2.4. Amaliy mashg‘ulot.
Har bir talaba o‘zi shug‘ullangan yoki qiziqadigan sport turda ma’lum bir sportchi (sportchlar) dan tajriba o‘tkaziladi. Bu orqali sportchilar ozining holati qanday ekanligini va jismoniy kuchini qanday taqsimlay olishini yoritib beradi.
Kerakli jihozlar: Dinamometr, yon daftarcha, qog‘oz, qalam.
Sana____________
F.I.SH________________________________________________
Tug‘ilgan yili /Дата рождения ___________________
Sport turi / Вид спорт ___________________
Razryadi ___________________
Staj ___________________
Ushbu usul sinovga jalb etilganlar shaxsining ichki dunyosini (ularning e’tiqodini, intilishlarini, jamoaga nisbatan munosabatini) aniqlashtirishdagi eng asosiy usuldir. Ushbu usul tadqiqotchini qiziqtiruvchi savollar bo‘yicha unga javob berayotganlar o‘rtasida bo‘lib o‘tadigan erkin va samimiy suhbatdan iboratdir. Bunda suhbat tergovga aylanib ketmasligiga alohida e’tibor qaratish lozim.
Suhbat jarayonida to‘planadigan ob’ektiv material albatta og‘zaki nutq shaklida bo‘ladi. Tadqiqotchi o‘rganilayotgan voqea-hodisa to‘g‘risida o‘z suhbatdoshining nutqiy reaksiyalari, ya’ni aks ta’sirlari asosida hukm chiqaradi.
Ushbu uslubni to‘g‘ri tashkil etish uchun quyidagilarni amalga oshirish zarur bo‘ladi:
- tadqiqotchining tajribaga jalb etilganlar bilan suhbatdan avval ham shaxsiy munosabatga ega ekanligi;
- suhbatning puhta o‘ylangan rejasi mavjudligi. Reja suhbatda beriladigan savollarning shunchaki ro‘yxatidan iborat bo‘lmasdan, balki suhbat materialini tashkil etuvchi vazifalar, muammolar tizimidan iborat bo‘lmog‘i kerak. Suhbat usuli nafaqat tadqiqotchi tomonidan savollar berilishini, balki tajribaga jalb etilgan shaxs tomonidan ham savollar berilishini qo‘zda tutadi. Sinovga jalb etilganlarning savollari orqali ham odatda juda noyob tadqiqot materiallarini qo‘lga kiritish mumkin. Suhbat turli shakllarda olib borilishi mumkin. Bu ishtirok etayotgan shaxslarning tarkibi, suhbat o‘tkazilayotgan shart-sharoitlarga bog‘liq bo‘ladi: - tadqiqotchining to‘g‘ridan-to‘g‘ri savol bermasdan, balki o‘zini qiziqtirgan ma’lumotlarni olish uchun har xil, mavzudan uzoqroq savollarni bera bilish qobiliyati. Zero, aynan shu yo‘l bilan sinovga jalb etilgan kishining muayyan ijtimoiy voqea-hodisalarga va hokazolarga nisbatan munosabatini bilish mumkin;
- tadqiqotchining jonli suhbati chog‘ida o‘zini qiziqtirgan faktlarni aniqlashtira olish qobiliyati, hech bir bayonnomalarsiz yoki stenogrammalarsiz ularga oydinlik kirita olishga yordam beradi.
Suhbat bayonnomasi suhbat tugashi bilanoq hali uning taassurotlari so‘nmasdan tuzilishi kerak.