Molyar va normal konsentratsiyali eritmalarni tayyorlashdagi hisoblar.
Molyar va normal konsentratsiyadagi eritmalarni tayyorlash uchun moddaning og`irligi analitik tarozilarda tortib olinadi, eritmalar esa o`lchov kolbasida tayyorlanadi. Kislota eritmalarini tayyorlashda kislota konsentrlangan eritmasining kerakli hajmi shisha jo`mrakli byuretka bilan o`lchanadi. Eruvchi moddaning og`irligi to`rtinchi o`nli belgigacha aniqlik bilan hisoblanadi, molekulyar massalar esa ma`lumot jadvallarida keltirilgan aniqlik bilan olinadi. Konsentrlangan kislotaning hajmi ikkinchi o`nli belgigacha aniqlik bilan hisoblanadi.
1–misol. 2 litr 0,2 M eritma tayyorlash uchun necha g BaCl2 kerak bo`ladi?
Berilgan:
V (eritma) = 2 litr.
CM (BaCl2) = 0,2 M
Topish kerak:
m (BaCl2) = ?
|
Yechish:
1 litr 0,2 M eritma 208,27•0,2 = 41,654 g BaCl2
2 litr 0,2 M eritma 41,654•2 = 83,308 g BaCl2
|
2–misol. 500 ml 0,1 n eritma tayyorlash uchun necha g suvsiz Na2CO3 kerak bo`ladi?
Berilgan:
V (eritma) = 500 ml.
Cn (BaCl2) = 0,1 n
Topish kerak:
m (Na2CO3) = ?
|
Yechish:
1000 ml 0,1 n eritmada 5,3002 g Na2CO3 bo`ladi.
500 ml 0,1 n eritmada x g Na2CO3 bo`ladi.
|
Dostları ilə paylaş: |