VII. Kreditlarni olish uchun talablar: Oraliq nazorat shakllarida berilgan vazifa va topshiriqlarni bajarish, yakuniy nazorat bo’yicha test yoki yozma ishni topshirish.
Fandan talabalarni baholash O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining 2018-yil 9-avgustdagi 19-2018-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Oliy ta’lim muassasalarida talabalar bilimini nazorat qilish va baholash tizimi to‘g‘risida”gi NIZOM asosida amalga oshiriladi.
Fan doirasida 2 ta oraliq nazorat (ON) va yakuniy nazorat (YaN) olinadi. Xususan:
1-ON uchun talabaga: 1-7 mavzular bo’yicha tuzilgan savollarga yozgan yozma ishiga olgan bahosi;
1-4 mustaqil ish mavzulari asosida bajargan ishlaridan olgan bahosi.
1-ON bo’yicha a, b, c punktlarning birortasini bajarilmasligi, talabaning 1-ON dan o’tmaganligini anglatadi va 2-ON ga ruxsat berilmaydi. 1-ON ni topshirishni oxirgi muddati 2-ON ning boshlanish sanasigacha. 1-ON dan kamida qoniqarli baho olingan taqdirda 2-ON ga ruxsat beriladi.
2-ON uchun talabaga: 8-15 mavzular bo’yicha tuzilgan savollarga yozgan yozma ishiga olgan bahosi;
8-15 amaliy mashg’ulotlar bo’yicha olgan bahosi;
5-8 mustaqil ish mavzulari asosida bajargan ishlaridan olgan bahosi.
2-ON bo’yicha a, b, c punktlarning birortasini bajarilmasligi talabaning 2-ON dan o’tmaganligini anglatadi va YaN ga ruxsat berilmaydi. 2-ON ni topshirishning oxirgi muddati YaN ning boshlanish sanasigacha. 2-ON dan kamida qoniqarli baho olingan taqdirda YaN ga ruxsat beriladi.
YaN da talabaga barcha o’tilgan mavzular doirasida tuzilgan savollar bo’yicha yozgan yozma ish uchun baho qo’yiladi. YaNdan kamida qoniqarli baho olingan taqdirda talaba fanni o’zlashtirgan hisoblanadi va 5/6 kreditga ega bo’ladi.
Fanga ajratilgan auditoriya soatining 25 foizini va undan ortiq soatni sababsiz qoldirgan talaba ushbu fandan chetlashtirilib, yakuniy nazoratga kiritilmaydi hamda mazkur fan bo’yicha tegishli kreditlarni o’zlashtirmagan hisoblanadi.