O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
ALISHER NAVOIY NOMIDAGI SAMARQAND DAVLAT UNIVERSITETI
PSIXOLOGIYA KAFEDRASI
Jozilov Akmal Jo’raqulovich
Yoshlarni turmush qurushga tayyorlashning psixologik asoslari
«5140800-Pedagogika va psixologiya» yo`nalishi bo`yicha bakalavr darajasini olish uchun
MALAKAVIY BITIRUV ISHI
Ilmiy rahbar: dots. A.I.Saidov Malakaviy bitiruv ishi «Psixologiya» kafedrasida bajarildi.
Kafedraning 2012 yil 25-maydagi yig`ilishida muhokama qilindi va himoyaga tavsiya etildi ( bayonnoma № 10 )
Kafedra mudiri: p.f.n. dots. A. I. Saidov
Malakaviy bitiruv ishi YaDAKning 2012 yil dagi majlisida muhokama qilindi va ballga baholandi (bayonnoma № )
YaDAK raisi:
A’zolari:
Samarqand-2012
2012 yil 25-may navbatdagi №10 bayonnomasidan
KO’CHIRMA
Qatnashdilar: kafedra a’zolarining 14 nafari. Majlis raisi: p.f.n. dots.A. Saidov
Kotibasi: D. Jo’raqulova
KUN TARTIBI
«Psixologiya» kafedrasi 2011-2012 o’quv yilida bajarilgan malakaviy ishlarining dastlabki himoyasi va ularni himoyaga tavsiya etish haqida.
Eshitildi 2011-2012 o’quv yilida bajarilgan malakaviy ishlari bilan majlis ahlini kafedra mudiri p.f.n. dots A.I.Saidov tanishtirdi va quydagilarni bayon qildi
2011-2012 o’quv yilida Pedagogika va psixologiya yo’nalishining bitiruvchi kurs talabasi: Jozilov Akmal Jo’raqulovichning «Yoshlarni turmush qurushga tayyorlashning psixologik asoslari» mavzusidagi malakaviy bitiruv ishini yozdi.
Ilmiy rahbari: dotsent A.Saidov ushbu mavzu bo’yicha yozgan ishini kafedraga taqdim etgan. Ish yuzasidan ilmiy rahbarning ijobiy mulohazasi bor.
Shuning uchun so’znJozilov Amalga bersak. U malakaviy bitiruv ishininng mazmuni bilan tanishtirdi.
Jozilov Akmal malakaviy bitiruv ishininng mazmuni, mohiyati haqida gapirib, mavzuning dolzarbligi, o’rganish darajasi, ilmiy, amaliy ahamiyati, amalga oshirgan ishlari haqida gapirdi.
Shundan so’ng talabaga o’qituvchilar dots. Musinov S, o`qituvchilar Sulaymonov Mva Tovboeva M savollar berishdi. Savollarga Jozilov Akmal ijobiy javob berdi.
Jozilov Akmalning chiqishi, savol javoblardan so’ng mazkur malakaviy bitiruv ishi YaDAKga himoyaga tavsiya etish haqida fikr mulohazalar bildirildi.
QAROR QILINDI
Pedagogika fakulteti Pedagogika va psixologiya yo’nalishining
bitiruvchi kurs talabasi: Jozilov Akmal Jo’raqulovichning «Yoshlarni turmush qurushga tayyorlashning psixologik asoslari» mavzusidagi malakaviy bitiruv ishi talabga javob beradi deb hisoblansin va u YaDAKga himoyaga tavsiya etilsin.
Jozilov Akmalning ushbu malakaviy bitiruv ishiga Sam QXI, “Pedagogika, psixologiya va o’qitish metodikasi” kafedrasi dotsenti J. Sultonov taqrizchi deb belgilansin.
«Psixologiya» kafedrasining ushbu qarorini tasdiqlash fakultet dekanatidan so’ralsin.
Majlis raisi: p.f.n. A.Saidov Kotiba:_ D. Jo’raqulova
Alisher Navoiy nomidagi SamDU «5140800-Pedagogika va psixologiya» yo`nalishi bitiruvchi kurs talabasi Jozilov Akmal Jo’raqulovichning «Yoshlarni turmush qurushga tayyorlashning psixologik asoslari» mavzusida
MULOHAZASI
O’zbekistonning ertangi porloq kelajagi qanday bo’lishi yosh oilalarni yuksak manaviyat ruhida tarbiyalashda ma’naviy meros imkoniyatlaridan foydalanishga, ma’naviy – mafkuraviy dunyoqarashga, ijtimoiy, siyosiy, demokratik jarayonlardagi faollikka bog’liq boladi.
Prezidentimizning taklifi bilan 2012 yil – “Mustahkam oila yili” deb elon qilinishi xalqimiz uchun muqaddas bo’lmish oila hayotimizning doimo tayanchi va suyanchi, jamiyatning hal qiluvchi asosiy bo’g’ini bo’lib kelganligiga ishoradir.
Jozilov Akmal Jo’raqulovichning «Yoshlarni turmush qurushga tayyorlashning psixologik asoslari» mavzusidagi bitiruv ishi bevosita yuqoridagi vazifalarning yechimiga qaratilgan bo’lib, mavzuning dolzarbligi, tadqiqot obyekti va predmeti, faraz va vazifalari ishning kirish qismida ilmiy tilda bayon qilingan.
Mazkur ish uch bob, etti paragraf, xulosa va adabiyotlar ro’yxatidan iborat. Ishning birinchi bobi(Yoshlarni turmush qurishga tayyorlashning nazariy asoslari)damutafakkirlarning yoshlarni oilaviy xayotgatayyorlash borasidagi qarashlari, Ijtimoiiy psixologiyada yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash muammosining yoritilishi, oilada yoshlarni mustaqil hayotga tayyorlash sartlariga doir asosiy manbalaryoritilib berilgan. Bitiruv malakaviy ishining ikkinchi bobi (Yoshlarning oilaviy hayot haqidagi tasavvurlarini shakllantirishning pedagogik – hsixologik shart sharoitlari) da nikoh oldi omillari haqida yoshlar tassavvurlarini shakllantirish, yoshlarga juftlilik ma’suliyati va jinsiy tarbiya xususida tavsiyalar keltirilgan. Uchunchi bob(Qizlarni oilaviy xayotga psixologik tayyorlash masalasi)daoilada qizlarni mustaqil xayotga tayyorlasda oila va jamoatchilik xamkorligi, qizlarni mustaqil oilaviy xayotga tayyorlasning shakl va vositalari bo’yicha fikr-mulohazalarkeltirilgan.
Yuqoridagi fikr-mulohazalardan kelib chiqib Jozilov Akmal Jo’raqulovichning mazkur kurs ishini ijobiy baholayman va uni himoyaga tavsiya etaman.
SamDU
psixologiya kafedrasi dotsenti A. Saidov
Alisher Navoiy nomidagi SamDU «5140800-Pedagogika va psixologiya» yo`nalishi bitiruvchi kurs talabasi Jozilov Akmal Jo’raqulovichning
«Yoshlarni turmush qurushga tayyorlashning psixologik asoslari» mavzusiga TAQRIZ
Oila – avlodlar davomiyligi qadriyat, urf odatlar va an’analarni qolaversa, xalqimiz ma’naviy merosining avloddan avlodga o’tishini ta’minlovchi omildir. Oila mustahkamligi jamiyat taraqqiyoti garovi hisoblanadi.
Har bir xalq va milliy an’analar tarkibida yoshlarni oilaviy turmushga tayyorlash masalalariga alohida etibor qaratilgan. Yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash masalasining pedagogik aspektlari mustaqillikning ilk yillaridanoq tadqiqotchilarning diqqatini tortib keldi.Yoshlarni oilaviy turmushga tayyorlash tafakkuri aynan mustaqillik yillarida keng rivoj topdi, aholi o’rtasida targ’ib va tashviq etila boshlandi, davlat dasturlarining bosh mohiyatini tashkil qildi. Yoshlarni avvalo, oilaviy turmushning barcha o’ziga xosliklariga ochiq va samimiy o’rgatish lozim.
Ushbu dolzarb vazifalar talaba Jozilov Akmal Jo’raqulovichning «Yoshlarni turmush qurushga tayyorlashning psixologik asoslari» mavzusigi bitiruv ishida o’z aksini topgan bo’lib, ishni yoritishda uch bob, yetti band, xulosa va adabiyotlardan iborat, tarkibiy tuzilma asosida nazariy va amaliy tadqiqotlar olib borilgan.
Bitiruv ishining asosiy mazmunida mutafakkirlarning yoshlarni oilaviy xayotga tayyorlash borasidagi qarashlari, oilada yoshlarni mustaqil hayotga tayyorlash sartllari nazariy jihatdan tahlil qilingan, shuningdek qizlarni oilaviy xayotga psixologik tayyorlash masalasi bo’yicha amaliy tadqiqotlar olib borilgan.
Mavzuga oid mavjud ilmiy va o’quv adabiyotlar bilan tanishish, olib borilgan izlanishlar natijasi sifatida oilada farzandlar tarbiyasini amalga oshirishga yo’naltirilgan tavsiyalar berilgan. Umuman olganda mazkur malakaviy bitiruv ishi mavzuga mos ravishda mazmunli qilib yoritilgan.
Ishni himoyaga tavsiya etaman.
Dostları ilə paylaş: |