II. Asosiy nazariy qism (ma’ruza mashg’ulotlari) II.I. Fan tarkibiga quyidagi mavzular kiradi:
1-mavzu. O’zbekistonda ta’lim va ilm-fan taraqqiyoti “Ilmiy-tadqiqot metodologiyasi” fanining predmeti, metodi va vazifalari. Fanning asosiy maqsadi va uni talqin etish tartibi. Fanning ishlab chiqarishdagi o’rni. Fan metodologiyasining maqsadi. Ilmiy tadqitotning umumfalsafiy, umumilmiy metodlari: tahlil va sintez, induktsiya va deduktsiya, abstraktsiyalashtirish, abstraktlik. Fan-texnika taraqqiyotining asosiy tamoyillari va xususiyatlari. Tadqiqotni rejalashtirish va o’tkazish uslublari. Fanni o’qitishdagi yangi texnologiyalardan foydalanish.
2-mavzu. O’zbekistonda fan taraqqiyotining qonuniy asoslari va ularning mazmun mohiyati Kadrlar tayyorlash milliy modeli. O’zbekistonda ilm-fan: qadimiy an’analar va bugungi kunda yaratilgan shart-sharoitlar, Oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar davlat attestatsiyasi. Oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar davlat attestatsiyasining natijalari. Oliy o’quv yurtidan keyingi ta’lim tizimini islox qilish. O’zbekistonda fan taraqqiyotining qonuniy asoslari. O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risida”gi qonuni va uning moxiyati, mazmuni.
3-mavzu. Ilm-fan, ilmiy tadqiqot tushunchalari va maqsadlari O’zbekistonda fanning tashkiliy tuzilishi. Ilm-fan haqida tushuncha, ilmiy faoliyat. Fanning asosiy xususiyatlari.Ilmiy tadqiqot va uning maqsadi. Metod va metodologiya. Ilmiy pedagog kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash. Ilmiy jamoaviy tashkilotlar. Talabalarning ilmiy tadqiqot ishlari. O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining tashkiliy tuzilishi, O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi. Ilmiy tekshirish institutining vazifalari. Institutlarda ilmiy tadqiqot ishlarini tashkil etish. Fanlar akademiyasi, akademiklarining huquq va majburiyatlari. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining Fan va texnologiyalar agentligi hamda O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining ilm-fanni rivojlantirish va uni boshqarishdagi ahamiyati.