O‘zbekiston respublikasi



Yüklə 222,11 Kb.
səhifə2/4
tarix01.06.2022
ölçüsü222,11 Kb.
#60317
1   2   3   4
xrpt ssigt82vke06vn7yj8y0x06azfm7e0oxrz4avux8zx4jaz8kvvkivfjjlxgpvvddj8d7r25fmxo (1)

UO‘К: 621.316
KBК 31.27


Taqrizchilar:


N.B.Pirmatov – Toshkent davlat texnika universiteti
«Elektrоmexanika va kabel texnikasi» kafedrasi mudiri, texnika fanlari doktori;
A.T.Mirzayev – Uzbekenergo Milliy dispetcherlik markazi boshlig‘i, texnika fanlari nomzodi.


ISBN 978–9943–975‒97‒2



2
© «Fan va texnologiya» nashriyoti, 2015.






SO‘Z BOSHI

Jamiyatning taraqqiyoti undagi ishlab chiqarish darajasi va kishilar hayoti uchun zarur moddiy sharoitlarni yaratish bilan belgilanadi. Shu sababli, energiyani iste’mol qilish bundan keyin ham ishlab chiqarish darajasini o‘sishini ta’minlagani holda oshib boradi.


Energiyaga bo‘lgan talabning uzluksiz ravishda ortib borishi yangi energiya resurslarini qidirib topish, energiyani bir turdan boshqa turga o‘zgartirishning yangi usullarini ishlab chiqish zaruratini yaratdi. Hozirgi davrda turli xil energiyalardan – Quyosh energiyasi, organik yoqilg‘ining kimiyoviy energiyasi, daryolar, dengizlar va okeanlar suvlarining mexanik energiyasi, shamol energiyasi, og‘ir yadrolarning parchalanishida hosil bo‘luvchi yadro energiyasidan foydalanish an’anaviy hisoblanadi.
Bugungi kunda erishilgan yutuqlarni sifat jihatidan yangi turdagi energiyadan, xususan elektr energiyasidan foydalanmasdan turib ta’minlab bo‘lmas edi. Elektr energiya hozirgi davrda insoniyat taraqqiyotida keng foydalanilmoqda. U sanoatda va qishloq xo‘jaligida turli mexanizmlarni harakatga keltirishda, bevosita texnologik jarayonlarda, transportda va madaniy-maishiy hayotda keng qo‘llaniladi. Zamonaviy aloqa vositalari – telefon, telegraf, radio, televidenie kabilarning ishlashi ham elektr energiyasidan foydalanishga asoslangan. Elektr energiyasisiz kibernetika, hisoblash texnikasi, kosmik texnikasi kabilarni rivojlantirish mumkin bo‘lmas edi. Elektr energiyaning asosiy samarali xususiyati shundan iboratki, u uzoq masofaga oson uzatilishi bilan bir qatorda kam isrof bilan boshqa turdagi energiyalarga o‘zgartirilishi mumkin. Elektr energiyasi hozirgi davrda insonlar tomonidan eng ko‘p foydalaniladigan energiya turidir.
Yuqoridagi sabablarga ko‘ra elektr energetikasining taraqqiyotiga butun jahonda, shu jumladan, bizning mamlakatimizda juda katta e’tibor qaratilgan.
O‘zbekiston energetikasining taraqqiyoti uzoq va mashaqqatli yo‘lni bosib o‘tgan. 1917-yilga kelib, Respublika hududidagi elektr stansiyalarning umumiy quvvati 3 ming kVt ni tashkil qilib, ularda bir yilda 3,3 mln. kVt.soat elektr energiyasi ishlab chiqarilgan bo‘lsa, hozirgi davrda o‘rnatilgan uskunalar quvvatlarining yig‘indisi 11,0 mln.
kVt bo‘lgani holda 37 issiqlik va gidroelektr stansiyalarini o‘z ichiga olgan O‘zbekiston energetika tizimida har yili 50 mlrd. KVt.soatdan ortiq elektr energiyasi ishlab chiqarilib, iste’molchilarga uzatiladi. Elektr energetika tizimining asosini Sirdaryo (3.0 mln. kVt), Toshkent (1.86 mln. kVt), Yangi-Angren (1,8 mln. kVt) va Navoiy (1,25 mln. kVt) singari yirik issiqlik elektr stansiyalari tashkil etadi. Ushbu elektr stansiyalarda birlik quvvati 150 – 300 ming kVt bo‘lgan 30 dan ortiq energetika agregatlari faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. Hozirgi davrda Navoiy issiqlik elektr stansiyasi (IES)da 2 ta yuqori darajadagi energetik samaradorlikka ega bo‘lgan bug‘-gaz qurilmasi ishga tushilib, foydalanib kelinmoqda. Yaqin kelajakda Tollimarjon IES va Toshkent IES kabi bir qator stansiyalarda ham bunday qurilmalarni o‘rnatish rejalashtirilgan.
Gidroelektr energetikasi hozirgi davrda bir nechta unchalik katta bo‘lmagan quvvatli GES kaskadlari bilan belgilanadi. Bulardan O‘rta- Chirchiq GESlar kaskadi tarkibiga kirib, suv omborlariga ega bo‘lgan 600 ming kVt quvvatli Chorvoq va 165 ming kVt quvvatli Hojikent GESlari asosan quvvat balansini rostlovchi stansiyalar sifatida faoliyat ko‘rsatadi. Qolgan GESlarning ish holatlari esa havzadan oqib o‘tuvchi suv miqdori bilan belgilanadi.
Ko‘p miqdorda ishlab chiqariluvchi elektr energiyani masofaga samarali uzatish va iste’molchilarga taqsimlash turli kuchlanishdagi elektr uzatish liniyalaridan foydalanishni taqozo etadi. Hozirgi davrda O‘zbekiston Respublikasidagi barcha nominal kuchlanishli elektr uzatish liniyalarining umumiy uzunligi taxminan 220 ming km bo‘lib, 500 kV kuchlanishli liniyalar 1,8 ming km, 220 kV kuchlanishli liniyalar 4,6 ming km va 0,4-10 kV kuchlanishli liniyalar 170 ming km ni tashkil etadi.
Elektr va issiqlik energiyani ishlab chiqarish, uzatish, taqsimlash va ularni iste’mol qilishni samarali tashkil etish uchun barcha elektr stansiyalari, podstansiyalari va elektr uzatish liniyalarini o‘z ichiga olgan yagona elektr energetika tizimi tashkil etilgan. Bunday ulkan tizimning zamonaviy talablarga javob beruvchi samarali taraqqiyoti va faoliyatini ta’minlash mos loyihalash, montaj qilish, ishga tushirish, sozlash va ishlatish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlab borishni taqozo etadi.
Ushbu o‘quv qo‘llanma oliy ta’lim muassasalarida «Elektr energetikasi (tarmoqlar va yo‘nalishlar bo‘yicha)» ta’lim yo‘nalishida tahsil oluvchi talabalar uchun mo‘ljallangan bo‘lib, unda elektr
energiyani ishlab chiqarishning an’anaviy va noan’anaviy usullari, energiyani ishlab chiqarish, uzatish, taqismlash va iste’mol qilishning fizik asoslari, elektr stansiyalari va podstansiyalarining asosiy elektr jihozlari, elektr uzatish liniyalarining konstruktiv elementlari, elektr tarmoq elementlarining almashtirish sxemalari va hisobiy parametrlari, elektr tarmoqlarini hisoblash, ulardagi isroflarni hisoblash hamda kamaytirish, energetika tizimlarining holatlarini boshqarish bilan bog‘liq bo‘lgan masalalar ko‘rib chiqilgan.

  1. Yüklə 222,11 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin