O‘zbekiston respublikasi



Yüklə 1,9 Mb.
səhifə2/47
tarix02.01.2022
ölçüsü1,9 Mb.
#40048
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   47
Kimyo Laboratoriya

Tuzuvchilar: Dotsent. M.Akbarova

Кatta o‘qit. Х. Abdullajonov

Katta o‘qit. I.E.Xoshimov

Taqrizchi:

UK kafedrasi dotsenti: O‘. Raxmatov

KIRISH
O‘zbekiston Davlat standartlari talablaridan kelib chiqib, «Ta’lim to‘g‘risidagi» qonun va «Kadrlar tayyorlash bo‘yicha Milliy dasturi» va rivojlangan davlatlarda tayyorlanayotgan mutaxasislar bilan bellasha oladigan barkamol va xar tomonlama rivojlangan milliy kadrlar tayyorlashni amalga oshirishga yordam beradigan jixatlarini xisobga olib, kimyodan laboratoriya ishlari namunaviy ishchi dasturiga moslashtirib, ushbu uslubiy qo‘llanma tayyorlandi.

Kimyoviy jarayonlarni tajribalar yordamida o‘rganib borish talabadan kimyoning tilini va nazariy bilimlarini talab qiladi.

Nazariy muqaddima talabalarning diqqatini berilgan ishga bevosita aloqador bo‘lgan materialga jalb qiladi va talabaga laboratoriya ishini tushungan holda bajarish uchun zarur bo‘lgan tayyorgarlik beradi.

Xar qaysi mashg‘ulot nazariy va amaliy materialga boy bo‘lganligi uchun o‘qituvchi va laboratdan ishni ayniqsa yaxshi yo‘lga qo‘yish, ish o‘rnini yaxshi tashqil etish, talabaning laboratoriya mashg‘ulotlariga tayyor ekanligini oldindan sinab ko‘rish va uning ish natijialarini tekshirib chiqishni talab qiladi.

Laboratoriyada mavjud sharoitga (jixozlanishi, reaktiv va idishlarning bor yo‘qligi va boshqalarga) qarab, shu sharoitda bajarilishi mumkin bo‘lgan ishlar tanlab olindi.

Yangi pedagogik texnolgiya talablari hisobga olingan laboratoriya mashg‘ulotlari talabalarning mustaqil o‘quv ishlarini tashqil qilish va yo‘lga qo‘yishda o‘quv mashg‘ulotlarining eng muhim turlaridan biridir.

Xar bir guruh 3-4 talabalardan iborat mayda guruhlarga ajratiladi, bu guruhlar xar biri mustaqil ishlarni bajarib bo‘lishgach, ular olgan natijalarni bir-birlari bilan solishtirib ko‘rishadi, shundan so‘ng eng maqbul tajriba natijalarini talabalar yozib oladilar va tegishli hisobotni o‘qituvchiga topshiradilar.

Yangi pedagogik texnologiya talablarini nazarda tutib, gazlarning molekulyar massasini aniqlashda mikrousuldan foydalanamiz, ya’ni Kipp apparati o‘rniga gaz olish moslamasidan foydalaniladi. Bunda reaktivlar miqdori juda oz sarf bo‘ladi. Shunday yo‘l tutib tajribalar bajarilganda, reaktivlardan oqilona va tejab-tergab foydalanish asosida iqtisodiy samaraga erishiladi.



Yüklə 1,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   47




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin