OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
FARG‘ONA POLITEXNIKA INSTITUTI
«KIMYO-TEXNOLOGIYA» FAKULTETI
«UMUMIY KIMYO» KAFEDRASI
“KIMYO” FANIDAN
laboratoriya mashg‘ulotlarini bajarish bo‘yicha
5311000-Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish yo’nalishi bo’yicha bakalavriat talabalari uchun
USLUBIY KO‘RSATMA
Farg‘ona – 2019
Ushbu uslubiy qo‘llanma oliy o‘quv yurtining «Kimyo» fanidan ta’lim oluvchi “Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish” yo‘nalishi I-bosqich talabalari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, qo‘llanmaning asosiy maqsadi talabalarni kimyodan oladigan nazariy bilimlarini mustahkamlash va tajriba yo‘li bilan sinab ko‘rishdan iborat. Laboratoriya mashg‘ulotlarini ma’ruza bilan parallel ravishda o‘tkazilishi mashg‘ulotlarning unumli va foydali bo‘lishiga yordam beradi. O‘tilgan material yuzasidan tajriba o‘tkazilib, unda bayon etilgan fikrlarning to‘g‘riligiga amalda ishonganidan keyingina talaba ma’ruza materialini puxta egallaydi. Shu sababli ushbu uslubiy qo‘llanmada har bir laboratoriya ishidan oldin laboratoriya ishi mavzusiga oid nazariy bilimlar, tajribaning bajarilish tartibi, reaksiya tenglamalari va sinov savollari berilgan.
«Kimyo» fanidan laboratoriya ishlari bajarish bo‘yicha tuzilgan mazkur uslubiy qo‘llanma Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 201___ yil ___ avgustdagi buyrug‘Ii bilan tasdiqlangan “Kimyo fanining o‘quv dasturi” asosida tayyorlandi.
Ushbu qo‘llanma Umumiy kimyo kafedrasining yig‘ilishi va ilmiy – uslubiy seminarida ko‘rib chiqilgan. Majlis bayoni _____ 201_ y.
Ushbu qo‘llanma Kimyo – texnologiya fakultetining ilmiy – uslubiy kengashida tasdiqlangan. Majlis bayoni ________201_ y.
Dostları ilə paylaş: |