O`zbekiston respublikasi soliq siyosatini takomillashtirish yo`llari reja: Kirish Asosiy qism i-bob Soliqning asosiy vazifalari va iqtisodiy ahamiyati



Yüklə 24,77 Kb.
səhifə2/3
tarix28.04.2023
ölçüsü24,77 Kb.
#104238
1   2   3
o`zbekiston respublikasi soliq siyosatini takomillashtirish yo`llari

1. Iqtisodiyotda soliqlarning o’rni

Iqtisodiy xayot esa nihoyatda murakkab va ko`p qirrali. Maqsadga etishish uchun esa uni har taraflama chuqur o`rganishimiz zarur. Iqtisodiy hayotni turli iqtisodiy fanlar o`rganadi. Lekin ularning orasida iqtisodiyot nazariyasi o`zining fundamental xarakteri iqtisodiy fanlarga ilmiy-uslubiy asos bo`lib xizmat qilishi, amaliy tavsiyalar berishi bilan alohida ajralib turadi.
«Iqtisodiyot» so`zi odatda ikki va hatto uch ma`noda ishlatiladi. Birinchidan, iqtisodiyot — bu xo`jalik yuritish, inson tomonidan yaratilgan turli ne`matlardan foydalanib hayot kechirish, insonlar hayotini ta`minlash va yaxshilash tizimi. Ikkinchidan, iqtisodiyot — bu resurslar va jamiyat a`zolari tomonidan yaratilgan tovar va xizmatlarning firma va uy xo`jaliklari orasidagi uzluksiz doiraviy harakati. Uchinchidan, iqtisodiyot — bu fan, turli-tuman cheklangan resurslardan foydalanib, jamiyat ehtiyojlarini qondirish bilan bog`liq bo`lgan, xo`jalik yuritish jarayonida odamlar o`rtasida vujudga keladigan munosabatlar haqidagi bilimlar majmui.
«Iqtisodiyot» so`zining o`zagini «iqtisod» so`zi tashkil etadi. Iqtisod so`zining o`zbek tilidagi lug`aviy ma`nosi sarf-xarajatlarda tejamkorlik demakdir.
Mashhur ma`rifatparvar vatandoshimiz Abdullo Avloniy iqtisodga shunday ta`rif beradi.
«Iqtisod deb pul va mol kabi ne`matlarning qadrini bilmoqqa aytilur. Mol qadrini biluvchi kishilar o`rinsiz erga bir tiyin sarf qilmas, o`rni kelganda so`mni ayamas».
Inson yaratilibdiki, mehnatini engillashtirish, hayot kechirishi uchun zarur ehtiyojlarini to`laroq qondirishga harakat qiladi. Mehnat qilishning o`zi ham tirikchilik o`tkazishga qaratilgan. Demak, inson dunyoga kelibdiki tirikchilik harakatida bo`ladi, desak xato qilmaymiz. Insonning mehnat unumi qancha yuqori bo`lsa, tirikchilik kechirish uchun ne`matlar shuncha ko`p yaratiladi. Ana shuning uchun ham ajdodlarimizning diqqat-e`tibori qanday qilib hayot kechirish uchun zarur ne`matlarni ko`paytirish yo`llarini topishga qaratilgan. Eng aqlli, zukkolar o`z davriga, sharoitiga mos ravishda eng maqbul yo`llarni topishgan va undan foydalanishni tavsiya etishgan. Ulardan ko`plarining nomi tarixda qolgan.
O`z davrida shakllangan iqtisodiy qarashlar qadimgi qo`lyozmalarda aks etgan. Iqtisodiy qarashlarning fan sifatida shakllanishi dunyo tsivilizatsiyasining «beshigi» deb tan olingan Qadimgi Misr, Sharq mutafakkirlari ta`limoti, ilgari surgan fikrlari bilan boshlanadi.
Ular jumlasiga miloddan XX asr ilgari qadimgi Bobilda podsho Xammurapi qonunlari, Qadimgi Hindistonda (miloddan VI asr ilgari)gi Manu qonunlari, Qadimgi Xitoy mutafakkirlari, ayniqsa Konfutsiy (miloddan avvalgi 551—479 yillar) asarlarini kiritish mumkin. Ulardagi fikrlarga diqqat qilsak, mehnat taqsimotiga hamda yaratilgan mahsulotning taqsimlanishiga asosiy e`tibor qaratilgan. Bu bejiz emas. Chunki shu davrda aynan mehnat taqsimoti hamda mehnat natijasida yaratilgan mahsulot taqsimoti jamiyat taraqqiyotida, aholining turmush darajasida asosiy rol o`ynagan. Keyinchalik, iqtisodiy fikrlar Qadimgi Yunoniston va Rimda yanada rivojlantiriladi, ma`lum tizimga solinadi.
Qadimgi yunon mutafakkirlari Ksenifont (miloddan avvalgi 430—355 yy.), Platon (Aflotun) miloddan avvalgi 427—347 yy.), Aristotel (Arastu) (miloddan avvalgi 384—322 yillar)ni haqli ravishda dastlabki iqtisodchi olimlar deb aytish mumkin.
Iqtisodiyot — «ekonomika» atamasi ham dastlab Ksenofont, Aris-totel asarlarida ishlatilgan bo`lib, u qadimgi yunoncha «Ekos» — uy, xo`jalik, «nomos» — qonun degan ma`noni anglatib, uy xo`jaligini yuritish qonuni, san`ati tarzida qo`llanilgan. O`sha paytda uy xo`jaligi natural xo`jalik bo`lib, iqtisodiy faoliyat yuritishning asosiy shakli bo`lgan.
Ksenofont o`zining «Daromadlar haqida», «Ekonomika» (xo`jalik haqida ta`limot) nomli asarlarida ilmiy iqtisodiyotga tamal toshini qo`ydi. Uning tadqiqotlarida qishloq xo`jaligi, hunarmand-chilik, savdo alohida ajratilib, mehnat taqsimotining maqsadga muvofiqligi asoslab beriladi. Uning fikrini Platon yanada rivojlantiradi. Aristotel «Siyosat» va «Etika» traktatlarida iqtisodiy jarayon va hodisalarni birinchi marta abstrakt tarzda tadqiq qilib, ular o`rtasidagi umumiy qonuniyatlarni aniqlashga harakat qiladi.
U iqtisodiyotga xo`jalik yuritishning umumiy qoidalari majmui sifatida qarab, ularga rioya qilish boylikni ko`paytirishini ko`rsatadi. Boylik — bu turli mahsulotlar, buyumlar yig`indisi bo`lib, u natural xo`jaliklarda yaratiladi. Aristotelning fikricha, natural xo`jalik bu — ideal — kam-ko`stsiz xo`jalik. Ularning boy-kambag`allik darajasi er va unga ishlov beruvchi qullar (Aristotelning iborasi bilan aytganda «gapiruvchi mehnat qurollari») miqdoriga bog`liq deb ko`rsatgan.
Qadimgi Rim mutafakkirlari asosiy diqqat-e`tiborlarini miloddan avvalgi qishloq xo`jalik muammolariga, qullar mehnatini tashkil etish, erga mulkchilik masalalariga qaratishgan. Ular orasida Varron (miloddan avvalgi 116—27 yillar), M. Katon (miloddan avvalgi 234—149 yillar), Kolumella (miloddan bir asr avval) va boshqalar ajralib turadilar
Milodning dastlabki ming yilligidan iqtisodiy fikr, iqtisodiy ta`limot rivojida din muhim rol o`ynadi. Iqtisodiy qarashlarda tub o`zgarishlar yuz berdi. Bu eng avvalo, quldorlikni qoralashda ko`rinadi.
Iqtisodiy qarashlarning rivojlanishida muqaddas kitoblar — «Tavrot», «Zabur», «Injil» va, ayniqsa, «Qur`on» katta ahamiyatga ega. Ana shu davrda O`rta Osiyoda iqtisodiy tafakkurning rivojlanishi buyuk allomalarimiz Forobiy, Ibn Sino, Beruniy, Yusuf Xos Hojib, Navoiy va boshqalarning nomi bilan bog`liq.
Ularning asarlarida iqtisodiy qarashlar bir butun holda berilgan bo`lsa-da, ular alohida diqqat-e`tiborga loyiq. Forobiy (870—950) bilan Ibn Sino (980—1037) dunyoqarashlarida inson ehtiyojlari asosiy o`rin olgan. Forobiyning fikricha, jamiyat shakllanishining birinchi sababi insonlarning moddiy ehtiyojlaridir.
Eng avvalo, o`zining tibbiyot sohasidagi asarlari bilan dunyoga mashhur Ibn Sino qomusiy olim bo`lib, iqtisodiy masalalar ham uning nazaridan chetda qolmagan. Ayniqsa, uning daromadlar va xarajatlar balansi (nafaqat oila miqyosida, balki, shahar va davlat miqyosida) alohida diqqatga sazovor. U daromadlar bilan xarajatlar muvozanatini ta`minlashda turli falokat, urushlar xavfini hisobga olib, rezerv (zaxira) saqlashni unutmaslik kerakligini ta`kidlaydi.
Yana bir buyuk ajdodimiz Abu Rayhon Beruniy (973—1048) o`z asarlarida insonni o`rab turgan dunyo bilan chambarchas bog`liqligini ko`rsatib, uning uchun mehnat hal qiluvchi ahamiyatga ega ekanligini ta`kidlagan. U Forobiy va Ibn Sino fikrlarini davom ettirishi bilan birga, O`rta Osiyoda birinchi marta pulni tadqiq qildi. Pul almashuvning rivojlanishi natijasida kelib chiqqanini ko`rsatdi.
Iqtisodiy tafakkurning rivojlanishida Yusuf Xos Hojib o`ziga xos o`rin tutadi. U o`zining «Qutadg`u bilig» asarida jamiyatda mehnatning roliga baho beradi, moddiy ne`matlarning xususiyatlari, pul va uning vazifalarini aniq ko`rsatadi.
Sharqda iqtisodiy tafakkurning rivojlanishida Amir Temur va temuriylar hukmronligi davri ham o`ziga xos o`rin tutadi. Buyuk o`zbek shoiri, mutafakkiri, davlat arbobi Alisher Navoiy o`zining qator asarlarida, chunonchi «Munshaot» da o`z iqtisodiy qarashlarini bayon qiladi. U jamiyatning sotsial-iqtisodiy tuzilishi haqida o`z fikrini bildiradi. U davlat boyligining manbai soliq ekanligini, soliqni adolatli tarzda belgilash zarurligini uqtiradi, davlat moliyasi masalalariga katta ahamiyat beradi.
Marjinalizmning iqtisodiy fikr rivojiga qo`shgan hissasi iste`molchilar ruhiyatini o`rganish, aniq iqtisodiy vaziyatda sub`ektning o`zini tutishi, erkin raqobat kurashi sharoitida firma faoliyatining samaradorligini oshirish bo`yicha matematikaga oid uslublardan foydalanish printsiplari bo`lib, hozirgi paytda ham nazariy tadqiqotlarda keng qo`llaniladi. XIX asrning ikkinchi yarmida klassik maktab bilan marjinalizm maktabi o`rtasida kurash kuchaydi. Qator savollarga birida javob topilsa, ikkinchisida topilmay qoldi. Uchinchi, har ikkisini birlashtiruvchi nuqtai nazar zarur bo`lib qoldi. Bu vazifani iqtisodiy nazariyadagi navbatdagi, iqtisodiy ta`limot tarixiga neoklassik maktab bo`lib kirgan kontseptsiya bajardi. Bu yo`nalish asoschisi Alfred Marshall hisoblanadi. S. Millning shogirdi bo`lgan Marshall avval klassik maktab tarafdori bo`lgan, lekin marjinal tahlilning ijobiy tomonlariga befarq qarab turolmadi. 1890 yili uning «Iqtisodiyot printsiplari» (Principles of economics) nomli kitobi nashrdan chiqdi. Unda Marshall «ekonomiks» atamasi bilan (politekonomiya) siyosiy iqtisodni nazarda tutgan.
Kembrij universitetida 1902 yildan boshlab Q. S. Millning klassik maktabida siyosiy iqtisod kursini «Ekonomiks» egalladi. «Ekonomiks» atamasining ishlatilishi bejiz emas. XIX asrning ikkinchi yarmida yuz berib, deyarli yigirma yil davom etgan depressiya iqtisodiyotga davlatning aralashuvi uni tartibga solishga qodir emasligini ko`rsatdi. Erkin raqobatli bozorni ulug`lovchi A. Marshall bozor iqtisodiyoti sharoitida davlatning aralashuvini cheklash g`oyasini ilgari surdi. U yangi atama — «ekonomiks» da ifodasini topdi.
Hozirgi kunda iqtisodiy nazariya bo`yicha ko`plab darsliklar aynan ana shu nom bilan nashrdan chiqmoqda. Marshall fikricha, iqtisodiyotdagi hodisalar bir-biri bilan sabab-oqibatli bog`lanishda emas, balki funktsional bog`lanishda bo`ladi. Narxning sabab-oqibatli bog`lanishda qanday qilib shakllanishi to`g`risidagi munozara hech narsa bermaydi. Muammo narx qanday belgilanishida emas, balki uning qanday o`zgarishida, bajaradigan funktsiyalarida. Shuning uchun iqtisodiy nazariyaning vazifasi boylik va uni oshirish sabablari, yo`llarini o`rganish bo`lmay, real amal qilayotgan bozor xo`jaligi mexanizmini o`rganish, uning amal qilish printsiplarini tushunishdan iborat bo`lishi kerak.
Ular iqtisodiy nazariyaga umumiy tarzda quyidagicha ta`rif berish mumkin deyishadi. Iqtisodiyot nazariyasi insonning moddiy ehtiyojlarini yuqori darajada qondirishga erishish maqsadida cheklangan ishlab chiqarish resurslaridan samarali foydalanish yoki ularni boshqarish muammolarini tadqiq etadi.
Iqtisodiyot nazariyasi fanining predmeti haqida aniq tasavvurga ega bo`lish uchun uning tadqiqot doirasi, ob`ekti, sub`ekti, maqsadi va vazifalarini alohida ko`rsatib o`tish maqsadga muvofiq. Iqtisodiyot nazariyasining tadqiqot doirasi - bu xo`jalik faoliyati yuritish muhitidir. Bu muhit mikro - firma, korxonalar, mezo - tarmoqlar, makro - mamlakat, mega - jahon miqyosi doirasida bo`lishi mumkin.
Bundan tashqari, shuni yoddan chiqarmaslik kerakki, kishilar iqtisodiy aloqalarni, ular o`rtasidagi bog`lanishlarni, iqtisodiy munosabatlarni o`z xohishlaricha tanlay olmaydilar, chunki bu ob`ektiv reallikdan kelib chiqadi. Agar jamiyatda monopoliyalar hukmronligi mavjud bo`lsa yoki totalitar, markazdan boshqariladigan iqtisodiyot bo`lsa, yoki bozor iqtisodiyoti bo`lsa
iqtisodiy munosabatlar ham shunga muvofiq bo`ladi. Har kim o`z xohishiga ko`ra, ulardan boshqacha munosabatlarni o`rnata olmaydi, chunki ob`ektiv reallik, iqtisodiy sharoit shunday. Ana shu ob`ektiv reallikni o`rganib, ularning oqibati haqida xulosa chiqarish mumkin. Tadqiqot sub`ekti — bu inson, kishilar guruhi va davlatdir

Yüklə 24,77 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin