O`zbekiston Respublikasi


Mavzuga oid tayanch iboralar



Yüklə 175,33 Kb.
səhifə11/51
tarix02.01.2022
ölçüsü175,33 Kb.
#42431
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   51
Analitik kimyo fanining maqsad va vazifalari, tibbiyotdagi ahami (1)

Mavzuga oid tayanch iboralar.

1. Eritmalar–ikki yoki undan ortiq komponent (tarkibiy qismlar) dan tarkib topgan bir jinsli sistemalar.

2. Suyuq eritmalar–moddalarning suvda yoki boshqa suyuqliklarda (spirt, benzol, xloroform, atseton) erigan eritmalari.

3. Qattiq eritmalar–metallarning qotishmalari bo`lib, foiz miqdori ko`p metall erituvchi, foiz miqdori kam metall erigan modda hisoblanadi.

4. Gazsimon eritmalar–havo, aerozollar bo`lib, gaz miqdori ko`p hamda erituvchi, qattiq moddalar esa erigan modda hisoblanadi.

5. To`yingan eritmalar–erituvchi va erigan modda miqdorlari o`zaro dinamik muvozanatda bo`lgan eritmalar.

6. To`yinmagan eritmalar–erigan modda miqdori to`yingan eritmada erigan modda miqdoridan kam bo`lgan eritmalar.

7. O`ta to`yingan eritmalar–erigan modda miqdori to`yingan eritmada erigan modda miqdoridan ko`p bo`lgan eritmalar.

8. Eruvchanlik (moddaning eruvchanligi)–berilgan haroratda erituvchi yoki eritmaning ma`lum hajmida erigan moddaning maksimal konsentratsiyasi (miqdori).

9. Amfiprot erituvchilar–kislotali va asosli xossaga ega bo`lgan erituvchilar, masalan, suv, metanol, yuqori spirtlar.

10. Protogen erituvchilar–kislotali xossaga ega bo`lgan erituvchilar, masalan, ftorid kislota, sulfat kislota, muz sirka kislota.

11. Protofil erituvchilar–asosli xossaga ega bo`lgan erituvchilar, masalan, tetrametilmochevina, aminlar.

12. Aproton erituvchilar–neytral xossaga ega bo`lgan erituvchilar, masalan, atsetonitril, benzol.

13. Erigan moddaning massa ulushi–100 g eritmada erigan modda miqdori.

14. Molyar konsentratsiya–1000 ml (1 l) erituvchida 1 mol modda erigan eritma.

15. Normal konsentratsiya–1000 ml (1 l) erituvchida 1 g/ekv modda erigan eritma.

16. Molyal konsentratsiya–1000 g (1 kg) erituvchida 1 mol modda erigan eritma.

17. Titr–1 ml (1 sm3) erituvchida erigan modda miqdori.



Yüklə 175,33 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   51




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin