O'zbekiston respublikasi


tashabbuskori va bosh islohotchisidir



Yüklə 0,71 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/16
tarix08.02.2023
ölçüsü0,71 Mb.
#83544
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   16
taraqqiyotning ozbek modeli va uning asosiy xususiyatlari

tashabbuskori va bosh islohotchisidir. 
O’zbekistonda bozor munosabatlariga o’tishda davlat bosh islohotchi, 
iqtisodiy qayta ko’rishlarning tashabbuskori sifatida maydonga chiqdi. 
«Bozor munosabatlariga o’tish davrida davlat bosh islohotchi bo’lishi. 
iqtisodiyot va mjtimoiy turmushning hamma sohalarini o’zgartirish rejalarini tuzib, 
uni izchillik bilan amalga oshirishi zarur»
32
, - deb ta’kidlaydi O’zbekistan 
Prezidenti Islom Karimov. 
Nima uchun bu o’ta mas’uliyatli tarixiy vazifa aynan davlatning zimmasiga 
yuklatildi? Chunki mustaqil milliy iqtisodiyotni barpo etish va ayni paytda bozor 
munosabatlariga o’tish boshlanganida mamlakatimizda davlatdan ko’ra qudratliroq 
kuch, tizim yo’q edi. Jamiyat barcha azolarining iqtisodiy imkoniyatlari deyarli bir 
xil, boshlang’ich darajada bo’lgan. Bozor islohotlarining takdirini, ayrim 
davlatlarda bo’lgani kabi, davlat korporasiyalari qo’liga topshirib qo’yib ham 
bo’lmasdi. 
Xorijda kuchli diaspora va sahiy homiylarimiz ham yo’q. Boz ustiga bozorga 
o’tishning «shok terapiyasidan» farqli o’laroq, bosqisma-bosqich amalga 
oshiriladigan ijtimoiy yo’naltirilgan modeli tanlandi. Bunday sharoitda aholining, 
ayniqsa uning kam ta’minlangan qismi manfaatlarini qayta taqsimlash mexanizmi 
orqali faqat davlatgina himoya qila olishi mumkin. Shu bois davlatning kuch-
qudratidan, boy imkoniyatlaridan foydalanmaslik keyinchalik to’g’rilab bo’lmas 
xatolarga olib kelishi tayin edi. Prezidentimiz tomonidan ushbu yo’l yagona va 
to’g’ri yo’l deb tanlandi. Davlat bizda azaldan qudratli kuch, boshqarish vositasi 
bo’lib kelgan. Islohotlardan oldin barcha mulk obyektlarining 90 foizdan 
ziyodrog’i davlat tasarrufida edi. Qayd etish lozimki, barcha mamlakatlarda 
iqtisodiyotning samarali faoliyat yuritishida davlat, uning muassasalari va tarkibiy 
tuzilmalarining o’rni bor. Buni hyech kim inkor etmaydi. Lekin bozor o’zini o’zi 
boshqara oladigan tizim, munosabatlar silsilasi. Bunday sharoitda davlatning 
iqtisodiyotga aralashuvi yoki iqtisodiyotning davlat tomonidan tartibga solinishi 
qanday nisbatda, darajada bo’lishi kerak? Buning aniq bir mezoni yoki ko’rsatkichi 
bormi? Bu - juda nozik masala. 
O’tgan asr davomida jahon iqtisodiyoti rivojlanishining turli bosqichlarida 
ba’zan bozor qonuniyatlari, ba’zan iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish 
usullari ustuvorlik qilib keldi. 1940-70 yillarda iqtisodiy jarayonlarыi boshqarish 
va tartibga solishda davlatning rolini kuchaytirish konsepsiyasi ustunlik qilgan 
bo’lsa, 1980-90-yillarda iqtisodiyotni bozor tomonidan tartibga solishning 
cheklanmagan imkoniyatlari konsepsiyasini ilgari suruvchi monetarizm va neo-
liberalizm nazariyalarining mavqyei oshdi. 

Yüklə 0,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin