LABORATORIYA MASHG‘ULOTI - 1
Ishdan maqsad: Kimyo laboratoriyasida ishlash qoidalari va daftar yuritaish tartibi bilan tanishtirish. Kimyo laboratoriyasida ishlatiladigan asboblar va ular bilan ishlash qoidalari bilan tanishtirish va ulardan foydalanishni o‘rgatish.
Laboratoriya ishini tashkil etish va ish jurnalini tutish tartibi
Laboratoriya mashg‘ulotlariga talabalar uyda asosiy darsliklar, ma’ruza matnlari va laboratoriya ishlari uchun belgilangan qo‘llanmalar asosida tayyorgarlik ko‘radilar. Talabalar laboratoriyaga kirishi bilan xalat kiyishi lozim. Ishni boshlashdan avval talabalar o‘qituvchiga ish tartibini va lozim bo‘lsa, shu ishga oid nazariy bilimlarini gapirib beradilar. Qoniqarli javob bergach, u ayni ish uchun kerakli reaktiv va jihozlarning (asbob) aniq nomi hamda miqdori ko‘rsatilgan ro‘yxatni o‘qituvchiga ko‘rsatadi.
O‘qituvchi ro‘yxatni ko‘rib chiqib, imzo chekkach, talabalarga ishni bajarishga ruxsat beradi. Talabalar ro‘yxatga binoan, ish uchun kerakli reaktiv va jihozlarni (asbob) laborantdan oladi. Ro‘yxat ish oxirigacha laborantda saqlanadi va jihozlar (asbob) laborantga topshiriladi. Ish stolida ortiqcha narsalar bo‘lmasligi, uning toza yuzasida zarur jihozlargina terilgan bo‘lishi kerak. Nihoyat, yana bir marta ish tartibi bilan tanishib chiqilgach, tajribani boshlashga ruxsat beriladi. Laboratoriya jurnali uchun alohida daftar tutiladi. Bu daftar talabalar ishining eng yaxshi ko‘rsatkichi bo‘ladi. Ish natijalari tajriba davomida bevosita laboratoriya jurnaliga o‘z vaqtida qayd qilib borilishi lozim.
Dostları ilə paylaş: |