O’zbekiston respublikasi


Yoshlarga juftlilik ma’suliyati va jinsiy tarbiya xususida tavsiyalar



Yüklə 75,47 Kb.
səhifə6/7
tarix06.06.2020
ölçüsü75,47 Kb.
#31622
1   2   3   4   5   6   7
yoshlarni turmush qurushga tayyorlashning psixologik asoslari

Yoshlarga juftlilik ma’suliyati va jinsiy tarbiya xususida tavsiyalar

Taniqli shoira va ma’naviyat targibotchisi Tursunoy Sodikova “O’g’lim qizimsengaaytaman” esselarida o’g’limga aytganlarim bobida juftlik mas’uliyati haqida quyidagilarnibayon qiladi:


Kimning gapi o’tadi?


Eru ayolga nisbatan el orasida ”ikki yorti-bir butun”, “uzukka ko’z solganday”, “yulduzi yulduzigiga to’g’ri” degan iboralar ishlatiladi. Bu gaplar bari

nisbiy. Aslida, erkak yoki ayol munosabat va manfiy voqelikdir. Ular mijozlaridan boshlab didlarigacha, ruhiy dunyolaridan tortib ovozlarigacha bir-biriga mutlaqo nomutonosiblar va hamisha orasidan o’t chiqib turadi! Er ham, ayol ham shu qarama-qarshiliklar ichra umrgo’zaronlik qiladi, aqllilar juftidan chatnayotgan ztda joni kuyib ketmasligi va o’zi ham yonidagi hamrohini yaralab qo’ymasligi uchun, qilning ustida yurganday yashab boradilar. Bular uy tutishda tadbirkorlardir. Oila do’kon emas, istirohat bog’i emaski, zerikib qolsangqaytib chiqavergani! O’g’lon bolam, sen bu holatdan hayratlanma, aksincha, unga tayyor tur.

Tuy niyat qilgan ota-ona, odatda “o’g’limizning boshini ikkita qilib qo’ysak” degan gapni ishlatadi. E’tibor berdingmi, juftlik bir tanu, bir jon bo’lmoqlikdir. Ammo uning boshi ikkita! Birlikka aylangan bu qarama- qarshilikning oti endi ro’zg’or! Ro’zg’orning hayot-mamoti shu ikkala boshga bog’liq.

“Oilada erning gapi o’tishi kerakmi yoki ayolning gapi?” degan bahs mantiqsizlikdir! Ro’zg’or kimning qaysi gapi bilan rivoj topsa, o’shanga amal qilinadi.


Har inson – bir mamlakat


O’g’lonim, umr yo’ldoshlarni xech qachon “juft atirgul”, “qo’sh bulbul” va yo “ikki yuldo’z” demaydilar, “qo’sh xo’kiz” deydilar! va bu eng haq ta’rif!

Qo’sh xo’kizdan yonma-yon, zo’riqibmehnat qilsanggina ro’zg’or degan zil yuk joyidan jiladi. Eru ayol bir tomonga qayishsagina, umumiy til topa olsagina bitta kuchga aylanadi. Oilada til birligi, kayfiyat birligi suvdir, havodir! Ikki yaxshi birlashgan taqdirda ham, juftiga moslashishuchun o’zini, albatta, o’zgartirishi kerak! Shunday deyish mumkinki, hayotda hech kim oila ostonasiga ro’zg’or uchun to’la-to’kis tayyor yuo’lib sir asrorini ichiga kirsanggina bilib o’rganasan. Har bir oila , har bir inson- bir mamlakat, o’z iqlimi, o’ziga xos yashash qonunlari bor va u bilan hisoblashmoq va o’rni kelsa, sabru qanoat bilan o’zingga ko’ndirmoq kerak bo’ladi.

O’g’lon bolam, shundan xulosa qilki, sening ko’nglingga, oilangga yo’z foiz to’g’ri keladigan juft xech qachon topilmaydi, didingga ellik foiz mos kelsa bo’ldi,

faqat asli toza, fahm-farosatli, ziyrak bo’lsa bo’ldi, teng yarim fe’lini o’zingga moslab o’zing yasab olasan.


Inson alpinstga o’xshaydi.


Insonning bir mo’rtligi bor: muddaosiga yetguncha joniqib ketadi, yetgan zaxoti xotirjam tortib, o’rtasida o’zaro intilish bo’lmasa, yashashning qizig’i qolmaydi. Juft bo’lish degani bir-biriga ko’nglidagi borini shag’al mashinaday to’kib solish emas. O’g’lonim, qulog’ingda tut, ayolingni yoqtirishingnihech qachon o’ziga aytma! Shu masalada bir umr o’qilmagan kitob bo’l. O’andagina u atrofingda aylanaveradi, juftimga yoqamanmi, yo’qmi degan savol uni bezovta qilaveradi va faqat senga yoqish uchun afzallashishga tushadi, qarabsanki, hayoting go’zallashadi...

Erkak uchun ham, ayol uchun ham tuyg’usini sir tutgan juft maftunkorroqdir.


Rashk.


Endi so’z RAShK haqida ! umr yo’ldoshing –muqaddas nikoxdan topgan halolu poking! To oxirgi yo’linggacha senga yelkadosh bo’ladiganhamrohing shu. Hyech kimga aytilmaydigan gaplaringni aytadigan mahraming shu. Duru gavhar farzandlar beradigan xazinai yagonang shu ayoling!

Avvalgi kitoblarimda ham rashk haqida odamzodning shu boradagi zaifligiga afsuslar chekib yozganman!

Erningdir, ayolingdir zoti suyuq-quyuqligi, ma’ni dunyosining kengu torligi rashk masalasida ochilib qoladi. Dunyoda eng kir , jirkanch nafs shahvoniy nafsdir!

Ey, ulg’on! Juftni qizg’onishni ham sen muhabbat deb o’qtirma! Bu-da nafs! To’g’ri, rashk –yaxshi ko’rishdan tug’iladigan tuyg’u. Ammo u tilga chiqmay, ko’ngillarning tubida simillab og’riq berib turadigan shirin bir tuyg’u. Ammo u tilga chiqmay, ko’ngillarning tubida simillab og’riq berib turadigan shirin bir tuyg’u. Qulog’ingda qolsin, sha’riy er xotinlikning qoidasi shu-umrdoshday bebaho kishingni rashk qilib, badxulqlarning ro’yxatiga yozish uchun guvoh kerak! Ko’zlar ko’rib, qo’llar tasdiqlangan hujjat kerak, isbot kerak! Ammo bugun senu

men ko’rib turgan rashklarning to’qson foizi –GUMON! Qur’oni karimda gumon qilguvchilarga eng og’ir jazo bitilgandir! Qanday qilib, oppoq nikohingga o’rab , yenglaringning ichiga yashirib yurgan gavharingni gumon bilan ming ifloslik ichra tasavvur qilasan?! O’z halolingni, qanday qilib, xayolan bo’lsa-da, haromlarga qo’shib sanaysan! Bu ayyolingga xiyonating-ku axir?! Hoxlagan paytida aynib ketish mumkin deb hisoblagan kishing bilan bir uyda qanday yashaysan, bola- chaqa orttirasan?! Xalqda “o’g’ri hammani o’ziga o’rtoq, g’ar hammani g’ardek sanaydi” degan gap bor. O’zi suyuq yoki suyuqlikka moyilligi boru, qulay sharoit bo’lmagani uchun hozircha aynimay turganodamlar juftini asossiz tarzda rashk qilaveradi. Sen o’zingni sharmanda qilma, bolajon!

Ro’zg’ordagi eng katta baxt-er-xotinning bir-biriga ishonchidir!


Billur go’sha


Ro’zg’or bamisli billur go’sha. Uni ehtiyotlab, yaraqlatib, jaranglatib, ko’zingni, o’zingni yayratib yashaydigan ham-sen! Xomlik qilib, chil-chil sindirib, siniqlarida umrbod tovonlaringni qonatib yuradigan ham-sen!

O’g’lonim, ayoling yoningdagi doimiy xoloskoring, uyingning ustuni, shirindan shirin farzandlar baxt qushidir! Unga aytiladigan birinchi nojuya gapdan tilingni tiy! Qo’lingning birinchi yugurishini to’xtatib qol! Xatar shuki, bir marta so’kkan til so’kaveradi, bundan esa oilang befarishta, bolalaring beibo bo’ladi...


Lafzdan qaytish –yigitning o’limi


Muqaddas nikoh o’qilayotganda “juftimni bemoru sog’ paytida boqaman, xavfu xatardan qo’riqlayman, farzandlarimga rahnomalik qilaman” deya Ollohga oriyati sinmasin! Yigit boridan ayri tushsa tushsin, lekin lafzidan chekinmasin, o’g’il bolani mard qilib turadigan uning ichgan qasamidir to’rt muchchang sog’ turib, ayolingning qo’liga mo’ltirama, tuproqqa cho’moliday qorishsang qorish, ammo ahli ayolingni o’zing boq, ayolning topgpniga qozon qaynatish sen uchun uyat bo’lsin!

Yigit ahli ayoliga ko’rg’ondir


Bir tanishim qiz o’zatdi. Kuyovning kasbu kori, ko’rinishlari binoyiday. Yigit kelinni bir marta ham chertmadi, haqorat qilmadi, ammo ikki yil o’tar

o’tmas, qizlarini ajratib oldilar. Sababi, uch aka-uka qachon qaramang, ishdan kelgach, suhbatlashib yo televizor ko’rib o’tirishaverar, ikki kelin va bo’yiga yetgan singillari mahallaning narigi boshidan qo’sh paqirlab suv tashir ekan va yana bir sabab: elektr haqini vaqtida borib to’lamagani uchun kuyov bolaning kelinchakni qattiq koyiganini eshitib qolibdilar. Bori aybnoma shu!

O’g’lonim, “Shuginaga shunchami?” deyishing mumkin. Muqaddas nikohni bo’zib, balki qizning ota-onasi xato qilganadir! Ammo shu kuyovning o’rniga o’zingni qo’yib ko’r: o’zbek mahallalari ma’lum, yoshu qari erkaklar hali u, hali bu darvozaning tagida gapni maydalab o’tirishni yaxshi ko’radilar. Ularning pastu baland fe’lligi bor, shularning nazari oldidan parda ostidagi ma’sumalaringning hadeganda u yoqdan bu yoqqa o’taverishlari durustmi? Uning stiga sen tirik bo’lsang-u, uyda ayg’irday ayg’irday ag’anab yotsan-u, aling tamoshabin erkaklar yonidan ikki paqir yuk bilan qiyshayib –mayshayib o’taversa! Oriyatning shuni ko’tarsa! Uning mushaklari o’zilay deb tashib kelgan suvini uyalmay, xotirjam ichaversang!?.

Shu kuyovning onasi ellik yoshdan sal o’tiboq vafot etdi. Jigari irib bo’lgan ekan. Onasi ellik yoshdan sal o’tibroq vafot etdi. Jigari irib bo’lgan ekan.. Noshud erkagi esa, ayolidan keyin hech yo’q tirik yurishni ham uddalamadi, ko’p o’tmay qazo qildi, 19, 17, 10 yoshli bolalar uylanmay joylanmay sargardon qolib ketdilar....


Bizning milliy oriyat.


Ota-buvalarimizning ma’naviyati qanday bo’lganini eshit: erkak kishi ko’chadan o’tib borarkan, biror darvoza oldida paqir ko’rdimi, darhol bu ko’chaning anhorin topib, suv keltirib qo’yib o’tar ekan. Eshik oldidagi bo’sh paqir bu xonadonda dastyor yo’q degan ishorani berarkan. Tanishmi, notanishmi, ayol kishiga og’ir yuk ko’tartirish millatning erkagi uchun oriyat bo’lgan.

O’g’lonim, ayolingni bozor, loy ishlaridan, molxona tozalash, suv keltirish, kunning tig’i, sovuqning zahridan asra! Sen uni ayashga qasam ichgansan! Va bu qasamning ijrosi, avvalo, o’zingga kerak-ayolingni ayasang, avloding butun bo’ladi!


Yana shu haqda


Gap yana oriyat haqida. Bir shaharning xokimi koyinib: “Bir kuni o’nga yaqin ayol shikoyat bilan kelibdi. Biri gaz, biri suv va yana boshqa-boshqa masalalarda. Ovozlarining jarangi xonani ko’tarib yuboray deydi. Ko’zatib turarkanman, menga ularning jangu jadali emas, boshqa narsa ta’sir qildi-bularning erkaklari qani deyman! Surishtirsam, hammasi erlik ekan! “Opajonlar, ertaga erlaringiz kelsin, o’shalar bilan gaplashay” deb ko’zatib yubordim. Ertasiga azamatday-azamatday bo’lishib erlari kelishdi. Xonani ichidan berkittim-da... aytnanimni erkakchasiga aytib oldim”, -degan edi.

“Sen mendan ko’ra gapga chechanroqsan,”- deb, nomahramlarning ho’zuriga ayolini ish bitirishga yuborayotgan erkakning hamiyati necha pullik? “Men chaqqonroqman, siz uyda bolalargaqarab turing, falon yurtdan mol olib kelay” desa, ayolini o’g’riyu to’g’ri, yomonu yaxshiga qo’shib yuborgan , yo’lda- cho’lda xalta-xalta yukni ortmoqlab, urinib-surinib yurgan jufti uchun vijdoni qiynalmagan, oriyati yig’lamagan erkak qanaqa erkak bo’ldi?!

O’g’lonim, bular shoir aytgani kabi “tiriklikda o’lik” kishilardir! Bu yo’l senga OR bo’lsin! Hunaring bo’lsa, mehnatdan qochmasang, muomalani bilsang, er emas, sher bo’lasan, boshing hamisha baland, xonadoning obod bo’ladi, ishon, bolajon!

Ayolning joni bitta.


Ayolingning jismi-joni-farzandlarning unib chiqadigan zamin. Charchagan tomir, charchagan jon, charchagan asabdan hech qachon butun mag’izli bola unmaydi! “Ayol kishining joni qirqta” degan naqlni sen yomon ko’r, o’g’lonim. Ayolning joni bitta, u shu bir jonini qirqqa bo’lib yashaydi. Uning yonida yonbosari qancha kam bo’lsa, juftni qancha shudsiz yoki e’tiborsiz chiqsa, joni o’shancha ko’p bo’lakka bo’linadi. Xonadonda kuylab, sozanda soz chertib yayraydi. Ayol esa uy bekalikni, ayollikni, onalikni joyiga qo’ysa, yetmish ikki tomiri yoziladi. Uyda, ko’chada o’zi-yu erkagining o’rniga yugurayotgan ayol zo’riqayotgan, ayolchasiga yashashga oshina olmay, siqilayotgan jondir. Endi

uning tiliga zo’r keladi-injiq, zahar bo’lib qoladi. Qarabsanki bundan bola-chaqang ziyon ko’radi, o’zing asabiylashasan, oilada muvozanat bo’ziladi!

Ayolning joni mingta bo’lishi ham mumkin va mingga bo’linsa ham, ayol o’lmayyurishi mumkin. “Ana u, o’lmay yuribdi-yu”deb g’aflatda qolma! Endi sening tinching o’ladi, oilangning sifati o’ladi, shakling boru mazmuning o’ladi....

ayolingni asra, o’g’lonim!


Senga bir xiyla o’rgatay


Ayol nima desa, darrov “xo’p” deyaveradigan erkak ayollarbahosida eng beobro’ erkakdir! Ayolingning taklifi to’g’ri bo’lsa ham, darrov ko’nma, o’ylab ko’rishingni ayt. Kerakdan nokerakni ajrat, faqat juda zaruriga kun. Bu, birinchidan, ayolingni gapni aytishdan oldin mulohaza qilishga o’rgatadi, qolaversa, seni ko’ndirish uchun atrofingda girdikapalak bo’ladi yana qolaversa, “ha” javobingni intiqib kutgan ayolga har ko’rishing bir bayramdir!

Yana bir usul!


Ayolingning yuklik bo’lishi, ko’z yorishi yoki issiq jon-bemor bo’lishi bor. Bunday paytlarda boshqa dastyor bo’lmasa, yana qaytarib aytaman, sendan boshqa hech kim qolmasa, uning qiyin ishlariga yordam berishing – burching! Unga aynan shu kunlarida asqot. Bolangga parvona bo’lgan kabi avayla!

Ammo uyingda o’rni kelsa-kelmasa, ayollar bajaradigan ishlarga aralashib ketaverma. Chegarangni bil. Ayniqsa, ayolingning senga ish buyurishiga aslo, aslo yo’l qo’yma. Erga farmonbardorlik bizning odobda yo’q! Ayolidan cho’chib, yelkasini qisib turadigan erkak bizdan emasdir!


Eng baxtsiz ayol


Jufti ko’rimsiz ayol emas, yaxshi yedirib yaxshi kiydirolmaydigan erkakka yo’liqqan ayol ham baxtsiz emas. Hatto farzandsizlik dog’ini tortayotgan ayol ham unchalik betole emas. Ammo, o’g’lim, quloqqinangda shu so’zim jaranglab tursinki, eri ichkilikka ayol dunyoda eng baxtsiz, eng g’amgin, eng bechora ayoldir!

Bong ur!


O’g’lonim, ayolingning sarishta yoki sarishta emasligi oilang taqdirini yo ravnaqqa va yo inqirozga olib boradi. Chunki yaxshi tozalanmagan idish, chala yuvilgan qo’l bilan tayyorlangan taom, chala supirilgan uyda yotib turish kishining luqmasini harom qiladi. Didini niyatlarini chirik bosadi. Harom luqma aralashgan joyda falokat bo’ladi, nasog’ bolalar tug’iladi, ishlar orqaga ketadi.

Aytib qo’yay, ayoling chiroyi uning tutimida! Ivirsiq ayol dunyoda eng xunuk ayoldir! Nopokizalik kamchilik emas, u qondan o’tadigan yomon kasal, surunkali kasal! Uni qattiq turib davolamasang, bu dard senga ham yuqadi, kirlik ichra yashashga ko’nikib ketasan! Juftingning shu fe’lini sezdingmi, to’ydan keyinroq bong ur! Ya’ni, masalani shunday qo’yki, agar u saramjomlikni odat qilmasa, turmishidan ajrab qolishini xis qilsin. Ayolingni ochiq muhokamaga qo’yma, onasiga kamchiligini dasturxon qilma, qaynona kelinning, quda-andaning orasi bo’zilmasin. Jufti seniki, o’zing qayg’ur. Yostiqdoshlikning savobi shunda.

Talabchanliging (Erkak talabchanlikni uddalashi shart!) uning boshida qilichday tursin, yaxshigap, nasihatlar bilan bundaylar to’zalmaydi.Ular faqat kimdandir qattiq qo’rqsalargina va nazorat doimiy bo’lsagina risolaga tushadilar! Ayoling sen yo’q paytda ham, nazoratchi qolmasa-da, oq yig’inib, oq taranadigan bo’lguncha vajohitingdan tushma.

Bunday fe’lli ayolga uchragan ayrim erkaklar armonlarini ko’chada ushatmoqchi bo’ladilar. Ular “juftlik” degani birinchi navbatda bu ro’zg’orchilikning qarzi ekanligini bilmaganlardir. Bilsalar-da, bu ishga ixlos bilan kirishmaydilar yoki ular juft tutish borasida xudo urgan shudsiz kishilardir!

Yoqimsiz ayoldan qochib, pokizasini topib olish eng oson ish! Ammo o’zing qochganing bilan bolalaring o’sha kir etakda qolyapti-ku! Bolalaringni falokat o’rab boryapti-ku! Qizing onasini naq o’zi bo’lib, o’g’ling harom-halolning farqini bilolmay qolyapti-ku! Ularning g’amini kim yeydi?!

O’g’lim, onangga aytgin, avval onasini va uning tutumini obdon ko’rib, keyingina qizini tanlasin. Hamma balo ayoling chiqqan inda!


Tilni tiyingiz!


Ayoling senga qarab shang’illagan zahoti uyingdan farishta ketdi deyaver. Agar bu hol takrorlanaversa va bunga sen ko’niksang, endi sen er kishi emas, bamisli mushukka aylanding — xohlasalar boshingni silaydilar, yo’qsa, tepib o’ynaydilar. O’glonim, bo’nday erkakning boridan yo’g’i ma’qo’l!

Ayoling nafaqat senga, sening oldingda bolangga ham baqirib gapirmasin!

Hurmatingni saqlasa, yoningda ovoz ko’tarmaydi. Sharqona taomil shunday.

Yana shuni bilki, ayoldan odob so’rashdan avval, o’zingni imtihon qil, non yeydigan, ilm o’qiydigan og’zingga harom so’zlarni solma. Ba’zan uyidan odobli kelgan ayol beodob er tufayli, andishasizlikka ko’nikib qolishi mo’mkin. Yaxshi juft, yaxshi farzand xohlagan erkak avval o’zi ibratli bo’lib olsin!

Zino


Juftga xiyonat nikohga xiyonatdir. Buni harom qadam, shahvoniy nafs deydilar! O’g’lonim, bu zino! Uni yigitchilikning o’tib ketadigan ishqibozligi deb bilma! Bir kuni tiyilaman va savob ishlarni ko’paytirib, aybimni yuvaman deb o’ylama! Inson tinmay o’zidan yaxshi-yomon nur taratib turadi, buning nomi sharofat va kasofat! Pok yursang, o’zing ham, ahli ayoling ham sharofatli, ya’ni tinchlikda, rohat-farog’atda bo’ladi. Aksi bo’lsa, bilginki, har kuni sen bilan uyingga balo kirib keladi. Joningga jazo kirib keladi! Hamma ish orqaga ketadi, qo’ling nimaga teginsa, o’shanga qayering uraveradi. Puling ko’paygani, molu davlating ziyodaligi bir pul! Bisyorliklar yayratmaydi, chunki uni xudo dilingga sig’dirmay qo’yadi. Hamisha ombir bilan yuragingni burab turadigan tashvishlar bir-bir kelaveradi.

Sen o’lib-tirilib, tavbaga yo’zlanishing, tiyilishing mumkin. Ammo allaqachon poyezd jilib ketgan bo’ladi: o’g’ling jinoyatga qo’lurgan, qizing gap-so’z bo’lib bo’lgan, tabobatning kuchi yetmaydigan dardllr badaningga joylashib ulgurgan bo’ladi!

Ko’zingni och, o’g’lon! Ayol qiyofasidagi chiroyli shayton xonadoningga shuncha ko’rgulik olib kelmoqda. Eng yomoni shuki, bu xonavayronlikni u sening qo’ling bilan sodir etadi!


Rahbarmisan, rahbarday bo’l


O’g’lonim, oila rahbari erkakdir. Bu unga Olloh buyurgan vazifa. Xonadonning issiq-sovug’i, ochin-to’qinligi, muhofazasi sening qo’lingda! O’ttizga kirmay o’tin bo’lgan ayollar, erkakshoda yoki tirikchilik orqasida dardmand bo’lib qolgan ayollar nomehribon, noshud va ro’zg’orboshilik burchini unutgan erlarga uchrab, shunday holga tushganlar.

To’rt faslning iqlimini oilaga erkak olib kiradi: yerdan nimayki yangi unib, bozorga chiqsa, darhol namunasidan uyingga keltir, ahli ayolingni bahramand Qil. Ayolingga ham ota, ham ona urnidasan, bu tomning tagida sendan boshqa homiysi yuq, doim unidir unga ilinib turgin. Rangi sarg’aysa, hushyor tur, kerakli choralarni ixlos bilan qidir. Salomatlik uchun zarur bo’lgan yemak-ichmaklarni hamisha rasta qil va ketini uzma. Ayoling so’ramasa ham yoki keltirsang, sevinishni bilmasa ham shunday qil! Kishi yaxshilikni avvalo Ollohning roziligi uchun qiladi, bandalik burchini a’lo bajarish ham yigitchilikdan!

O’g’lonim, ayollikning g’alati dunyosi bor: boshqalarning tuyaga ortgulik mukofotidan uning uchun umr yo’ldoshi sovg’a qilgan bitta taroq ming bora azizdir! Ayolki bor, yuraklarining tag-tagida juftidan sovg’a olishni orzulab yashaydi. Sen hech qachon boyman, kambag’alman dema, arzondir, qimmatdir, vaqti-vaqti bilan ayolingga yo yemak, yo kiymak shaklida tortiq keltirishni unutma! U kutmagan, so’ramagan narsalarni olib kelib sevintir. Bayramlarda, uning uchun muborak saylangan kunlarda shunday e’zoz ko’rsatki, ota-onasi tirilib kelganday bo’lsin! Sen bu ishlarni og’rinmay bajar, ayoling bunday muruvvatni senga kunda qiladi-ku, adolat yo’zasidan ham, hech yo’q ora-orada qarzni qaytarish kerak, o’g’lim!

Qo’shningdan nasa so’ratma


Ro’zg’orda rahbar ekanliging doim esingda tursin. Rahbar himoyachi, rahbar javobgar shaxsdir. Ayoling ovqat tayyorlaydigan, kir yuvadigan, dazmol qiladigan joylarda qulaylik yarat. Unga qo’sha-qo’sha kiyimlar olib bermasang

ham, dam olish uylariga olib borib yayratmasang ham mayli, ammo ro’zg’orga ketadigan buyumlarini to’kis qil, qo’shnidan narsa so’rattirma!

Yaqinda bir erkakning gapini eshitib qoldim: "O’n olti yildirki, men ro’zg’orga gugurt, choy, sovun, to’z harid qilmayman", — dedi. Havasim keldi. O’g’lonim, xudo kaftingga baraka bersin va sen shu narsalarning hech yo’q bir yilligini gamlab qo’y, avvalo o’zingning joning tinadi.

G’ayratli va jonsarak bo’l! Har faslga bir fasl ilgari tayyorlan. Qor yoqqanda ko’mir qidiradigan, sabzi-piyozi bitta ham qolmagandagina bozorga boradigan notavon bo’lma! Rejali, saranjom, g’ayratli erkak hech qachon rizqsiz qolmaydi, kambag’al bo’lmaydi.


Ayolingni asra!


Men shunday kunlarni orzu qilaman: biz yoshlarga oila ilmini fan sifatida o’rgataylik. Hatto ro’zg’or sirlarini o’qitmay turib, qizlarimizni o’zatishga, o’g’illarimizni uylantirishga qurqaylik. Har kim bir umr yashaydigan o’z uyini obod qilishni bilishilozim.

Ammo hayotda oilasining kattaligidan, yordamchi yo’qligidan, qozon- tovoq, sigir-bo’zoqning ichida yosh turib qarib borayotgan ayollarni ko’rsam, ham ko’chaning ishi, ham uyning ishiga ulgurolmay, ichidan siqilib, qurib borayotgan guldek oyimlarni uchratsam, erkaklarimizning beg’am, behafsalaligidan o’ksinaman, o’g’lim. Erlari, otalari, akalari e’tibor qilmayotgan bu ayollar ertaga millatning bolasini — millatning kelajagini tug’ib beradigan onalardir. O’g’lonim, qani, ayt-chi, sgu horg’inlik ichra ulardan qanday butun bola tug’ilsin?! Armonlarimni sen ol: xudo topish-tugishingga baraka bersinu, to’rt tanga oshinsang, hech yo’q haftada bir kelib, ayolingning og’ir ishlariga ko’maklashadigan yordamchi yolla! Uni tinkasi quriguncha urinishga qo’yma, joniga dam ber. Bu juftlikning yo’zi, juftlikning qarzidir!


Senga yoqmagan ayolingniham asra!


"Eru xotin bir-biriga do’stlik muhabbat nazari bilan qarasa, olloh ularga rahmat nazari bilan qarar. Agar er ayolining qo’lidan tutsa, gunohlari barmoqlari

orasidan tukilib ketar" deyiladi hadisi sharifda. O’g’lonim, bu muborak kalomning "agar er ayolining qo’lidan tutsa, gunohlari barmoqlari orasidan to’kilib ketar..." degan joyiga e’tibor ber! Ikki insonning qovushishi bu qismat! Peshonangga shu ayol yozildimi, tamom, yaxshi ko’rasanmi, yomon ko’rasanmi, rahnamolik qilishing shart! Chunki sen umr yo’ldoshsan, ollohning oldida qasam ichgansan. Qolaversa, u o’g’il-qizingning onasi, sulolangning umrbod bog’bonidir! Ikki umr muruvvat qilsang ham, ayolingdan qarzing tugamaydi. O’g’lonim, yaratganning ayolga e’tiborini, muruvvatini qara, o’ziga yoqqanu yoqmagan juftining qo’lidan tutib, mehr ko’rgazgan erkakka jannat va’da qilayotir. Ayolga muruvvat peshalikni senga ollohning o’zi buyurayotir, juftlik muqaddasdir, bolajon!


Kelin kuyov nazokati


Kelin kuyov nazokati insondagi ruhi, tan va tafakkur mayllarining qo’shiluvida namoyon bo’ladi. Bu haqda “Lazzat unsino”, “Lazzat-ul visol”, “Lazzat-ul jimo”, “Qovosul-ashyo” kabi risolalarda tabobat ilmi nuqtaiy nazaridan jinsiy tarbiyaning ba’zi nuqtalarini bayon qilgan. Biroq ko’pchilik yoshlarimiz jinsiy hayot haqidagi yetarli ta’savvurga ega bo’zlmaganligini hisobga olib ayrim qoidalarni bayon qilamiz.5

Qur’onning “Niso” (uchinchi oyat) surasida ta’kidlanishicha, Tangri taalo har bir jonzodni yaratar ekan, uni bir juftga muhtoj qildi.

Odamni barcha maxluqotlardan aziz va mukarram aylab, ko’p ishlarning sabablarini ularg bildirdi. So’ngra nikohga ruxsat etib. “Ayollardan o’zingizga yoqanlardan oling”, deb buyurdi.

Yoshlar eru xotin bo’lamiz, deb ahd qilishadi. Buning ma’nosi shuki, ular endi bir qozondan osh yeb, bir yostiqqa bosh qo’yishadi, turmush zahmatlarini, sevinchlarini birga tortishadi. Endi bu dunyo safarida bir-biriga umr yo’ldosh bo’ladigan er-xotin tabiatlari bir-biriga muvofiq bo’lmasa, safarlari qanday davom etadiyu, qanday qilib bir jonu bir tan bo’ladilar. (Odobnoma Toshkent “o’qituvchi” 1991 yil).

Shuning uchun ham safarboshu umr yo’ldoshi bo’ladigan xotinning holini bir qadar lozim bo’ladi. Janobu Rasulu Akram va Nabiiy Muhtaram “uylaniglar, farzandli bo’linglar, men, albatta, bolalar tufayli qiyomatkuni sizlardan xursand bo’laman, deganlar” (Visol lazzati T. 1991 yil 6-bet).

Oliyjanob xotin asl nasabliyu, aqlli, badani salomat, ishonchli kimsalar ho’zurida tarbiya olgan, onalar va xotinlar zimmasiga bo’lgan vazifadan xabardor, dunyoning oqi-qora kunlarini biladigan odam bo’lmog’i kerak. (Oila T. “Mehnat” 1991 y).

Bolalarning tarbiyaliyu, itoatli bo’lishni orzu qilmagan odam bo’lmasa kerak. Faqat buning uchun tarbiyaliyu, itoatli ona tanlash shart. Tarbiyali xotin aqlli erning ko’nglini o’ziga rom qiladi, ko’ngli xotiniga bog’langan er qayerda bo’lsa ham nomusizlik olamida yurmaydi. O’z qoshida hurmatli bo’lganxotinga xiyonat qilmoqlikni hech ko’ngliga keltirmaydi. Xotinning go’zal e’tiqodi eri qoshida mahkam bo’ladi, aqilli va hamiyatli er xotinga butun dunyosini bag’ishlaydi, tarbiyalaydi xotinga er bo’lgan kimsa hech qachon o’z iffatini nobud etmasligi kerak. Olinadigan xotinning tarbiyasiyu xulqini, muloyimu jozibaliligini bilmoq lozim.

Oilaviy aloqa inson qalbida katta o’rin egallaydi. Oilaviy aloqa kishilarning hamkorligi bo’lib qolmay, ularning qon-qarindoshligi hamdir. To’g’ri tarbiyalangan har bir insonda oilasiga nisbatan muhabbat, mehru-shafqat va g’amxo’rlik hissi kuchli bo’ladi. Bu muqaddas burchga yengil qarash beparvolik qilish, kishining tabiatini bo’zuq, bilimsizligiga dalildir.

Oila nafaqat kuyov va kelinning, balki ikki oila a’zolarining ham o’zaro aloqasi ekanligini unutmasliimiz kerak.

Kuyov va kelinning bir birlarini ko’rib yoqtirishlari haqiqatga asoslangan, axloqan bezarar bo’lishi uchun quyidagilarga rioya qilmoq zarur:



      1. Bo’lajak kelin kuyov bir birlari bilan odob doirasida ro’y rost gapshuvlari

kerak.

      1. Kelin tanlashda ota-onaning tavsiyasini ham hisobga olish lozim. Chunki

ota-ona o’z farzandiga faqat yaxshilikni ravo ko’radi.

      1. Kelin-kuyov bir-birlarini tanlashda bo’lajak jufti halolining xulqiga albatta ahamiyat berishi lozim.

Qiz yoki kuyov tanlashda ularning xulqiga ahamiyat berish haqida xadisda quyidagilar bitilgan.

  1. Bandaga berilgan narsalarning a’losi yaxshi xulqdir.

  2. Dunyo vaqtincha faxrlanuvchi narsadir, undagi ne’matlarning eng yaxshisi esa yaxshi xotindir.

  3. Xotin-qizlarga chiroyi uchun uylanmanglar. Chunki chiroyi o’tkinchi bo’lishi mumkin va ularga moldorligi uchun uylanmanglar, chunki mol ularni haddan oshirish mumkin.

Haqiqatdan ham shoir aytganidek:

Yo’z go’zal bo’lsa nafi bo’lmas hayosi bo’lmasa Yo’z tabibdin foyda yo’q yaxshi davosi bo’lmasa

Oila o’g’il yo qizlik bo’lganidan keyin emas, balki o’g’il-qiz ko’rishga tayyorgarlik ko’rilayotgan, ya’niki, oila qurish vaqtidan boshlanadi.

Musulmonchilikda o’g’ilning yo qizning tashvishi ona tanlash vaqtidan boshlanadi. Yoki ota tanlash vaqtidan boshlanadi. Chunki otaning axloqi, otaning odobi, uning o’zini tutishi va insoniyligi, shuningdek onadagi fazilatlarning bolaga o’tishi bu –isbot bo’lgan haqiqat. Shuning uchun oila qurmoqchi bo’lgan har bir yigit-qizo’ziga umr yo’ldoshini tanlashda bo’lajak farzandlarining otasi yo onasining shaxsiy fazilatlariga katta e’tibor berishi kerak. O’zingiz o’ylab ko’ring, o’ylamay-netmay qandaydir bir kamchiliklari bo’lgan yo axloqi bo’zuk kishi bilan turmush qurgan inson o’zidan tug’ilgan farzandni tarbiyalashi qandash og’ir kechadi.

O’g’il –qiz tarbiyalaydigan odam o’zi tarbiyalangan bo’lishi kerak.

Farzand tarbiyasi ayol homilaga kirgan paytdan boshlanadi. Homilaga kirgan ayolning ruhiy kechinmalari, unda kechadigan holatlar homilaga o’tishi isbotlangan. Shuning uchun homilador ayolga nisbatan muomala juda ehtiyotkorlik bilan bo’lishi, u avaylab, o’ylab amalga oshirilishi zarur.

Bola o’ng qo’li bilan chap qo’lini ajratadigan bo’lganda uning tarbiyasiga jiddiy e’tibor berilishi kerak. Uning ko’nglini qoldirmaslik, qo’pollik qilmaslik, bolaligini e’tiborga olib, ruhlantirib tarbiyalash lozim. Demak, tarbiya va xotira bolada go’dakligidan shakllanadi.

Tabiatning jinsiy yaqinlikdan ko’zda tutgan maqsadi yangi hayotni dunyoga kelishini ta’minlashdir.Biroq jinsiy yaqinlik lazzat beradigan bo’lgani uchun odamlar ko’pgina vaqtlarda zurriyot paydo qilishni maqsad qilmasdan turib, jinsiy aloqa qilishadi. Bu to’g’ri emas. Unda bir necha hollar borki, bunga amal qilmoq kerak. Har kim xotini bilan ishrat qilayotgan vaqtda nargis guliga qarasa, olma hamda achchiq anorning suvidan iste’mol qilsa, tug’ilgan farzandining yo’zi chiroyli, ko’zlari esa jizibali bo’ladi. Rivoyat qilishlaricha, Vushgir ibn Kobus doiim shu odatni qilardi. Undan vujudga kelgan farzand ko’p fanlarning sohibi bo’ldi va “Malik ul-ma’niy” (“Ma’nolar podshosi”) degan nom oldi. Har kim xotini bilan qo’shilayyotgan paytda hisru shahvat bilan uning uyat joyiga qarasa, ko’ziga nuqson yetadi, ko’pincha farzand ko’r bo’lib qoladi. Kimki kun chiqayotgan vaqtda, kun og’ayotgan yoki botayotgan paytda yaqinlik qilsa, tug’ilgan farzand jamiyatga zarar keltiruvchi bo’ladi.

Yosh kelin-kuyovlar o’rtasidagi jinsiy yaqinlik bir-biriga intizorlik bilan talpingan qalblarning eng yuqori cho’qqisi bo’lib, bunda tana vujudlarigina emas, balki uy fikrlar, orzu-istaklar, niyat maqsadlar ham bir-biriga qo’shilib, yaxlit bo’lib, ketadi.

Jinsiy aloqaning shirin va lazzatli o’tishi uchun er-xotinlarning butunlay yolg’iz bo’lishi muhim ahamiyatga ega. Jinsiy yaqinlikning qanday sharoitda o’tayotgani muhim o’rin tutadi. Bunday qaraganda, arzimaydigan bo’lib ko’rinuvchi mayda-chuyda narsalar hoxish-istakni kuchaytirishi ham, susaytirishi ham mumkin. Umar Ibn Hofiz xikoya qiladi: Navjuvon ayyollar keksa bir xotindan so’radilar:-Erkak amal qilsa, ayollarning muhabbatini oshiradigan narsa nima. Javob berdi:- Jinsiy yaqinlikdan avval silab-siypash, qo’shilgandan so’ng muloyim muomala qilish.

Yana shuni aytish kerakki, jome (aloqa) dan keyin sovuq suv ichmasligi lozim. Chunki sovuq suv ichilsa, qaltiroq, badanning bo’shashishi, jigar zaifligi va sariq suv kasalliklari paydo bo’ladi.

Kimki bedarmonlik paytida yoki biror ish qilib, charchab turgan paytida xotiniga yaqinlik qilsa, u odamda yurak uynog’i (hafaqon kasali) yo’z beradi, kuchsiz tez-tez kasal bo’ladigan farzand tug’iladi. Jinsiy aloqaning normasi bormi? Bu savol kelin-kuyovlarni juda qiziqtiradi. Albatta har bir masala hammaning o’ziga xos tomonlariga qarab hal qilinadi.

To’ydan keyingi dastlabki oylarda jinsiy aloqa , odatda, tez-tez bo’lib turadi, keyinchalik esa bir muncha kamayib qoladi. Ba’zi eru xotinlar uchun har kuni aloqaqilib turishsh zarur bo’lsa, xaftasiga bir-ikki marta aloqa bilan cheklanadiganlar ham bor. Haftasiga ikki-uch marta aloqa qilib turishi mu’tadil holat deb hisoblash mumkin. Zero, “... ortiqcha jimo’ni kun qilsauning buyragi zaiflashadi, ko’z nuriga zarar qiladi, jinsiy lazzat olishga va ruhga ziyon yetkazadi” deydilar. Shu sababli jinsiy suhbat uchun qaysi kun sa’d (baxtli) va qaysi kun nahs (baxtsiz) ekanligini bilmoq maqsadida “Visol lazzati” risolasida berilgan quyidagi jadval ilova qilinadi.

Ushbu jadval mutloq xulosa emas, albatta. Bu bir ota-bobolarimiz amal qilgan tavsiya. Buning qanchalik to’g’ri ekanini birgina Allohi taola biladi. Har holda mazkur jadvalda amal qilsa yaxshi bo’ladi.


Donishmand va tabiblar tomonidan o’tkazilgan ko’p tajriba va sinovlardan so’ng Mujoma’t (jinsiy aloqa) uchun to’zilgan Sa’d (baxtli) va


Nahs (baxtsiz) kunlar

JADVALI

Kunlar

Yaxshi va

yomon


Nima bo’ladi

Farzand

qanday bo’ladi



Sababi

Yakshanba

Nahs (yomon)

Tabi rub’ bo’lur (to’rt kunda bir tutadigan

isitma)


Chaqimchi, xiyonotkor, berahm, onai bezor bo’lur

Quyosh podshoh bo’lgan kun

Dushanba

Sa’d (yaxshi)

A’zolari sog’lom bo’lur

Sohibixusn va sohibi kamol

bo’lur


Oy podshoh bo’lgan kun

Seshanba

Nahs (yomon)

Beli, buyragi zaif bo’lur

O’g’ri va qaroqchi

bo’lur


Mirrih podshoh

bo’lgan kun



Chorshanba

Nahs (yomon)

Bosh og’rig’i bo’lur

Hunasa bo’lur

Atorud podshoh

bo’lgan kun



Payshanba

Sa’d (yaxshi)

A’zolari sog’lom bo’lur

Oqil va ulug’ martabali

bo’lur


Mushtariy podshoh

bo’lgan kun



Juma

Sa’d (yaxshi)

A’zolari sog’lom bo’lur

Olim va narhizgar

bo’lur


Zuxro podshoh

bo’lgan kun



Shanba

Nahs

(yomon)


Bemorlik

paydo bo’lur



Fosiq va zolim

bo’lur


Zahal podshoh

bo’lgan kun


      1. BOB. QIZLARNI OILAVIY HAYOTGA PSIXOLOGIK TAYYORLASH MASALASI.




    1. Oilada qizlarni mustaqil hayotga tayyorlasda oila va jamoatchilik hamkorligi.


Qizlarni mustaqil hayotga tayyorlashda oila va jamoatchilik o’rtasidagi ijodiy hamkorlikni qaror toptirish va ushbu hamkorlik asosida faoliyatni tashkil etish so’z yuritilayotgan muammoning ijobiy yechimga ega bo’lishini kafolatlaydi. O’zbekiston Respublikasi mustaqilligining dastlabki yillaridayoq Respublika xukumati tomonidan oilalar mustahkamlligini ta’minlash, farovonligini oshirish, oila muhitida har jihatdan yetuk, komil insonni tarbiyalash masalalarining davlat siyosatining ustuvor yo’nalishlaridan biri sifatida belgilanishi bu borada qator ijobiy ishlarni amalga oshirishga imkon beradi. Xususan, “Oila” ilmiy-amaliy Markazi, “Sog’lom avlod” nodavlat jamg’armasi tashkil etildi. Mazkur muassasalarda yo’lga qo’yilayotgan faoliyatning bosh maqsadi oilalarni har tomonlama qo’llab-quvvatlash, ularga nazariy va amaliy yordam ko’rsatishdan iboratdir. Jamoatchilik imkoniyatlari, shuningdek, nomlari yuqorida qayd etib o’tilgan muassasalarning faoliyat yo’nalishlari mazmuni bilan tanishib chiqish asosida qizlarni mustaqil hayotga tayyorlashda oila va jamoatchilik o’rtasidagi

ijodiy hamkorlik samarali natijalarni beradi degan xulosaga keldik.

Xo’sh, qizlarni mustaqil hayotga tayyorlashda oila va jamoatchilik o’rtasida qaror toptirilgan hamkorlikning mazmuni nimalardan iborat bo’lishi lozim? Ushbu hamkorlikka tayanib faoliyat yuritish qanday natijalarni beradi?

Qizlarni mustaqil hayotga tayyorlash borasida oila va jamoatchilik o’rtasida ijodiy hamkorlikni qaror toptirishdan ko’zlangan maqsad - qizlarga oilaviy hayotni tashkil etish, oilada sog’lom muhitni shakllantirishning psixologik-pedagogik asoslari xaqida ma’lumotlar berish, ularda oilaviy munosabatlarni tashkil etish hamda oila xo’jaligini yuritish borasida muayyan amaliy ko’nikma va malakalarni xosil qilish, bu yo’lda oilaga nazariy va amaliy jihatdan yordam ko’rsatish, oilani har tomonlama qo’llab-quvvatlashdan iboratdir. Bizning nazarimizda, qizlarni

mustaqil hayotga tayyorlash borasidagi oila va jamoatchilik hamkorligini qo’yidagi yo’nalishlarda olib borish so’z yuritilayotgan muammoning ijobiy yechimga ega bo’lishini ta’minlaydi:


      1. Oilada qizlar tarbiyasini tashkil etish, ularda ijtimoiy-g’oyaviy, axloqiy, iqtisodiy, xuquqiy, ekologik, estetik, gigiyenik hamda sog’liqni saqlash borasidagi nazariy bilimlarni oshirish, shuningdek, amaliy ko’nikma va malakalarini shakllantirish imkonini beruvchi manbalar bilan ta’minlash, uslubiy yordam ko’rsatish.

      2. Muayyan masalalarda mutaxassis maslaxati hamda amaliy yordami (masalan, xuquqshunos, psixolog, pedagog, iqtisodchi hamda tibbiyot xodimlari tomonidan ko’rsatiladigan ko’mak)ni uyushtirish.

      3. Ota-onalar ishtirokida qizlarni mustaqil hayotga tayyorlash muammolariga bag’ishlangan suxbat, uchrashuv, seminar, ma’ro’za va baxs- munozaralarni tashkil etish.

      4. Qizlarda zukkolik, donolik, chaqqonlik, uddaburonlik, tashabbuskorlik kabi xislatlar, shuningdek, nafosat xis tuyg’ularini tarbiyalashga yordam beruvchi turli tanlovlarni o’tkazish.

      5. Qizlarni mustaqil hayotga tayyorlash borasidagi ilg’or tajribalarni ommalashtirish.

Oila va jamoatchilik o’rtasida yuzaga kelgan hamkorlikning aniq maqsadga yo’naltirilganligi, mavzu doirasida yuzaga kelgan muammolarni o’z vaqtida ko’ra olish, ularni o’z vaqtida xal etishga intilish, muayyan muammolarni xal etishda hamjihatlik ko’rsatish, mukammal ishlab chiqilgan dastur asosida faoliyat yuritish, ilg’or tajribalarni aniqlash va ularni ommalashtirishning tezkor amalga oshirilishi kabi xolatlar qizlarni mustaqil oilaviy hayotga tayyorlashda borasida bir qator ijobiy ishlarni amalga oshirish uchun imkoniyat yaratadi.

Oilada qizlarni mustaqil oilaviy hayotga tayyorlash jarayoni subyektlarining faoliyatlari quyidagi mazmunda namoyon bo’ladi:



  1. Nikox va oila munosabatlari, oilaviy hayotni tashkil etish, uy xo’jaligini boshqarish, oila a’zolari o’rtasidagi muomala (qaynota-kelin, qaynona-kelin,

qaynsingil-kelin, qayni-kelin, turmush o’rtog’i va ayol, ona va bolalar) ni tashkil etish, turli taom va pishiriqlar pishirish, mexmon kutish, tikish bichish ishlarini bajara olish, oila a’zolari salomatligi to’g’risida g’amxo’rlik qilish, shaxsiy gigiyenani saqlash qoidalari xususida yetarlicha ma’lumotlarga ega bo’lish, shaxsiy gigiyenani saqlash (xususan, xayz sikli davrida o’zini tutish qoidalariga amal qilish), biologik qovushishning moxiyatini tushunish, tartibsiz intim munosabatlarining inson organizmiga salbiy ta’siri, turli xil tanosil (venerologik) kasalliklar zaxm (sifilis), so’zak, shankr, trixomonoz, granulema, SPID, shuningdek, bepushtlik kabi kasalliklarning keltirib chiqaruvchi omillar, ushbu kasalliklar kelib chiqishining oldini olish chora tadbirlari (xususan, nikoxdan oldin kelin hamda kuyovlarning maxsus tibbiy ko’rikdan o’tishlarini ta’minlash), ixtiyorsiz xomiladorlikning oldini olish, farzandlar tarbiyasini yo’lga qo’yish, oila byudjetini yaratish, undan oqilona, maqsadga muvofiq foydalanish kabi masalalar yo’zasidan nazariy va amaliy bilimlarni berishga qaratilgan ma’ro’za, seminar, trening, suxbat, uchrashuv, ko’rik tanlov, baxs, munozara va davra suxbatlarini tashkil etish, qizlarni mustaqil oilaviy hayotga tayyorlash jarayonida muhim ahamiyat kasb etuvchi mavzular yo’zasidan esa ota-onalar hamda qizlar o’rtasida tushuntirish, targ’ibot va tashviqot ishlarini olib borish.

  1. Oilada qizlarni mustaqil oilaviy hayotga tayyorlash borasida oilalarga amaliy metodik yordam ko’rsatish, ya’ni, ta’lim hamda tibbiy muassasalari, davlat (“Oila” ilmiy - amaliy markazi, Respublika “Ma’naviyat va ma’rifat” Markazi, turli yo’nalishlarda faoliyat yurituvchi nashriyotlar, chunonchi, Abu Ali ibn Sino nomidagi, Fan, o’qituvchi va Abdulla Qodiriy nomidagi Xalq merosi nashriyotlari) hamda nodavlat tashkilotlar (“Sog’lom avlod” jamg’armasi, “Ona va bola skrining” Markazlari), Respublika “Kamolot” ijtimoiy harakati kabi subyektlar, shuningdek, tadqiqot etilayotgan yoki turdosh muammolar yuzasidan tadqiqotchilar tomonidan olib borilayotgan izlanishlar moxiyati, yakunlari to’g’risidagi ilmiy, ilmiy ommabop, ommabop hamda metodik asarlarning yaratilishiga erishish, mavjud muammolar bo’yicha mutaxassis psixolog, pedagog, xuquqshunos, fiziolog va tibbiyot xodimlarining yordamlarini uyushtirish.

  2. Oila muhitida qizlarni mustaqil oilaviy hayotga tayyorlash jarayonida ko’zga tashlangan muammolarni barataraf etishga qaratilgan davolash (profilaktik) yoki tiklash (reabilitasiya) ishlarini yo’lga qo’yish (qizlarda balog’at yoshi davrida yuzaga kelgan ayrim ginekologik kasalliklarning oldini olish, davolash (profilaktika) ishlarini tashkil etish, oilalarni bu borada moddiy va ma’naviy jihatdan qo’llab quvvatlash.



    1. Qizlarni mustaqil oilaviy hayotga tayyorlashning shakl va vositalari.


Oilada qizlarni mustaqil oilaviy hayotga tayyorlash murakkab, o’zoq muddatli hamda o’ziga xos xususiyatlarni namoyon etuvchi faoliyat jarayoni bo’lib, mazkur jarayon quyidagi yo’nalishlarda yo’lga qo’yiluvchi ijtimoiy oilaviy munosabatlar negizida amalga oshiriladi:



      1. Oilaning moddiy ta’minotini yo’lga qo’yish (oila budjetini yaratish, oilaga tegishli shaxsiy xo’jalik (tomorqa hamda chorvachilik)ni barpo etish, undagi ishlarni yuritish, qo’shimcha daromad manbalari (xunarmandchilik, ijara dexqonchiligi yoki chorvachilikni tashkil etish)ni izlab topish, kasbiy faoliyatni olib borish va xokazolar).

      2. Oila a’zolari (keksa, o’rta va yosh avlod vakillari) o’rtasida muomala munosabatlarini yo’lga qo’yish.

      3. Oilaviy xordiq (maishiy hamda ma’naviy mazmundagi)ni tashkil etish (bo’sh vaqt hamda ta’til davrlarini birgalikda o’tkazish).

      4. Oilaviy tadbirlarni uyushtirish (tug’ilgan kun, beshik, sunnat, muchal, nikox, kumush va oltin to’ylar, turli o’quv yurtlarini tamomlaganlik, birinchi maoshni olganlik, xukumat mukofotlari bilan taqdirlanganlik, xizmat yoki ilmiy soxada muayyan yutuqqa (xususan, ilmiy daraja yoki unvonga ega bo’lganlik munosabati bilan tashkil etiluvchi tadbirlar, aza bilan bog’liq marosimlar).

      5. Farzandlar tarbiyasini tashkil etish, ularga ilm va hunar sirlarini o’rgatish.

      6. Oila a’zolarining ijtimoiy munosabatlar jarayoni (qo’ni qo’shni, qarindosh urug’, hamkasb hamda do’stlar bilan ijtimoiy aloqani tashkil etish)dagi qatnashuvi.

Mazkur yo’nalishlarda olib boriladigan oilaviy hayotning bir maromda kechishini ta’minlash bir qator omillar mavjudligini taqozo etadi. Xususan:

  1. oila a’zolarining ma’naviy axloqiy qiyofasi, muayyan axloqiy e’tiqodga egaliklari, ularning dunyoqarash hamda tafakkurlari ko’lamining kengligi;

  2. oila a’zolari o’rtasida bir birini tushunish, shaxsiy istaklardan o’zgalar xoxish istaklarini yuqori qo’yish, ularni qadrlash, xurmat qilish, o’zaro yordamni tashkil etish tuyg’ularining qaror topganligi;

v) oila a’zolarining ijtimoiylashuv (ijtimoiy munosabatlar jarayonidagi ishtiroklari) darajasi.

Tadqiqot muammosi doirasida tashkil etilgan tajriba sinov ishlari jarayonida ushbu omillarga tayanib ish ko’rildi. Tajriba sinov ishlarini olib borish chog’ida biz qizlarni oila sharoitida mustaqil oilaviy hayotga tayyorlash oila tarbiyasining asos bo’lishi lozim degan xulosaga keldik. Zero, qizlarda dastlabki ma’naviy axloqiy sifatlar, mehnat hamda o’qish faoliyatini tashkil etish borasidagi ko’nikma va malakalarning shakllanishi ularni mustaqil hayotga tayyorlash jarayoni uchun poydevor bo’lib xizmat qiladi.

Tadqiqot jarayonida oila sharoitida qizlarni mustaqil oilaviy hayotga tayyorlashga yo’naltirilgan faoliyat quyidagi shakllar asosida tashkil etilganda kutilgan natijani berishi mumkinligiga guvox bo’ldik:


  1. nikox va oilani shakllantiruvchi asoslar, nikox va oila qurish shartlari, oilaviy munosabatlar mazmuni, oila mustahkamlligini ta’minlovchi hamda oilada sog’lom psixologik muhitni yuzaga keltiruvchi omillar, shaxsiy gigiyena qoidalariga amal qilish, shaxsiy, shuningdek, oilaning boshqa a’zolari salomatligini saqlash, oila byudjetini shakllantirish, undan oqilona foydalanish, oila muhitida farzandlar tarbiyasini tashkil etish, uy ro’zg’or yumushlari va oila xo’jaligini boshqarish, er-xotin munosabatlari, ota-ona va bolalarning burchlari kabi mavzularda uyushtiriluvchi suxbatlar.

  2. “Qizlar tarbiyasining o’ziga xos xususiyatlari”, “Qizlarni mustaqil oilaviy hayotga tayyorlash jarayonida nimalarga e’tibor berish lozim?”, “Ginekologik kasalliklarni keltirib chiqaruvchi omillar”, “Balog’at davri murakkab jarayon”,

“Komillikning ma’naviy asoslari”, “Muomala madaniyati va uni shakllantirish shartlari”, “Oila an’analari muqaddasdir”, “Oilaviy ajrimlarning oldini olish”, “Xalq pedagogikasida qizlarni oilaviy hayotga tayyorlash masalalarining yoritilishi”, “Qizlarni mustaqil oilaviy hayotga tayyorlash jarayonida jamoatchilikning ishtiroki” kabi mavzularda tashkil etilgan ma’ro’zalar.

v) “Qizlarni mustaqil oilaviy hayotga tayyorlashda nimalarga e’tibor berish lozim?”, “To’kis baxtning mezoni moddiy farovonlikmi?”, “Ibratli oila qanday bo’lmog’i kerak?”, “Namunali qaynona (kelin) o’zida qanday xususiyatlarni aks ettira olishi lozim?” kabi mavzularda o’tkazilgan baxs munozalar.

g) “Qizlar davrasi”, “Eng namunali kelin”, “Ibratli oila”, “Tadbirkor ayol”, “Ijodkor ayol” kabi mavzularda tashkil etilgan ko’rik (tanlov)lar;

d) “Oilaviy budjetni qanday shakllantirmoqchisiz?”, “Oila xo’jaligini qanday yo’lga qo’ymoqchisiz?”, “Oilaviy munosabatlarda yuzaga kelgan ziddiyatlarni bartaraf eta olasiz?” mavzularidagi seminar-treninglar



Qizlarni oila sharoitida mustaqil oilaviy hayotga tayyorlash jarayonida yuqorida qayd etilgan shakllarda tashkil etilgan faoliyat samaradorligini mazkur jarayonda qo’llanilgan quyidagi metodlar ta’minlaydi:

  1. ko’zatish metodi (faoliyatni tashkil etishda ushbu metoddan foydalanish oilada tarbiya topayotgan qizlarning xatti harakatlarini ko’zatish ularda hosil bo’layotgan ma’naviy axloqiy sifatlar to’g’risida muayyan ma’lumotlarga ega, shuningdek, qizlarning fiziologik hamda ruxiy xolatida ro’y berayotgan o’zgarishlardan xabardor bo’lish imkonini beradi);

  2. suxbat metodi (mazkur metod yordamida qizlarning o’y fikrlari, ichki ruxiy kechinmalari, xis tuyg’ulari, orzu niyatlari, hayotiy intilishlari, maqsadlari, ularning hayotlarida sodir bo’layotgan o’zgarish yoki xodisalar (yangi tanishlar orttirish, dugonalari bilan xafalashib qolish, o’zi tanlagan kasbni o’zgartirish to’g’risidagi fikrning paydo bo’lishi, o’zi yoqtirgan to’garak (kurs)ga qatnashish istagidan voz kechish va xokazolar), hayotiy ideallari, oilaning boshqa a’zolari, do’stlari, tengdoshlari hamda sinfdoshlari bilan bo’lgan munosabatlarining mazmuni, o’quv predmetlari asoslarining o’zlashtirishdagi muvaffaqiyatlari yoki

muammolar va xokazolar yo’zasidan o’zaro fikr almashish, ma’lum ma’lumotlarga ega bo’lishni ta’minlaydi);

  1. tushuntirish metodi (ushbu metod yordamida qizlarga mustaqil oilaviy hayotni yo’lga qo’yish jarayonida qo’l keladigan va oilaviy munosabatlarni tashkil etish, oila xo’jaligini boshqarish, turli taomlar tayyorlash, bichish tikish ishlarini bajarish, o’zining hamda oila a’zolarining salomatliklarini saqlash, er xotin munosabatlarini yo’lga qo’yish, oila byudjetini yaratish, undan maqsadga muvofiq foydalanish, farzandlar tarbiyasini tashkil etish chog’ida bilish zarur bo’lgan nazariy va amaliy ma’lumot (bilim)lar beriladi);

  2. namoyish etish metodi (mazkur metod qizlarda mustaqil oilaviy hayotni tashkil etish jarayonida muhim ahamiyatga ega bo’ladigan amaliy faoliyat ko’nikma hamda malakalarni xosil qilish uchun xizmat qiladi);

  3. namuna ko’rsatish metodi(tadqiqot muammosi doirasida olib borilgan tajriba sinov ishlari jarayonida mazkur metoddan foydalanish ham qizlarda mustaqil oilaviy hayotni tashkil etish jarayonida muhim ahamiyat kasb etuvchi amaliy faoliyat ko’nikma hamda malakalarini shakllantirish imkonini beradi);

  4. baxs (munozara) metodi (mazkur metod yordamida qizlarda ommaviy axborot vositalari saxifalarida oilaviy turmush va uni tashkil etish, mustahkaml oilani shakllantirish, oilaviy munosabatlarni yo’lga qo’yish, oilaviy mojaro hamda ajrimlar, ularni keltirib chiqaruvchi sabablar, farzandlar tarbiyasini yo’lga qo’yish, salomatlikni saqlash, pazandalik hamda bichish tikish sirlari xususida yoritilgan materiallar mazmuni bilan tanishish, ular to’g’risida fikr almashish, shuningdek, atrofda sodir bo’layotgan hamda oilaviy munosabatlar bilan bog’liq voqyea va xodisalar moxiyatidan o’zlariga tegishli xulosalar chiqarib olish, ularga nisbatan shaxsiy munosabat bildirish ko’nikmalarini xosil qilish mumkin. Oila a’zolari davrasida tashkil etilayotgan suxbatlar chog’ida baxs (munozara) metodidan foydalanish yanada samaralidir.

  5. manbalar bilan ishlash (nikox, oila, oilaviy munosabatlar, oila tarbiyasi va uning moxiyati, Ota-onalar va bolalar o’rtasidagi ijtimoiy aloqalar, mustahkaml oilani barpo etish, oilalarda sog’lom turmush tarzini shakllantirish sir asrorlari

yo’zasidan fikr yuritilgan, ulug’ mutafakkirlar, tajribali oila soxiblari, mutaxassislarning qarashlari bitilgan adabiyot (manba)lar mazmuni bilan tanishish, ulardan muayyan nazariy va amaliy bilimlarni o’rganish qizlar uchun mustaqil oilaviy hayotni yo’lga qo’yish borasida ma’lum tajribalarni orttirishga imkon beruvchi ushbu metod qizlarning tafakkur va dunyoqarashlarini boyib borishini ham ta’minlaydi).

  1. rag’batlantirish metodi (bizga yaxshi ma’lumki, rag’bat shaxsga istiqbol faoliyatini tashkil etish uchun ma’naviy rux, kuch bag’ishlaydi. Shu bois oila sharoitida qizlarni mustaqil oilaviy hayotga tayyorlash jarayonida ular tomonidan amalga oshirilgan, ma’lum ma’noda muvaffaqiyatli bo’lgan xatti harakat, faoliyat to’g’risida oila a’zolari davrasida qayd etib o’tilishi, bunday harakatlarning ma’qullanishi, chunonchi, “barakalla”. “buning uddasidan chiqishingga ishonar edim”, “men ham buni (muayyan harakat, faoliyatni) bajara olishingga ko’zim yetgan edi”, “bu yumushni sifatli bajarilishi uchun astoydil harakat qilganing ko’rinib turibdi, yasha” va xokazo kabi so’zlarning e’tirof etilishi qizlarda o’z kuchlari, layoqatlariga ishonchni tug’diribgina qolmay, balki ularni o’z ustilarida tinimsiz izlanishga undaydi. Rag’batlantirish metodi yordamida qizlarda ijobiy sifatlar shakllanadi).

  2. jazolash metodi (qizlarni mustaqil oilaviy hayotga tayyorlash jarayonida jazolash metodidan samarali, maqsadga muvofiq foydalanish ham pedagogik jihatdan to’g’ri sanaladi. Biroq jazolash metodining moxiyati qizlarga jismoniy azob berishdan iborat emasligini yoddan chiqarmaslik lozim. Jazolash metodidan foydalanish oilaviy munosabatlarni tashkil etish, oila xo’jaligini boshqarish chog’ida qizlar tomonidan bajarilgan, biroq muvaffaqiyatsiz xatti-harakat yoki faoliyatlar yo’zasidan o’z fikrlarini bildirish, qoniqmaganlik yoki norozilik tuyg’ularini bildirish, tanbex berish, yo’l qo’yilgan xato yoki kamchiliklarni ularning o’zlariga ko’rsatish, oila a’zolari o’rtasida izza qilish, uyaltirish kabi harakatlar asosida bo’lishi maqsadga muvofiqdir).

10. Interfaol metodlar (qizlarda shaxsiy va ijtimoiy faollikni kuchaytirish maqsadida qo’llaniluvchi interfaol metodlar ayni vaqtda ularda mustaqil fikrlash,

o’z-o’zini tarbiyalash, faoliyatiga tanqidiy baxo berish kabi sifatlarning shakllanishiga zamin yaratadi. Tajriba jarayonida respondentlarda oilaviy hayotni tashkil etish layoqatini shakllantirish maqsadida ular ishtirokida «Muammoli vaziyat», «Aqliy xujum», «Klaster», hamda «Rolli o’yin» kabi metodlar asosida amaliy faoliyat tashkil etildi.

Muammoli vaziyat metodi - o’smir qizlar tomonidan ular e’tiboriga xavola etilgan oilaviy-hayotiy vaziyatlar (xususan, qaynona va kelin o’rtasida yuzaga kelgan muammoning oldini olish, farzandning otasi tomonidan inkor etilgan buyumni sotib olishga bo’lgan ishtiyoqning so’nishi yoki buning oqibatida uning harakterida yuzaga kelgan qaysarlik, atrofdagilarga nafrat bilan qarash tuyg’usini bartaraf etish, oilaviy byudjetning ko’tarmaganligi bois qizni tug’ilgan kunini dugonalari bilan o’tkaza olmaslikka tayyorlash va xokazo vaziyatlarni taxlil qilish hamda ularning yechimini topishga asoslangan metod.

Aqliy xujum metodi - oilaviy turmushga oid muammolarni xal etishda respondentlar tomonidan bildirilgan mustaqil fikr va muloxazalarni o’zaro umumlashtirib, ular asosida ma’lum, yagona yechimga kelishni ta’minlovchi metod.

Klaster metodi - yaxlit xolda olingan oilaviy hayot yoki uning ma’lum yo’nalishi (masalan, oila byudjetini yaratish, ota-onalar va farzandlarning bir- birlari oldidagi xuquqiy majburiyatlarini klaster (asosiy tushuncha)lar yordamida ifodalash asosida o’smir qizlarda ular borasidagi umumiy tushunchalarni xosil qilishga yo’naltirilgan metod.

Rolli o’yin metodi – o’smir qizlar tomonidan hayotiy vaziyatlarning turli shart-sharoitlarini saxnalashtirish asosida ko’rsatib beruvchi metod bo’lib, muayyan rollarni ijro etish jarayonida ularda oilaviy hayot borasidagi ma’lum ko’nikmalar shakllanadi.

Qizlarni oila sharoitida mustaqil oilaviy hayotga tayyorlashga yo’naltirilgan faoliyat jarayonida pedagogik ta’sir vositalarining kuchiga murojaat etilishi maqsadga muvofiqdir. Tadqiqot muammosi doirasida olib borilgan tajriba sinov

ishlarini tashkil etish chog’ida pedagogik ta’sir ko’rsatishning quyidagi vositalari samarali ekanligi aniqlandi:



  1. Qizlarni mustaqil oilaviy hayotga tayyorlash maqsadida olib borilgan ta’lim va tarbiya. Ma’lum maqsadga yo’naltirilgan (mazkur o’rinda qizlarni mustaqil oilaviy hayotga tayyorlash) ta’lim va tarbiya ishlarini olib borish asosida qizlarda oilaviy hayotni tashkil etish borasidagi nazariy bilim hamda amaliy ko’nikma va malakalar shakllantiriladi.

  2. Qizlarni mustaqil oilaviy hayotga tayyorlash jarayonida milliy va umuminsoniy qadriyatlar va ularda ilgari surilgan g’oyalardan foydalanish. Milliy va umuminsoniy qadriyatlar va ularda ilgari surilgan g’oyalar qizlarda oilaviy hayotni tashkil etish, oila a’zolari o’rtasida muloqot munosabatlarni olib borish chog’ida o’zbekona urf odatlar (kattalarga xurmatda, kichiklarga izzatda bo’lish, mexmonlarga xurmat ko’rsatish, xovli, uy joylarni ozoda tutish, oila sirlarini oshkor etmaslik, oilaviy masala yoki muammolarni qarindosh urug’lar bilan maslaxatlashib xal etish, oilaviy tadbirlarni ko’pchilik ishtirokida o’tkazish va xokazolar), xayoli, iboli, samimiy, kamtarin va mehnatsevar bo’lish, farzandlar tarbiyasini olib borishda milliylikka e’tibor berish borasida ma’lum bilim hamda ko’nikmalarning shakllanishiga zamin xozirlaydi.

  3. Milliy madaniy meros namunalari (xalq og’zaki ijodi, xalq pedagogikasi, adabiyot, san’at, ilm fan, madaniyat, texnika va texnologiya yutuqlari) asosida qizlarda oilaviy hayotni tashkil etish, mustahkaml oilani barpo etish, oilada sog’lom ruxiy muhitni qaror toptirish borasidagi tushunchalar shakllanadi.

  4. Ommaviy axborot vositalari saxifalari orqali berilayotgan materiallar qizlarga mustaqil oilaviy hayotni tashkil etish, oila tinchligi va farovonligining garovi bo’lgan omillarni yaratish, oila xo’jaligini boshqarish, oila byudjetini xosil qilish, undan oqilona, maqsadga muvofiq foydalanish, oila a’zolari o’rtasida muayyan munosabatlarni tashkil etish, shaxsiy gigiyena hamda oila a’zolarining salomatligini saqlash, er xotin munosabatlari mazmuni, pazandalik va tikish bichish sirlarini o’zlashtirish, farzandlar tarbiyasini olib borish to’g’risidagi

bilimlarni berish yoki bu borada orttirilgan bilimlarni mustahkamllash bilan birga, amaliy ko’nikma va malakalarni shakllantirish hamda boyitishga yordam beradi.

  1. Ota-onalar (yoki oilaning boshqa a’zolari,xususan, keksa avlod vakillari) tomonidan ko’rsatilayotgan shaxsiy namuna qizlarni mustaqil oilaviy hayotga tayyorlash jarayonida muhim ahamiyatga ega bo’ladi. Zero, qizlar shaxsiy hayotiy tajribani, eng avvalo, ota ona, buva buvi, aka uka, opa singil, qarindosh urug’, qo’ni qo’shni, pedagoglar, shuningdek, do’stlar, xullas, ular bilan o’zaro ijtimoiy aloqada bo’luvchi kishilarning xatti harakatlari, yurish turishlari, muomala odobi, ma’naviy axloqiy qiyofasi orqali o’zlashtiradilar.

  2. Oila sharoitida qizlar bilan bo’ladigan muloqot jarayonida ibratli oilalar yoki katta hayotiy tajriba, ma’naviy axloqiy dunyoqarashga ega bo’lgan kishilar hayoti va faoliyatidan misollar keltirish qizlarda ulardan namuna, o’rnak olish tuyg’usini uyg’otadi, ularning ibratli jihatlarini o’zlashtirishga nisbatan rag’batni kuchaytiradi. Bu o’rinda o’smir yoki o’spirin qizlarda balog’at davrida ko’zga tashlanuvchi o’zlari uchun hayotiy idealni tanlashga nisbatan yuzaga kelgan istakka tayanib ish ko’rish oila sharoitida qizlarni mustaqil oilaviy hayotga tayyorlashga yo’naltirilgan faoliyat samaradorligini ta’minlaydi.

  3. Oila sharoitida qizlarni mustaqil oilaviy hayotga tayyorlash jarayonida so’z (nutq) kuchiga tayangan xolda faoliyat yuritish kutilgan natijalarni berishga xizmat qiladi. Zero, so’z (nutq) yordamida qizlarga muayyan masalalar yo’zasidan ma’lumotlar berish, ularning bilimlarini shakllantirish va oshirib borish, ular tomonidan amalga oshirilgan xatti harakatlarning to’g’ri yoki noto’g’riligi xaqida fikr bildirish, rag’batlantirish, ularda mustaqil fikrlash qobiliyatini yuzaga keltirish, muayyan voqyea hamda xodisalarga nisbatan shaxsiy yondoshuvni qaror toptirishga undash imkoniyati yuzaga keladi.

  4. Oilada qizlarni mustaqil oilaviy hayotga tayyorlash chog’ida moddiy ashyolar hamda ularning qadriyatdorlik xususiyatlaridan foydalanish ham maqsadga muvofiqdir. Masalan, buva hamda buvi, ota yoki ona, shuningdek, oilaning boshqa a’zolariga tegishli bo’lgan buyum va yodgorliklar qizlar tomonidan oila an’analariga nisbatan xurmat bilan munosabatda bo’lish, oila

muqaddasligi, uning sha’ni, obro’si uchun kurashish oilaning har bir a’zosi uchun sharafli burch ekanligini chuqur anglab yetilishiga olib keladi.

XULOSA


Bizga ma’lumki, hozirda mamlakatimizda yoshlarga, ularning ilm olish va kasb-xunar egasi bo’lishiga katta e’tibor berilmoqda. Lekin bularning o’zi yoshlarning kelgusi hayotlarining farovon bo’lishligi uchun yetarli emas, balki ularga oilaviy hayot saboqlaridan ham ma’lumotlar berishga to’g’ri keladi. Chunki mustahkam oiladagina farzandlarga xoxlagancha yashashi uchun imkon yaratiladi.

Ko’zatishlardan ma’lum bo’ladiki, oila qurgan ayrim yoshlarning oilaviy hayotga tayyor emasliklari, o’zaro munosabatlarida kelishmovchilik, bir-birini hurmat qilmaslik, jiddiy mas’uliyat hissining yetishmasligi, yengil-yelpi hayot kechirishga o’rganib qolish, turli fiziologik va psixologik xususiyatlarini yaxshi bilmaslik xolatlari ko’rinadi. Demak, yoshlarni oila munosabatlariga psixologik tayyorlashda ushbu jihatlarga e’tiborni qaratish zarurati yuzaga keladi:



  1. O’quv yurtlarida yoshlarga fanlarini o’qitish bilan barobarida, o’zaro munosabatlarda ahloqiy munosabatlarni to’g’ri shakllantirish va to’g’ri yo’lga qo’yishni o’rgatish;

  2. Ularga yuksak insoniy his tuyg’ularni anglash va qadrlashni o’rgatish;

  3. Yoshlarda ijtimoiy, huquqiy, biologik, ma’naviy jihatdan bilimdon bo’lishlariga oid ilmiy tushunchalar va haqqoniy tasavvurlarni hosil qilish;

  4. Yigit va qizlarni jismoniy baquvvat, sog’lom, yuqori madaniyatli, barqaror qadriyatli, xulq-atvorli, irodali shaxs sifatida shakllanishiga yordam berish;

  5. Oilaning yuksak qadriyat ekanligini anglashga, oilada o’zaro burchni yuqori qadrlashga o’rgatish.

Sog’lom oila vujudga kelishi uchun, eng avvalo, jamiyat va davlat qayg’urishi, shunga zamin yaratib berishi lozim. Shundagina mustahkam oila dunyoga keladi. Oila sog’lom bo’lsa, jamiyat sog’lom, mamlakat qudratli, yurt tinch-osoyishta bo’ladi.

Hozirgi kunda oilaning muqaddasligi hamda nikoh mas’uliyati bo’yicha turmush qurayotgan yoshlarning bilim va tushunchalarini boyitishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Xususan, oila qurish har bir inson hayotida ulkan hodisa



ekanligi, bu masala shaxsiy, xususiy doiradan chiqib, ijtimoiy ahamiyat kasb etishi tushuntirilayapti. Ikkinchidan, voyaga yetayotgan o’smirlar, avvalo, qizlarimiz ongida oila mas’uliyati, ularni turmush qurishga tayyorlash bo’yicha muayyan ishlar olib borilmoqda. Uchinchidan, yosh oilalarning huquqiy savodxonligini tubdan yaxshilash, oilada bolaning qonuniy huquq va manfaatlari himoyasi bo’yicha tadbirlar tashkil qilinmoqda. Chunonchi, davra suhbatlari, seminarlarda mutaxassislar yordamida oila qurishning ma’naviy-axloqiy, ijtimoiy-huquqiy jihatlari, balog’at yoshi bilan bog’liq biologik, fiziologik o’zgarishlar hamda bu davrda nimalarga e’tibor berish lozimligi, qarindosh-urug’chilik asosida oila qurishning zararli oqibatlari, qolaversa, sanitariya, shaxsiy gigiyena masalalari batafsil tushuntirib berilmoqda.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI


  1. Karimov I.A. «O’zbekiston kelajagi buyuk davlat». Toshkent: O’zbekiston 1992-62 b.

  2. Karimov I.A. «Yangi uyni qurmay turib, eskisii buzmang» – Toshkent: O’zbekiston 1993. – 24 b.

  3. Karimov I.A. «Ozod va obod Vatan, erkin va faravon hayot-pirovard maqsadimiz». 8-jild. – Toshkent: O’zbekiston, 2000.

  4. Karimov I.A. «Yuksak ma’naviyat yengilmas kuch». Toshkent 2008

  5. «O’zbekiston Respublikasining Kadrlar tayyorlash milliy dasturi», «Barkamol avlod – O’zbekiston taraqqiyotining poydevori» – Toshkent: Sharq, 1997-65 b

  6. «Axloq-odobga oid hadis namunalari». – Toshkent: Fan, 1990, – 72 b.

  7. A.Avloniy. «Turkiy Guliston yoxud axloq» (nashrga tayyorlovchi Xoliqov L.) – Toshkent: O’qituvchi, 1992. 160 b.

  8. Inomova K.M. «Oilada bolalarning ma’naviy-axloqiy tarbiyasi» –Toshkent: Fan, 1999, – 151 b.

  9. Yo’ldoshev J.G’. Xasanov S. «Avestoda axloqiy-ta’limiy qarashlar». Toshkent: O’qituvchi 1992, – 28 b.

  10. Kaykavus. «Qobusnoma». – Toshkent: O’qituvchi 2010, – 118 b. 11.Musurmonova O. «Oila ma’naviyat-milliy g’urur». – Toshkent: O’qituvchi.

1999, – 200 b.

  1. Xolmatova M. “Oilaviy munosabatlar madaniyati va sog’lom avlod tarbiyasi” Toshkent. 2000 y

  2. Ochilova M. «Axloqiy tarbiya». – Toshkent: O’qituvchi, 1979, – 232 b.

  3. Jo’raev A.J. Tarbiyaviy darslarni o’tish. T.: “O’qituvchi”, 1994.

  4. Musurmanova , Abduraximova F. Mahallada qizlarning sog’lom turmush tarzi T. 2008 y.

  5. Mirqosimov M. Maktabni boshqarishning nazariy va pedagogik asoslari. T.: 1996 y.

  6. Ochil S. Mustaqillik va tarbiya masalalari. T.: “O’zbekiston”, 1995.

  7. Popov G.X. O’quvchining shaxsiy ishini tashkil etish. T.: “O’qituvchi”, 1992 y.

  8. Solixo’jaeva S.S. Bolalar va o’smirlar gigenasi. T.: “Ibn Sino”, 1991.

  9. Uzoqov X., G’ozieva E.., Tojiev A. Oila etikasi va psixologiyasi. T.: “O’qituvchi”. 1992.

  10. Farobiy A.N. Fozil odamlar shahri. T.: A.Qodiriy, 1993. 22.Frolov P.T. Yosh direktor maktabi. T.: “O’qituvchi”, 1991. 23.Jo’raev A. Tarbiyaviy darslar o’tish. T.: “O’qituvchi”, 1994. 24.Kamalov N va boshqalar. “Tibbiy odobnoma” Samarqanq 1995 y

  1. Safo Ochil. Mustaqillik ma’naviyati va tarbiya asoslari. T.: “O’qituvchi”, 1995.

  2. Mahkamov U. Ahloq-odob saboqlari. T.: “Fan”, 1994.

  3. O’zbekiston matbuoti. “2012 yil Mustahkam oila yili” T. 2012 yil 1-2 son 28.M.X.Xalilov. Bilish jarayonlari psixologiyasi –SamDU,1998.

29.E.G’oziyev. Intellekt psixologiyasi. –T.: O’qituvchi 1998. 30.E.G’oziyev. Psixologiya muammolari. –T.: O’qituvchi 1996. 31.E.G’oziyev. Umumiy psixologiya. –T.: O’qituvchi, 2011.

32.E.G’oziyev. Tafakkur psixologiyasi. –T.: O’qituvchi,1990. 33.S.M.Nemov.Psixologiya.-M.:1994.

34.A.I.Ivanov, M. Zufarova. “Umumiy psixologiya” T. 2010 35.M.Voxidov.Bolalar psixologiyasi.

36.E.G’oziyev.Psixologiyadan maruza matni. T.: 2006.

37.Sh. Baratov. “O’quvchi shaxsini o’rganish usullari” T. 2009 38.M.G.Davletshin. Psixologiyadan maruzalar matni. 2002.


  1. Davletshin M.G, To’ychiyeva S.M. «Umumiy psixologiya» T.2002. 40.Davletshin M.G «Zamonaviy maktab o’qituvchisi». T.1998y.

www. Pedagog. uz. www. Zionet. uz. www.Uznet.uz www. Psixologos. ru.

www. Mir psixologiya. www. SamD. Uz.

I L O V A


Yüklə 75,47 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin