O`zbekiston respublikasi


va Shoxsanam», «Oshiq Oydin», «Asilxon», «Hurliqo va Hamro», «Qumri»



Yüklə 0,99 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə41/74
tarix14.10.2022
ölçüsü0,99 Mb.
#65145
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   74
Namangan davlat universiteti o`zbek tili va adabiyoti kafedrasi

va Shoxsanam», «Oshiq Oydin», «Asilxon», «Hurliqo va Hamro», «Qumri», 
«Qissai Zebo», «Tulumbiy», «Zavriyo», «Duransho», «Bozirgon», «Xiromon», 
«Xirmon dalli» kabi dostonlarni hamda Maxtumquli she`rlarini ijro etganlar.
O`zbek dostonchiligida an`anaviy doston kuylash tartibi bor. Odatda 
dostonchilik kech kuzdan erta bahorgacha kechqurunlari uyushtirilgan. Baxshi taklif 
qilingan mehmonxonaga barcha tinglovchilar yig`ilib, qo`r tashlab o`tirishgan. 
Baxshi to`rda o`tirgan. Doston kuylash kichik bir ziyofatdan keyin boshlangan. 
Baxshi dastlab bir yoki bir necha terma kuylagan. Asosan, «Nima aytay?» («Doston 
terish») termasi bilan tinglovchilarga murojaat qilgan. So`ng tinglovchilarning 
xohishi yoki baxshining tanlashiga ko`ra biror doston ijro etiladi. Odatda doston 
kuylash tongga ulanadi. O`zbek xalq dostonlarining ko`pchiligi bir kun kuylashga 
mo`ljallangan. «Alpomish»dek ulkan asarlar ikki va undan ortiq kechalar ijro etilgan.
Dostonni kuylash juda ham qiziqarli o`ringa, avj pardalarga etganda, yarim 
tunda dam olish uchun tanaffus e`lon qilinadi. Buni baxshilar «Do`mbira 
to`ntarmoq» deb aytadilar. Bunda baxshi eshituvchilarga yoki do`mbirasiga murojjat 
tarzida bir necha qistirma misralar to`qib, ijroni to`xtatadi. 
Baxshi taklif qilingan qishloq yoki xonadonda dostonchilik kechalari ba`zan 
bir necha kun davom etadi. Maxsus dostonchilik kechalaridan tashqari to`y-
hashamlarda, oila tantanalarida, bayramlarda baxshilarning ishtirok etishi odatdagi 
hol bo`lgan.
XX asrga kelib, shaharlarda baxshilar xizmatidan foydalanish yo`qoldi. Ammo 
qishloqlarda bu an`analar hozirga qadar saqlanib kelmoqda. Asrimizning ulkan 
qurilishlarida - umumxalq hasharlarida, masalan, Kattaqo`rg`on suv ombori, Katta 


53 
Farg`ona kanali qurilishida, bayram-sayllarda doston va undan parchalar tinglash 
odat tusiga kirgan. 
Savollar: 
1. Doston atamasining ma`nosi, janr xususiyatlari nima? 
2. Doston kuylovchilar kimlar? 
3. Dostonlar qanday tasnif qilinadi? 
4. Doston kuylash tartibi qanday? 
5. Dostonlarning badiiy xususiyatlari deganda nimani tushunasiz? 
ADABIYOTLAR: 
1. I.Karimov «Yuksak ma`naviyat – yengilmas kuch». – T.: Ma`naviyat», 
2008. – 176 b.
2. I..Karimov «O’zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida». – T.: 
«O’zbekiston», 2011. – 440 b. 

Yüklə 0,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin