Fan to‘g‘risida ma’lumot Fan shifri: 382SPOP1621 Fan nomi: SPORT PSIXOLOGIYASI Semestr/yil: 2-smestr/2021-2022 o‘quv yili Kafedra: Sport psixologiyasi va pedagogika kafedrasi Soatlar/kreditlar miqdori: 6 ECTS (90 auditoriya soati) Ma’ruza Amaliy mashg’ulot Laboratoriya Baholash Jami 30 60 0 90
Fan bo‘yicha mashg‘ulotlarning joylashuvi: Auditoriya vaqti: dars jadvaliga asosan Talablar: Fan uchun mas’ul kafedra: Sport psixologiyasi va pedagogika kafedrasi Instruktor to‘g‘risida ma’lumot Instructor: Ishtayev Javlon Mavlonboyevich Kafedra joylashgan joyi: O‘ZDJTSU A bino 413-xona Telefon: 97-711-15-71 E-mail: javlon-bek@mail.ru Ish vaqti: uchrashuvga ko’ra
I. Fan tavsifi Ushbu fan sport psixologiyasi asosiy fundamenti bo‘lib ilmiy tadqiqot metodlarini o‘rganishga qaratilgan “Sport psixologiyasi” bo‘limida sport psixologiyasining zamonaviy xolati, uning asosiy vazsfalari va ilmiy tadqiqotlarining usullari tо‘g‘risida tasavvurga ega bо‘lishi; Sport psixologiyasining ilmiy tadqiqot usullarini bilishi va ulardan foydalana olishi; Magistr Sport psixologiyasi hodisa va jarayonlarini tahlil qilish usullarini qo‘llash, psixologik muammolar bo‘yicha echimlar qabul qilish va ularga shaxsiy munosabatni shakllantirish orqali insonning hayotidagi o’rni va ahamiyatini ochib berish. Sport psixologiya fani quyidagi tarkibiy tuzilmadan iborat: 1-Modul. SPORT PSIXOLOGIYASINING UMUMIY MUAMMOLARI 2 –Modul. SPORT PSIXOLOGIYASINING TADQIQOT USULLARI
II.Fanning maqsadi Sport psixologiyasi fanini o’rganishdan asosiy maqsad, sportchini tayyorlash jarayonida uning psixikasi va ongining maxsus tendensiyalari shakllanishini, shu bilan birga sport treneri va arbitr psixologiyasini ham o’rganadi.