O‘zbekiston respublikasi temir yo‘l transportida yo‘lovchilar, bagaj va yuk bagaj tashish qoidalarini tasdiqlash to‘G‘risida



Yüklə 35,03 Kb.
səhifə2/6
tarix15.04.2023
ölçüsü35,03 Kb.
#98635
1   2   3   4   5   6
8-mavzu

abonement chiptasi — vaqtning belgilangan davri mobaynida shaharlararo qatnovchi poyezdda yo‘lovchini ko‘p marta harakatlanishi uchun chipta;
bagaj — yo‘lovchiga shaxsan tegishli bo‘lgan, unga poyezdda yurishi tugagach zarur bo‘lgan va tashish uchun bagaj vagonida chipta bo‘yicha qabul qilinuvchi buyumlar;
bagaj kassasi — bagaj va yuk bagaj tashishlarini rasmiylashtirish uchun maxsus jihozlangan xona;
to‘g‘ri olib boradigan vagon — ikki va undan ortiq poyezdlar tarkiblarida qayta ulanib qatnovchi vagon;
chipta — umumiy foydalaniladigan temir yo‘l transportida yo‘lovchi tashish shartnomasi tuzilganligini tasdiqlovchi belgilangan namunadagi tashish hujjati;
chipta kassasi — yo‘lovchilar harakatlanishini va foydalanilmagan chiptalar uchun to‘lovlar qaytarilishini rasmiylashtirish uchun maxsus jihozlangan xona;
ichki temir yo‘l aloqalari — O‘zbekiston Respublikasi hududida yuklar, yo‘lovchilar, bagaj va yuk bagajini tashish;
yuk bagaji — yo‘lovchilar va pochta-bagaj poyezdlarida tashiladigan temir yo‘l tashishlari obyektlari;
yuk jo‘natuvchi (jo‘natuvchi) — o‘z nomidan yoxud yuk yoki bagaj yoki yuk bagaji egasi nomidan harakat qiluvchi va tashish hujjatlarida ko‘rsatilgan yuridik yoki jismoniy shaxs;
yuk qabul qiluvchi (qabul qiluvchi) — yuk, yuk bagajni qabul qilib olishga vakolatli bo‘lgan jismoniy yoki yuridik shaxs;
shaxsni tasdiqlovchi hujjatlar — pasport yoki shaxsni tasdiqlovchi boshqa hujjat, harbiy bilet, tug‘ilganlik haqida guvohnoma, fuqaroligi bo‘lmagan shaxs guvohnomasi, istiqomat uchun berilgan guvohnoma;
ko‘zdan kechirish — noqonuniy aralashuv harakatini sodir etishda foydalanilishi mumkin bo‘lgan, temir yo‘l tashishlarida taqiqlangan moddalar va buyumlarni aniqlash uchun mo‘ljallangan, maxsus texnik vositalarini qo‘llagan holda amalga oshiriladigan tadbirlar kompleksi;
temir yo‘l stansiyasi — poyezdlar va boshqa transport vositalari bilan texnologik operatsiyalar (qabul qilish va jo‘natish, manyovr ishlari va shu kabilar)ni, shuningdek bagaj, yuk bagajini qabul qilish va taqdim etish hamda yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha operatsiyalarni amalga oshiruvchi umumiy foydalanish temir yo‘l transporti bo‘linmasi;

Yüklə 35,03 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin