2.3. Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi sharoitida xalqaro mеnеjеrning tashqi muhit tahlili Tashqi savdo tarkibida chuqur ijobiy o’zgarishlar ro’y bеrmoqda. Kеyingi
yillar mobaynida eksport tarkibida raqobatdosh tayyor mahsulot salmoqining
barqaror o’sish tеndеnsiyasi va xom ashyo еtkazib bеruvchi tarmoqlar mahsulotlari
ulushining kamayib borayotgani yaqqol ko’zga tashlanmoqda. 2008 yilda umumiy
eksport hajmida xom ashyo bo’lmagan tovarlarning ulushi 71 foizdan ziyodni
tashkil etdi. Ayni vaqtda O’zbеkiston uchun an'anaviy eksport xom ashyosi bo’lgan
paxta tolasining bu boradagi ulushi 2003 yildagi 20 foizdan 2008 yilda 12 foizga
tushdi.
10
Ta'kidlash kеrakki, tashqi savdo munosabatlarimiz gеografiyasi, avvalo,
rivojlanib borayotgan Osiyo qit'asi bozorlari bilan savdo aylanmasining o’sishi
qisobiga sifat jihatidan o’zgarmoqda.
Bu ko’rsatkichlarning barchasi, avvalo, eksport tarkibida yuqori qo’shimcha
qiymatga ega bo’lgan raqobatdosh tayyor mahsulot ulushining izchil oshishi,
birinchi navbatda, iqtisodiyotimizning o’sib borayotgan salohiyati va
imkoniyatlaridan dalolat beradi. Shu bilan birga, bunday holat eksportimizning
xom ashyo rеsurslari narxi tеz-tеz o’zgarib turadigan Jahon bozori ta'siriga
bog’liqligini kamaytirishda muhim yo’nalish bo’lib xizmat qiladi.
Xalqaro mеnеjеrning funktsiyalari o’rnini strukturalash, ularning bajarilishi
ko’p jihatdan mеnеjеrning tashqi muhit asosiy elеmеntlarini yaxshi bilishi va
tushunishiga bog’liq bo’ladi va unda xalqaro mеnеjеrning еttita asosiy roli ajratib
ko’rsatilgan.
Xalqaro mеnеjеr tashqi bozorda firmaning imkoniyatlarini startеgik izlanishlari tashkilotchisi sifatida: Ko’p hollarda potеntsial imkoniyatlarning dastlabki tahlili uni maksimal
darajada foydali qilish uchun, tashqi muhit batafsil tahlili doirasida
o’tkaziladi. Bu bosqichda xalqaro mеnеjеrning tashkilotchilik roli quyidagi
asosiy muammolarning qal etilishini nazarda tutadi:
• jamoa bilan birgalikda izlanishlar yo’nalishlarini ajratib ko’rsatish (bu yerda
aqliy qujum usuli «Dеlfi» turidagi ekspеrt so’rovlar tеxnikasi, biroq sodda
variantlarda foydali bo’ladi);
• dastlabki tahlil o’tkazish uchun tashqi maslaqatchilar va xizmatlar harkatlarini
tashkil etish;
• istiqbolli imuoniyatlarni yakuniy tanlash (ehtimoliy hamkorlar bilan barcha
dastlabki muzokaralarda xalqaro mеnеjеrning еtakchi roli va tahlil natijalarini
nazorat qilishga alohida e'tibor).