O’zbekisтon respublikasi


Fan bo‘yicha talabalarning bilimiga, ko‘nikma va malakasiga



Yüklə 239,5 Kb.
səhifə2/14
tarix19.05.2022
ölçüsü239,5 Kb.
#58652
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
portal.guldu.uz-ishchi oquv dastur

Fan bo‘yicha talabalarning bilimiga, ko‘nikma va malakasiga
qo‘yiladigan talablar

“Ekonometrikaga kirish” o‘quv fanini o‘zlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan masalalar doirasida talaba:



  • bozor iqtisodiyotini ishlash va rivojlanish mexanizmini, bozor iqtisodiyotining tavakkalchilik va noaniqlik elementlarga ega bo‘lishini;

  • iqtisodiy ko‘rsatkichlarning doimiy o‘zgarishda bo‘lishini, ishlab chiqarish jarayonlarini tahlil qilishda axborotlardan foydalanishni;

  • ekonometrik modellashtirish tamoyillarini, ekonometrik modellar tuzishda axborot va kompyuter texnologiyalaridan foydalanishni;

  • iqtisodiy tizimlarning faoliyat ko‘rsatish samaradorligi va unga ta’sir qiluvchi omillarni, raqobat va tavakkalchilik sharoitida optimal boshqaruv qaror qabul qilish usullarini haqida tasavvurga ega bo‘lishi;

  • iqtisodiy qonunlar va qonuniyatlarning amal qilish mexanizmini;

  • murakkab iqtisodiy tizimlar va jarayonlarni modellashtirish tamoyillarini;

  • ijtimoiy-iqtisodiy tizimlarni tasvirlash usullarini;

  • ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarning asosiy ko‘rsatkichlarini;

  • mikro va makro jarayonlar tahlilida qo‘llaniladigan matematik usullar va modellarni;

  • ishlab chiqarish jarayonida foydalaniladigan resurslarning noyobligi va chegaralanganligini;

  • ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlar tahlilida optimallashtirish modellaridan foydalanishni;

  • noaniqlik va tavakkalchilik sharoitida optimal qaror qabul qilish usullarini kompyuter texnologiyalari asosida modellashtirishni bilishi va ulardan foydalana olishi;

  • murakkab iqtisodiy tizimning statistik ma’lumotlari asosida ular holatini tahlil qilish va xulosalar chiqarish;

  • ishlab chiqarish jarayonlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar asosida turli xil matematik funktsiyalarni tuzish va ular asosida firmalar, tarmoqlar va korxonalar holatini tahlil va prognoz qilish;

  • zamonaviy kompyuter texnologiyalari yordamida iqtisodiy tizimlar rivojlanishining ko‘p variantli echimlarini olish va ilmiy asoslangan xulosalar chiqarish;

  • zamonaviy prognozlash usullarini bilishlari va amalda qo‘llashlari bo‘yicha hamda xulosalar chiqarish ko‘nikmalariga ega bo‘lishi kerak;

  • iqtisodiy jarayonlarning murakkab tuzilishga ega ekanligi, zamonaviy bozor iqtisodiyoti faoliyat ko‘rsatish mexanizmining nazariy asoslarini;

  • iqtisodiy jarayonlarning tasodifiy xarakterga ekanligini, ehtimollar nazariyasi va matematik statistika asoslarini, murakkab iqtisodiy tizimlarning ekonometrik modellarini tuzish tamoyillarini;

  • zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanib ekonometrik modellarni tuzishni va tahlil qilishni, ekonometrik modellarni aniq iqtisodiy tizim va jarayonlarga qo‘llay olishni;

  • makro va mikro jarayonlarni tahlil qilish; talab va taklif funktsiyalari, ular asosida bozor sig‘imini hamda muvozanat baholarni hisoblash;

  • ishlab chiqarish jarayonlarini ekonometrik tahlil qilish;

  • ishlab chiqarish funktsiyalari yordamida asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar holatini tahlil qilish, ekonometrik modellashtirishda axborot va kompyuter texnologiyalaridan foydalana olish;

  • zamonaviy biznes subyektlarining faoliyati va unga ta’sir qiluvchi omillarni tahlil qilish malakalariga ega bo‘lishi kerak.

O‘quv rejadagi boshqa fanlar bilan bog‘liqligi




“Ekonometrikaga kirish” o‘quv fani tanlov fani hisoblanib, VI-VII semestrlarda o‘qitiladi.
Bu dasturni amalda bajarish uchun talabalar “Statistika”, “Ehtimollar nazariyasi”, “Iqtisodiy-matematik usullar va modellar”, “Matematik dasturlash”, “Matematik modellashtirish”, “Makroiqtisodiyot”, “Iqtisodiyotda miqdoriy usullar”, “Iqtisodiy tahlil” fanlaridan etarlicha ma’lumotga ega bo‘lishlari lozim.



Yüklə 239,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin