O‘zbekiston respublikasi temir yo‘l transportida yo‘lovchilar, bagaj va yuk bagaj tashish qoidalarini tasdiqlash to‘G‘risida



Yüklə 35,03 Kb.
səhifə3/6
tarix15.04.2023
ölçüsü35,03 Kb.
#98635
1   2   3   4   5   6
8-mavzu

temir yo‘l vokzali — temir yo‘l stansiyasidagi yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish, poyezdlar harakatini boshqarish va xizmat xodimlarini joylashtirish uchun mo‘ljallangan bino yoki binolar, inshootlar va qurilmalar kompleksi;
temir yo‘l transporti (temir yo‘l) — umumiy foydalanish transporti turlaridan biri bo‘lgan, boshqa davlat temir yo‘llari va boshqa transport turlari bilan o‘zaro hamkorlikda tashishlardagi ehtiyojni ta’minlovchi, o‘z tarkibiga ishlab chiqarish va ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan korxonalar, muassasalar va tashkilotlari kiradigan yagona ishlab chiqarish-texnologik kompleks;
umumiy foydalanishdagi temir yo‘l transporti — har qanday jismoniy va yuridik shaxs murojaati bo‘yicha ularni bajarish majburiyatiga asoslangan, transport ishlari va xizmatlarini amalga oshiruvchi temir yo‘l transporti;
umumiy foydalanishdagi temir yo‘llar — poyezdlarni qabul qilish va jo‘natish, yuklar, bagaj va yuk bagajlarini qabul qilish va berish hamda yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish, manevr ishlarini amalga oshirish bo‘yicha tegishli operatsiyalarni bajarish uchun ochilgan temir yo‘l stansiyalari bo‘ylab joylashgan temir yo‘l liniyalari;
yuk saqlash xonasi — qo‘l yukini qisqa muddatli saqlash uchun maxsus jihozlangan xona;
to‘xtash punkti — faqat yo‘lovchilarni o‘tqazish va tushirish uchun mo‘ljallangan to‘xtash amalga oshiriladigan punkt;
yo‘lovchi — temir yo‘l transportida yurishni amalga oshirish uchun chiptaga ega bo‘lgan fuqaro (jismoniy shaxs);
yo‘lovchi tashish poyezdi — temir yo‘l qatnovi aloqalarining barcha turlarida yo‘lovchilarni tashish uchun mo‘ljallangan poyezd. O‘z tarkibida bagaj, pochta va (yoki) pochta-bagaj vagonlari bo‘lishi mumkin;
tashuvchi — yo‘lovchilarni tashish bo‘yicha faoliyatni amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyaga ega bo‘lgan va umumiy foydalanishdagi temir yo‘l transporti bilan yo‘lovchini, jo‘natuvchi tomonidan unga ishonib topshirilgan bagaj, yuk bagajni jo‘nash punktidan belgilangan manzilga yetkazish, shuningdek bagaj, yuk bagajini uni qabul qilib olishga ishonchli shaxsga (qabul qiluvchiga) topshirish majburiyatini shartnoma bo‘yicha zimmasiga olgan yuridik shaxs;

Yüklə 35,03 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin