Ixtisoslashmagan testlar deb, laboratoriya sharoitlarida o‘tkaziladigan testlarga aytiladi. Ular sport faoliyatining umumiy psixologik mexanizmlarini tahlil qilishga yo‘naltirilgandir.
Ko‘plab tadqiqotlar sportchiga ixtisoslashmagan ma’lumotni taqdim etuvchi trenajerlardan foydalanishga asoslanadi. Masalan, o‘chayotgan lampalar kombinatsiyasiga, slayddagi tasvirlarga sportchi ushbu sport faoliyatiga hos bo‘lgan harakatlar bilan javob beradi. Bu holatda gap yarim ixtisoslashgan uslublar haqida boradi.
Maxsus – spetsifik qo‘zg‘atuvchilar (shartli raqib yoki sherik) va sinovga jalb etilgan shaxsning spetsifik javob harakatlari (olingan ma’lumotlarning qayd etilishiga muvofiq) qo‘llaniladigan uslublar spetsifik ya’ni ixtisoslashgan uslublar deyiladi.
1. Amaliy mashg‘ulot Psixodiagnostika tamoyillari: