O`zbekiston respublikasi


«Alpomish» dostonidagi yoy - kamon bilan bog`liq epizodlar hindlarning  qadimiy eposi «Ramayana»



Yüklə 0,99 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə51/74
tarix14.10.2022
ölçüsü0,99 Mb.
#65145
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   74
Namangan davlat universiteti o`zbek tili va adabiyoti kafedrasi

«Alpomish» dostonidagi yoy - kamon bilan bog`liq epizodlar hindlarning 
qadimiy eposi «Ramayana»dagi tasvirlarga juda o`xshab ketadiki, bu esa eposning 
juda qadimiyligini bildiradigan xususiyatlaridan yana biridir. 
Adabiyotshunos olim, «Alp Er Tunga (Afrosyob) jangnomasi» tadqiqotchisi 
Abdurashid Abdurahmonov «Alpomish» dostonining yaratilishini Qadimgi Turk 
xoqonliginining mashhur vakili Alp Er Tunga - Afrosiyob bilan bog`laydi. Qisqasi, 
«Alpomish» eposining yaratilganiga 2000 yildan ortdi, aniqrog`i, 2500 yil to`ldi, 
desak to`g`ri bo`ladi.
«Alpomish» dostonining Fozil Yo`ldosh o`g`lidan yozib olingan nusxasi 1939, 
1935, 1979, 1992, 1993, 1999 yillarda chop etilgan bo`lsa, 1972 yilda Sh. 
Murodovning Saidmurod Panoh o`g`lidan yozib olingan nusxasi, 1998 yilda T. 
Turdiyevning Xushboq Mardonqul o`g`lidan yozib olgan nusxasi chop etildi. 
Umuman olganda, dostonning 30 ta shoirdan yozib olingan 50 ga yaqin variantlari 
bo`lib, bular orasida folklorshunos Tojiboy G`oziboyev tomonidan Haydar sannovchi 
Boychaevdan yozib olgan Namangan variantlari ham bor.
«Alpomish» dostonida o`zbek xalqining mardlik, jasurlik, insonparvarlik, 
qahramonlik haqidagi tarbiyaviy tamoyillari o`z ifodasini topgan. Dostonda 
markazlashgan davlat tuzish g`oyasi etakchi o`rinda turadi. Shu bilan birga, asarda 
islom dinining ta`siri ham sezilib turadi deyish mumkin. Fozil Yo`ldosh o`g`li 
nusxasida qahramonlar ruhiy holatini tasvirlashga alohida e`tibor berilgan. Ayni 
chog`da, Kashal yurti tasvirlanar ekan, bozordagi tarozu toshlarining olinishi 
tasvirlanadi. Qayd etilganlarning hammasi «Alpomish» dostonining o`zbek 
dostonchiligida muhim o`rin egallaganligini tasdiqlaydi. 
Doston juda ulkan hajmli bo`lgani uchun ham unda bir necha etakchi g`oyalar 
ilgari surilgan. Avvalo bir urug`, bir elat xalqlari tinch-totuv, ahil va inoq yashashlari 
lozim deb ta`kidlanadi. Qolaversa, vatandoshlarni, sevgilisini qutqarish, dushmanga 
hech qanday imkoniyat bermaslik, Ona-Vatanga sadoqat, odillik, halollik, to`g`rilik, 
mardlik, sodiqlik kabi g`oyalarning ilgari surilishi bugungi kunda ham o`z qimmatini 
yo`qotmagan va aksincha ayni paytda juda katta ahamiyat kasb etadi. 

Yüklə 0,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin