O'zbekiston respublikasi


O’zbekistonda doimiy yashaydigan aholining yosh guruhi bo’yicha



Yüklə 0,71 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/16
tarix08.02.2023
ölçüsü0,71 Mb.
#83544
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
taraqqiyotning ozbek modeli va uning asosiy xususiyatlari

O’zbekistonda doimiy yashaydigan aholining yosh guruhi bo’yicha 
tarkibi (1.10.90 y.)
46 
Ming kishi 
Aholining umumiy 
soniga nisbatan foiz 
hisobida 
Barcha aholi 
20227,3 
100,0 
shu jumladan, 
0-14 yoshda 
8259,4 
40,8 
15-39 yoshda 
8232,7 
40,7 
40-60 yoshda 
2427,6 
12,0 
60 dan yuqori yoshda 
1307,6 
6,5 
Jadvaldan ko’rinib turibdiki, mamlakat aholisining 40 foizdan ziyodini 14 
yoshgacha bo’lgan fuqarolar tashkil etgan. Aholi tarkibidagi bu holat bozor 
munosabatlariga o’tish kuchli ijtimoiy siyosat bilan amalga oshirilishini taqozo 
etardi. 
O’zbekistonda bozor sharoitida ijtimoiy siyosat asosan ikki yo’nalishda 
amalga oshirildi: ijtimoiy himoya va ijtimoiy ta’minot. 
Ijtimoiy himoya bozor islohotlarini amalga oshirish davrida aholini ijtimoiy 
va moddiy muhofaza qilish va milliy xo’jalikda amal qiladigan iqtisodiy, huquqiy, 
ijtimoiy chora-tadbirlar majmui bo’lib, xususan, aholining yoshi, salomatligi, 
ijtimoiy xolati hamda xayot kechirishning zarur vositalariga ega bo’lmaganligi 
sababli yordamga muxtoj qatlamiga davlat va jamoat tashkilotlari va jamg’armalari 
tomonidan ko’rsatiladigan yordamdir. 
Ijtimoiy himoyaning asosiy maqsadi aholi turmush darajasini muttasil oshirib 
borish, kashshokdanishning oldini olish, aholi turli kaglamlari o’rtasidagi ta’lim 
olish, madaniyat va san’at yutuklaridan bahramand bo’lish, kasb malakasini 
oshirish va daromadlarni ta’minlashdagi tafovutlarni kamaytirish, inson 
tarakkiyotining uzluksizligini ta’minlashdan iborat. 
Ijtimoiy himoyaning asosiy shakllari erkin ijtimoiy-iqtisodiy faoliyatni 
ta’minlash, ish bilan bandlik, o’qish va ta’lim olish, daromadlarni kafolatlash
iste’molchilar huquqlarining himoyasi va iste’mol kafolatini ta’minlash, aholiga 
tibbiy xizmat ko’rsatish, aholining kam ta’minlangan qatlamlariga turli imtiyozlar 
va to’lovlar joriy etish kabilarni o’z ichiga oladi. 
Islohotlarning dastlabki yillarida ijtimoiy himoyaning huquqiy asoslari 
yaratilib, asosiy tamoyillari O’zbekiston Respublikasi Konstitusiyasida belgilab 
berildi. 
Yangi ish joylarini yaratish dasturlari, inflyasiyaning oldini olish chora-
tadbirlari, kichik va xususiy biznesning erkin faoliyati uchun yaratilayotgan shart-
sharoitlar, atrof-muhitni muhofaza qilish tadbirlari, Kadrlar tayyorlash milliy 
dasturining hayotga tatbiq etilishi, fuqarolar o’zini o’zi boshqarishning mahalla 
46
Н.Тўхлиев Тараққиѐтнинг ўзбек модели. Т.:2012. 147-бет 


36 
tizimini rivojlantirish, eng kam ish haqi miqdorining, davlat sektoridagi ishchi va 
xizmatchilar ish haqining oshirib borilishi ijtimoiy himoya tizimining tarkibiy 
qismlariga aylandi. 
Ijtimoiy himoya tizimi keyingi yillarda yanada takomillashtirilib, aholini yalpi 
ijtimoiy himoya qilish tizimidan uning manzilli va maqsadli tizimiga o’tildi. Bu 
tizimda mahallalar hal qiluvchi ahamiyat kasb etmoqda. Mahalla tizimi orqali kam 
ta’minlangan oilalar va ko’p bolali oilalar hisobidan yuz minglab oilalar moddiy 
yordam olmoqda. 
Mamlakatimizda ijtimoiy himoyaning milliy dastur darajasiga olib chiqilishi 
bu tizimning muayyan yo’nalishlariga har yili ustuvorlik berilishida ham ko’rinadi. 
Ayollar, bolalar, qariyalar, ko’p bolali oilalar, sog’lom va barkamol avlodni 
voyaga yetkazish maqsadlarida tegishli dasturlar amalga oshirilmoqda. 
O’zbekiston Respublikasi aholisini ijtimoiy himoya qilishning yangi 
konsepsiyasi ishlab chiqildi. Unda ijtimoiy himoya va ijtimoiy yordam, nafaqa 
ta’minoti, bolalarga nafaqa to’lash, yolg’iz keksalarga xizmat ko’rsatish. 
nogironlarni tibbiy anjomlar va dori-darmonlar bilan ta’minlash, ishsizlarni ishga 
joylashtirish va moddiy yordam ko’rsatish shaklida amalga oshirilishi nazarda 
tutilgan. 
O’zbekistonda ijtimoiy siyosatning muhim yo’nalishlaridan biri davlat 
tomonidan, xususan, byudjet mablag’lari hisobidan keksaygan, mehnatga 
layoqatsiz, boquvchisini yo’qotganlarga moddiy, tibbiy va ijtimoiy yordam 
ko’rsatishdan iboratdir. Bu davlat ijtimoiy ta’minoti tizimi bo’lib, o’z ichiga 
ijtimoiy-iqtisodiy chora-tadbirlarni qamrab oladi. 
Ijtimoiy ta’minot bevosita davlat va mahalliy byudjetlardan ajratiladigan 
mablag’lar, homiylar va boshqa manbalarning mablag’lari hisobidan amalga 
oshirilib, uning miqdori, tarkibi, yordam ko’rsatish tartibi va yo’nalishlari qonunan 
belgilangan, an’analarga asoslangan va xalqaro tajribada sinalgan tartib-qoidalarga 
ko’ra shakllantirilgan. 
Keksalik, nogironlik va boquvchisini yo’qotganlik bo’yicha nafaqalar hamda 
nogiron bolalarga, bolalikdan nogironlarga, ishlamagan yolg’iz nogironlar va 
keksalarga belgilangan ijtimoiy to’lovlar ijtimoiy ta’minotning asosiy shakllaridir. 
Qariya va nogironlarga ijtimoiy xizmatlar ko’rsatish. muxtojlarni tibbiy 
anjomlar bilan ta’minlash, nogironlarni o’qitish va ishga joylashtirish, sanatoriy va 
dam olish uylariga imtiyozli yo’llanmalar joriy etish, jamoat transportida yurish 
imtiyozlari berish, turarjoy, soliq va maishiy xizmatlarning imtiyozli shakllarini jo-
riy etish kabilar respublikamizda ijtimoiy ta’minotning keng tarqalgan shakllari 
hisoblanadi. 
Ijtimoiy ta’minotning huquqiy asoslari, muhim tamoyillari 1993 yilda qabul 
qilingan O’zbekiston Respublikasi ning «Fuqarolarning davlat pensiyasi ta’minoti 
to’g’risida»gi qonunida ifodalangan. Ushbu hujjatga ko’ra nafaqalar miqdori 
mehnat staji va ish haqiga uzviy bog’liq. Bugungi kunda 1,3 millionga yaqin 
pensioner va nogiron 18 turdagi imtiyozdan foydalanmokda. 


37 
Mustaqillik yillarida davlat ijtimoiy ta’minot turlari ortib borayotir. Bu, o’z 
navbatida, iqtisodiyotning jadal rivojlanishini va shunga muvofiq davlat byudjeti 
daromadlarini oshirib borilishini taqozo etadi. 
Ijtimoiy himoya va ijtimoiy ta’minot tizimini takomillashtirish va bu sohada 
davlat boshqaruvini oqilona tashkil etish maqsadida tashkiliy-ma’muriy islohotlar 
ham amalga oshirildi. Jumladan, islohotlarning dastlabki bosqichida qator nodavlat 
va notijorat ijtimoiy jamg’armalar tashkil etildi. 2001 yil Mehnat vazirligi va 
Ijtimoiy ta’minot vazirligi birlashtirilib, ularning nsgizida O’zbekiston 
Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi shakllantirildi. 
Joylarda davlatning ijtimoiy ta’minot siyosatini yuritishda Qoraqalpog’iston 
Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, viloyatlar va 
Toshkent shahar Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish boshqarmalari, tuman 
va shahar ijtimoiy ta’minot bo’limlari, «Muruvvat» va «Saxovat» uylari, Urush va 
mehnat faxriylari respublika pansionati, sanatoriylar, Nogironlarni tibbiy-ijtimoiy 
va kasb bo’yicha sog’lomlashtirish milliy markazi, tibbiy-ekspertiza komissiyalari. 
nogiron bolalar uchun kasb-hunar bilim yurtlari faoliyati yo’lga qo’yildi. 
O’zbekistonda aholini ijtimoiy himoyalashda davlat bilan bir qatorda bir 
qancha ijtimoiy jamg’arma va tashkilotlar ham samarali faoliyat olib bormoqda. 
Ijtimoiy jamg’armalar (fuqarolar yoki yuridik shaxslar tomonidan ixtiyoriy 
ravishda mulkiy ulush qo’shish orqali shakllantirilgan tashkilotlar bo’lib, ularning 
asosiy maqsadi xayriya, ijtimoiy, madaniy va ma’rifiy faoliyat yuritish orqali 
jamiyat ijtimoiy tarakdiyotiga hissa qo’shishdan iboratdir. Mamlakatimizda qonun 
doirasida faoliyat yuritayotgan, adliya vazirligidan ruyxatdan o’tgan ijtimoiy 
jamg’armalar soni ellikdan oshadi. Ijtimoiy jamg’armalar o’z faoliyatlari orqali 
ijtimoiy barqarorlikni va taraqqiyotni ta’minlashga samarali ta’sir ko’rsatadi. 
Ammo ijtimoiy himoyalash aholining kam ta’minlangan qatlamlari 
hisoblanadigan - bolalarni, nafaqadorlarni, nogironlarni, talaba va o’quvchilarni 
moddiy qo’llab-quvvatlashdangina iborat emas. Kuchli ijtimoiy siyosat mehnat 
bozori va bandliq aholi turmush darajasi, aholi daromadlari va harajatlarida ham 
o’z aksini topali. 
Ma’lumki. o’tish davrida ishsizlar sonining ortishi, ishchi kuchi tarmoq 
tarkibining o’zgarishi, ishchi kuchi eksportining kuchayishi, ishchi kuchidan 
foydalanish samaradorligining pasayishi, mehnat resurslaridan foydalanishda 
hududiy tafovutlarning ortishi, yashirin ishsizlikning ko’payishi kabi salbiy 
xolatlar paydo bo’ladi. Bu - tabiiy hol. Bunday holatlarning oldini olish yoki ularni 
yumshatish maqsadida O’zbekistonda mehnat bozorini rivojlantirish va uni 
boshqarishni takomillashtirish hamda samarali bandlik siyosatini amalga 
oshirishga alohida e’tibor qaratildi. Davlatning bandlikni ta’minlashga oid siyosati 
mehnat resurslaridan okilona foydalanish va ishsizlikning oldini olishga doyr izchil 
sa’y-harakatlarda ham o’z ifodasini topdi. Chunki bozor iqtisodiyoti sharoitida 
to’liq bandlik emas, balki samarali bandlikka erishish muhim ahamiyatga ega. 
Aytayliq iqtisodiy faol aholi tulik ish bilan ta’minlaydi. Lekin ular samarali yoki 
ijtimoiy foydali mehnat bilan shug’ullanmasa, bunday bandlik mehnat 
unumdorligini oshirishga olib kelmaydi va undan jamiyatga naf tegmaydi. 


38 
Samarali bandlikni ta’minlash va mehnat resurslaridan foydalanishning 
ahamiyati, ayniqsa modernizasiyalash, innovasion texnologiyalarga o’tish 
jarayonida ruyi-rost ko’zga tashlanadi. Bu, o’z navbatida, qo’l kuchiga asoslangan 
mehnatdan mexanizasiyalashgan va avtomatlashgan mehnatga o’tishni, ishlab 
chiqarish jarayonlarini intensivlashtirishni, iqtisodiy faol aholini korxonalar, 
tarmoqlar va xuludlar o’rtasida maqsadga muvofik qayta taksimlashni, ish bilan 
band aholi tarkibida malakali kadrlar ulushini oshirishni taqozo etadi. 
Aholini ijtimoiy himoyalashning bosh maqsadi mamlakat aholisining 
manfaatlarini muhofaza qilish, turmush darajasini oshirish, samarali mehnati uchun 
zarur sharoit yaratish, ijtimoiy barqarorlikni ta’minlashdan iborat. Bu maqsadga 
aholi 
daromadlarini 
uzluksiz 
oshirib 
borish 
va 
daromadlar 
tarkibini 
takomillashtirish orqali erishish mumkin. 
Misol uchun, aholi jon boshiga to’g’ri keladigan o’rtacha yalpi ichki mahsulot 
(xarid qobilyati pariteti bo’yicha) 1990 yilda 1328 AQSh dollarini tashkil etgan 
bo’lsa, 2010 yilda 3271 AQSh dollariga teng bo’ldi, ya’ni 2,5 barobar oshdi
47

I q t i sodiyotda band bo’lgan har bir kishiga to’g’ri keladigan yalpi ichki mahsulot 
hajmi ham sanoat tarmoqlarida band bo’lgan har bir xodimga to’g’ri keladigan 
yalpi sanoat mahsuloti miqdori ham ana shunday yuksalishda o’z ifodasini topdi. 
Natijada aholi jon boshiga to’g’ri keladigan o’rtacha daromadlar (harid 
qobilyati pariteti bo’yicha) 2010 yil oxiriga kelib 2016,8 AQSh dollarini tashkil 
etdi. O’tgan 20 yil ichida o’rtacha oylik ish haqi mikdori (AQSh dollari 
ekvivalentida) 2,7 barobar, o’rtacha pensiya hajmi esa 5,9 barobar oshdi. 
O’tgan 20 yil ichida aholi yalpi daromallari 8,6 barobar oshib, uning tarkibida 
yangi daromad turi - mulkdan, tadbirkorlik faoliyatidan keladigan daromadlar 
ulushi 10,6 foizdan 47,0 foizga ko’paydi. Aholi yalpi daromadlarida oylik ish 
haqining ulushi 30-32% darajasida barqaror saklanib turibdi. 
Shuning barobarida aholi jon boshiga to’g’ri keladigai pullik xizmatlar 
miqdori 1992 yilga nisbatan 2,2, maishiy xizmatlar 8.3, makana tovar aylanmasi 
4,3 barobar oshdi. 
Bu davr ichida aholi iste’moli tarkibida ham jiddiy o’zgarishlar sodir bo’ldi. 
1990-2010 yillarda aholi yalpi harajatlari tarkibida iste’mol, solikdar va boshqa 
tulovlarning hissasi kamaygan bo’lsa, pul omonatlari va jamg’armalari ulushi usdi. 
Jami iste’mol harajatlari ichida oziq-ovqat mahsulotlariga ketadigan harajatlar 
qariyb 10 punktga pasayib, nooziq-ovqat mahsulotlari va xizmatlar uchun tulovlar 
ulushi oshdi. Umuman olganda, bu progrsssiv tendensiya hisoblansada, biroq hali 
uni maqsadga muvofiq, deb bo’lmaydi. Hali yalpi harajatlar tarkibida iste’molga 
ketadigan harajatlar ulushi katta. Jami iste’mol harajatlari tarkibida oziq-ovqat 
mahsulotlariga sarflanadigan harajatlarning ulushi 50 foizga yakin. Shunga mos 
ravishda, uzoq muddat foydalaniladigan tovarlarga (televizor, muzlatkich, 
kompyuter, kir yuvish mashinasi. yengil avtomobil) va xizmatlarga (dam olish, 
sayoxatga chiqish) ketadigan harajatlar ulushi hali ancha past. 2010 yilda har 100 
47
Аҳолини ижтимоий ҳимоялашга оид рақамлар -Ўзбекистон Республикаси иқтисодий-ижтимоий 
тараққиѐтининг мустакиллик йилларидаги (1990-2010 йиллар) асосий тенденция ва кўрсаткичлари ҳамда 
2011-2015 йилларга мўлжалланган прогнозлари» Статистик тўплами буйича келтирилди. Т., 2011, 73-96-
бетлар.


39 
xonadonga 132 televizor, 99 muzlatkich, 18,5 kondisioner, 37 elektr changyutgich, 
12 kompyuter, 75 kir yuvish mashinasi, 27,1 avtomobil, 145 mobil aloqa vositalari 
to’g’ri keldi. 
O’tgan davr ichida aholi jon boshiga asosiy iste’mol mahsulotlari ni iste’mol 
qilish ham (non va non mahsulotlaridan tashqari) sezilarli darajada o’sdi. Go’sht va 
go’sht mahsulotlari iste’moli - 22,6, sut mahsulotlari - 30,3, tuxum - 42,3, sabzavot 
va poliz - 122,1, kartoshka - 55,2, usimlik yogi va boshqa moylar - 3,2, shakar - 
37,5 va meva, jumladan uzum 260 foiz oshdi. 
Shuni alohida ta’kidlash joizki, ijtimoiy yo’naltirilgan bozor iqtisodiyotiga 
o’tish kuchli ijtimoiy siyosatga asoslanadi. Xalqimiz bu yo’lni o’z yo’lboshchisi 
rahnamoligida mustaqillikning va bozor islohotlariga o’tib milliy iqtisodiyotni 
barpo etishning birinchi kunlaridan tanladi. Ijtimoiy yo’naltirilgan bozor 
iqtisodiyoti sifatila tan olingan nemis, shved modellari esa 3-4 asrlik evolyusion 
rivojlanish hamda sosial-demokratik kasaba uyushmalari va ishchilar harakatining 
qattiq ta’siri natijasida shakllangan edi. 

Yüklə 0,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin