O„zbekiston respublikasi



Yüklə 286,9 Kb.
səhifə39/61
tarix15.04.2022
ölçüsü286,9 Kb.
#55491
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   61
O„zbekiston respublikasi

R E J A





    1. Ekologik tahlilning mohiyati, vazifasi

    2. Ekologiya bo‗yicha loyiha smeta xujjatlarini tayyorlash.

    3. Atrof-muhitni ximoya qilishning iqtisodiy tahlili.

9.4 Atrof-muhitni ximoya qilishga sarflanadigan mablag‗larni qoplash manbalari


    1. Ekologik tahlilning mohiyati, vazifasi

Insonlarning o‗ziga xos xususiyati shundaki ular o‗zlarni cheksiz ehtiyojini qondirish uchun tinimsiz harakat qiladilar. Bunda fan texnika taraqqiyotiga (FTT) suyanib, uning yutuqlaridan keng foydalanishga harakat qiladi. FTT esa amaldagi ekologik muvozanatga ta‘sir etadi. Ko‗p xollarda u salbiy bo‗ladi. SHu boisdan har qanday loyihani ekologik tahlil qilish juda muhimdir, CHunki gap kishilarni o‗zlari yashab turgan atrof muhit xaqida bormoqda.

Loyihani ekologik tahlilining asosiy vazifasi loyihani amalga oshirish tufayli atrof muhitga etkaziladigan zararalarni aniqlab, uni yo‗l qo‗yiladigan darajagacha pasaytirish yoki bartaraf etish tadbirlarini tahlil qilishdir. Atrof muhitni o‗zi kapital xisoblanadi: undan keladigan foyda va uni xizmati-daryo oqimi va tuproqlarni himoyalash, ifloslovchi vositalarni chirishi- iqtisodiy taraqqiyotni rag‗batlantiradi va qo‗llab quvvatlaydi. Noto‗g‗ri rejalashtirilgan taraqqiyot jarayoni milliy kapitalni emirilishiga, uni qimmatini pasayishiga olib keladi.

Ekologik boshqaruvni vazifasi odamlarni tabiiy resurslarga bo‗lgan talabini (xozir va kelajakda) qondirish va atrof muhitni bu talabni bajarilishidagi kobiliyati oraligidagi balansni belgilashdan iboratdir.

Loyiha tahlilida atrof muhitga keltiradigan zararlarni qoplash uchun belgilangan tadbirlardan ko‗ra, uni oldini olish tadbirlari bo‗lishiga aloxida e‘tibor berilmog‗i zarur. CHunki, etkazilgan zararni qoplashdan ko‗ra, uni oldini olish muhim va arzonroqdir. SHu boisdan har qanday loyihani yoki taraqqiyot dasturini ekologik tahlil qilinmogi zarur. Agar loyiha samarali bo‗lib u atrof muhitga jiddiy zarar keltirsa, unda loyihani qayta ishlash zarur. Bordi-yu qayta ishlash xatarni kamaytirmasa unda loyihadan vos kechmoq kerak.

Xavfsizlikning kichik me‘yorlari va himoyalash kafolatlari.

Xavfsizlikning kichik me‘yorlari deyilganda-odamlar hayoti va sog‗ligi xavfsizligining me‘yorini belgilash, maxsus ajratilgan xududlarni himoyalash (xiyobonlar, saylgohlar, ko‗rikxonalar) va boshqalar xaqida kat‘iy belgilangan tartib hamda me‘yoriy ko‗rsatkichlar

tushuniladi. Xalqaro kelishuvga binoan loyihalar qo‗shni davlatlar ekologiyasiga ta‘sir etadigan bo‗lsa ular bilan tuzilgan bitimga binoan ulardan tegishli ruxsatnomasiz amalga oshirilmasligi zarur. Biroq bu qoida xali keng taraqqiyotga ega emas. Masalan, Tojikistonning Tursunzoda rayonidan qurilgan alyumiiy ishlab chiqarish korxonasi unga qo‗shni bo‗lgan O‗zbekistonning Surxondaryo viloyatining Sari osiyo rayoni ekologiyaiga katta salbiy ta‘sir etmoqda.

Amaliyotda ma‘lum darajada ekologik degradaksiyaga (yomonlashishga) ham ruxsat bo‗lishi mumkin, qachonki u kishilar hayotiga va tabiatiga katta ta‘sir etmasa. Masalan, qishloqqa yaqin joyda temir yo‗l o‗tkazish bunda temir yo‗l shovqini kishialar ruxiyatiga salbiy ta‘sir etadi. Buning uchun qishloq axolisiga zararni qoplashi uchun to‗lov to‗lanadi. SHuningdek suv ombori, GES ko‗rish uchun ma‘lum bir axolini kuchirilishi mumkin, buning uchun kam to‗lov amalga oshiriladi

Atrof muhitni himoyalash bilan bog‗liq xarajatlar turli tarmoqlarning loyihalarida umumiy xarajatni 3-5% atrofida bo‗ladi.

Ekologik muammolarni eng yuqori samaradorligi uchun loyiha-smeta xujjatlarida ekologik zararni oz xarajatlar bilan xal qilinishini aks ettirilishi lozim. Masalalarni aniqlash davrida va loyihani tayyorlanishida, ekologik ―razvedka‖ tavakkalchilik va imkoniyatlarni aniqlab berish va atrof muhitni himoyalashga asoslangan qonunlar bo‗yicha ixtisoslashgan ekolog va yuristlar yordamida kerakli ish rejasini tuzish zarur. Bunda ishlabchiqarish rejalari, loyihani amalga oshirish va baholash atrof muhit uchun imkonli oqibatlarni, ularni ogohlantirish chora tadbirlarini o‗z ichiga oladi. Ba‘zi bir jiddiy ekologik oqibatlarga ega loyihalar uchun bosh institut doirasidagi, atrof muhit monitorligi uchun javobgar, loyihani amalga oshiruvchi tashkilot va uni aloxida bo‗limi bo‗lishi samarali choradir.

Ba‘zan bir loyihani amalga oshirishni unga aloqador bo‗lgan boshqa bir loyiha bilan birgalikda olib borishni taqazo etadi. Masalan, yangi erni o‗zlashtirish loyihasi uni er osti suvlarini ko‗tarilishini bartaraf etuvchi loyiha bilan birga amalga oshirilgandagina samarali bo‗ladi. Aks holda katta zarar keltiriladi.
Atrof muhitni himoya qilishning ekologik tahlili. Amalda loyihaga atrof muhitni himoya qilish tadbirlarini kiritilishi iqtisodiy va ijtimoiy foydani oshirib xarajatlarni pasaytiradi.

Loyihalar ichida ekologik loyihalarni iqtisodiy samarasini andozaviy tahlilini o‗tkazishni ko‗pchilik xolatlarda imkoni bo‗lmaydi. Ekologik g‗oyaga ega loyihalarni baholashda ham eng kam xarajat xisobiga eng ko‗p foyda olinishi asos qilib olinadi. SHuningdek diskontlashtirilgan xarajatlar va ―Loyiha bilan‖ ―Loyihasiz‖ vaziyatlarni solishtirilgandagi daromadlar daromadni ichki stavkasi kabi ko‗rsatkichlar bilan tahlil etiladi. Biroq o‗zoq vaqtlar evaziga aniqlanuvchi ekologik xarajat va daromadlar bilan bog‗liq muammoni oldindan bashorat qilish va o‗zgartirish ancha mushkildir.

Tabiyat muhiti faqat ma‘lum resurslar manbai bo‗lib kolmay, balki u turli ekologik xizmatlarni ham bajaradi. Masalan, daryolar suv oqimini ta‘minlash, tuproqni tiklanishi, ifloslantiruvchi moddalarni chirishi, iqlimni tartibga solish vazifalarni bajaradi. Bunday vazifalarga ko‗pchilik xollarda etarli diqqat e‘tibor berilmaydi, ularni qiymati yaxshi baholanmaydi, chunki ularni jamiyatni tovari xisoblanib bozor narxiga ega bo‗lmay kelgan. SHu sababli bunday xizmatlarga etkaziladigan zararni o‗lchash juda mushkil bo‗lsa ba‘zida esa butunlay mumkin emas.

Ekologik muvozanatni bo‗zilishi natijasida insonlar sog‗ligiga etkazilgan oqibatlarni o‗lchash juda qiyin bo‗lib ular havo saviyasini yoki ichimlik suv sifatini pasayishi xisobiga yuzaga keladi. Bu kabi oqibatlarini ba‘zi birlarini qiymatini kasalxonalardan olinadigan statistik ma‘lumotlar yoki shifokorlarni gonorarlari asosida ozmi ko‗pmi baholash mumkin; xalqni majburiy ko‗chirilishi bilan bog‗liq xarajatlarni ham o‗lchash mumkin. Ammo ko‗pgina xarajatlarni o‗lchash imkoni yo‗q va salbiy oqibatlar qurbonlari odatda xech qachon amaliyotda biror nima bilan qoplanmaydi.

Odatda ekologik tahlilda loyihani atrof muhitga chiqarayotgan zararli chiqindilari miqdorini eng kam me‘yoriga nisbatan farqiga qarab baholanadi. Agar zararli chiqindi eng

kichik me‘yoridan ortiq bo‗lsa uni bartaraf etish miqdoridagi to‗lov belgilanadi va shu asosida ekologik muvozanat tartibga keltirilib beriladi.

Agar tabiatga etkaziladigan zarar beqiyos bo‗lib uni qoplash imkoni yo‗q bo‗lsa, ya‘ni tabiatga to‗zatib bo‗lmas zarar keltirsa bunday loyihalardan vos kechish darkor.

Qoidaga binoan begona shaxslarni jabirlanishiga javobgarlar buning evaziga xaq to‗lashga majburdirlar. SHunga qaramasdan ko‗pchilik xokimiyatlar ifloslanganlik uchun javobgarlardan atrof muhitni himoyalash tadbirlarini to‗la qiymatini undirib olish o‗rniga, aksincha, amaldagi korxonalarda tozalash jixatlarini o‗rnatishni yoki bu korxonalarni yangi, yoki amaldagi normativlarga rioya qilish bilan bog‗liq xarajatlarni oshishini subsidiyalaydi. Bu xol ba‘zan samarasiz investitsiya loyihasini qabul qilishni taqdirlashdir. SHuning uchun sof ekologik maqsadlarga oid xarajatlarni oddiy ishlab chiqarish hajmini oshirish yoki uni samaradorligini oshirish bilan bog‗liq xarajatlardan farqlanishini bilmog‗ kerak va shu asosda qaror qabul qilinishi zarur. Bu masalani ijobiy xal etishda to‗siq bo‗layotgan sabablardan biri ekologik bilimga ega kadrlarni etishmasligidir. SHuning uchun bu boradi ishlarni jadallashtirish kelgusida loyihalarga ekologik baho berishni yuqori darajaga ko‗tarishga imkon beradi.




    1. Yüklə 286,9 Kb.

      Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   61




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin