4. EDTA ishtirokida titrlash.
Ammiakli bufer aralashma tayyorlash. Buning uchun 100 ml 20 % li NH4Cl eritmasini 100 ml 20 % li NH4OH eritmasi bilan aralashtiriladi va aralashma distillangan suv bilan 1 litrgacha yetkaziladi.
Indikator tayyorlash. Buning uchun 0,5 g erioxrom qora T ni 10 ml ammiakli bufer aralashmada eritiladi va eritma hajmi etil spirti bilan 100 ml ga yetkaziladi. Hosil qilingan eritma 10 sutkagacha yaroqli hisoblanadi.
EDTA ning 0,05 n li eritmasini tayyorlash. EDTA boshlang`ich moddalarga qo`yiladigan talablarga javob beradi, shuning uchun uning katta bo`lmagan miqdorini aniq tortim bo`yicha tayyorlash mumkin.
EDTA ning ekvivalent massasi ga teng. Eritma tayyorlash uchun kerakli tortim miqdori quyidagi formula bo`yicha aniqlanadi:
bu yerda N–eritmaning normalligi, VK–o`lchov kolbasining hajmi, E–EDTA ning ekvivalent massasi.
Eritmani har qanday aniq eritma tayyorlagandek tayyorlanadi, agar EDTA eritmasini taxminan kerakli konsentratsiyada tayyorlansa, eritmaning titri hajmiy usul bilan aniqlanadi. Boshlang`ich modda sifatida MgSO4•7H2O ni ishlatish mumkin. EDTA ning titri aniqlanmoqchi bo`linayotgan metall bo`yicha hisoblanadi.
Kalsiyni aniqlash. Kalsiy miqdorini uning tuzlaridan aniqlash uchun analitik tarozida olingan CaCl2•6H2O tortimi 100 ml li o`lchov kolbasiga solinadi, distillangan suvda eritiladi, belgigacha yetkaziladi va aralashtiriladi. Tayyorlangan eritmadan pipetka bilan konussimon kolbaga 10 ml olinadi, distillangan suv bilan 70–80 ml hajmgacha suyultiriladi. 5 ml ammiakli bufer aralashma va 5 tomchi indikator qo`shiladi. Hosil qilingan aralashma EDTA eritmasi bilan qizil vino rangidan ko`k rangga o`tgunga qadar titrlanadi. Titrlash oxiriga yaqin EDTA eritmasini ehtiyotlik bilan bir tomchidan qo`shish kerak. Titrlash oxirida qizil rangning izi butunlay yo`qolib, eritma yashil tusli ko`k bo`lib qoladi.
Titrlangan eritmadagi Ca2+ miqdori ushbu formula bo`yicha hisoblanadi:
yoki V1●N1=V2●N2
Ca2+ ning foiz miqdori ushbu formula bo`yicha hisoblanadi:
bu yerda, P –titrlangan eritmadagi Ca2+ miqdori, Q –CaCl2●6H2O tuzining tortimi.
Dostları ilə paylaş: |