O‘zbekiston respublikasi turizm va sport vazirligi o‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universteti sport psixologiyasi va pedagogika kafedrasi sport psixologiyasi



Yüklə 437,42 Kb.
səhifə5/48
tarix20.11.2023
ölçüsü437,42 Kb.
#163891
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   48
majmua 1- kurs

Tavsiya etiladigan adabiyotlar:

  1. Ванек М., Гошек В. Актуальные вопросы психологической подготовки спортсменов Психология и современный спорт. — М., 1982. С. 113-114.

  2. Вяткин Б.А. Управление психическим стрессом в спортивных соревнованиях. — М.: Физкультура и спорт, 1981.

  3. Gapparov Z.G. Sport psixologiyasi. Darslik, -Toshkent: «Mehridaryo», – 2011 -345b.

  4. Горбунов Г.Д. Основные задачи практической психологии в современном спорте / Психология и современный спорт. — М., 1982. С. 120 - 128.

  5. Ishtayev J.M. Sport psixologiyasi O‘quv qo‘llanma –Toshkent: “O‘zkitobsavdonashriyoti”, 2020. -232b.

  6. Найдиффер Р.М. Психология соревнующегося спортсмена. — М., 1979.

  7. Родионов А.В. Практика психологии спорта. Ташкент- «Lider Press»-2008



2- Mavzu . Sport psixologiyasi fani paydo bo‘lishi va rivojlanish tarixi



Reja

  1. Sport psixologiyasining paydo bo’lishi

  2. P’er de Kubertenning tashabbusi

  3. Xorijiy olimlarning Sport psixologiyasiga qoshgan xissasi

Kalit sozlar: rivojlantirish tarixi, fan sifatida, sport musobaqalari, qonuniyatlar

Bugungi psixologik adabiyotlar sport psixologiyasi rivojlanishining tarixiy jarayonlarini hanuzgacha to‘la -to‘kis qamrab olmagan.


Umuman olganda, sport psixologiyasi fanining paydo bo‘lishiga Germaniya, AQSh, Italiya, Kanada, Rossiya va boshqa davlatlar olimlarining ilmiy ishlari sabab bo‘lgan. Ayniqsa bu XIX asr oxiri va XX asr boshlarida, ya’ni psixologiya falsafadan ajralib chiqib, mustaqil eksperimental fan maqomini olgandan so‘ng, yanada yaqqol sezila boshladi. Ayni shu davrlarda inson xulq-atvori va harakatlariga oid bir qator ilmiy ishlar paydo bo‘ldi. (Vundt, Torndayk, Uotson, Byuxner va boshqalar.)
“ Sport psixologiyasi” tushunchasi va bu sohadagi bilimlar ilk marotaba bugungi olimpiya o‘yinlarining asoschisi P’er de Kubertenning maqolalarida, 1900-yilda paydo bo‘ldi. O’shanda u “Sport psixologiyasi” nomli maqola e’lon qilgan bo‘lib, mazkur ish asosan falsafiy xarakterga ega edi. 1913-yilda Lozanna shahrida P’er de Kubertenning tashabbusi bilan Xalqaro Olimpiya Qo‘mitasi tomonidan sport psixologiyasi bo‘yicha maxsus kongress chaqirildi va shu tariqa ushbu soha “dunyoga keldi” hamda O‘z maqomini oldi. Biroq, u paytlarda hali sport psixologiyasi muammolarining haqiqiy ma’nodagi ilmiy ishlanmalari deyarli yo‘q edi.

Yüklə 437,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   48




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin