O'zbekiston respublikasi


Bozor iqtisodiyotiga o’tishning bosqichma-bosqich amalga oshirilishi



Yüklə 0,71 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/16
tarix08.02.2023
ölçüsü0,71 Mb.
#83544
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
taraqqiyotning ozbek modeli va uning asosiy xususiyatlari

Bozor iqtisodiyotiga o’tishning bosqichma-bosqich amalga oshirilishi. 
Bozor munosabatlariga bosqichma-bosqich o’tish o’zbek modelining yana bir 
muhim tamoyilidir. Bu tamoyil bozor munosabatlari va milliy iqtisodiyotni karor 
toptirish va rivojlantirishning tadrijiy nuli bo’lib, «shok terapiyasini» inkor etadi, 
mamlakatimizning rivojlanishga oid tarixiy tajribasidan, bozor tizimining huquqiy 
asosi va infratuzilmasi darajasidan hamda xalqimizning kddriyatlaridan kelib 
chiqali. Umuman olganda, inkiloblar. keskin sakrashlar iqtisodiyotga moye sa’y-
harakatlar emas. «Bir tizimdan ikkinchisiga o’tish asta-sekin evolyusion ravishda 
bo’lishi muxi mdir, - deb yozadi Prezidentimiz Islom Karimov. - Iqtisodiy 
islohotlar mamlakatni maqsad sari asta-sekin, qadam-baqadam ilgarilab borishi, 
bozor munosabatlarining ayrim jixdtlarini va umuman butun tizimini giakllantirishi 
lozim».
48 
Darhaqiqat, O’zbekistonda ma’muriy-buyruqbozlik tizimidan boshqaruvning 
bozor tizimiga o’tishda o’zbeklarning «Yangi uy qurmay, eskisini buzmang - 
boshpanasiz qolasiz» hikmatida aytilganidek, tadrijiy, izchil yo’l tanlandi. Bozor 
munosabatlariga o’tish boshlangan davrdagi iqtisodiy vaziyat, xalqning turmush, 
tafakkur darajasi ham shuni taqozo etardi. Bo’larning barchasi uchun vaqt va 
imkoniyat zarur edi. Bu borada eng avvalo, islohotlar strategiyasini, birinchi 
navbatda, amalga oshiriladigan yo’nalishlarni belgilab olish muhim ahamiyat kasb 
etadi. 
O’zbekistonda ko’p ukladli aralash iqtisodiyotni barpo etish mamlakat 
xo’jaligining mavjud holati va imkoniyatlari, aholining mentaliteti, psixologiyasi 
va qadriyatlaridan kelib chiqqan holda amalga oshirildi. Shuning uchun ham 
mamlakatimizla bozor munosabatlariga o’tish jarayoni MDH mamlakatlari 
amaliyotidan keskin farq qildi va o’ziga xos xususiyatlarga ega bo’ldi. Mulkni 
davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish bilan bir qatorda barcha bozorga 
o’tish jarayonlari, raqobat muhitini yaratish, bozor infratuzilmasi tizimini 
48
Ислом Каримов. Асарлар, 1-жилд, Т., «Ўзбекистон», 1996, 315-бет. 


40 
shakllantirish va rivojlantirish, tadbirkorlik faoliyatini kengaytirish ham bosqisma-
bosqich amalga oshirildi. 
Bularning hammasi bosh masaladan - mulk munosabatlarini tubdan isloh 
qilish jarayonidan boshlandi, albatta. Davlat mulki obyektlarini davlat tasarrufidan 
chiqarish va xususiylashtirishning 1992-1993 yillarni o’z ichiga olgan dastlabki 
bosqichi davlat uy-joy fondi, savdo va xizmat ko’rsatish shoxobchalari, mahalliy, 
yengil va oziq-ovqat sanoati, avtomobil transporta, qurilish sohasidagi mayda 
korxonalarni 
xususiylashtirishlar 
boshlandi. 
Agrar 
sohaning 
mamlakat 
iqtisodiyotidagi o’rni va ahamiyatiii e’tiborga olib, qishloq xo’jaligida islohotlar 
jadal sur’atlarda olib borildi. Natijada, ilgari davlat mulki obyekta hisoblangan uy-
joy fondi, mayda korxonalar xususiy va jamoa mulkiga aylantirildi. 
Xususiylashtirishning bepul va imtiyozli shakllari keng qo’llanildi. 
Ikkinchi bosqichda - 1994-1995 yillarda yalpi xususiylashtirish amalga 
oshirildi. Bu davrda davlat nazorati shart bo’lmagan yengil, mashinasozliq 
ko’rilish materiallari sanoatiga tegishli o’rta va yirik korxonalar xususiylashtirildi. 
Davlat dasturiga ko’ra, ikkinchi bosqichda tarmoq va mintaka ahamiyatidagi 
50 mingdan ortik obyektni xususiylashtirish ko’zda tutildi. Ushbu davrda kichik 
korxonalar xususiy mulk shaklini olgan bo’lsa, o’rta va yirik korxonalar ochiq 
turdagi 
aksionerlik 
jamiyatlariga 
aylantirildi. 
Aksionerlik 
korxonalari 
aksiyalarining paketlari turt qismga ajratilib, mehnat jamoasiga 25 foiz, davlat 
ixtiyorida 25 foiz, erkin savdoga 30 foizi, turdosh korxonalarga 10 foiz va chet el 
investorlariga 10 foiz nisbatlarida sotildi. Shuningdeq qisqa davrda 70 mingdan 
ortiq kichik korxona tashkil etildi va ro’yxatga olindi. Mulkdorlar qatlami yanada 
kengayib, ular safiga xususiylashtirilgan korxonalarning 2 milliondan ortiq aksiya, 
ulush va pay egalari, 3 millionga yaqin shaxsiy tomorqa xo’jaliklari egalari, 85 
mingga yaqin xususiy va kichik korxonalar egalari va 14 ming ko’chmas mulk 
egalari qo’shildi. 
Uchinchi bosqichda, ya’ni 1996-1998 yillarda nazorat paketlari davlat mulki 
shaklida saqlanib qolayotgan yirik korxona va tarmoqlarni isloh qilish 
rejalashtirildi. Mazkur bosqichda Oliy Majlis va Vazirlar Mahkamasi tomonidan 
xususiylashtirish jarayoniga jalb etilmaydigan obyektlarning ruyxati belgilaydi. 
Ularga suvdan foydalanish obyektlari, meliorasiya tarmoqlari, muzeylar, 
sanepidstansiyalar, strategik va harbiy ahamiyatdagi obyektlar, nobyudjet 
jamg’armalari kiritildi. Ushbu ruyxatdan o’rin olmagan barcha korxona va 
obyektlarni xususiylashtirishga qaror qilindi. 
To’rtinchi bosqichda (1998 yilning oxiridan) xususiylashtirishdan tushgan 
mablag’larni davlat byudjetiga safarbar etish, xususiylashtirilayotgan korxonalarga 
xorijiy investisiyalarni jalb qilish, boshqaruvning samaradorligini oshirish va 
yangicha mulk munosabatlarining to’liq amal qilishi uchun shart-sharoitlar yaratish 
asosiy vazifalar sifatida belgilaydi. Natijada, mamlakat iqtisodiyotida muhim 
ahamiyatga ega bo’lgan yirik industriya gigantlari, yoqilg’i-energetika, kimyo va 
mashinasozlik majmualarining yordamchi korxonalarini yirik xorijiy investorlarni 
jalb qilish asosida xususiylashtirish jarayonlari davom ettirildi. Xususiylashtirish 


41 
jarayonidan tushgan mablag’lar 2002 yilda 43,6 milliard so’mni, 2003 yilda 56,1 
milliard so’mni va 2004 yilda 78,4 milliard so’mni tashkil etdi. 
Xorijiy investorlarga sotilgan korxonalardan tushgan mablag’ 2004 yilda 24,3 
million AQSh dollarini tashkil etdi. Bu 2003 yilga nisbatan 49,8 foiz ko’pdir. 
Bundan tashqari xorijiy investorlarga sotilgan 17 ta davlat aktivlari bo’yicha 
korxonalarni rivojlantirish maqsadlarida yangi mulk egalari tomonidan 24,7 
million AQSh dollari miqdorida investisiyalar kiritish majburiyatlari ham olindi. 
1992-2004 yillar davomida bosqisma-bosqich olib borilgan mulkni davlat 
tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish jarayonlarida umumiy hisobda 130 
mingga yakin yuridik shaxe mulk va xo’jalik yuritish shakllarini o’zgartirdi. 
Jumladan, 77 mingdan ortiq yuridik maqomdagi korxona bazasida 50 mingdan 
ortik turli mulk shaklidagi korxonalar yaratildi. 2004 yilda birja, kim oshdi savdosi 
va tanlov orqali 70 mingga yakin davlat mulki obyektlari mulk huquqlari aksiya 
paketlari ko’rinishida sotildi. 
1992-1993 yillar davomida davlat mulkida bo’lgan obyektlarning 70 foizi 
davlat tasarrufidan chiqarilgan va xususiylashtirilgan bo’lsa, islohotlarning 
mantiqiy rivojiga ko’ra, keyingi yillarda xususiylashtirish jarayoniga jalb 
qilinmagan korxonalar soni muttasil kamayib bordi. Jumladan, 1994-1995 yillarda 
ularning ulushi 24 foizni, 1996-1998 yillarda 5 foizni va 1999- 2004 yillarda 1 
foizdan ham kam bo’ldi. Natijada nodavlat sektorining tashkiliy-iqtisodiy jixatdan 
iqtisodiyotdagi ulushi 2004 yilga kelib 90 foizdan oshdi."
49 
Islohotlar mulkiy masalalar to’g’ri xal etilib, davlat tasarrufidan chiqarish va 
xususiylashtirish uzluksiz amalga oshirilgan, ko’p ukladli iqtisodiyot barpo etilgan 
taxdirdagina o’zining salmokdi natijalarini beradi. Mulk munosabatlarini tako-
millashtirish bo’yicha hali o’tish davrining dastlabki bosqichidayok qabul qilingan 
tegishli qonunlar, Prezident farmonlari, Vazirlar Mahkamasining karor va 
farmoyishlari shubhasiz, hal qiluvchi ahamiyat kasb etdi. Bu borada «O’zbekistan 
Respublikasida mulkchilik to’g’risida», «Davlat tasarrufidan chiqarish va 
xususiylashtirish to’g’risidaii qonunlarni va «Iqtisodiy islohotlarni yanada 
chukurlashtirish, xususiy mulk manfaatlarini himoya qilish va tadbirkorlikni 
rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida»gi Prezident farmonini eslab o’tishning 
o’zi kifoya. 
Natijada, mamlakat iqtisodiyotining barcha tarmoqlarida nodavlat sektori 
jadal sur’atlarda rivojlana boshladi. Davlat sektori esa iqtisodiyotda o’zining 
monopol ahamiyatini kamaytirdi, ko’p kirrali aralash xo’jalikka keng yo’l ochilib, 
rakobat uchun borgan sari kengroq imkoniyat yaratildi. Mulkiy munosabatlarni 
rivojlantirish moddiy boyliklarga egalik qilish, ulardan foydalanish va 
o’zlashtirish, insondagi bekiyos qobiliyatlarni, imkoniyatlarni ruyobga chiqarish 
bilan bog’liqdir. 
Kichik va xususiy tadbirkorlikni (biznesni) ragbatlantirish. qimmatli 
qog’ozlar boyurini shakllantirish isloxotlar taklirini hal qiladigan shartlardan 
49
Н.Тўхлиев Тараққиѐтнинг ўзбек модели. Т.:2012. 153-155 бетлар 


42 
biridir. Bu, birinchidan, davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish bilan 
bevosita bog’liq masala bo’lib, jamiyatning ijgimoiy va iqtisodiy negizini 
mustaxkamlashga xizmat qiladi, mulkdorlar sinfini shakllantirishыing va ichki 
bozorni iste’mol mollari va xizmatlari bilan ta’minlashning muhim omili 
hisoblanadi. 
O’zbekistonda qisqa vaqt davomida kichik va o’rta biznesni rivojlantirishning 
huquqiy shart-sharoitlari va tashkiliy asoslari yaratildi. Tovar ishlab chiqaruvchilar 
va tadbirkorlar palatasi, O’rta va kichik biznesni qo’llab-quvvatlash bo’yicha 
hukumat komissiyasi, «Madad» sug’urta agentligi, konsalting, injiniring, lizing 
firma va kompaniyalari, biznes-inkubatorlar ish boshladi. 1997 yilga kelib 
mamlakatimizda kichik va xususiy korxonalarning umumiy soni 100 mingdan 
oshib ketdi. Qishloq xo’jaligida dehqon, fermer xo’jaliklari tashkil topa boshladi. 
Ammo kichik va o’rta xususiy tadbirkorlikka munosabatning rivojlanishini 
konikarli, deb hisoblash kiyin edi. Hukumat karorlarida ta’kidlanganideq bu borada 
keskin burilish yasash o’z-o’zidan kechmadi. Ko’plab kichik va xususiy 
korxonalarni tashkil qilish, bu ishga aholi shaxsiy jamg’armalarini jalb etish, shu 
yo’l bilan yangi ish joylarini ochish ishlari sekin bordi. Ayrim kichik va xususiy 
korxonalar, fermer xo’jaliklarini moddiy-texnika va xom ashyo, uzoq muddatli 
kreditlar bilan ta’minlashdagi kiyinchiliklar, shuningdeq joylardagi byurokratik 
to’siq va govlar tufayli o’z faoliyatini tuxtatgan hollar ham ko’plab uchradi. Gap 
shundaki, o’tmish sarqiti - boqimandalik psixologiyasidan qutulish oson kechmadi. 
Xususiy tadbirkorlik bilan shugullanishni ixtiyor etganlarning aksariyati uni davlat 
yoki boshqa birovning hisobidan amalga oshirishni istagani sezildi. To’g’ri, kichik 
va o’rta biznesni davlat darajasida qo’llab-quvvatlashga O’zbekistonda alohida 
e’tibor berildi va bu amaliyot xozir ham izchillik bilan amalga oshirilmokda. 
Ammo davlat tomonidan qaratilayotgan ana shu e’tibor, ajratilgan mablag’lardan 
samarali foydalanish lozim. Qolaversa, xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishning 
davlat ko’magidan tashqari yana boshqa yo’llari ham mavjudki. ulardan ham 
unumli foydalanishni yo’lga qo’yish keraq Buning uchun mulk egasi, menejer 
tadbirkor, bilimli va mehnatsevar bo’lishi lozim. Mulk egasi bo’lish, tadbirkorlik 
oson ish emas. 
Masalan, mulkni kafolat sifatida qoldirish hisobiga har qanday tijorat 
bankidan kredit olish mumkin. Bunday imkoniyat bo’lmagan hollarda 
tadbirkorlikni moliyalashtirishning venchur usulidan foydalanish mumkin. Bu 
vaktda tadbirkorga mablag’ ajratgan bank qarzdan kutulgunga qadar firmaning 
yoki ushbu xususiy ishning egasi bo’lib turaveradi. Xorijiy kredit liniyalariga ega 
bo’lish uchun, avvalo, puxta uylangan va ishlab chiqdlgan biznes-reja hamda 
biznes loyihalar zarur. Umuman kreditlar tizimidan foydalanish qonun-qoidalarini 
to’liq o’zlashtirmay turib, kutilgan natijalarga erishish qiyin. 
Iqtisodiy mustaqillikka erishish, iqtisodiy o’sishni ta’minlashning muhim 
shartlaridan biri - iqtisodiyotda tarkibiy qayta ko’rishni amalga oshirishdir. 
Sobiq ittifoq sharoitida xalq xo’jaligining amaldagi tarkibi mehnat taksimoti 
va ixtisoslashuv prinsiplari asosida shakllangan edi. Bu borada O’zbekistonning 
"cheki"ga arzon xom ashyo va yarim taiyer mahsulotlar, strategik mineral resurslar 


43 
yetkazib berish va sanoat markazlarida ishlab chiqarilgan tayyor mollarni 
sotishning keng bozori bo’lish tushgan edi. Iqtisodiyotning bunday 
mustamlakachilikka asoslangan tarkibi mustaqillikning dastlabki yillarida eski 
xo’jalik aloqalari barham topib, yangilari hali shakllanib ulgurmagan sharoitda 
mamlakatimiz iqtisodiyotiga salbiy ta’sir ko’rsatmasdan qolmadi. 
Bozor iqtisodiyoti ishlab chiqarish tarkibiga mutlaqo yangi talablarni qo’ydi. 
Milliy ishlab chiqarishning tarmoq va hududiy tarkibini takomillashtirmasdan 
turib, boy resurslardan, mavjud ulkan imkoniyatlardan maqsadga muvofiq 
foydalanish, vujudga kelgan nomutanosibliklar va ziddiyatlarga barham berish 
mumkin emasdi. 
Tarkibiy siyosat, eng avvalo, kishloq xo’jalik xom ashyosi va mineral 
resurslarni chukur qayta ishlashga, texnologik siklning tugallanganlik darajasini 
oi1irishga, 
mamlakat 
yoqilgi-energetika 
va 
oziq-ovqat 
mustaqilligini 
ta’minlashga qaragildi. Ilgari tashqaridan keltirilgan yuzlab turdagi mahsulotlar 
mamlakatimizning o’zida ishlab chiqarila boshlandi. 
Mustaqillik yillarida amalga oshirilayotgan yirik qurilishlarning geografiyasi 
ancha kengaydi. Bunday izchil, bosqisma-bosqich va okilona siyosat sanoat 
taraqqiyotida uzoq yillar hukm surib kelgan regional nomutanosiblik va 
ziddiyatlarni sezilarli darajada yumshatishda muhim omil bo’ldi. 
Tabiiyki, iqtisodiyotning tarkibini takomillashtirish bir zarb bilan amalga 
oshiriladigan ish emas. Bu o’zgarishlar muntazam davom etadigan ijtimoiy-
iqtisodiy jarayon bo’lib, davr talabi va iqtisodiy siyosatdan kelib chiqadi. 
tarmoqlqraro hamda tarmoqlar ichida tuxtovsiz kechadi. Bozor iqtisodiyoti va fan-
texnika tarakkiyoti tan oladigan tarmoqdar rivojlanib, mahsulot ishlab chiqarishda 
ularning hissasi oshib boraveradi. Aksincha, bozor va tarakkiyotga moye 
kelmaydigan sohalarning mahsulot va xizmatlarni yaratishdagi ulushi pasayib yoki 
butunlay yukolib, o’z o’rnini boshqa, ilg’or sohalarga bo’shatib beraveradi. 
Butun iqtisodiyotda ayrim tarmoq va ishlab chiqarish turlarini rivojlantirishga 
ustuvorlik berish va ularni davlat tomonidan har tomonlama qo’llab-quvvatlash 
to’g’ri yo’l ekanligini xayotning o’zi tasdiqladi. Ustuvor sohalarning turri 
belgilanishi, nafaqat ilgari taqchil hisoblangan mahsulot turlarini keng ishlab 
chiqarishni 
yo’lga 
qo’yish, balki ijtimoiy ishlab chiqarish tarkibini 
takomillashtirish, butun iqtisodiyotni izchil rivojlantirish imkonini berdi. Keyingi 
yillarda 
mamlakatimizda 
sanoatning 
asosiy 
tarmoqlarini 
rivojlantirishni 
jadallashtirish, eksport saloxiyatini oshirish va chetdan keltiriladigan mahsulotlar 
urnini bosadigan mahsulot turlarini ishlab chiqarishni yo’lga qo’yish, bozorni xalq 
iste’moli va oziq-ovqat mahsulotlari bilan tuldirish, kommunikasiya va ishlab 
chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish, investision faoliyatii jadallashtirish, 
mamlakatning eksport imkoniyatlarini kengaytirish, tashqi iqtisodiy faoliyatni 
kuchaytirish kabi chora-tadbirlar ustuvor yo’nalishlar sifatida belgilandi. Bu esa, 
o’z navbatida, yalpi ichki mahsulot ishlab chiqarishni real ko’rsatkichlarda oshirish 
imkoniyatini yanada kengaytirishda muhim omil bo’ldi. 


44 
Islohotlardan bosh maqsad - ijtimoiy ishlab chiqarish samaradorligini muttasil 
oshirish asosida xalq farovonligini yuksaltirishdir. Ana shunday natijalar 
islohotlarga haqiqiy mazmun kasb etadi, quruq safsatabozlikdan asraydi. 
Shu urinda yana bir sifat ko’rsatkichga tuxtalmasdan utib bo’lmaydi. 
Mamlakatimizda sanoat mahsulotlari tarkibida tayyor mahsulot ulushi tobora 
oshmokda. Agar 1990 yilda sanoat ishlab chiqarishining umumiy hajmida tayyor 
mahsulotning ulushi 35 foizni tashkil etgan bo’lsa, hozir bu raqam 70 foizdan 
oshib ketdi. 
O’zbekistonda ishlab chiqarish, iqtisodiy o’sish uchun mustaxkam asos 
yaratilgani, 
iqtisodiyot 
tarkibi 
bozor 
munosabatlariga 
monand 
takomillashtirilayotgani, tayyor mahsulot ishlab chiqarish ulushining oshayotgani, 
kapital mablag’lar katta qismining moddiy ishlab chiqarish sohalarida 
o’zlashtirilayotgani, yangi texnika va texnologiya bilan jihozlangan sanoat 
obyektlarining ko’rib ishga tushirilayotgani bugungi jaxonda kechayotgan bahoonli 
sharoitda ham xalq farovonligini ta’minlashda hal qiluvchi ahamiyat kasb 
etmoqda. 
Tabiiyki, bunday yuksalishlarga, iqtisodiy o’sishga bir kunda, bir yilda erishib 
bo’lmasdi. Bunday marralarga faqat katta kat’iyat, tadrijiylik, izchillik va 
bosqisma-bosqichlik orqaligina erishish mumkin. 


45 

Yüklə 0,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin