O’zbekiston respublikasi tashqi ishlar vazirligi



Yüklə 76,25 Kb.
səhifə1/8
tarix24.06.2023
ölçüsü76,25 Kb.
#134842
  1   2   3   4   5   6   7   8
O’zbekiston respublikasi tashqi ishlar vazirligi


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI TASHQI ISHLAR VAZIRLIGI


JAHON IQTISODI VA DIPLOMATIYA UNIVERSITETI

SIYOSATSHUNOSLIK” KAFEDRASI







Mavzu:Birinchi jahon urushi davrida xalqaro munosabatlar

Tayyorladi:Sultonov B.N.3-1a-00,XM


Tekshirdi:T.f.d.,prof., Farmonov R.F.
TOSHKENT-2003
Mundarija



  1. Kirish 3

  2. Urushning sabablari 4

  3. Antanta davlatlarining bosqinchilik rejalari 5

  4. Germaniyaning bosqinchilik rejalari 7

  5. 1914-1917 yillardagi jangovor harakatlar 8

  6. Bolgariyaning urushga qo’shilishi 12

  7. Birinchi jahon urushi davrida Yaponiya 14

  8. Birinchi jahon urushining yakunlanishi 17

  9. Xulosa 18

  10. Foydalanilgan adabiyotlar 19



Kirish
XIX asr oxiri – XX asr boshlarida keskinlashgan dunyoni qaytadan bo’lib olish uchun bo’lgan kurash Evropa davlatlarining ikki guruhi shakllanishiga olib keldi.Birinchi guruhda Germaniya boshchiligidagi Avstro-Vengriya, Turkiya va Bolgariya bor edi. Ikkinchi guruhga esa Angliya, Franciya, chor Rossiyasi kirgan edi. Keyinroq unga Italiya, Amerika Qo’shma Shtatlari va boshqa davlatlar qo’shildilar.
Davlatlarning mazkur ikki guruhi o’rtasida mustamlakalarni bo’lib olish, ta’sir doiralarini qaytadan taqsimlash va XX asr boshlarida vujudga kelgan kuchlarning yangicha o’zaro nisbatiga mos ravishda yangi jaxon tartiblarini qaror toptirish uchun kurash borar edi. Bu shiddatli va ayovsiz kurashning o’ziga xos xususiyati shunda ediki, u milliy manfaatlar uchun emas, balki hali bo’lib olinmagan yerlarni qo’lga kiritish uchun intilayotgan yirik sarmoya egalarining manfaati uchun olib borilmoqda edi. Bu – dunyoni qaytadan bo’lib olish, ulkan daromad va jahon bozorida alohida imtiyozlarga ega bo’lish uchun kurash edi.
1914 yil yozida Germaniya qayta qurollanish bo’yicha Antanta mamlakatlarini, harbiy tayyorgarlik bo’yicha Rossiya va Franciyani ortda qoldirdi. Mamlakat armiyasini jangovor holatga keltirish rejasi 1914 yil 31 martdayoq tayyorlab qo’yilgan edi. Bu narsa Germaniyaga juda qo’l kelar edi. Chunki u o’z raqiblaridan ustunlikka erishgan va urushni boshlash uchun eng qulay vaziyat edi. Ushbu ustunlik ham birinchi jahon urushining tezlashishiga sabab bo’ldi.
Avstriya imperatori Franc-Iosif(1830-1916) ancha keksaygan va hayotining so’nggi kunlarini o’kazmoqda edi. U mamlakatning so’nggi podshoxi bo’lib, deyarli 60 yil hukmronlik qilgan va avtoritar, yakka hukmronlik davlati tarafdori edi. Avstro-Vengriya siyosiy hayotida uning jiyani, taxt vorisi – ercgercog Franc-Ferdinandning ahamiyati katta edi. U Serbiyani tor-mor qilish va bosib olish rejalarini tuzayotgan harbiy partiyaning rahbari edi. 1914 yil iyun oyi so’ngida Franc-Ferdinand Serbiyaga bostirib kirishga hozirlik ko’rayotgan Avstriya qo’shinlarini ko’rikdan o’tkazish uchun Bosniyaga borishga qaror qiladi.
Sarayevo shaxri bo’ylab sayohati chog’ida Franc-Ferdinand va uning xotini serb armiyasi oficerlaridan tuzilgan “Qora qo’l” tashkiloti a’zolari tomonidan o’ldiriladi.
Berlin va Vena uchun xuddi shunday bahona kerak edi. Boshqa vaziyatda nizoni balki diplomatik yo’l bilan hal qilsa bo’lar edi, ammo sodir bo’lgan bu voqea Germaniya va Avstro-Vengriya uchun qulay paytda urushni boshlash imkoniyatini tug’dirdi. Berlinda Rossiya hali urushga tayyor emasligini bilsalar-da, Rossiya o’zining imkoniyatlarini safarbar qila olishini va ittifoqchilar topa olishini ham yaxshi anglar edilar.
Avstro-Vengriya hukumati Germaniya hukumati bilan maslahatlashib, 1914 til 23 iyulda Serbiyaga ultimatum berdi. U o’zini hurmat qiladigan hech bir davlat qabul qila olmaydigan qo’pol va keskin uslub bilan bitilgan edi. Berlin va Venadagilar xuddi shunday bo’lishiga umid bog’lagan edilar. Rossiyaning Avstro-Vengriya va germaniyani tinchlantirishga urinishlari behuda ketdi. Jang shiddat bilan yaqinlashib kelar edi. Urush bombasi Yevropada, uning portlovchi o’zagi esa Sarayevoda edi. Bu bomba malgam portladi. 1914 yil 29 iyulda Rossiya imperatori Nikolay II harbiy safarbarlik haqidagi buyruqni imzoladi. 1 avgust kuni ham Germaniya safarbarlik e’lon qildi va shu kiniyoq Rossiyaga urush ochdi. Rus-german urushi boshlandi. 1914 yil 3 avgustda Germaniya Franciyaga urush e’lon qildi. 4 avgustda esa Angliya Germaniyaga urush e’lon qildi. Urush g’ildiragi shiddat bilan aylanib ketdi. 1914 yil 23 avgustda Yaponiya Germaniyaga urush elon qildi va uning Xitoydagi bir qator yerlarini, shuningdek, Tinch okeanidagi Germaniyaga qarashli bo’lgan bir qancha orollarini bosib oldi. Turkiya kutilganidek Germaniyani qo’llab-quvvatladi.1914 yil 22 iyulda Turkiya harbiy vaziri shu haqda malgam berdi. 1914 yil 2 noyabrda Rossiya, 5 va 6 noyabrda esa Angliya va Franciya Turkiyaga urush e’lon qildi. Nihoyat uzoq kelishuvlardan so’ng 1915 yil 23 mayda Italiya Avstro-Vengriyaga urush e’lon qildi. Shu tariqa birinchi jahon urushi boshlanadi.

Yüklə 76,25 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin