O‘zbekiston respublikasi turizm va sport vazirligi o‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universteti sport psixologiyasi va pedagogika kafedrasi sport psixologiyasi


P.F.Lesgaftlar talabalar bilan biologic laboratoriyada 1907-1909 yillar



Yüklə 437,42 Kb.
səhifə7/48
tarix20.11.2023
ölçüsü437,42 Kb.
#163891
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   48
majmua 1- kurs

P.F.Lesgaftlar talabalar bilan biologic laboratoriyada 1907-1909 yillar.
MDHda sport psixologiyasiga oid dastlabki tadqiqotlar professor P.A. Rudik tomonidan amalga oshirilgan edi. Uning tadqiqotlari mashqlarning tahliliga va harakat reaksiyalarini o‘rganishga bag‘ishlangan edi. 1958 yilda u jismoniy tarbiya institutlari uchun psixologiya va sport psixologiyasi bo‘yicha ilk darslikni yozdi. Professor A.S.Puni musobaqalarning sportchi psixikasiga ta’sirini o‘rgandi. Shuningdek MDHda sport psixologiyasining rivojlanishiga munosib hissa qo‘shgan ilk qaldirg‘ochlar sifatida T. Streltsov, G. M. Gagaeva, O.A. Chernikova va boshqalarni tilga olib o‘tish mumkin.



Butunittifoq sport psixologiysi olimlarining majlisi (Moskva 1973 yil). Pastki chapdan uchinchi P.A. Rudik, o‘ngdan birinchi A.S.Puni. o‘rtada mahsus belgi bilan ko‘rsatilgan Z.G.Gapparov.
1913-yildan so‘ng, 1965-yilda Rimda sport psixologiyasi Kongressi qaytadan tashkil etildi. Ushbu kongressda Sport psixologlarining xalqaro jamiyati (SPXJ) tashkil topdi va u doimiy faoliyat yurituvchi organini, shuningdek jamiyat Prezidenti - F. Antonellini sayladi. (XOK—Xalqaro olimpiya komiteti prezidenti).
SPXJ o‘z faoliyatini jadal rivojlantirib bordi. Rimda bo‘lib o‘tgan kongressdan so‘ng yana bir qator kongresslar bo‘lib o‘tdi: 1968-yilda AQShda, 1973-yilda Ispaniyada, 1977-yilda Chexiyada, 1985-yilda Shvetsariyada, 1986-yilda Fransiyada va hokazo.
1970-yildan buyon SPXJ ning rasmiy organi bo‘lgan “Sport psixologiyasi” xalqaro jurnali nashr etib kelinmoqda.
SPXJ ning tashkil etilishi sport psixologlarining mintaqaviy birlashmalarining paydo bo‘lishiga sabab bo‘ldi. Masalan, 1967-yilda sport psixologlarining Shimoliy Amerika jamiyati tashkil etildi, 1969-yilda esa sport psixologlarining Yevropa Assotsiatsiyasi FYePSAK, Shilling T. (Shvetsariya), Kunat (Germaniya) va boshqalar prezidentligida tashkil topdi. Shundan so‘ng turli yillarda Kanada, Yaponiya, Germaniya, Angliya, Fransiya, Braziliya, Avstriya, Misr va boshqa mamlakatlarda ham sport psixologiyasining milliy jamiyatlari tuzildi. 1987-yilda MDH sport psixologlari federatsiyasi tashkil etilib, uning Prezidenti qilib A.V. Rodionov saylandi, Z.G.Gapparov esa ushbu Federatsiya Prezidiumining a’zoligiga saylandi.
Sport psixologiyasi haqidagi ma’ruzalarni XVIII va XX- Xalqaro psixologik kongresslar: 1972-yil Myunxenda bo‘lib o‘tgan ilmiy Olimpiya Kongressi, 1979-yil Moskvada bo‘lib o‘tgan “Bugungi jamiyatdagi sport” mavzuidagi Xalqaro Kongress dasturlarida ham ko‘rish mumkin. Shuningdek, sport psixologiyasi bo‘yicha Kyoln shahrida 1991 yil, Moskva shahrida 1992-yil, Rostov-Don shahrida 1994-yil va nihoyat yana Moskva shahrida 1995-yillarda Xalqaro Kongresslar o‘tkazildi va o‘tkazilib kelinmoqda.


Yüklə 437,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   48




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin