O‘zbеkiston rеspublikasi sog‘liqni saqlasн vazirligi toshkеnt tibbiyot akademiyasi “Tasdiqlayman”



Yüklə 99,09 Kb.
tarix25.03.2017
ölçüsü99,09 Kb.
#12295
    Bu səhifədəki naviqasiya:
  • Jami
O‘ZBЕKISTON RЕSPUBLIKASI SOG‘LIQNI SAQLASН VAZIRLIGI
TOSHKЕNT TIBBIYOT AKADEMIYASI

Tasdiqlayman” TTA o‘quv ishlari bo‘yicha

prorektor prof. O.R. Teshaev

_______________________

«27» avgust 2015 yil

Kafedra: DAVOLASH FAKULTETI FAKULTET VA GOSPITAL JARROHLIK


Fan: Gospital jarrohlik
«AMALIYOTDAN KEYINGI ME'DA KASALLIKLARI»

mavzusida

O‘QITISH TEXNOLOGIYASI

Tashkent 2015

Tuzuvchilar: Professor Xakimov M.Sh.

Dotsent Imamov A.A

Assistent Ganiev D.A.

O‘qitish texnologiyasi tasdiqlangan:

kafedra o‘quv-uslubiy kengashi bayonnoma №1 «27» avgust 2015 yil

MAVZU: Amaliyotdan keyin me'da kasalliklari





  1. O‘quv mashg‘ulotida o‘qitish texnologiyasi modeli

Vaqt – 6 soat

Talabalar soni: 8-10ta.

Mashg‘ulot shakli


Amaliy mashg‘ulotlar (seminar) o‘quv xonalarida olib boriladi. Amaliy mashg‘ulotda yangi pedagogik texnologiyadan «Qora quticha va o‘rgimchak ini» usulidan foydalaniladi

Mashg‘ulot o‘tkazish joyi


Mashg‘ulotlar davolash fakultetining fakultet va gospital jarrohlik kafedrasi va uning klinik bazalari (TTA sining 2 – klinikasida joylashgan o‘quv xonalari, palatalar va bog‘lov xonalari, poliklinika) da olib boriladi

O‘quv mashg‘uloti strukturasi


  1. Kirish

  2. Amaliy qism

- kuratsiya

- amaliy ko‘nikmalarni bajarish

- amaliy qismni tahlil qilish


  1. Teoretik qism

- teoritik qismni tahlil qilish

4. baholash

- o‘z-o‘zini va o‘zaro baholash

- o‘qituvchi bahosi

5. o‘qituvchi tomonidan darsni tamomlash, bilimlarni baholash. Keyingi dars uchun mashg‘ulot savollarini e'lon qilish.


Mashg‘ulotning maqsadi: Talabalarga amaliyotdan keying me'da kasalliklari bilan og‘rigan bemorlar, kuratsiya uchun olingan bemorlar misolida tekshirish yo‘llarini, tashxis qo‘yish, qiyosiy tashxis va davolash usullarini o‘rgatish. Ushbukasalliksabablari, patogenezini, klassifikatsiyasi, klinikasi va umumiy davolash xususiyatlarini taxlil qilish.


O‘qituvchi vazifasi:

- diagnostika va differensial diagnostika uslublari, va ularning asoratlari haqida;

- tashxisni asoslash va ratsional davoni tanlash uchun instrumental-diagnostik tekshiruvlarni interpretatsiya qilish;

- ushbu bemorlarning amaliyot oldi tayyorlashning o‘ziga xos xususiyatlari;

- operativ va konservativ davolash uchun ko‘rsatmalar, va ularning o‘ziga xosligini balish;

- amaliyot davri va undan keyingi asoratlarni oldini olish;

- amaliyotdan keyingi me'da kasalliklari bilan og‘rigan bemorlarni tekshirish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarni o‘zlashtirish;

- maxsus tekshiruv usullarini o‘rganish.




O‘quv jarayoni natijalar:

Talaba bilishi lozim:

- diagnostika va differensial diagnostika uslublari, va ularning asoratlari haqida;

- tashxisni asoslash va ratsional davoni tanlash uchun instrumental-diagnostik tekshiruvlarni interpretatsiya qilish;

- ushbu bemorlarning amaliyot oldi tayyorlashning o‘ziga xos xususiyatlari;

- operativ va konservativ davolash uchun ko‘rsatmalar va ularning o‘ziga xosligini bilish;

- amaliyot davri va undan keyingi asoratlarni oldini olish;

- amaliyotdan keyingi me'da kasalliklari bilan og‘rigan bemorlarni tekshirish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarni o‘zlashtirish;

- maxsus tekshiruv usullarni o‘rganish.



Talaba bajara olishi lozim:

Amaliy ko‘nikmalarin bajara olishi - amaliyotdan keyingi me'da kasalliklari bilan og‘rigan bemorlarni tekshirish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarni o‘zlashtirish, maxsus tekshiruv usullarni o‘rganish, operativ va konservativ davolash uchun ko‘rsatmalar va qarshi ko‘rsatmalarni bilish.




O‘qitish texnikasi va usullari

Amaliy mashg‘ulot usuli: “qora quticha va o‘rgimchak ini”; mavzuga oid vaziyatli masala

O‘qitish jihozlari

O‘quv qo‘llanma, slaydlar, video va audio tasmalar, rentgenogrammalar, kasallik tarixi.

O‘qitish shakllari

Individual, guruhlarda va kollektiv bilan ishlash, prezentatsiyalar

O‘qitish shartlari

O‘quv xonalari, palatalar va bog‘lov xonalari.

Monitoring va baholash

Og‘zaki nazorat: nazorat savollari, guruhlarda o‘quv vazifalarni bajarish, amaliy ko‘nikmalarni bajarish; yozma nazorat: test o‘tqazish, talabalarning mustaqil ishi



2. Motivatsiya

Talabalarga kasallikning og‘ir asoratlari rivojlanmasligi uchun zarur bo‘lgan jarrohlik usulini tanlashni o‘rgatish, asorati rivojlanganda esa ularga ko‘proq ma'lumot beradigan va zamonaviy tashxislash usuli, bemorlarni jarrohlik usulida davolash, jarrohlik amaliyoti davrida va undan keyin bo‘lishi mumkin bo‘lgan asoratlari, ularni oldini olish haqida tanishtirish. Mashg‘ulot mutaxassis shaxsini shakllanishiga, o‘zini tuta bilishga o‘rgatishga, tashxis qo‘yishda ma'suliyatni xis qilishga o‘rgatadi.


3. Fanlararo va fan ichida bog‘liqlik

Shu mavzuni o‘qitish talabalarning normal anatomiya, normal va patologik fiziologiya, mikrobiolgiya, bioximiya, terapiya, bolalar kasalliklari propedevtikasi, klinik farmakologiya fanlari bo‘yicha bilimlariga asoslanadi. Dars davomida olingan bilimlar gastroenterologiya, ichki kasalliklar va boshqa klinik fanlarni o‘rganilganda kerak bo‘ladi.




4. Darsning mazmuni

4.1. Nazariy qism

Demping-sindrom paydo bo‘lishida psixonevrologik o‘zgarishlarga, vegetativ nerv sistemasi buzilishlariga katta ahamiyat beriladi.

Klinik jihatdan demping-sindrom bo‘shashish, issiqlab ketish, sovuq ter chiqishi, bosh aylanishi, yurak urishi, taxikardiya, ko‘krakda og‘riq va qisilish sezgisi, hatto xushdan ketish holati bilan yuzaga chiqadi. Kasallik klinikasi va simptomlarining nechog‘lik yuzaga chiqqanligi demping-sindromning og‘ir-yengilligiga va ovqat, xususan shirin, sutli ovqatlar yeyish bilan bog‘liq.

Jarayon diagnostikasi anamnestik, klinik jihatdan qiyinchilik tug‘dirmaydi. Rentgenologik tekshirishda konstrastning tezlashgan evakuatsiyasi qayd qilinadi.

Demping-sindromni davolash parhyezga rioya qilish, ratsiondan dempingga sabab bo‘ladigan taomlarni chiqarishdan iborat, tez-tez muntazam ovqatlanish va imkon boricha dag‘al ovqat: go‘sht, baliq, sabzavot, tuzlangan karam kabilarni iste'mol qilish kerak. Konservativ davo yordam bermaganda va demping-sindromning og‘ir hollarida operatsiya qilinadi. Bu duodenal passajni tiklashga qaratilgan asosan rekonstruktiv operatsiyalar hisoblanadi (Bilrot II va Bilrot I).

Keltiruvchi qovuzloq sindromi - operatsiya texnikasidagi kamchilik, bitishma jarayoni yoki duodenal o‘tkazuvchanlik buzilishlari rivojlanishi natijasi hisoblanadi. Patologiya aksariyat operatsiyadan keyin birinchi yiliyoq paydo bo‘ladi.

Klinik jihatdan kasallik ko‘prok o‘ng qovurg‘a osti sohasida og‘irlik va og‘riq bilan o‘tadi, vaqti-vaqtida o‘t aralash yoki ovqat bilan o‘t aralash qayt qilinadi, shundan so‘ng bemor sezilarli yengillik his qiladi.

Ovqatni qaytarish, kekirish, jig‘ildon qaynashi, to‘sh orqasida og‘riqlar bo‘lishi ehtimol.

Keltiruvchi qovuzloq sindromi patogenezi murakkab va ko‘p qirrali: 1) keltiruvchi qovuzloqning gastroenteroanastomoz orqasida qisilishi; 2) keltiruvchi qovuzloq rotatsiyasi yoki buralib qolishi; 3) keltiruvchi qovuzloqning ichaklar orasidagi tutashgan joy invaginatsiyasi (kirib qolishi); 4) keltiruvchi qovuzloq shilliq pardasining me'da-ichak anastomoziga tushishi; 5) uning bitishmalardan bosilishi; 6) o‘smadan bosilishi, chandiqli torayishi; 7) texnik xatoliklar va boshqalar.

Diagnostika ro‘y-rost klinik manzara asosida o‘tkaziladi. Rentgenolegik tekshiruvda kontrast moddaning keltiruvchi qovuzloqqa tushishi qayd qilinadi, biroq bu keltiruvchi qovuzloq sindromi manzarasi bo‘lmagan bemorlarda ham ro‘y berishi ehtimol.

Davolash demping-sindromdagi kabi konservativ, vitaminlar bilan davolash - oqsilli preparatlar, aminokislotalar yuboriladi, sanatoriy-kurortda davo qilinadi. Keltiruvchi qovuzloq sindromining og‘ir darajasida, mexanik tusiqlar paydo bo‘lganda yaxshi natija beradigan operatsiya usulini qo‘llanish tavsiya etiladi.

Anastomozning peptik yarasi asosan saqlanib qolgan me'da sekretsiyasida hosil bo‘ladi. Kislotalilik juda oshgan bo‘lsa, ular tez-tez uchrab turadi, past bo‘lsa, kam uchraydi, axiliyada sira uchramaydi. Bu rezeksiyadan keyin yuz beradigan eng og‘ir asorat va operatsiya qilingan bemorlarning 0,5-2,5 foizida odatda dastlabki 3 yil ichida va asosan erkaklarda uchraydi. Biroq, ayollarda, yoshi ulg‘aygan va keksa yoshdagi kishilarda ham bo‘lishi mumkin.

Peptik yara joylashuvi har xil - keltiruvchi qovuzloqda ham, anastomoz zonasida ham bo‘ladi, ko‘pincha ichak tutqich, ko‘ndalang chambar ichak, me'da osti bezi, ichakka penetratsiyalaydi.

Peptik yaraning bosh simptomi qattik va azob beradigan og‘riq hisoblanadi. U operatsiyadan oldingi og‘riqdan kuchli. Og‘riqsiz damlar tobora kamayib boradi, og‘riq doimiy, orqaga, ko‘krak qafasiga beriladi (irradiatsiya), jig‘ildon qaynashi, qusish xarakterli. Bemor ozib ketadi, doimo grelka qo‘llanilishi sababli epigastriy sohasida pigmentatsiya paydo bo‘ladi.

Operatsiyadan keyingi peptik yara bir qancha asoratlar - qon ketishi, perforatsiya, penetratsiya berishi, og‘irlashgan hollarda hatto oqma yara rivojlanishi ehtimol (tashqi yoki me'dachambar oqma yara).

Anastomoz peptik yaralarini va asoratlarini davolashning asosiy usuli operatsiya hisoblanadi.



O‘tkir gastroduodenal yaralar

Me'da va 12-barmoqli ichak shilliq pardasining o‘tkir yemirilishi turli xil faktorlar hisobiga kelib chiqishi mumkin. Gastroduodenal yaralar kelib chiqish sabablari quyidagilar bo‘lishi mumkin: 1.O‘tkir yaralar har xil stress holatlaridan keyin kelib chiqishi mumkin. 2.Eroziyalar har xil dori-darmonlar ta'sirida yuzaga kelishi mumkin. 3.O‘tkir yaralar har xil kasalliklarda birga kuzatilishi mumkin ( jigar sirroz, yurak kasalliklari, nafas olish va qon aylanish sistemasi yetishmovchiliklarida, o‘tkir va surunkali buyrak yetishmovchiligida).

O‘tkir stress erozilar va yaralar. Odatda o‘tkir yaralar gastroduodenal sohada qon ketishi bilan kuzatiladi. Me'da-ichak tizimi yuqori qismidan qon ketishi sabablari gemorragik gastrit (17% holatda) va o‘tkir yaralar (5% holatda) bo‘lishi mumkin.

Diagnostika: Gemorragik gastrit va o‘tkir yaralar diagnostikasida ezofagogastroduodenoskopiya muhim o‘rin tutadi. Differensial diaznoz alkogol eroziv gastrit va ikkilamchi medikamentoz eroziv gastrit bilan o‘tkaziladi. Davolash: 1.Gemostatik terapiya. 2.Volemik buzilishlar korreksiyasi. Massiv qon ketish bilan kuzatilgan o‘tkir yaralarda konservativ chora-tadbirlar yordam bermasa, jarrohlik yo‘li bilan qon ketish to‘xtatiladi.

Stress-yaralar. Stress-yaralar quyidagi holatlarda kelib chiqishi mumkin: Shok holati, og‘ir jarohatlar yoki jarrohlik amaliyotlar (uzoq muddat davom etganda), ruhiy zo‘riqishlar, bosh miya jarohati, miokard infarkti, sepsis, nur energiyalarning ta'siri, og‘ir jismoniy mehnat, keskin atrof muhit haroratining o‘zgarishlari. Stress-yaralarning kelib chiqish asosida gastroduodenal sohadagi shilliq pardaning qon bilan ta'minlanishining buzilishi, hamda umumiy metobolik va trofik buzilishlar bo‘lishi mumkin.

Klinika va diagnostikasi: Stress yaralarda asosan klinik belgilardan biri turli xil qon ketish bilan kuzatiladi. Qon qusish va ichining qora kelishi gemodikamikaga 2-3 kunlari ta'sir qilishi mumkin. Ezofagogastroduodenoskopiyada me'da proksimal qismi shilliq pardasida ko‘plab qon ketayotgan shilliq parda yemirilish holatlari kuzatilishi mumkin.

Stress-yaralar profilaktikasi va davosi xuddi me'da va 12-barmoqli ichak yara ksalligini davolashda qo‘llaniladigan chora-tadbirlardan iborat (antixolinergik preparatlar, gistamin N2 - retseptori blokatorlari, antatsidlar, sedativ terapiya).

Dori-darmonlar ta'sirida kelib chiqadigan o‘tkir yaralar asosan steroid preparatlar ta'siri ostida kelib chiqishi mumkin (aspirin, budadion, indometatsin, atofan va boshqalar).

Ulserogen endokrin kasalliklar. Me'da va 12-barmoqli ichakda peptik yaralarning kelib chiqish sabablaridan biri har xil endokrin a'zolari kasalliklaridan keyin kuzatilishi mumkin. 2 xil endokrin adenomatoz tafovut qilinadi: Birinchi turi – gipofiz, qalqonsimon bezi oldi va me'da osti bezi kasalliklari. Ikkinchi turi – buyrak usti bezi va qalqonsimon bezi kasalliklari. Diagnostikasida maxsus klinik instrumental tekshirishlar qo‘llaniladi (qondagi kalsiy miqdori, radioimmunoximik tekshirishlar yordamida qon miqdoridagi garmonlarni o‘rganish, ultratovushli skanerlash, kompyuter tomografiyasi, angiografik tekshirishlar). Me'da osti bezi kasalliklari tufayli Zollinger-Ellison sindromi kelib chiqishi mumkin.
4.2 Mashg‘ulotda qo‘llaniladigan yangi pedagogik texnologiyalar
«QORA QUTIChA» USULINI QO‘LLASh

Ushbu usul mashg‘ulot davomida xamkorlikda ishlash va har bir talabaning faol qatnashishini ko‘zda tutadi, o‘qituvchi butun guruh bilan ishlaydi.

Xar bir talaba qora qutichadan savol yozilgan kartochkani oladi.

Talabaga javob berish uchun 3 daqiqa beriladi. So‘ngra javoblar muhokama qilinadi. Usulning ohirida o‘qituvchi berilgan javoblarni muhokama qiladi va talabalarning faolligini aniqlaydi.

Ushbu usul talaba nutqi, fikrlash qobiliyatini rivojlantiradi va talabada mustaqil fikrlash, muloxaza yuritishni shakllantiradi.

Annotatsiya turlari:

1. Yara kasalligi buyicha me'da rezeksiyasidan keyin bemorda ovkatlanganda 30 minutdan utgach kuyidagi sindrom kuzatiladi: bushashish, ko‘ngil aynish, epigastral soxada ogriklik, bosh aylanishi, ko‘z oldi korongilashuvi, xushdan ketish. Bu xolat postgastrorezeksion sindromning qaysi patologiyasiga xos?

2. Bilrot II buyicha me'da rezeksiyasi utkazilgan bemorda ovqat yegandan so‘ng kuyidagi simptomlar paydo buladi: epigastral soxada tumtok og‘riq, og‘irlik sezgisi, ko‘ngil aynish, bosh aylanish, achchik kekirish, o‘t aralashgan ozik massalar bilan kup kusish, qusgandan keyin yengillik sezish. Keyingi ovkat yeganda shu sindrom kaytalanishi. Bu xolat postgastrorezeksion sindromning qaysi patologiyasiga xos?


«O‘RGIMChAK INI» USULINI QO‘LLASh

Talabalarga o‘tgan darslardan savollar tayyorlash uchun vaqt beriladi.

Ishtirokchilar doira bo‘lib o‘tirishadi.

Ishtirokchilarning biriga ip bilan bog‘langan koptokcha beriladi, u xoxlagan talabaga o‘zi oldindan tayyorlagan savolni ( javobni o‘zi bilishi shart) berib, koptokchani topshiradi.

Koptokchani olgan talaba savolga javob beradi (savol bergan ishtirokchi javobni sharxlab turadi) va savolni boshqa ishtirokchiga beradi. Bu musobaka hamma ishtirokchilar “o‘rgimchak ini”ga o‘ralguncha davom etadi.

Hamma talabalar savol berib bo‘lgach, ohirga talaba qo‘lidagi koptokchani birinchi savol bergan ishtirokchiga qaytaradi va unga savol beradi va x.k., bu xol chigal yechilgunga qadar davom etadi.

Eslatma: talabalardan xar bir javobga e'tiborli bo‘lish talab qilinadi, chunki oldindan qaysi talabaga koptokcha berilishi noma'lum.



    1. Taxliliy qismi

Vaziyatli masala:

1. Yara kasalligi buyicha me'da rezeksiyasidan keyin bemorda ovkatlanganda 30 minutdan utgach kuyidagi sindrom kuzatiladi: bushashish, ko‘ngil aynish, epigastral soxada ogriklik, bosh aylanishi, ko‘z oldi korongilashuvi, xushdan ketish,

I. Bu xarakterli:

A. peptik yara anastomoz teshilishi

B. retsidiv yaradan kon ketish

V. demping sindromga*

G. surunkali pankreatit

D. keltiruvchi kovuzlok sindromi

II. Tasnif bo‘yicha qaysi guruhga kiradi:

A. mexanichesk buzilish

B. funksional buzilish*

V. organichesk buzilish

G. aralash buzilish

D. genetik buzilish

2. Bilrot II buyicha me'da rezeksiyasi utkazilgan bemorda ovqat yegandan so‘ng kuyidagi simptomlar paydo buladi: epigastral soxada tumtok og‘riq, og‘irlik sezgisi, ko‘ngil aynish, bosh aylanish, achchik kekirish, o‘t aralashgan ozik massalar bilan kup kusish, qusgandan keyin yengillik sezish. Keyingi ovkat yeganda shu sindrom kaytalanishi.

I. Bu xarakterli:

A. anastomozit

B. Demping sindromi

V. keltiruvchi kovuzlok sindromi*

G. yugon ichaknining chandikli tutilishi

D. peptik yara

II. Keltiruvchi kovuzlok sindromi rentgenologik belgilarini ko‘rsating:

A. ingichka ichak qovuzloqlarida kontrast moddaning uzoq vaqt turishi, peristaltikani buzilishi, qovuzloqlarni kengayishi*

B. kontrast moddani ingichka ichakdan tez evakuatsiyasi

V. qovuzloqlarni kengayishi

G. ichak peristaltikasini kuchayishi

D. to‘g‘ri javob yo‘q
5. Amaliy qism

Amaliy ko‘nikmalar bo‘yicha topshiriqlarni bajarish (differensial tashxis o‘tkazish va so‘ngi tashxisni asoslash, to‘g‘ri parxez va rejali davoni belgilash)


1. DIFFERENSIAL TAShXIS O‘TKAZISh VA SO‘NGI TAShXISNI ASOSLASh.

Maqsad: differensial tashxis o‘tkazish va so‘ngi tashxisni asoslashni o‘rgatish.



Chora tadbirlar

Bajarmadi

To‘liq bajardi

1

Klinik simptomlari ushbu kasallik bilan o‘xshash bulgan kasalliklarni keltirib o‘tish

0

25

2

Asosiy klinik sindromlarning differensial tashxisini o‘tka-zish

0

35

3

Shikoyatlar, anamnez, ob'ektiv va laborator tekshiruvlarga asosla-nib va differensial tashxis o’tkazib so’nggi tashxisni qo‘yish

0

40



Jami


0

100

2. TO‘G‘RI PARXEZ VA REJALI DAVONI BELGILASh.



Maqsad: Kasallikni davolash va remissiyaga erishish.




Chora tadbirlar

Bajarma-di

To‘liq bajardi

1

Pevzner bo‘yicha davo parxezlari-ning xarakteristikasini o‘rganish

0

10

2

Tashxisga mos ravishda parxez stolini to‘g‘ri tanlash

0

10

3

Parxezning sifatini baholash

0

20

4

Tashxisga mos ravishda va kasallikni og‘irlik darajasini hisobga olib asosiy terapiyani tayinlash

0

20

5

Tashxisga mos ravishda va kasallikni og‘irlik darajasini hisobga olib simptomatik terapiyani tayinlash

0

20

6

Profilaktik choralar

0

20



Jami


0

100

6. Malaka, ko‘nikma va bilimni tekshirish usullari

- og‘zaki;

- yozma;

- vaziyatli masalalar yechish;

- egallangan amaliy ko‘nikmalarni namoyish etish;
7. Joriy nazoratni baholash mezoni




O‘zlashtirish % da


Baho

Talabaning bilish darajasi


1.

96-100

A'lo”5”

- hulosa va qaror qabul qila biladi

- ijodiy fikrlay oladi

- mustaqil mushohada yurita oladi

- amalda qo‘llay oladi

- interaktiv o‘yinlar o‘tkazishda

yuqori faollik va ijodiy yondasha

oladi

- vaziyatli masalalarni to‘liq



asoslangan javob bilan to‘g‘ri

yecha biladi

- savolni mohiyatini tushunadi

- biladi, ishonch bilan aytib beradi

- aniq tasavvurga ega


2.

91-95

- ijodiy fikrlay oladi

- mustaqil mushohada yurita oladi

- amalda qo‘llay oladi

- interaktiv o‘yinlar o‘tkazishda

yuqori faollik va ijodiy yondasha

oladi


- vaziyatli masalalarni to‘liq

asoslangan javob bilan to‘g‘ri yecha

biladi

- savolni mohiyatini tushunadi



- biladi, ishonch bilan aytib beradi

- aniq tasavvurga ega



3.

86-90

- mustaqil mushohada yurita oladi

- amalda qo‘llay oladi

- interaktiv o‘yinlar o‘tkazishda

yuqori faollik va ijodiy yondasha

oladi

- vaziyatli masalalarni to‘liq



asoslangan javob bilan to‘g‘ri yecha

biladi


- savolni mohiyatini tushinadi

- biladi, ishonch bilan aytib beradi

- aniq tasavvurga ega


4.

81-85

Yaxshi”4”

- amalda qo‘llay oladi

- interaktiv o‘yinlar o‘tkazishda yuqori faollik ko‘rsatadi

- vaziyatli masalalarni yecha biladi,

lekin javobini asoslay olmaydi

- savolni mohiyatini tushuna biladi

- biladi, ishonch bilan aytib beradi

- aniq tasavvurga ega


5.

76-80

- interaktiv o‘yinlar o‘tkazishda

faollik ko‘rsatadi

- vaziyatli masalalarni yecha biladi,

lekin javobni isboti to‘liq emas

- savolni mohiyatini tushuna biladi

- biladi, ishonch bilan aytib beradi

- aniq tasavvurga ega


6.

71-75

- vaziyatli masalalarni to‘g‘ri yecha

biladi, lekin javobni isboti

to‘liq emas

- savolni mohiyatini tushuna biladi

- biladi, ishonch bilan aytib beradi

- aniq tasavvurga ega



7.

66-70

Qoniqarli

”3”


- savolni mohiyatini tushuna biladi

- vaziyatli masalalarni to‘g‘ri yecha

biladi, lekin javobini isbotlay

olmaydi


- biladi, ishonch bilan aytib beradi

- mavzuni alohida savollari

yuzasidan aniq tasavvurga ega


8.

61-65

- vaziyatli masalalarni yechimida

xatoliklarga yo‘l qo‘yadi

- biladi, ishonch bilan aytib bera

olmaydi


- mavzuning alohida savollari

yuzasidan aniq tasavvurga ega



9.

55-60

- biladi, ishonch bilan aytib bera

olmaydi


- qisman tasavvurga ega

10.

54 va undan past

Qoniqarsiz”2”

- hech qanday tasavvurga ega emas

- bilmaydi





8. Mashg‘ulotning xronologik xaritasi




Mashg‘ulot bosqichlari

Mashg‘ulot shakli


Davomiy-

ligi


(min.)



O‘qituvchining kirish so‘zi (mavzuni asoslash)




10



Amaliy mashg‘ulot mavzusini muhokama qilish, yangi pedagogik texnologiyalar (kichik guruhlar, munozara-bahs, vaziyatli masala, «qorbo‘ron», «aylana stol» va h.k.), shuningdek, ko‘rgazmali materiallar (slayd, audio-videokasseta, mulyaj, fantom, EKG, rentgenogramma va h.k.) ni qo‘llagan holda talabalarning dastlabki bilim darajasini tekshirish

So‘rov,

tushuntirish




50



Muhokamaga yakun yasash.




15



Tanaffus




5



Talabalarga mashg‘ulotning amaliy qismini bajarish uchun topshiriq berish. Topshiriqlarni bajarish tartibi bo‘yicha ko‘rsatmalar va tushuntirish berish. Mustaqil bemor ko‘rigi





40



Talabalarni amaliy mashg‘ulotni o‘zlashtirishi bo‘yicha mustaqil ishi




35



Tanaffus




40



Talabalarning o‘zlashtirgan nazariy bilimlarini va amaliy ish natijalarini muhokama qilish, mustahkamlash va mashg‘ulot maqsadiga erishilganlik darajasini hisobga olgan holda guruh faoliyatini baholash


og‘zaki so‘rov, test, munozara-bahs, amaliy ish natijalarini tekshirish

50



Tanaffus




5



Ushbu mashg‘ulot bo‘yicha o‘qituvchining xulosasi, har bir talaba faoliyatini 100-ballik tizim bo‘yicha baholash va e'lon qilish. Keyingi darsga tayyorlanish uchun talabalarga vazifa berish (savollar to‘plami)

Axborot,

mustaqil tayyorlanish uchun savollar




15

9. Tekshiruv savollari

1. Rivojlanish mexanizmi bo‘yicha amaliyotdan keyingi me'da kasalliklari turlarini ko‘rsating.

2. Aamaliyotdan keyingi me'da kasalliklarinig asosiy sabalari.

3. Amaliyotdan keyingi me'da kasalliklari tashxislashda qo‘llaniladigan asosiy diagnostik usullar.

4. Demping-sindroma klassifikatsiyasi.

5. Amaliyotdan keyingi me'da kasalliklarini konservativ davolash uchun ko‘rsatmalar.

6. Amaliyotdan keyingi me'da kasalliklarini operativ davolash uchun ko‘rsatmalar.

7. Amaliyotdan keyingi me'da kasalliklarini operativ davolash umumiy prinsiplari.



10. Tavsiya etilgan adabiyotlar

I. Asosiy:

  1. Karimov Sh.I. - "Xirurgik kasalliklar" Toshkent 2005 y.

  2. Хирургические болезни. Ш.И. Каримов, Ташкент, 2005.

  3. Хirurgik kasalliklar. Sh.I. Karimov. Toshkent, 2011.

  4. Малярчук В.И. Хирургические болезни, Москва, 2003.

  5. Савельев В.С. Руководство по неотложной хирургии, 1998.

  6. Шалимов А.А. Хирургия пищеварительного тракта, 2000.

  7. Мерта Дж. «Справочник врача общей практики», Москва. 1998 г.

  8. «Клиническая хирургия». Перевод с английского языка. Москва, 1998.

  9. Воробьев А Справочник практического врача в 3х томах. 1990

  10. Конден Р., Нейхус Л. Клиническая хирургия Москва. Практика 1998

  11. Назиров Ф.Г., Денисов И.И., Улугбеков Э.Г. Справочник-путеводитель практикующего врача. Москва, 2000.

  12. Петровский Б.В. ред. Руководство по хирургии (в 12 томах) М. Медицина 1959-1966.

II.Qo‘shimcha:

  1. Астапенко В.Г. Практическое руководство по хирургическим

болезням. Минск, 2004.

  1. Савельев В.С. 50 лекции по хирургии. Москва 2004.

  2. Диагностический справочник хирурга – Астафуров В.Н. 2003.

  3. Лапароскопическая и торакоскопическая хирургия – Константин Франтзайдес. 2000.

  4. Здравый смысл в неотложной абдоминальной хирургии – Моше Шайн.2003г

  5. 25. Неотложная абдоминальная хирургия – Майстренко Н.А.2002г

  6. 26. Абдоминальная хирургия – Григорян Р.А. В 2-х томах.2006г



Mavzu bo‘yicha Internetdagi saytlar:

http://www.tma.tmn.ru/Vestnik

http://medi.ru/doc/83.htm

http://www.rmj.net/index.htm



http://www.consilium-medicum.com/media/refer

http://www.mediasphera.aha.ru
Yüklə 99,09 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin