Filial (lot. filialis – o‘g‘ilga oid; ing. branch, filial, subsidiary) – O‘zR
FKning 47-m.siga muvofiq, yuridik shaxsning u
turgan yerdan tashqarida
joylashgan hamda uning barcha vazifalarini yoki
vazifalarining bir qismini, shu
jumladan vakolatxona vazifalarini bajaradigan alohida bo‘linmasidi (482-bet).
Demak,
filial korxona, tashkilot v.h.ga taalluqli bo‘lsa-da, u turgan yerdan
tashqarida joylashganligi, undan alohida, mustaqil faoliyat yurita olish kabi
xususiyati bilan xarakterlanadi.
Bo‘lim esa mana shunday korxona, tashkilot va
muassasalarga qarashli, bevosita uning
tarkibiga kirgan, ularni
tashkil etgan tarkibiy
qismni bildiruvchi atama.
Shu’ba leksemasining ifodalagan ma’nosi(ma’nolari)ni lug‘atlardagi izohi,
yozilishida ayrim muammolar ko‘zga tashlanadi.
Shu’ba termini ham sho‘ro davrida o‘zbek tilida qadimdan qo‘llanib
kelgan
ko‘pgina so‘z va terminlar qatori iste’moldan chiqib qolgandi. Lug‘atlarda ham
uning eskirgan so‘z ekanligi maxsus belgi bilan qayd etilgan. Lekin
mustaqillikdan
so‘ng uning yana faollashganini, hatto bir necha ma’nolarda qo‘llanayotganini
ko‘ramiz. Uning istiqlol
yillarida yaratilgan izohli, tarjima va imlo lug‘atlarida
berilganligi ham buni tasdiqlaydi. Masalan, 5 jildli izohli lug‘atda
shu’ba bir necha
so‘zlarga sinonimik izoh sifatida berilgan. Agar ikki jildli izohli lug‘atda
bo‘lim 2,
Dostları ilə paylaş: