashgan, atrofiyalashgan, halqum reflekslari saklangan (patolog’iyani anik ifodalash).

Burun - halqum - ravon (yoki III limfoid bezining gipertrofiyasi (1-2-3 darajali), burun halqum shilliq qavati pushti, nam, xonalar ravon (yoki pastki, urta, yuqori burun chikanoklarining orqa qismi yukonlashgan, yoki xoanal polip yoki o’smaning kattaligi).

eshituv nayini chikish qismi yaxshi farklanadi, ravon (yoki nay atrofi bezining kattalashishi) burun halqumni barmoq bilan tekshirishda, pal’patsiyada aniklangan dalillar kursatiladi.

Hiqildoq - halqum - til ildizi bezi kattalashmagan, valleqo’lalar ravon, halqumni orqa va yon devorlari shilliq qavati pushti rangda, nam (patolog’iyasi anik yoziladi).

TALABALARNI MUSTAQIL AUDITORIYA ISHI

Talabalarni mustaqil auditoriya ishi

1.Normal mezofaringoskopiya va epifaringoskopiya (orqangi rinoskopiya) utkazish.

2.Antiseptik eritmalar bilan kanyula yordamida lakunalarni yuvish.

3.YUkumli shifoxonadagi o’tkir anginalar bilan og’rigan bemorlarni kuratsiya qilish.

4.Maslaxat poliklinikasida tomog’i og’rigan bemorlarni birlamchi kabul qilish (kuratsiya davomida bemorlarni shikoyati: birdan tomog’i og’rib, isitma kirib, bo’g’imlarda og’rik bo’lib, yutinish kiyinligi, umumiy xolsizlik, ish faoliyatini yukolishi kabi belgilariga axamiyat beriladi).

5.Mezofaringoskopiyada lakunar anginani halqum bo’g’masidan qiyosiy takkoslash.

6.Paratonzilyar abtsesslarni mezoforengoskopiyada kurish, abtsessni punktsiya qilish, ochish.

7.Kon kasalliklarida uchraydigan anginalarni gemotolog’iya bo’limida yotgan

bemorlarda kurish.

8. YOsh bolalardagi bodomcha bezlari gipertrofiyasi va burun halqum adenoidi.

halqumni atrofik, subatrofik, granulyoz kasalliklarini kuratsiya qilish.

9.Surunkali tonzilitda umumiy va maxalliy belgilarni (Gize, Zak, Proeobrajenskiy

belgilari va lakunalarda yiringli detritlar hosil bulishlarini) urganish.

10.Surunkali tonzilitda dori-darmonlar bilan lakunalarni yuvish, galvanokaustika,

kirioterapiya, fizioterapiya davolarini qo’llash.

11.Toksik allergik shaklida jarroxlik usulini qo’llash.

12.Tonzilotomiya tashrixini kuzatish.

13.Burun halqumni adenoid bezini gipertrofiyasida orqangi rinoskopiya va kursatkich barmoq bilan paypaslab tekshirish.

14. Burun halqumni adenoid bezini gipertrofiyasini usmirlar angofibromasi, xonal polip va b. differentsial diagnostikasi qilish.

«Qanday?» ierarxik diagrammasi

Diagrammani tuzish qoidalari bilan tanishiladi. YAkka (juftlikda) diagramma tuziladi. Natijalar taqdimoti Juftlarga birlashadi, o`z diagrammalarini taqqoslaydi va qo`shimchalar kiritadi.



«QANDAY?» IERARXIK DIAGRAMMASI

-muammo Haqida butunligicha umumiy taassurot olish imkonini beruvchi mantiqiy bir qator savollar.Tizimli, ijodiy, taHliliy mushoHada qilish ko`nikmalarini rivojlantiradi.



«Qanday?» diagrammasini qurish qoidalari

1 Ko`p Hollarda sizga muammolar Hal etishda «Nima qilish kerak?» Haqida o`ylashga Hojat bo`lmaydi. Muammo asosan «Buni qanday qilish kerak?» qabilida bo`ladi.

«Qanday?» - muammoni Hal etishda asosiy savol Hisoblanadi.

«Qanday?» ierarxiya diagrammasi muammo Haqida butunligicha umumiy tasavvurga ega bo`lishga imkon beradigan savollar mantiqiy zanjiri ko`rinishida bo`ladi.

Ketma-ket ravishda «Qanday?» savolini qo`yish orqali siz faqat muammoni Hal etishning barcha imkoniyatlarini tadqiq etibgina qolmay, balki ularni amalga oshirish usullarini Ham o`rganasiz.

Diagramma strategik darajadagi savol bilan ish boshlaydi. Muammoni Hal etishning pastki (quyi) darajasi birinchi navbatdagi Harakatlar ro`yxatiga mos keladi.

2 O`ylamay, baHolamay va ularni o`zaro solishtirmay tezlikda barcha g’oyalarni yozish lozim bo`ladi.

3 Diagramma Hech qachon tugallanmaydi: o’nga yangi g’oyalarni kiritish mumkin bo`ladi.

4 Agarda savol sxemada bir qancha «shoxlar»da qaytarilsa, demak u nisbatan muHimdir. U muammoni Hal etishning muHim qadami bo`lishi mumkin.

5 YAngi g’oyalarni grafik ko`rinishda qayd etishni o`zingiz Hal eting: daraxt yoki kaskad ko`rinishida, yuqoridan pastga yoki chapdan o`ngga. eng muHimi esda tuting: nisbatan ko`p miqdordagi foydali g’oyalar va muammo echimlarini topishga imkon beradigan usul eng maqbul usul Hisoblanadi.

6 Agarda siz to`g’ri savol bersangiz va optimistik bo`lsangiz, u Holda diagramma (texnika) Har qanday muammo echimini topib berishni kafolatlaydi.

Darsning so’ngida o’qituvchi qisqa tarzda darsga xotima berib xulosa qiladi va utilgan mavzu bo’yicha talabalar bilimini baxolaydi.



Mustahkamlash uchun testlar:

1. Halqumdagi yot jismlar qanday asoratlar keltirib chiqaradi?

A) parafaringit

B) flegmona

V) Kataral angina

G) nafas olishni qiyinligi

D) Halqum orqa abtsessi

2. Halqumni ko`p sonli jaroxatida qon ketish qanday to`xtatiladi?

A) Birlamchm xirurgik tozalash, qon ketayotgan joyga tampon qo`yish, qon to`xtatuvchi dorilar qo`llash

B) eritrotsitar massa, plazma quyish

V) Gemostatik gubka qo`yish

G) Boshini osmonga qaratib yotqizish

D) Qon ketgan joyni kumush nitrat bilan kuydirish

3. Tonzillektomiyadan so`ng birinchi kunda qanday parxez buyuriladi?

A) Suvni ko`p miqdorda ichish

B) Odatdagi kunlik ovqatlardan tanovul qilish

V) Issiq choy

G) Suyuq va iliq ovqatlar tavsiya etiladi

D) Stol №15

4. Surunkali tonzillitni konservativ davolash qanday olib boriladi?

A) Lakunalarni yuvish va ichidagi ajralmalarni so`rib olish

B) Lakunalar ichiga antibiotiklarni yuborish

V) Lakunalarni uchxlorli sirka kislota bilan kuydirish

G) 5 % li yod eritmasi bilan Halqumni artish

D) Glyukoza eritmasi bilan tomoqni chayish

5. Simonovskiy-Vensen qo`zg’atuvchisi qanday kasallik chaqiradi?

A) Halqum bo`g’masini keltirib chiqaradi

B) Halqum orti abstsessini keltirib chikaruvchi gerpetik virusi

V) Anginani yarali-pardali turini chaqiruvchi leptospira

G) YUqori nafas yo`llarida yallig’’lanish keltirib chikaruvchi pnevmokokk

D) Streptokokk

6. Tizimli qon kasalliklarida anginani qaysi turlari uchraydi?

A) Monotsitar angina,alementar-toksik alekitsyadagi angina

B) Simonovskiy Vensen anginasi

V) Leykozdagi angina, agronilotsitar angina

G) Foliqo’lyar angina

D) Difteriya

7. Quyidagi bemor tomonidan qilinadigan shikoyatlar qaysi kasallikka xos: og’’izdan noxush xid kelishi, tomoqni qurishi, tomoqda yot jism borligi xissiyoti?

A) Flegmonoz angina

B) Atrofik faringit

V) YArali-pardali angina

G) Paratonzilyar abstsess

D) Murtaklar flegmonasi

8. Bemorni quyidagi shikoyatlari qaysi kasallika xos: Tomoqda qattii og’’riq, yutinishni qiyinligi, chaynash mushaklarini trizmi xisobiga og’’iz ochishni qiyinligi, tana xaroratini yuqoriligi va og’’izdan so`lak oqish.

A) O`tkir faringit

B) Lakunar angina

V) Halqum bo`g’masi

G) Paratonzilyar abstsess

D) Halqumorti abstsessi

9. Paratonzilyar abstsessni yorishni qanday turlarini bilasiz?

A) O`tmas yo`l bilan yoriladi

B) Uchli qaychi yordamida yoriladi

V)Umuman yorilmaydi

G) Avval punktsiya qilinadi

D) Punktsiya qilingandan so`ng skalpel’ yordamida yoriladi.

10 Paratonziyalar abstsessni yorish vaqtida qanday xavfli asoratlar kuzatilishi mumkin?

A) Uyqu arteriyasini jaroxatlanishi

B) Kovak venani jaroxatlanishi

V) Adashgan nervni jaroxatlanishi

G) YUz arteriyasini jaroxatlanishi

D) YUz nervini jaroxatlanishi

11. Surunkali tonzillitni B.S. Preobrojenskiy ( 1964 y.) klassifikatsiyasi bo`yicha qanday klinik shakllarga bo`linadi?

A)Surunkali tonzillitni oddiy shakli

B) Murakkab shakli

V) Kompensatsiya,subkompensatsiya shakli

G) Toksiko-allergik 1 va 2 darajasi

D) Oddiy va gipertrofik shakli

12. Tonzillektomiya vaqtida qanday asoratlar kutilishi mumkin?

A) Xushdan ketish

B) Qon ketish

V) Sepsis

G) Nafas olishni to`xtab qolishi

D) Teri osti emfizemasi, pnevmoniya, o`pka atelektazi

13. Foliqo’lyar anginani faringoskopik ko`rinishini tasvirlang

A) Halqum shilliq qavati va bodomcha bezlar qizargan,shishgan

B) Bodomcha bezlar shishgan, yuzasida serozli ajralma bor

V) Bodomcha bezlar yuzasida qo’lrang ifloslangan ajralma bor

G) Bodomcha bezlarining yuzasida engil ko`chuvchi, oq-sarg’ish rangdagi ajralmalar mavjud

D) Bezlardan qon ketish, yuzasida sariq nuktasimon ajralmalar kuzatiladi

14. Angina bilan o`rtacha qaysi yoshda ko`p uchraydi

A) 30 yoshgacha

B) YOsh bolalarda

V) YOshga bog’’liq emas

G) 10 yoshgacha bolalarda

15. Angina lor a`zolariga qanday asorat berishi mumkin?

A) Paratonzilyar abstsess

B) Paratonzillit,tonzillog’en mediastenit va tonzillog’en sepsis

V) Mezofaringit

G) Stomatit

D) Sepsis

16. Halqum orti abstsessini yorish uchun qancha chuqurlikda kesish kerak?

A) 1 sm.

B) 2,5 sm.

V)0,5 sm.

G) 3,5 sm.

D) 4 sm.

17. Quydagi klinik belgilar qaysi kasallikka xos: Bemor 4 yoshda, shikoyatlari nafas olishni qiyinligi, nafas shovqin bilan davom etadi, tomoqda og’’riq, yutinishni qiyinligiga va tana xaroratini yuqoriga ko`tarilishi. Ko`rilganda: Halqumni og’’iz qismini orqa devori shilliq qavati qizargan va shishgan, zond bilan tekshiilganda flyuktatsiya kuzatiladi.

A) Paratonzillyar abstsess

B) Lakunar angina

V) Halqum orti abstsessi

G) Adenoid

18. Burun Halqumga ochiladi

A) Gaymorova bo`shlg’i

B) eshituv nayi

V) YUz nerv kanali

G) Peshona suyagi bo`shlig’i

19. YUmshoq tanglay normada

A) Och pushti rangda,xarakatchan

B) Harakatsiz

V) CHandiqli

G) Atrofiyalangan

D) SHishgan

20. Granulyoz faringitni mezofaringoskopik ko`rinishi qanday?

A) SHilliq qavat och pushti rangda,xarakatchan

B) Harakatsiz

V) CHandiqli

G) Atrofiyalangan

D) Xalqum orqa devori shilliq qavati qizargan,yuzalarida qizarib, shishgan 2-3mm.xajmda limfoadenoid to`qimalari to`plangan.



21. Pirog’ov-Val’deyr limfoid xalqasini qaysi bezlardan tashkil topgan? A)Xiqidoq va ko`ks oralig’idagi limfatik tugunlardan

B)Halqum ortidagi limfatik tugunlardan

V)Halqum (1,2), burun-Halqum (3) bezlari

G)Til ildizi (4) bezi

D) eshituv nayi teshiklari oldidagi (5-6) bezlardan.

22.Bodomcha bezlari qaysi arteriyalardan tarmoq oladi?

A)Tashqi uyqi arteriyasi,til arteriyasidan

B)YUz arteriyasi,ko`tariluvchi tanglay arteriyasidan

V)Xiqildoqni yuqorigi arteriyasidan

G)Ko`tariluvchi Halqum arteriyasidan

D) Pastki burun arteriyasidan

23.Halqumni vazifalari quydagilardan iborat.

A)Nafas olishda ishtirok etish

B)Ovqat xazm qilish va ovqat o`tkazish

V)Tovush va ovoz hosil qilish

G)Ximoya vazifasi

24. Anginani qanday turlari tafovut qilinadi?

A)Kataral,lakunar,foliqo’lyar

B)Flegmanoz,yarali-pardali

V)Gerpetik,aralash

G)Surunkali,odontog’en turlari

D)Xamma javob to`g’ri

25. Halqum qanday qismlarga bo`linadi?

A) Burun-Halqum

B)Og’’iz-Halqum

V)Quloq-Halqum

G)Hiqildoq-Halqum

D)Umurtqa-Halqum
AMALIY MASHG’ULOTDA ECHISH UCHUN ZIDDIATLI MASALALAR:

1. Normatov e.32 yoshli bemor shikoyati yo’tishda, aksariyat bir tomonlama irradiatsiyali (utuvchi) og’’rik, qo’lokga o’tadi, trizm, zararlangan tomokda regionar limfa tugunlarining shishi va og’rishi. Anamnezidan; 3 kundan beri xasta. Ob’ektiv: yo’tishda va og’izni ochishda keskin og’rik. Mezofaringoskopiyada tanglay murtagi asimmetriyasi va giperemiya, bukkanligi, tanglay yoychalarining ko’pincha bir tomonlama, shishi va giperemiyasi, flyuktuatsiya borligi va joyi aniklanadi. Tashxis kuying.

2 Bemor Kamolov S. Lor vrachiga shikoyati: tana xarorati kutarilishi, yo’tishda og’rik borligi. Anamnezida 3 kun beri kasal. Mezofaringoskopiyada: bodomcha bezlar kattalashgan, giperemiyalangan, bodomcha bezlarning kabarik uchastkalarida shilliq parda ostida yumalok, tugnog’ich boshchasi kattaligidagi sargimtir nuktalar ko’tarilib turadi, tanglay yoychalari giperemiyalangan, shishgan. Tashxis kuying va davolang.

3.Ruzioxunova S. 34 yoshda Lor vrachiga shikoyati: tomog’ida og’rikga. xolsizlikga, tana xarorati kutarilishiga. Anamnezida: 3-4 kundan beri xasta. Xastaligini shamolash bilan bog’laydi. Mezofaringoskopiyada: bodomcha bezlar kattalashgan, giperemiyalangan, lakunalar og’zida ko’p sonli ochik- sarik rangli, aksariyat bir- biriga kushilib ketadigan parda (karash)lar joylashgan, ular osonlikcha kuchadi va konab turadigan yuza koldirmaydi . Tashxis kuying.

4 Bemor Bozorboev 19 yoshda. Vrachga shikoyati: mul sulak ajralishi (salivatsiya), yo’tishda o’ngaysizlik va yot jism borligini xis qilish, og’zidan noxush chirindi xidi kelishi. Anamnezida: uzini bir kunda beri xasta deb xisoblaydi. Xastaligini shamolash bilan bog’laydi. Mezofaringoskopiyada: bodomcha bezning yuqori kutbi sohasida bir tomonlama sargimtir- sarik- yashil parda (karash), parda oson kuchadi va konab turadigan yuzani koldiradi, keyin bu chetlarlari notekis kratersimon yaraga aylanadi Sizni tashxingiz.

5 Zoxidov D. 37 yoshli bemor. Vrachga shikoyati: yo’tishda og’rik, gipertermiya, og’’izkurishi. Anamnezida: 3 kunda beri xasta. Mezofaringoskopiyada: tanglay bodomcha bezlar giperemiyasi, yo’pka shilimshiq - yiringli ajralma bilan qoplangan, yallig’langan, kattalashgan. Tashxis kuying.



Testlar va vaziyatli masalalar echishda yangi pedagog’ik texnolog’iyaning interaktiv usullaridan «miya shturmi» uslubida javoblar olinadi: bunda talabalar tomonidan ko’plab javob va goyalar urtaga tashlanadi, o’qituvchi qisqa muddat ichida talabalarning amaliy mashgulotga tayyorgarligi xakidagi ma’lumotlarni
MAVZUGA OID KASALLIK TARIXLARINI TAXLILI

Bemor 6 yoshda

Kasalxonaga maxalliy poliklinka pediatri tomonidan Surunkali tonzillit tashxisi bilan tonzilektomiyaga yuborilgan

Bemorni kelgandagi tashxisi-surunkali tonzillit

Bemorni kelgandagi shikoyatlari: tomoqda yot jisim borligi xissiyoti,yutinishni va gapirishni qiyinligi,ovqat luqmasini yutinishda o`tishini qiyinligiga.

Lor bo`limda tekshirilganda: Onasini aytishicha bolani anamnezida o`tkir angina bilan xech qachon og’’rimagan,ammo bola doim tomoqda yot jisim borligi xissiyotiga,yutinishni qiynligiga,gapirganda ping’illab qolishiga shikoyat qilib kelingan.

Faringoskopiya: og’’iz ochish bemalol,bodomcha bezlari 111 darajada kattalashgan,bir-biriga tegib turadi,yuzalari tekis,lakunalari keng va toza.

Bo`limda bolani tashxisi bodomcha bezlarini yo`g’onlashuvi (111 daraja) Tonzillotomiyaga tayyorlash maqsadida qoni va siydigi tekshirildi,stomatolog’ va pediatr ko`rigidan o`zkazildi. Kelgan kunini ertasiga tonzillotomiya jarroxligi o`tkazildi,muolijadan so`ng qon ketishi kuzatilmadi va 2 soat nazoratdan so`ng maxalliy pediatr nazoratida uyga javob berildi.
Bemor 63 yoshda

Kasalxonaga maxalliy QVP bosh xakimi tomonidan YArali-pardali angina tashxisi bilan davolanishga yuborilgan.

Bemorni shikoyatlari: Tomoqda og’’riq, yutinishni qiyinligi,og’’izdan noxush xid kelishi,umumiy quvvatsizlik,ishtaxa va uyquni buzilishiga.

Kasallik 3 oy avval boshlangan,dostlab tomoqda yot jisim borligi xissiyoti bezovtv qilgan,keyinchalik,og’’riq qo`shilgan,so`ngra og’’izdan noxush xid kelgan va jag’ osti va bo`yin limfatik tugunlari kattalashgan.

Davolanish maqsadida: antibiotiklar,antigistamin dorilar qabul qilgan,tomoqni antiseptik dorilar bilan chayqagan,ammo foydasi bo`lmagan.

Faringoskopiyada: Og’’izni ochishi bemalol,bodomcha bezi chap tomondag,bez oldi to`qimasi bilan qizarib shishigan,bez yuzasida,qirg’oqlari notekis,yuzalari sarg’imtir karash bilan qoplangan yara ko`rinyapti.Jag’ osti va bo`yin limfatik tugunlari kattalashgan,ushlab ko`rilganda og’’riqli.

Savol bemorni tekshirish va davolash bo`yicha siz qanday ishlarni olib borasiz?
Bemor A.17 yosh.

Klinikaga yashasha joyidagi LOR vrach tomonidan lakunar angina tashxisi bilan jjo`natilgan.

Kelganda shikoyatlari: Tomoqda og’’riq,yutinishni qiyinligi,tana xaroratini ko`tarilishi,og’’iz ochishni qiyinligi,umumiy quvvatsizlikka

Faringoskopiya: Bemor bo`yni o`ng tomonga qiyshaygan,og’’iz ochishi keskin qiyinlashgan,og’’izdan noxush xid keladi.O`ng tanglay bezi,bez oldi to`qimalari bilan keskin qizargan, shishgan va bo`rtib chiqqan.Bezni bo`rtgan joyi markazi oqish rangda. Kichik til sog’’ tomonga surilgan.

Bemorga tashxis qo`ying va davolash choralarnini belgilang
HALQUMNING SURUNKALI KASALLIKLARI. DIAGNOSTIKA VA DAVOLASH KO’RSATMALARI

Nozolog’ik birlikni nomi: Surunkali tonzillit. U-35.0

Bajarilishi lozim

bo’lgan tekshirish usullari

Belgilash

Ko’rsatma

Miqori

Mutaxasislar konsultatsiyasi: : infektsionist,

ftiziatr,

onkolog’,

kardiolog’,

revmatolog’

+

+



+

+

+


1

1



1

1

1



Laborator tekshirishlar:

konni umumiy taxlili*

Bakter. ekmaga surtma***

eKG*


Revmoprobalar**

+

+



+

+

1

1

1



1


Yüklə 256,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin