SPORT PSIXOLOGIYASI
OʻQUV MATERIALLAR
2- Mavzu . SPORT PSIXOLOGIYaSINING PReDMeTI,VAZIFALARI VA rivojlanishi
Reja
Sport psixologiyasining predmeti
Sport psixologiyasi o‘rganadigan asosiy ob’ektlar
Sport psixologiyasining vazifalari
Kalit sozlar: rivojlantirish, predmeti, vazifalar, ob’ektlar, qonuniyatlar
Psixologiya fanlari ichida sport psixologiyasining predmeti, tarixiy nuqtai nazardan olib qaraganda nisbatan yaqinda, ya’ni XX asrning o‘rtalarida paydo bo‘ldi. Uning dunyoga kelishiga zamonaviy sport turlarining keskin rivojlanishi, sport yutuqlarining izchil tarzda yuqorilab, o‘sib borishi hamda sportning jamiyat hayotiga tobora jadallik bilan keng miqyosda singib borishi sabab bo‘ldi.
Sportchining psixikasi jiddiy o‘rganilmasdan, zamonaviy sport yutuqlarining har tomonlama rivojlantirishi imkoniyati yo‘qligi barchaga ma’lum bo‘lib qoldi. Sport treneri sportchining psixik funksiyalari, psixologik sifatlarini bilmagan holda, uning oldiga qo‘yilgan vazifalarni hal etishga qodir emas. Sportda yuksak yutuqlarni qo‘lga kiritish uchun trener sportchini har tomonlama mukammal bilishi kerak.
Har qanday fan kabi sport psixologiyasi ham o‘z o‘rganish predmetiga, ya’ni sohasiga egadir. Sport psixologiyasi o‘rganadigan asosiy ob’ektlar bu - sportchi, sport treneri hamda sport hakami (arbitr) lardir. Yuqorida bayon etilganlardan sport psixologiyasining predmeti sportchini tayyorlash jarayonida uning psixikasi va ongining maxsus tendensiyalari shakllanishini, shu bilan birga sport trener va arbitrni psixologiyasini ham o‘rganadi. Sport psixologiyasi sport faoliyati sharoitlarida inson psixikasi evolyutsiyasi qonuniyatlarini ochib beradi va bir-birlaridan farqlanuvchi ko‘plab sport turlarining O‘ziga xos psixologik xususiyatlarini o‘rganadi.
Dostları ilə paylaş: |