O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI SOLIQ SIYOSATINI TAKOMILLASHTIRISH YO`LLARI Reja: Kirish Asosiy qism I-bob Soliqning asosiy vazifalari va iqtisodiy ahamiyati. 1. Iqtisodiyotda soliqlarning o’rni
Soliqqa tortish tamoyillari va soliqlarning asosiy vazifalari
II-bob O’zbekistonda soliq tizimi va soliq mohiyat. Soliqlarning mohiyati, uning о‘lchamlari va byudjet daromadlarini shakllantirishdagi о‘rni
O`zbekistonda soliq tizimining o`ziga xos xususiyatlari
Kirish Biz yashar ekanmiz, turli-tuman ne`matlarni iste`mol qilishimiz zarur. Shuning uchun ham biz ularni ishlab chiqaramiz, ayirboshlaymiz, taqsimlaymiz va oxir-oqibatda iste`mol qilamiz. Resurslarni cheklanganligi sharoitida esa har bir faoliyatimiz taqqoslash, tanlash va qaror qabul qilish bilan bog`liq. Resurslarni cheklanganligi ulardan samarali foydalanishni obektiv zaruratga aylantiradi.
Iqtisodiy xayot esa nihoyatda murakkab va ko`p qirrali. Maqsadga etishish uchun esa uni har taraflama chuqur o`rganishimiz zarur. Iqtisodiy hayotni turli iqtisodiy fanlar o`rganadi. Lekin ularning orasida iqtisodiyot nazariyasi o`zining fundamental xarakteri iqtisodiy fanlarga ilmiy-uslubiy asos bo`lib xizmat qilishi, amaliy tavsiyalar berishi bilan alohida ajralib turadi.
Iqtisodiy muammolarni bilish, o`rganish o`z faoliyatida qo`llash nafaqat iqtisodchi mutaxassislar balki barcha uchun zarur. Chunki u murakkab iqtisodiyot dunyosini tushunishni, iqtisodiy, tahliliy fikr yuritishni o`rgatadi.
Iqtisodiy bilimlarning shakllanishi va iqtisodiy nazariyaning vujudga kelishi. Iqtisodiyot har qanday jamiyatning asosi, rivojlanib borish shart-sharoiti, chunki hayot eng avvalo, tiriklik ne`matlari ishlab chiqarishni ob`ektiv zarur qilib qo`yadi. Insonlar hayot kechirishlari uchun o`z ehtiyojlarini qondirishlari shart. Qamiyat bor ekan, ishlab chiqarish, ishlab chiqarilgan ne`matlarni ayirboshlash, taqsimlash va iste`mol qilish mavjud va bu jarayon uzluksiz tarzda bir-biriga bog`liq holda yuz beradi.
Biz yashar ekanmiz, turli-tuman ne`matlarni iste`mol qilishimiz zarur. Shuning uchun ham biz ularni ishlab chiqaramiz, ayirboshlaymiz, taqsimlaymiz va oxir-oqibatda iste`mol qilamiz. Resurslarni cheklanganligi sharoitida esa har bir faoliyatimiz taqqoslash, tanlash va qaror qabul qilish bilan bog`liq. Resurslarni cheklanganligi ulardan samarali foydalanishni obektiv zaruratga aylantiradi.