O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZILIGI
NAMANGAN MUHANDISLIK-QURILISH INSTITUTI
“Tasdiqlayman”
Namangan muhandislik-
qurilish instituti rektori
___________SH.T.Ergashev
2021 yil “____ ”__________
“ILMIY TADQIQOT METODOLOGIYASI”
FAN DASTURI
-
Bilim sohalari:
|
300 000 -
|
Ijtimoiy fanlar, jurnalistika va axborot
|
|
400 000 -
|
Biznes, boshqaruv va xuquq
|
|
|
|
Ta’lim sohalari:
|
310 000 -
|
Ijtimoiy va xulq atvorga mansub fanlar
|
|
410 000 -
|
Biznes va boshqaruv
|
|
|
|
Mutaxasisligi:
|
70310102 -
|
Iqtisodiyot
(tarmoqlar va sohalar bo‘yicha)
|
|
70410101 -
|
Buxgalteriya hisobi va audit (tarmoqlar bo‘yicha)
|
Наманган - 2021
Fan/modul kodi
RESMET1105
RESMET1106
|
O’quv yili
2021-2022
|
Semestr
1
|
ECTS - Kreditlar
5 / 6
|
Fan/modul turi
Majburiy
|
Ta’lim tili
O’zbek
|
Haftadagi dars soatlari
4 / 4
|
1.
|
Fanning nomi
|
Auditoriya mashg’ulotlari (soat)
|
Mustaqil ta’lim (soat)
|
Jami yuklama
(soat)
|
Ilmiy tadqiqot metodologiyasi
|
75 / 90
30/45 m. / 45/45 a.
|
75 / 90
|
150 / 180
|
2.
| I. Fanning mazmuni
Ushbu kurs umummetodologik fanlar qatoriga kirib, magistrantlarni ilmiy tadqiqot metodologiyasi fani, uning mazmun - mohiyati, fanni o’qishdan maqsad hamda kelgusida ilmiy tadqiqotlarni olib borish uchun nazariy va amaliy bilim hamda ko’nikmalarini mustahkamlashga qaratilgan. Kursning asosiy mazmuni ilmiy tadqiqotni olib borishning zaruriyati, ilm-fanga qo’shadigan hissasi, ilmiy hamjamiyatlarning o’zaro hamkorligi, fanlardagi innovatsiyalarni tanishtirishdan iborat.
Ushbu kurs ilmiy tadqiqot metodologiyasining an’anaviy mavzularini o’z ichiga oladi. Masalan, ilmiy tadqiqot hisobotlarining turlari: qisqa hajmli va katta hajmli hisobotlar, magistrlik dissertatsiyasini yozish tartibi, ilmiy maqola yoki tezis yozish tartibi, ilmiy ma’ruzaning tarkibiy tuzilishi va taqdimot qilish xususiyatlari. Havolalarni kiritish tartibi va adabiyotlar ro’yxatini shakllantirish va hokazolar.
Ilmiy tadqiqot metodologiyasi kursi talabalarga oldingi o’qish jarayonida olgan bilimlarini umumlashtirish, tizimlashtirish, mustahkamlash va amaliyotda qo’llashda yordam beradi. Mazkur kurs magistraturaning barcha yo’nalishlari uchun mo’ljallangan bo’lib, olib boriladigan ilmiy tadqiqotlarning maqsadi, vazifalari va strategiyasini aniq tushunishni talab qiladi. Talabalar samarali ilmiy tadqiqotlarni olib borish uchun, tadqiqot usullaridan o’z o’rnida va samarali foydalanishi zarur bo’ladi.
O’quv kursining maqsadi –magistratura talabalarga ilmiy tadqiqotlarning asosiy tushunchalari, ta’riflari, usullari va bosqichlari haqida nazariy bilimlarni berish, ularda ilmiy tadqiqotlarni olib borish metodologiyasi, eksperimentlarni bajarish usullari, olingan natijalarini ishlab chiqish va tahlil etish metodlari, ularni rasmiylashtirish va amaliyotga tatbiq etish usullari hamda tadqiqotchining ilmiy madaniyati, mas’uliyati, etikasi haqida bilim, ko’nikma va malaka shakllantirishdir.
Fanning vazifasi - magistratura talabalarini ilmiy tadqiqotning asosiy tushunchalari; ilmiy uslublarga qo’yilgan talablar; ilmiy tadqiqot usullari va bosqichlari; ilmiy axborot va uni izlash; eksperimental tadqiqotlar; ilmiy tadqiqotlarning joriy etilishi va samarasi; ilmiy tadqiqot ishlarini rasmiylashtirish tartibi; ilmiy materiallarni nashrga tayyorlash va ilmiy- falsafiy mushohada qilishga o’rgatishdan iborat.
Fan bo’yicha talaba:
Inson hayot faoliyatida, jamiyat rivojida ilm-fanning beqiyos rolini tushunish;
Ilmiy tadqiqot ishini tayyorlashda metod va metodologiyaning rolini anglash;
Ilmiy tadqiqot ishini tayyorlashda muammoni to’g’ri qo’yish va uning echimini topish texnologiyasini egallash;
Axborot va axborot texnologiyalaridan foydalanish zaruriyatini anglash.
“Ilmiy tadqiqot metodologiyasi” fani masalalari doirasida magistrant:
- ilmiy tadqiqot olib borishning metodologik asoslari, zaruriy shartlari, ilmiy izlanishga xos asosiy tushunchalar, ilmiy tadqiqotning mantiqiy tuzilmasi, mavzuni tanlash bosqichlari, tadqiqot rejasini tuzish, ilmiy bilishda umumiy va xususiy metodlar, ilmiy-metodik adabiyotlardan foydalanish, fanning o’ziga xos xususiyatlari, ilmiy tadqiqotning amal qilish mexanizmlari haqida tasavvurga ega bo’lishi, tadqiqot tuzilishini bilishi va ulardan foydalana olishi;
- tadqiqot jarayonini tasvirlash, xulosalarni ta’riflash va olingan natijalarni baholash, ilmiy tahlil qilish, empirik va nazariy tadqiqot usullarini farqlash, kengaytirilgan tadqiqot rejasini ishlab chiqish, ilmiy tadqiqotning metodologik tamoyillari, ilmiy loyihalarni tuzish, ilmiy izlanishlarning yo’nalishlari, olimning ahloqiy fazilatlari xaqidagi ko’nikmalariga ega bo’lishi;
-bilimning konstruktiv xarakteri, ilmiy faoliyat mahsulining amaliy ahamiyatini anglash, ilmiy-metodik adabiyotlarni tahlil qilish va ularga havola berish usullari, mavzuni yoritish uchun matndan daliliy misollar tanlash, ularning miqdorini belgilash, qo’lyozmani tahrir qilish, ilmiy ishni ilmiy-mantiqiy uslubda ravon va savodli yozish malakalariga ega bo’lishi lozim.
|
Dostları ilə paylaş: |