O’zbekiston respublikasi


BOB. YOSHLARNING OILAVIY HAYOT HAQIDAGI TASAVVURLARINI SHAKLLANTIRISHNING PEDAGOGIK –



Yüklə 75,47 Kb.
səhifə5/7
tarix06.06.2020
ölçüsü75,47 Kb.
#31622
1   2   3   4   5   6   7
yoshlarni turmush qurushga tayyorlashning psixologik asoslari

BOB. YOSHLARNING OILAVIY HAYOT HAQIDAGI TASAVVURLARINI SHAKLLANTIRISHNING PEDAGOGIK


PSIXOLOGIK SHART SHAROITLARI.
2.1. Nikoh oldi omillari haqida yoshlar tasavvurlarini shakllantirish.

Oila deb atalmish muqaddas makon, «oila qasri»ning mustahkamligi shu qasrning poydevori bo’lmish nikoh oldi omillari xususiyatlariga, ularning qay darajada to’g’ri va mustahkam qo’yilishiga bog’liq. Agar shu poydevor yetuk, mustahkam bo’lsa, uning ustida qurilgan imorat ham ko’rkam, yorug’, unda istiqomat qiluvchilarga qulaylik, xotirjamlik, tinchlik, huzur-halovat bag’ishlaydigan bo’ladi.

Hech bir devor yoki uy poydevorsiz bo’lmaganidek, Sizning qurajak oilangizning ham o’ziga xos poydevorlari bor. Ular shu oilaning yuzaga kelishiga, qurilishiga asos bo’lgan nikoh oldi omillaridir.

Agar shu nikoh oldi omillarining oilani yuzaga kelishiga ta’siri no o’rin bo’lsa, u shoshilinch, bo’sh, qiyshiq qurilsa, uning ustiga o’rnatilgan oila imoratining devori ham qiyshiq va omonat bo’lib boraveradi va u shu imoratning bir kuni kelib qulashi, bo’zilib ketishi xavfini tug’diradi. Bunday poydevor ustiga qurilgan imorat qulab tushmagani, bo’zilib ketmagani taqdirda ham, unda istiqomat qiluvchilarga xotirjamlik, tinchlik, quvonch baxsh eta olmaydi. Ular doimo qandaydir bir xavotirda, hadikda, noqulaylikda, xijolatda yashashlariga to’g’ri keladi. Xo’sh, shu poydevorlar ya’ni nikoh oldi omillari nimalardan iborat?

Gap nikoh oldi omillari haqida borar ekan, shun ita’kidlab o’tish joizki, nikoh oldi omillari u yoki bu nikohning yuzaga kelishiga asos bo’lgan ko’plab ijtimoiy, iqtisodiy, biologik, fiziologik, ma’naviy, axloqiy va bugungi kunlarimiz uchun eng muhim bo’lmish psixologik omillarni o’zida mujassamlashtirgan, ko’p qirrali omillar kompleksidan iborat bo’lib, oila qurayotgan yoshlarning, shu o’zlari qurayotgan oilaviy hayotlariga qaydarajada «yetilgan»liklarini belgilab beradi. Bu yerda eng muhimi shu yoshlarning oilaviy hayotga, nikoh talablariga qaydarajada javob beraolishi nazarda tutiladi.

Nikohga yetuklik tushunchasi ham o’z navbatida o’ta murakkab va nisbiy tushunchadir. Chunki odam doimo rivojlanib, takomillashib boruvchi, kasb-hunar faoliyatida yoki ma’naviy va axloqiy rivojlanishida muntazam yangidan-yangi cho’qqilarga erishib boruvchi mavjudoddir. Agar odamning u yoki bu faoliyatga

«to’la yetukligi» haqida gapiradigan bo’linsa, demak bu uning ma’lum bir chegaraga erishgani va undan ortiq rivojlanish mumkin emasligini bildiradi. Shuning uchun ham odamning nikohga yoki biron-bir faoliyatga yetukligi haqida gapirilganda, «yetuklik» tushunchasi tor ma’noda o’rinli bo’la olmaydi. Shuning uchun ham odamning «yetukligi», ayniqsa, nikohga, oilaviy hayotga «yetukligi» haqida gapirilganda, bu tushunchadan ma’lum bir umum qabul qilingan standart, o’rtacha me’yor, ma’lum bir shartli «o’lchov birligi», ko’rsatkichlar va shu kabilar sifatidagina foydalaniladi.

Masalan, barcha o’quv yurtlari (maktab, lisey, kollej, institutlar) uchun bitirish imtixonlari (davlat imtixonlari tizimi, diplom ishlari himoyasi tizimlari kabilar) mavjud bo’ladi va ular yordamida bitiruvchilar tomonidan o’zlashtirilgan o’rtacha bilimlar va malaka yig’indisini aniqlash mumkin bo’ladi. Bu esa ularga keyinchalik yana o’qishni davom ettirish yoki ma’lum bir mutaxassislik bo’yicha ishlashi mumkinligi haqida ma’lum bir huquq beradi. Shu nuqtai nazardan olinganda, «yetuklik» — rivojlanishning ma’lum bir bosqichi, fazasi, chegarasiga yetilganlikning sifatiy va miqdoriy harakteristikasini ma’lum bir aniqlikda belgilab beruvchi ko’rsatkich bo’lib xizmat qiladi. Odamning nikohga, oilaviy hayotga yetukligi masalasi esa o’ta murakkab, biron-bir qat’iy me’yor bilan o’lchab bo’linmaydigan individual harakterga ega bo’lgan ko’rsatkichdir.

Shu keltirib o’tilganlarning o’zi yoq nikoh oldi omillari qaydarajada murakkab harakterga ega bo’lgan muammolardan ekanligini ko’rsatib turibdi.

Hozirgi zamon oilasining ijtimoiy psixologik muammolarini yoritishga bag’ishlangan psixologik adabiyotlarda nikoh oldi omillarining turlicha shakllari, ko’rinishlari farqlanadi. Quyida sizning e’tiboringizga ularning ayrimlari haqidagi ma’lumotlarni havola etamiz:

Nikoh oldi omillari qatoriga shu oila qurayotgan yoshlarning: oilaviy havotga yetukligi: ularning oila qurish motivlari: ularning oila qurishgunlariga qadar bir-birlarini tanish muddati (qancha vaqt bir-birini tanishi) shartlari va sharoitlari: ularning o’zlarining bo’lg’usi oilaviy hayotlari haqidagi tasavvurlari kabilarni kiritish mumkin. Albatta, bu omillarning har bir turli yoshlarda turlicha harakterda bo’lishi mumkin, shu bilan birga ularning har biri o’z navbatida yana bir necha turlarga farqlanadi.

Masalan, nikohga yetuklik deyilganda oila quruvchi yoshlarning: jismoniy (fiziologik), jinsiy, huquqiy, iqtisodiy, ma’naviy-axloqiy, psixologik kabi yetuklik jihatlarini farqlash mumkin. Bularning orasida huquqiy, jinsi yetuklik ko’rsatkichlari yetarlicha aniq alomatlarga, belgilarga ega bo’lgan va bular haqida tegishli huquqiy, tibbiy, psixologik adabiyotlarda ko’plab ma’lumotlar berilgan jihatlar bo’lsa, iqtisodiy, ma’naviy-axloqiy, psixologik jihatlar biroz murakkabroq, qat’iy bir ko’rsatkich, chegaraga ega emasligi bilan harakterlanadi.

Masalan, odamning jinsiy yetukligi o’ziga xos omillarga ega. Klinik ko’zatishlar ma’lumotlariga ko’ra, hozirgi zamon qizlarida jinsiy yetuklik (balog’atga yetish) 12-14 yoshgacha, o’g’il bolalarda esa 14-16 yoshga to’g’ri keladi. Albatta, bu yetuklik ba’zi bir bolalarda ertaroq, boshqa birlarida kechroq ro’y berishi mumkin. Bu ko’rsatkichlar ± 2 yoshga farq qilishi mumkin. Ayrim tibbiyot olimlari bolalarning to’la jinsiy yetilishlari uchun yana 2-3 yil kerak bo’ladi, deb hisoblaydilar.

Jinsiy yetilish qat’iy jinsiy ehtiyojlarning shakllanishiga olib keladi. Bu davrga kelib bolalarda ikkilamchi jinsiy alomatlar namoyon bo’la boshlaydi. Jinsiy sekresiya bezlarining faolligi ortadi. Qiz bolalarda oylik sikllari (menstruasiya), o’g’il bolalarda pollyusiyalar ro’y bera boshlaydi. Boshqacha qilib aytganda, ularda pubertat davr boshlanadi. Demak, bu davrga kelib bolalarning moddiy va ma’naviy qiziqishlarining o’sib borishi bilan bir qatorda jinsiy ehtiyojlar shaxs faolligining kuchli manbalaridan hisoblanib, u turli psixologik va ijtimoiy shakllarda namoyon bo’la boshlaydi.

Jinsiy maylning, jinsiy ehtiyojning yuzaga kelishi odamning biologik rivojlana boshlashining o’ziga xos bosqichidir. Ular bola ruhiyatining rivojlanishiga, shaxsining shakllanishiga, hayot faoliyatining boshqa jihatlariga katta ta’sir ko’rsatadi.

Jinsiy hayotning ko’plab muammolarini nafaqat yoshlarga, balki o’zoq vaqt oila qurgan, farzandli bo’lgan katta yoshlilarga ham tushuntirib o’tish lozim bo’ladi, chunki ularda ham shu asosda ko’plab jiddiy nizolar yuzaga kelishi mumkin. Jinsiy munosabatlar masalasi o’ta nozik masaladir, bu borada ko’pincha

«yolg’on, bachkanalarcha uyatchanlik»ka duch kelinadi. Ba’zi bir ota-onalar va o’qituvchilar hatto maorif rahbarlari ham maktabda jinsiy tarbiya berish masalasiga e’tiroz bildiradilar va «Jinsiy tarbiya, jins masalasiga oid barcha zarur ma’lumotlar biologiya kurslarida berilgan, buning ustiga «ota-bobolarimiz bunday jinsiy savodxonliksiz ham binoyidek yashaganlar», qabilida mulohaza yuritadilar. Albatta, bunday nuqtai-nazar o’ta qoloq, bugungi kun nikoh-oila munosabatlari talablarini, hozirgi zamon oilasi funksiyalarini hisobga olmay chiqarilgan xulosalardir. Aynan shunaqa yo’llar bilan yoshlarga jinsiy tarbiyadek o’ta nozik va zarur masalalar yo’zasidan beradigan har qanday sanitar-gigiyenik oqartuv ma’lumotlarning ahamiyati butunlay kamsitib kelinmoqda. Bu esa millionlab o’smirlarning jinsiy balog’atga yetishish vaqtida g’aflatda qolishlariga va buning oqibatida ayrim hollarda hayotda to’zatib bo’lmaydigan xatolarga yo’l qo’yishiga olib kelishiga sabab bo’lmoqda.

Hech nima bilan asoslanmaydigan xavotir, hadik, gohida esa haqiqiy vahima zaminida o’smir xulqida turli xil og’ishlar, nerv-fiziologik bo’zilishlar yuzaga kelishi mumkin. Bularning barchasi sanitar-gigiyenik tarbiyaning yaxshi yo’lga qo’yilmaganligi va jinsiy tarbiya berilmaganligining natijasidir. Bu masala, ayniqsa, bizning etnosimizda o’ta jiddiy mohiyat kasb etadigan masaladir.

Jinsiy tarbiya masalasiga ko’pincha yo alohida e’tibor talab qilinmaydigan va hech qanday qiyinchilikni yuzaga keltirmaydigan, har bir yosh guruhi uchun osongina o’zlashtirish mumkin bo’lgan, yoki o’ta shaxsiy, intim, ko’pchilik orasida, ayniqsa, bolalar orasida muhokama qilib bo’lmaydigan masala tarzida

qaraladi. Shu kabi mulohazalar qator mamlakatlarda, ayniqsa sobiq ittifoqda jinsiy tarbiyaga oid materiallarni, bunga taalluqli tadbirlarni maktab dasturidan chiqarib tashlanishiga asos bo’lgan. Bu o’rinda jinsiy tarbiyani, organizmning faoliyati haqidagi bugungi kunda har bir odam o’zlashtirishi, bilishi zarur bo’lgan sanitar- gigiyenik, psixogigiyenik ma’lumotlar bilan o’zviy bog’liq tarzda qaralishi maqsadga muvofiqdir.

Oilaviy hayotda esa jinsiy hayot psixologiyasi haqidagi bilimlarga ega bo’lish o’ta muhim ahamiyatga ega bo’lgan masaladir. Turli mutaxassislar tomonidan berilgan ma’lumotlarni kompleks tahlil qilgan holda aytish mumkinki, har bir to’rtinchi ajrashgan er-xotinlarda (ajralishlarning 29 %ida) jinsiy mutanosiblikning u yoki bu tarzda bo’zilishi (er-xotinning jinsiy nomutanosibligi) sabab bo’lmoqda.

Albatta, o’zaro sevgi, ishonch va hurmat hislari, qiziqishlar va niyatlarning umumiyligi hislari qisqa vaqt oralig’ida yuzaga kelgan va shunga ko’ra shoshilinch oila qurgan juftlarga jinsiy hayot psixologiyasi borasidagi bilimlar o’z-o’zidan yordam bera olmasligi mumkin. Bunday tezlikda, qisqa vaqtda (sovchilar, qarindoshlar orqali bir-ikki haftadayoq) yuzaga kelgan oilalar miqdori, ayniqsa, so’nggi yillarda bizning millat vakillari o’rtasida ortib bormoqda. Yoshlarning bir- birlariga nisbatan bo’lgan yoqtirishi va ijobiy emosional hislari kompleksisiz bu bilimlarning samarasi past bo’ladi. Ular faqat er-xotinlar bir-birlarini yoqtirganlari, bir-birlari uchun jozibali bo’lgan holatlardagina, er-xotinlarning intim hayotini muvofiqlashtiradi. Boshqa tomondan, nikohdagi jinsiy hayot psixogigiyenasi muammolaridan qandaydir «bo’lmag’ur, uyat narsa» sifatida voz kechish ham kerak emas. Chunki, ko’pchilik hollarda jinsiy hayot psixogigiyenasi sohasidaga ilmiy bilimlar yosh er-xotinlarga yo’l qo’yilishi mumkin bo’lgan ayanchli xatolardan qutulishga va shu bilan o’z nikohlarini saqlab qolishlariga yordam berishi mumkin.

Shunday qilib, jinsiy yetuklik odam anatomiyasi va fiziologiyasi nuqtai nazaridan yetarlicha aniq va ravshan bo’lgan hodisadir. Biroq uning psixologik, axloqiy jihatlari o’ta murakkab. Shuning uchun ham odamning nikohga jinsiy

yetukligi deyilganda, uning fiziologik nuqtai nazardangina yetilishini nazarda tutish jinsiy yetuklikning to’liq mohiyatini bildirmaydi, bundan tashqari odam jinsiy hayot psixogigiyenasi borasida ham zarur ilmiy psixologik bilimlarga, to’g’ri tasavvurlarga ham ega bo’lmog’i zarur. Bu esa, shubhasiz, alohida e’tibor, maxsus tayyogarlik, o’qitishni talab qiladigan jarayondir.

Yoshlarni nikohga jinsiy yetuklik masalasidan tashqari yuqorida keltirib o’tilganidek, yana bir nechta ijtimoiy yetuklik turlarini farqlash mumkin. Bular: jinsiy, fuqarolik, kasb-hunar, ijtimoiy-iqtisodiy, ma’naviy, axloqiy va psixologik yetukliklardir. Bularning orasida yoshlarning jinsiy (fiziologik) yetukligi boshqalariga qaraganda ancha erta amalga oshadi, quyida bu masalalarga bog’liq ravishda yana qanday muammolar majmuining yuzaga kelishi mumkinligi haqida to’xtalib o’tamiz:

Fuqarolik. Huquqiy yetuklik bu odamning huquqiy jihatdan balog’atga yetish yoshi bilan, u huquqiy jihatdan oila qurish, farzand ko’rish huquqiga ega bo’lgan shaxs bo’lib hisoblanishi bilan belgilanadi. Bizning mamlakatimizda bu 18 yosh deb ko’rsatilgan. Bu vaqtda u Konstitusiyada belgilangan barcha huquq va majburiyatlardan foydalana oladigan bo’ladi. 18 yoshni shaxsning huquqiy yetuklik yoshi deb hisoblash mumkin.

Kasb-hunar yetukligi – bu ham ancha murakkab tushunchadir. Uning murakkabligi shundaki, bir tomondan u qandaydir bilim yurtini, o’quv kurslarini bitirish, ya’ni ma’lum bir ish turini bajarish uchun zarur bo’lgan maxsus bilimlarga ega bo’lish bilan belgilanadi. Biroq odam u yoki bu bilim yurtini (kollej, litsey, institutni) bitirganidan keyin o’zi tanlagan kasbi bo’yicha bir necha yil ishlab ko’rishi kerak bo’ladi va shundan keyingina uning kasb-hunar yetukligi haqida gapirish mumkin.

Shu bilan birga ba’zi bir kasblar bo’yicha 19-20 yoshlardayoq kasb-hunar yetukligiga erishish mumkin bo’lsa, boshqalarda, masalan, jarroh-shifokorlikda kechroq 29-30 yoshga yetganda bunga erishish mumkin.

Shaxs yetukligining yana bir jihati ijtimoiy-iqtisodiy yetuklikdir. Bunda odamning o’zini va o’z oilasini moddiy jihatdan mustaqil ta’minlay ola bilishi

nazarda tutiladi. Yoshlarning oila qurishlarida, ularning iqtisodiy mustaqilligi alohida ahamiyatga ega. Bu o’rinda ham turlicha yosh chegaralari mavjud, yoshlarning ayrimlari 18-19 yoshidayoq ota-onasi oilasidan iqtisodiy mustaqillikka erishishi mumkin, boshqalari esa 25-30 yoshlarida ham ota-onalarining moddiy yordamidan foydalanadilar.

Bu yetuklik jihatlari orasida shaxsning ma’naviy va axloqiy yetukligi haqida gapirish eng murakkabidir. Chunki bu jihat haqida aniq bir mezon va tavsif hozircha ishlab chiqilmagan.

Shunday qilib, «yetuklik» tushunchasi o’zida ko’plab jihatlarni mujassamlashtiradi. Shuni aytib o’tish joizki «yetuklik» tushunchasi, albatta, ma’lum bir hayotiy tajriba bilan, ya’ni «hayotiy bilimlar» bilan o’zviy bog’liqdir.

«Hayotiy bilimlarni o’zlashtirish», «Hayot universitetlaridan» o’tishning ham o’ziga xos individual xususiyatlari mavjud. Kimdir 20 yoshidayoq «hayotni yaxshi bilib oladi», kimdir 30 yoshida ham bolaligicha qolaveradi. Bunga mavjud ijtimoiy sharoit, jamoatchilik va ijtimoiy tartibning ta’siri katta. Ma’lumki, oldingi vaqtlarda, ayniqsa, urush yillari bolalar kattalar ham hamma vaqt uddalay olavermagan hayotiy qiyinchiliklarni boshidan kechirganlar. U vaqtlarda 12-14 yoshdanoq bolalar onalariga oilani ta’minlashda yordam berganlar. Shuningdek, shahar va qishloq joylarda istiqomat qiladigan, kam farzandli va ko’p farzandli oilalarda, nuklear yoki ko’p tabaqali oilalarda o’sayotgan bolalarning ham oilani moddiy, ijtimoiy ta’minotiga hissa qo’shish, bu ishlar bilan shug’ullanish muddatlari va miqdori turlichadir. Hayotni bilish, hayotiy tajribalar turli individlarda turlicha jadallikda amalga oshishi mumkin va bu o’rinda qandaydir bir yosh, vaqt oralig’ini ko’rsatish mutlaqo mumkin emas. Buning ustiga hayotni, bizni o’rab turgan atrof olamni bilish o’z navbatida cheksizdir.

Chunki hech kimga sir emaski, bugungi kunda yoshlarning kattalashuvi, voyaga yetishi juda jadal amalga oshmoqda. Yuqoridagicha guruhlashga ko’ra bir demografik yosh guruhiga kirgan 20 va 24 yoshlilarning yetukligi sifat jihatidan turli darajaga egadirlar. 25 va 29 yoshdagilar haqida ham xuddi shunday deyish mumkin. 29 yoshga kelib kasb-hunar yetukligi nihoyasiga etadi va bu davrda

aksariyat yoshlar oila qurib bo’lgan va hatto farzandli bo’lishga ham ulgurishadi. Shunday qilib, 29 yoshdagilar 25 yoshdagilarga qaraganda hayotiy tajribalariga ko’ra ham va boshqa asosiy komponentlarga ko’ra ham sezilarli darajada farqlanib turadi.

O’zbekiston Respublikasining «Oila kodeksi»da erkak va ayollar uchun minimal nikoh yoshi sifatida 18 yosh ko’rsatilgan. Bu yoshni mahalliy hokimiyat qaroriga ko’ra alohida istisnoli holatlarni hisobga olib, ayollar uchun bir yoshga qisqartirish mumkin.

Turli mamlakatlarda urf-odatlar va milliy an’analarga bog’liq ravishda erkak va ayollarning turlicha minimal nikoh yoshi belgilangan. Masalan, erkaklar uchun u 14 yoshdan (Irlandiya, Ispaniya va Lotin Amerikasidagi ayrim davlatlarida) - 21 yoshgacha (Polsha, Avstriya, Germaniya va ayrim Skandinaviya davlatlarida) bo’lgan davr orasiga to’g’ri keladi. Ayollar uchun minimal yosh odatda yoki erkaklar bilan teng deb, yoki ulardan bir necha yosh kichik deb belgilanadi.

Shuni ham ta’kidlab o’tish joizki, yoshlarning voyaga yetish masalasi, ularning nikohga yetukligi ko’rsatkichlari ayrim hollarda bir-biriga qarama-qarshi va noturg’undir. Odamning axloqiy va ma’naviy qiyofasi, uning shaxsiy ta’bi, didi, odatlari hayot davomida bir necha bor o’zgarishi mumkin. Hozirgi davrda bilimlar va hayotiy tajribani yig’ish g’oyat yuqori jadallikda amalga oshib bormoqda. Shunga ko’ra, 16 yoshdan 29 yoshgacha bo’lgan davrni oila qurish uchun garmonik davr deb hisoblash qiyin. Chunki bu davrda yoshlarning o’ziga bevosita bog’liq bo’lmagan ko’plab obyektiv sharoitlarni, qarama-qarshi holatlarni ko’zatish mumkin. Masalan, yoshlarda jinsiy yetilish 14-16 yoshlarda, huquqiy yetuklik - 18 yoshda, kasb-hunarni egallash va kasbiy yetuklik ko’p hollarda 28-30 yoshlarda yuzaga kelishi mumkin. Ota-onalarga boqimanda bo’lmaslik darajasida iqtisodiy mustaqillikka erishish esa, odatda 20 yoshdan 30 yoshgacha bo’lgan vaqt oralig’ida amalga oshadi.

Ko’pincha katta avlod vakillari, yoshlarni yetuk emaslikda, hayotga tayyor emaslikda ayblaydilar, lekin ayni paytda bunday yetilmaslikning obyektiv sabablari va shart-sharoitlari e’tibordan chetda qoladi. Yoshlarning ijtimoiy va

iqtisodiy hayotga to’liq kirishib ketishlari uchun ularga keng ko’lamdagi raqobatbardosh bilimlarni, kasb-hunar ko’nikmalarini berish zarur bo’ladi. Yoshlar egallashlari lozim bo’lgan bilimlar hajmi har o’n yilda ikki martaga ortib bormoqda. Ijtimoiy, ma’naviy ishlab chiqarish va ilmiy-texnik tajribani kelgusi avlodga o’zatish jarayoni shu darajaga borganki, u har bir yoshni hayotga to’la iqtisodiy tayyorlash uchun kamida 12-15 yil o’qishini taqazo qiladi. Ba’zida bu muddat kamlik qilib, u 18-20 yilgacha o’zayishi mumkin (o’rta maktab + kollej (litsey) + oliy o’quv yurti + aspirantura).

Ijtimoiy, iqtisodiy, ma’naviy, ilmiy-texnik taraqqiyot jarayonlarining kechishi yoshlarda ijtimoiy-iqtisodiy va kasb-hunar, texnik yetukligining kechikib ketishiga olib kelmoqda.

Masalaning ikkinchi tomoni, yoshlarni ijtimoiy yetilishi bosqichlari va fazalarida obyektiv qarama-qarshiliklarning yuzaga kelishi va ularni oilaviy hayotga tayyorlash borasidagi ishlarni amalga oshirishda bu hayotiy haqiqatni doimo nazarda tutish lozimligidir.

Quyida shunday qarama-qarshiliklarning biri haqida to’xtalib o’tamiz. Buning uchun bundan 70-100 yillar oldingi davrdagi vaziyatlarni bugungi kunlarimiz bilan solishtirib ko’ramiz. U vaqtlarda mamlakatimiz aholisining 80- 85%ini qishloq aholisi tashkil qilgan va butun aholining deyarli shuncha qismi dehqonchilik, chorvachilik, kosiblik va boshqa hunarmandchilik bilan mashg’ul bo’lgan. U vaqtlarda dehqon, chorvador, kosib-hunarmand yigit 16-17 yoshida jinsiy balog’atga yetgan va bu vaqtga kelib u unchalik murakkab bo’lmagan dehqonchilik yoki chorvachilik malakalarining deyarli barchasini egallab ulgurgan va bu sohada mustaqil faoliyat olib borishga tayyor bo’lgan. Agar u 18-22 yoshida uylansa, oila qursa, unda uning jinsiy balog’atga yetishi, mehnatga tayyorligi va oilaviy hayotni boshlash omillari o’rtasida unchalik katta farq bo’lmagan.

Bugungi kunlarimizda esa biz mutlaqo boshqacha vaziyatni ko’zatamiz. Akselerasiya jarayoni va boshqa omillar tufayli bolalarda jinsiy balog’atga yetish, ularning bundan 70-100 yil oldingi tengdoshlariga qaraganda 2 yil erta ro’y bermoqda. Shu bilan bir vaqtda maxsus ta’lim olish, kasb-hunar egallash va

iqtisodiy mustaqillikka erishish kamida 22-25 yoshga va undan keyinga surilib ketyapti.

Yoshlarning jinsiy balog’atga yetishishi va ularning to’la iqtisodiy mustaqillikka yerishish vaqti o’rtasida kamida 5 yildan 10 yilgacha o’zilish yuzaga kelib qolmoqda. Bu holat, oldingi avlodlarda ko’zatilmagan bir qator murakkabliklarni va ularga bog’liq ravishda ro’y berishi mumkin bo’lgan noxushliklarning yuzaga kelishiga sabab bo’lishi mumkin.

Keltirib o’tilgan ushbu nikoholdi omillari bilan bir qatorda nikoh mustahkamligida hal qiluvchi ahamiyatga ega bo’lgan omillardan yana biri – oilaning yuzaga kelishiga asos bo’lgan nikoh qurish motivlari va ularning o’ziga xos xususiyatlaridir. Quyidagi mulohazalar ana shu xususda boradi.

Nikoh oldi omillaridan yana biri – shu nikoh qurilishiga asos bo’lgan nikoh motivlaridir. «Motiv» iborasi psixologiyada ma’lum bir xulq, faoliyatning yuzaga kelishiga asos bo’lgan kuch, turtki, manba, asosni bildiradi. Xo’sh, oilalar qanday motivlar tufayli yuzaga kelishi mumkin? Psixologik adabiyotlarda bir necha o’nlab nikoh motivlari farqlanadi. Lekin ular umumlashtirgan holda uchta klassifikasiyaga farqlanadi. Bular: sevgi tufayli oila qurish, ya’ni yoshlar oila qurishdan avval bir- birlarini sevib, ma’lum bir muddat sevib-sevilib yurganlaridan so’ng shu o’zaro sevgining maxsuli sifatida bir-birlarining visoliga to’y qilib, oila qurib yetishadilar.

Motivlarning ikkinchi klassifikasiyasi moddiv yoki o’zga manfaatdorlik tufayli oila qurish. Bunda yoshlar oila qurar ekanlar nimanidir hisobga olgan holda, ma’lum bir maqsadni ko’zlab oila qurishlari mumkin, masalan, boylikni, mansabni, moddiy yoki ijtimoiy manfaatdorlikni ko’zlagan holda: «Agar shu yigitga turmushga chiqsam, boy-badavlat yashayman» yoki «Shu qizga uylansam, uning ota-onasi yordamida ma’lum bir mansab, mavqyega erishaman», - degan fikrlar asosida o’zining ijtimoiy-iqtisodiy ahvolidan qutulish, «yolg’izlikdan qutulish» va boshqalar. Shu kabi hisobga olinadigan narsalarni ko’plab sanab o’tish mumkin.

Nikoh motivlari klassifikasiyasidan yana biri — stereotip bo’yicha oila qurish deb ataladi. Bu toifa yoshlarda oldingi motivlarning ikkalasi ham ko’zatilmasligi mumkin. Ular oila qurar ekanlar, stereotiplarga qaraydilar. Bunday

yoshlardan nima uchun oila qurganliklari so’ralsa, odatda: «Hamma tengdoshlarim uylanayotgandi, men ham uylandim!» yoki «Hamma dugonalarim turmushga chiqishayotgandi, men ham turmushga chiqdim!» qabilida javob beradilar.

Xo’sh, shu sanab o’tilgan uchala motiv: sevgi, moddiy yoki o’zga manfaatdorlik tufayli, stereotipbo’yicha qurilgan oilalarning qay biri mustahkamroq bo’ladi, ya’ni qaysi motiv nikoh oila mustahkamligini kuchliroq ta’minlaydi?

Albatta, bu savolga yoshlarning aksariyati, birinchi motivni, ya’ni sevgi motivini tanlab javob berishadi. Chunki ular sevgi tufayli oila qurish nikoh mustahkamligini ta’minlovchi yeng ishonchli, mustahkam poydevor deb hisoblaydilar. Haqiqatan ham, sevgining oila mustahkamligidagi o’rni beqiyosdir. Haqiqatan ham, sevgi – bu o’ta qudratli kuchdir. U tufayli inson nimalarga qodir emas?! Insoniyat o’z taraqqiyotida erishgan eng yuksak cho’qqilar ham sevgi tufaylidir. Z. Freyd ta’kidlaganidek: «Sevgi – bu insoniyatni hayvonot olamidan sug’urib olgan kuchdir!». Inson yaratgan buyuk mo’jizalarning barchasi sevgi tufaylidir.

Bu aytilganlardan ko’rinib turibdiki sevgi tufayli oila qurish baxtli va mustahkam nikohning asosini ta’minlaydi.

Albatta, sevishib turmush qurgan juftlarning aksariyati eng baxtli oilaviy hayot kechiradilar. Lekin statistik ma’lumotlarga qaraganda, oilalar ajralishining ko’pchilik qismi ham xuddi shu sevishib oila qurgan juftlarga to’g’ri kelar ekan. Xo’sh, nega endi sevishib oila qurgan juftlar oilaviy hayotlarida hamma vaqt ham baxtli bo’lavermaydilar? Nega kechagina bir-birlarini sevib, bir-birlarisiz yashay olmasligiga to’la amin bo’lgan yoshlar bugun nikohlarini bekor qilish haqida sudga ariza berayaptilar? Ularning sevgisiga nima bo’ldi? Sevgi – o’zi nima? U bor narsami yoki yo’qmi? Bu o’rinda haqli ravishda «Sevgi oilaviy hayotning mus- tahkam bo’lishiga yordam beradimi yoki xalaqit qiladimi?», degan savol tug’iladi.

Bu kabi savollar azal-azaldan yoshlarni, umuman insoniyatni qiziqtirib kelgan savollardir. Bu haqda o’tmish mutafakkirlarimiz, olimu shoir,

yozuvchilarimizning asarlaridan, xalqimizning dono ma’naviy me’roslarida ba’zan bir-biriga qarama-qarshi bo’lgan ko’plab misollarni ko’rishimiz mumkin.

Sevgi, agarda u haqiqiy bo’lsa, sevishganlar bir-birlarini hurmat qilib, tushunib, bir-birlarini e’zozlab, avaylab, kerak bo’lsa, biri ikkinchisining baxti, shodligi, quvonchi, manfaati uchun o’z manfaatidan voz kechib, o’ta nozik bo’lgan tuyg’u sevgini har kuni, har doim parvarish qilib yashasalar, unda sevgi ularning munosabatlarini yanada yaqinlashishiga, ularning oilaviy hayotining mustahkamlanishiga va birgalikdagi hayotlarida eng oliy zavq-shavqlarni his qilishlariga asos bo’lishi mumkin. Bu esa albatta. yoshlardan sabr-toqat, chidam, o’z sevgisini saqlab qolish va uni yanada rivojlantirish uchun tinimsiz izlanish, mehnat qilish, «jafo chekish»ni talab qiladi. Shundagina sevgi o’zining lazzatli mevalarini berishi, o’zining kuch-qudratini ko’rsatishi mumkin. Albatta, har bir yigit-qiz o’zaro oila rishtalarini bog’lar ekan, ular o’z hayotlaridagi bu muhim voqyeaga umid, orzu bilan yondashuvi tabiiy.

Agar sevishganlar oila qurganlaridan keyin «murod-maqsadimga erishdim» deb sevgisini himoya qilishni, uni parvarish qilishni unutsa, uning uchun kurashmasa, qarovsiz qolgan har bir nozik nihol nobud bo’lganidek, eng nozik tuyg’u bo’lgan sevgi ham nobud bo’ladi. Shundan so’ng sevgi nomi bilan qilingan orzu-niyatlar sarobga aylanadi, yoshlarning oila, nikoh, sevgi fonida shakllangan tasavvurlari «noto’g’ri» bo’lib chiqadi. Oqibatda oilaviy hayotdan kutgan narsalari qolib ketib, mutlaqo kutmagan narsalariga duch kelishlari ko’zatiladi. Bunday holatda sevgi yoshlarning baxtiga, ularning oilaviy hayoti mustahkamligiga xalaqit berishi mumkin.

Navbatdagi motiv moddiy yoki o’zga manfaat tufayli oila qurishdir. Bu motivning oila mustahkamligiga ta’siri uning keyinchalik qay darajada amalga oshirilishiga bog’liq. Oila qurishdan oldin yoshlarning hisobga olgan, ko’zda tutgan narsalarining hammasi ro’yobga chiqaversa, bu motiv ma’lum darajada nikoh mustahkamligini ta’minlashga xizmat qilishi mumkin. Afsuski, oilaviy hayotda hamma narsa ham yoshlar kutganidek bo’lavermaydi. Bu o’rinda L.N.Tolstoyning: «Badiiy asarlarda, romanlarda, kinolarda syujet, voqyealar

rivojlanib-rivojlanib borib, oxirida hammasi to’y bilan, yaxshilik bilan tugaydi. Hayotda esa aksincha, hamma narsa to’ydan keyin boshlanadi», - degan fikrini ta’kidlash maqsadga muvofiq.

Shuning uchun ham oilaviy hayotda kutilgan hisobga olingan narsalarga hamma vaqt ham erishib bo’lavermaydi. Nimanidir hisobga olib oila qurgan yoshlarning oilaviy hayotda ana shu hisobga olganlari amalga oshmay qolgundek bo’lsa, unda ularning oilaviy hayoti g’urbatga, turgan-bitgani azobga, nizo janjalga aylanadi. Ular uchun bunday oilada yashagandan ko’ra yashamagani afzal ko’rinadi. Bu ham oxir-oqibat oilalarning inqiroziga va «hisob» poydevori ustiga qurilgan imoratning qulashiga olib keladi.

Statistik ma’lumotlarga ko’ra, yuridik jihatdan eng mustahkam, turg’un oilalar stereotip bo’yicha oila qurgan juftlarga to’g’ri kelar ekan. Bunday oilalarda ajrashishlar miqdori oldingi ikki motiv asosida qurilgan oilalarga qaraganda juda kam ko’rsatkichni tashkil qiladi. Chunki ular «hamma qatori» oila qurishgan. Qarashsaki, «hamma binoyidek yashayapti» - bular ham yashayverishadi. Bu motiv asosida qurilgan oiladagi er-xotinlar o’ta baxtli ham, o’ta baxtsiz ham bo’lmaydilar. Lekin birgalikdagi hayot tufayli er-xotin o’rtasida bir-birlariga moslashish, bir-birini tushunish, bir-biriga nisbatan mehr-oqibat yuzaga kelib, ular rivojlanib yuqorida aytganimizdek, sevgi-muhabbat darajasiga o’sib yetishi ham mumkin. Bunday holatlar, shubhasiz, bu toifa oilalarni nafaqat rasmiy, yuridik jihatdan, balki emosional, psixologik jihatdan ham turg’un bo’lishini ta’minlashi mumkin.


    1. Yüklə 75,47 Kb.

      Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin