O'zbekiston respublikasi



Yüklə 0,71 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/16
tarix08.02.2023
ölçüsü0,71 Mb.
#83544
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
taraqqiyotning ozbek modeli va uning asosiy xususiyatlari

 
XULOSA 
Ushbu malakaviy bitiruv ishi orqali xalqimiz mustaqillik yillarida erishgan 
barcha yutuq va muvaffaqiyatlar, avvalambor, davlatimiz rahbari Islom Karimov 
rahnamoligida mamlakatimiz iqtisodiyotini isloh etish, erkinlashtirish va 
modernizasiya qilish, uning tarkibiy tuzilishini diversifikasiya qilish borasida o’z 
vaqtida boshlangan, har tomonlama puxta o’ylangan, uzoq istiqbolga 
mo’ljallangan oqilona siyosatning hayotiy samaralaridir. 
Xalqimiz istiqlol yillarida erishgan yutuqlar va marralardan har qancha 
faxrlansak, 
yurtimizda 
mustahkam 
qaror 
topgan 
tinchlik-osoyishtalik, 
bunyodkorlik sharoiti uchun shukronalar aytsak, arziydi. Zero, o’tgan asrning 90-
yillarida sobiq sho’ro saltanatidan qolgan ayanchli meros - biryoqlama rivojlangan, 
faqat xom ashyo yetkazib berish-u, paxta yakkahokimligiga asoslangan 
iqtisodiyotimiz naqadar nochor ahvolga tushib qolganini, qashshoqlik va 
bedodlikdan xalqimizning sabr-kosasi to’lib, yurtimiz jar yokasiga, portlash 
holatiga yetib borganini aslo unutib bo’lmaydi. Ana shunday taraqqiyot yo’lining 
chekkasida qolgan mamlakatni, tushkunlik va qashshoqlik natijasidan kelajakdan 
umidini uzgan xalqni o’ta murakkab vaziyatdan izchil va barqaror rivojlanish 
yo’liga olib chiqishning o’zi bo’lgani yo’q albatta. 
Ana shunday murakkab va qaltis sharoitda yurtning boshiga, uzoq va yaqin 
tariximizda bo’lgani kabi, irodasi sust va jur’atsiz bir rahbar kelib qolganida 
nimalar bo’lishi mumkinligini tasavvur qilishning o’zi dahshatli. Unday holatda 
xalqning kuni, davlatning taqdiri qanday kechar edi? 
Toley baland xalq ekanmizki, Yaratgan peshonamizga uzoqni ko’ra biladigan, 
mard va jasoratli, buyuk ishlarga qodir Yo’lboshchini ato etdi! 
Mustaqil Vatanimiz o’zining qisqa, lekin mazmun-mohiyati, tarixiy vokealarga 
boyligi bilan asrlarga teng yangi tarixi davomida o’z vaqtida tanlangan, har 
tomonlama o’zini oqlagan, to’g’riligini hayotning o’zi isbotlagan, jahonda 
taraqqiyotning «o’zbek modeli» deb e’tirof etilgan hayotbaxsh rivojlanish yo’lidan 
o’zining buyuk kelajagi sari qatiyat bilan bormoqda. Bugun bu modelning o’ziga 
xos va o’ziga mos jihatlarini, berayotgan samaralari ko’plab mamlakatlarda 
o’rganilmoqda, xalqaro ekspertlar, olimlar va siyosatchilarda katta qiziqish 
uyg’otmoqda. Undan ko’plab davlatlar ibrat va andoza olmoqda. 
Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida xalqimiz tanlagan yo’l - 
iqtisodiyotning mafkuradan xoliligi, siyosatdan ustunligiga asoslangan pragmatik 
iqtisodiy siyosat, davlatning bosh islohatchilik vazifasini o’z zimmasiga olishi
jamiyat hayotida qonun ustuvorligini ta’minlash, kuchli ijtimoiy siyosat yuritish, 
islohotlarni bosqichma-bosqich amalga oshirishni ko’zda tutadigan mashhur besh 
tamoyil negizida ishlab chiqilgan taraqqiyotning «o’zbek modeli» samarasida 
milliy davlatchiligimizning mustahkam tamal toshi qo’yildi, mamlakatimiz izchil 
va barqaror rivojlanish yo’liga o’tdi. 


46 
Bu yo’lning hayotbaxsh samaralari - ozod va obod Vatanimizning go’zal va 
betakror qiyofasi, shahru qishloqlarimiz jamoli, xalkimiz farovonligida asrlar 
davomida namoyon bo’laveradi!
50

Yüklə 0,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin