O’zbekiston Respublikasi tashqi savdo siyosati Mundarija `Kirish


Eksport subsidiyalari va kompensatsion import bojlari



Yüklə 201 Kb.
səhifə6/7
tarix21.06.2023
ölçüsü201 Kb.
#133568
1   2   3   4   5   6   7
O’zbekiston Respublikasi tashqi savdo siyosati

    Bu səhifədəki naviqasiya:
  • Xulosa

2.2 Eksport subsidiyalari va kompensatsion import bojlari


Ko’pchilik hollarda eksportni davlat tomonidan rag’batlantirish tadbiri sifatida ko’pgina mamlakatlarda eksport subsidiyalari qo’llaniladi. Bunda tajriba - konstruktorlik ishlari va eksportga mo’ljallangan ishlab chiqarishni bevosita moliyalashtirish yoki bu maqsadlarga davlat byudjetidan imtiyozli kreditlar berish ko’zda tutiladi.
Eksport subsidiyalari turli shakllarda qo’llaniladi. Bularga:

  • eksportyor firmalarga yoki xorijiy sheriklarga past foizli kreditlar berish; - reklama xarajatlarini davlat hisobidan qoplash, bozor konyukturasi haqida tekin axborot etkazib berish;

  • firmalarga ishlab chiqarish hajmidagi eksport ulushiga muvofiq soliq imtiyozlarini berish;

  • bevosita subsidiyalash kiradi.

Amaliyotda eng ko’p subsidiya oluvchi tarmoq qishloq xo’jaligi hisoblanadi.
Eksport subsidiyalarining berilishi milliy ishlab chiqaruvchilarining tashqi bozorda raqobatbardoshligini oshiradi. Ammo importyor davlatlar tomonidan kiritiladigan kompensatsion import bojlari bu yutuqni yo’qqa chiqarishi mumkin. Oqibatda eksportyor davlat byudjeti yo’qotishga uchraydi, importyor davlat byudjeti esa qo’shimcha daromad ko’radi. Bu tadbir dempingga qarshi kurash ko’rinishlaridan biridir. Dempingga karshi qaratilgan bojlar jahon amaliyotida keng qo’llanilib, o’zida qo’shimcha import bojlarini aks ettiradi. Ular odatda, jahon narxlaridan yoki import qilayotgan mamlakat ichki narxlaridan past narxlar bo’yicha, eksport qilinayotgan mahsulotlarga o’rnatiladi. Bu bojlarni belgilash haqidagi qarorni xalqaro sud mahalliy ishlab chiqaruvchilar va sotuvchilar murojaatidan so’ng chiqaradi xamda uning miqdorini va to’lash tartibini belgilaydi. Masalan, dempingga qarshi bojlar o’z valyuta resurslarini to’ldirish maqsadida jahon bozoriga xom ashyo resurslarini eksport qilishni ko’paytirgan sobiq ittifoqdosh respublikalarga nisbatan faol qo’llanilmoqda.
Ixtiyoriy ravishda eksportni cheklash eksport kvotalarining bir turi bo’lib, xorij mamlakatlarining ayrim mamlakatlarga "ixtiyoriy" eksport miqdorlarini cheklashdan iborat. Bu erda «ixtiyoriy so’zi» shartli xarakterga ega. Chunki, eksport qilayotgan mamlakat savdo siyosatida o’z hamkorlari tomonidan birorta noxushlikka duch kelmasligi uchun eksport miqdorini cheklaydi.
Ihtiyoriy ravishda eksportni cheklash ikki xil xususiyatga ega:
Ihtiyoriy ravishda eksportni cheklash milliy iste’molchilar uchui tarif va kvotalarni bslgilashga nisbatan ancha sezilarsiz. Shuning uchun iste’molchilar ularni e’tiborsiz qabul qiladilar va xukumatga norozilik bildirmaydilar.

  1. Ixtiyoriy ravishda eksportni cheklash sharoitida xorij iste’molchilari ular sotib olayotgan eksport mahsulotiga yuqoriroq narx belgilashlari mumkin.

Shunday qilib, xorijliklar ihtiyoriy ravishda eksportni cheklash sharoitida eksportyor ko’rgan yo’qotishlarni narxlarni oshirish hisobiga qoplashadi.

Xulosa


Savdo siyosati – byudjet soliq siyosatining, tashqi savdo hajmlarini soliqlar, subsidiyalar, valyuta nazorati va import yoki eksportni to’g’ridan-to’g’ri cheklashlar orqali tartibga solishni o’z ichiga olgan, nisbatan mustaqil yo’nalishdir. Tashqi savdoni tartibga solishda eng ko’p qo’llaniladigan usul importga tarif belgilash bo’lib, buning natijasida ichki baholarning o’sishi kuzatiladi. Importga tariflarni joriy qilishdan iste’molchilar ko’rgan zarar ishlab chiqaruvchilar va davlat ko’rgan foydadan katta bo’ladi. Importga tariflarni joriy qilishdan ko’riladigan foyda va zararlar nisbati munozarali masaladir. Ammo import tariflari ichki ishlab chiqaruvchilarni himoya qilish, to’lov balansini tartibga solish mahsadlarida keng qo’llaniladi. Ichki ishlab chiqaruvchilarni himoya qilish maqsadida ishlab chiqaruvchilarga subsidiyalar berish usuli ham qo’llaniladi. Eksportga subsidiyalar valyuta tushumini ko’paytirish, ortiqcha mahsulotdan qutulish, tashqi bozorni egallash uchun qo’llaniladi. Eksport subsidiyalarini qo’llash dempingga olib kelmasligi kerak, chunki demping xalqaro savdo qoidalariga ko’ra ta’qiqlangan. Tashqi iqtisodiy faoliyatni litsenziyalash va kvotalar o’rnatish xalqaro savdoni tartibga solishning bevosita usullaridir. Xalqaro savdo siyosati vositalari va tadbirlari mamlakat iqtisodiyoti holatidan kelib chiqib echilayotgan vazifalarga muvofiq tanlanadi. O’zbekiston Respublikasi tashqi savdo siyosati iqtisodiy o’sishning yuqori sur’atlariga erishish, inflyatsiya sur’ati va ishsizlik darajasilarining me’yor darajasida bo’lishini ta’minlash, valyuta zahiralarini ko’paytirish, milliy valyuta almashinuv kursining mo’tadil devalvatsiyasi va to’lov balansining barqarorligini ta’minlash maqsadlariga qaratilgan. Tayyor raqobatbardosh mahsulotlar eksportini faol oshirish va bu mahsulotlar etkazib beriladigan mamlakatlar geografiyasini yanada kengaytirish vazifasini amalga oshirish eksport hajmini barqaror o’stirish, tashqi bozordagi o’zgarishlar ta’sirida uning hajmi keskin kamayishi xavfini bartaraf etish imkonini beradi.

Yüklə 201 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin