O`zbekiston Respublikasi


Mor, Folgard, Fayans usullari tushunchalari



Yüklə 175,33 Kb.
səhifə41/51
tarix02.01.2022
ölçüsü175,33 Kb.
#42431
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   51
Analitik kimyo fanining maqsad va vazifalari, tibbiyotdagi ahami (1)

2. Mor, Folgard, Fayans usullari tushunchalari.

Mor usuli argentometriya usullaridan biri bo`lib, bu usul ushbu reaksiyaga asoslangan:

Ag+ + Hal = AgHal↓

bu yerda, Hal–Cl, Br, J, SCN ionlaridir. Mor usuli hamma argentometriya usullari ichida eng oddiysi va eng anig`idir. Bu usulda ishchi eritma AgNO3 eritmasidir. Mor usuli asosida kumush ionlarining xlor yoki brom ionlari bilan o`zaro ta`sir reaksiyasi yotadi:

Ag+ + Cl = AgCl↓

Kumush ionlari bilan qizil–qo`ng`ir Ag2CrO4 cho`kmasini hosil qiladigan K2CrO4 eritmasi indikatordir. Ishchi eritmaning titrini aniqlash uchun boshlang`ich modda NaCl yoki KCl eritmasidir. Mor usuli xlorid yoki bromidlarning miqdorini aniqlashga imkon beradi. Bu usul bilan yodidlar aniqlanmaydi, chunki cho`kmaga tushadigan AgJ K2CrO4 ni kuchli adsorbsiyalaydi, shuning uchun ekvivalent nuqtasini aniqlash mumkin emas.

Mor usulini qo`llash quyidagi shartlar bilan chegaralanadi:

a) Aniqlashni faqat neytral sharoitda olib borish mumkin, chunki kislotali muhitda Ag2CrO4 eriydi va titrlashning oxirini aniqlash qiyin bo`ladi. ishqoriy muhitda ham titrlash mumkin emas, chunki Ag2O cho`kmasi hosil bo`ladi:

2Ag+ + 2OH = Ag2O↓ + H2O

b) Aniqlashni Ba2+, Bi3+, Pb2+ ionlari ishtirokida o`tkazib bo`lmaydi, chunki bu ionlar CrO42– ionlari bilan cho`kma hosil qiladi. Bundan tashqari, Ag+ ioni bilan qiyin eriydigan cho`kmalar hosil qiladigan PO43–, CO32– ionlari ishtirokida ham aniqlashni bajarib bo`lmaydi.

c) Titrlash hamma vaqt galogendan AgNO3 ga qarab olib boriladi (ya`ni galogen AgNO3 eritmasi bilan titrlanadi), faqat shu sharoitdagina Ag2CrO4 ning qizil g`isht rangli cho`kmasi ekvivalent nuqtasida hosil bo`ladi.

Mor usuli oziq–ovqat mahsulotlarini analiz qilishda keng ishlatiladi. Osh tuzining kolbasa, sho`r baliq, yog` va boshqa mahsulotlardagi miqdori hamda ichimlik suvidagi xloridni Mor usuli bilan aniqlanadi.




Yüklə 175,33 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   51




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin