Biografik metod – odamni uning tarjimai holi bilan bog‘liq bo‘lgan xujjatlar orqali o‘rganish usuli.
Guruh – odamlarning birgalikdagi faoliyat mazmuni yoki muloqotda bo‘lish xarakteri kabi qator belgilarga asoslangan ijtimoiy jamoa.
Diqqat – ma’lum bir ob’ektga ongni yo‘naltirish.
Dunyoqarash – odamning tevarak-atrofdagi oamga va unda o‘zining tutgan o‘rniga qarashlaridan kelib chiqqan tizim. Uning falsafiy, siyosiy, ilmiy, diniy, aqliy va estetik qarashlari yig‘indisi.
Dominant shaxs – boshqalar bilan muomala va munosabat o‘rnatishda o‘z fikrini o‘tkazish xislatining yorqin namoyon bo‘lishi.
Jamoa – maqsadlari jamiyat maqsadiga ms keladigan umumiy faoliyat bilan birlashgan odamlar guruhi.
Kuzatish – sinaluvchini aniq maqsad, faoliyat, vaqt, guruh bilan bog‘liq ravishda tekshirish, o‘rganish, ma’lumotlar to‘plash metodi.
Kuzatuvchanlik –shaxs xarakter xossasi bo‘lib eng mayda ko‘z ilg‘amaydigan narsalarni ko‘ra bilsh
Ko‘nikma – odamning ma’lum ishni bajarishga tayyorligida ko‘rinadigan qobiliyati. K. mahoratining asosini tashkil etadi.
Metod – bilishning nazariy va amaliy o‘zlashtirish usullari yig‘indisi.
Metodologiya – tadqiqot, tekshirish usuli bo‘lib, bilishning nazariy va amaliy o‘zlashtirish usullari yig‘indisidir.
Motiv –faoliyatga undovchi ichki qo‘zg‘atuvchi kuch
Motivatsiya – odamni faol faoliyatga undovchi sabablar majmui.
Malaka – mashq qilish jarayonida ish harakatlar bajarilishining avtomatlashgan usullari.
Psixika – yuksak darajada tashkil topgan materiya, miyaning funksiyasi bo‘lib, uning mohiyati tuyg‘ular, idrok, tasavvur, fikrlar, iroda va boshqalar ko‘rinishida aks ettirishdan iborat.
Psixologiya – odamning ob’ektiv borliqni sezgi, idrok, tafakkur, tuyg‘u-hissiyot va boshqa psixik holatlar orqali aks ettirish jarayonini o‘rganadigan fan.
Psixik holatlar – psixik hayot shakllari, diqqat, hissiyot, iroda jarayonlariga aytiladi. P.H. (xushchaqchaqlik, siqilish, ziyraklik, qat’iylik, tirishoqlik v.b.) shaxslarda ma’lum darajada barqaror bo‘lib, ularning muayyan xususiyatiga ham aylanib qoladi.
Dostları ilə paylaş: |