O'zbekiston respublikasi



Yüklə 0,71 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/16
tarix08.02.2023
ölçüsü0,71 Mb.
#83544
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
taraqqiyotning ozbek modeli va uning asosiy xususiyatlari

xususiyatlari
XX asrning 90-yillari boshida O’zbekiston ijtimoiy - iqtisodiy taraqqiyotida 
mutlaqo yangi mazmun va mohiyatga ega tarixiy vaziyat yuzaga keldi. Bu, avvalo, 
Yurtboshimiz Islom Karimov rahnamoligida xalqimizning mustaqillikka erishgani 
bilan 
boqliqdir. 
Istiqlolimiz 
sharofati 
bilan 
iqtisodiyotimizga 
bozor 
munosabatlarini joriy etish, mavjud ijtimoiy-iqdisodiy, xalqaro masalalarni o’z 
milliy manfaatlarimizdan kelib chiqqan holda mustaqil hal etish imkoniyati 
yaratildi. Boshqacha aytganda, mamlakatimizda bozor iqtisodiyotiga o’tish 
jarayoni qadimiy milliy davlatchiligimizni qayta tiklash va milliy iqtisodiyotimizni 
shakllantirish bilan uyg’unlikda olib borildi. 
Ayni paytda, bozor munosabatlari xalqimiz va Vatanimiz uchun butunlay 
yangi tushunchalar emasdi. Osiyo va Yevropaning savdo yo’li - Buyuk ipak yo’li 
chorrahasida joylashgan o’zbek zamini asrlar osha Sharq va G’arb o’rtasida o’ziga 
xos ko’prik bo’lib keldi. O’zbekiston o’zining ana shu tarixiy va an’anaviy o’rnini 
egallashi uchun yurtimizda zamonaviy bozor munosabatlarini va aholi o’rtasida esa 
bozor madaniyatini shakllantirish lozim edi. Bu esa oson ish emasdi. Zero, 
kommunistik mafkura hukmronlik qilgan sovet zamonida - yetmish yil mobaynida 
xalqimiz haqiqiy bozor qadriyatlaridan butunlay uzoqlashtirilgan, odamlardagi 
bozor munosabatlariga xos tashabbuskorlik, izlanuvchanlik va tadbirkorlik 
so’ndirilgan, boqimandalik kayfiyati hukmronlik qilgan. 
To’g’ri, sosializm sharoitida ham «xufiyona iqtisodiyot», kooperativ faoliyat, 
kolxoz bozori singari bir qarashda bozorni eslatadigan yarim ochiq, yarim yashirin 
ko’rinishdagi unsurlar ham mavjud bo’lgan. Ammo, sosializm mazmun-
mohiyatiga ko’ra bozor iqtisodiyotiga butunlay zid, davlat mulkini eng ustuvor 
o’ringa qo’yar va xususiy mulkchilikning har qanday ko’rinishini inkor etardi. 
Shu bois mulk obyektlarini davlat tasarrufidan chiqarish, xususiylashtirish va 
monopollashuvdan qaytish mehanizmlari orqali raqobat muhitini yaratish, erkin 
tadbirkorlikka keng yo’l ochish, bozor infratuzilmasini rivojlantirish, talab va taklif 
asosida shakllanadigan narx mexanizmini joriy etish kabi bozor ustunlarini qaror 
toptirish, pirovardida aralash iqtisodiyotga erishish lozim edi. Chunki, shusiz ham 
chuqur inqiroz girdobiga tushib qolgan iqtisodiyotimizni sog’lomlashtirishning 



bozordan boshqa yo’li yuq, oldinda ulkan islohotlarni amalga oshirish vazifasi 
turardi. 
Shukrki, O’zbekistonimiz jahonning tabiiy resurslarga boy mamlakatlaridan. 
Yurtimizda turli xil oziq-ovqat mahsulotlarini yetishtirish uchun keng ekin 
maydonlari, yirik industrial baza, malakali kadrlar, qisqasi, jamiyat a’zolari 
extiyojlarini to’la qondirish uchun zarur barcha imkoniyatlar mavjud bo’lsa-da, 
eng ayanchlisi, ana shunday ulkan imkoniyatlarga qaramasdan, yurtimiz qashshoq 
mamlakatlar qatoriga tushib qolgan, jamiyatda eng zarur iste’mol mollarining ham 
keskin tanqisligi vujudga kelgan edi. Sababi eski tuzum davrida jamiyatdagi tabiiy 
muvozanat buzilgan — shaxsiy manfaat va mehnat natijalari o’rtasida bevosita 
uzviylik yo’q edi. Bu uzviylik esa har qanday jamiyatda taraqqiyotning lokomotivi 
vazifasini bajaradi, mavjud barcha resurslardan oqilona va samarali foydalanishga 
xizmat qiladi
6

Sobiq SSSRda ham bir qancha iqtisodiy islohotlar o’tkazilganini ta’kidlash 
lozim. 1953, 1965, 1979 yillarda o’tkazilgan xo’jalik yuritish mexanizmlarini 
takomillashtirish, moddiy manfaatdorlikni oshirishga qaratilgan islohotlar shular 
jumlasidandir. Lekin, iqtisodiy rivojlanishda burilish yasash maqsadida amalga 
oshirilgan bunday urinishlarning birortasi ham kutilgan samarani bermadi. Berishi 
ham mumkin emasdi. Chunki, islohotlarni amalga oshirishda shaxsiy manfaat va 
mehnat natijalari o’rtasidagi bevosita uzviylik hisobga olinmagan edi. Bu masala 
esa, ta’kidlanganidek, jamiyat poydevori hisoblanadigan mulk munosabatlarini 
qayta qurish bilan bog’liq. Mulk munosabatlarini o’zgartirish esa bevosita 
sosializmning taqdiri bilan bog’liq edi. Murt poydevor ustiga qurilgan binoni 
ta’mirlash bilan uning ko’rkamligini oshirish mumkin. Ammo uning 
mustahkamligi-yu samaradorligini oshirib bo’lmaydi. Shuro zamonidan katta shov-
shuv va dahmaza bilan boshlangan, biroq nihoyasiga yetmay, orayo’lda qolib 
ketgan iqtisodiy islohotlar ham xo’jalik yuritishning ayrim bo’g’inlarini 
takomillashtirishdan nariga o’ta olmadi, butun iqtisodiyotni jonlantirishga ojizlik 
qildi. Natijada, yana odatdagidek ma’muriy-buyruqbozlik tartibotiga zo’r berildi. 
Bu usul ishlab chiqaruvchi va iste’molchi o’rtasidagi aloqani ekstensiv omillardan 
keng foydalanish orqali naridan-beri ta’minlash imkonini berdi. Ammo tabiiy 
resurslarning ham chegarasi bor, imkoniyatlari cheklangan. Ulardan kelajak avlod 
manfaatlarini hisobga olmasdan, pala-partish foydalanish talay muammoalarni, 
jumladan, ekologik keskinlikni keltirib chiqardi. 
Ekstensiv omillarning borgan sari imkoniyatlari torayib ketaverishi, intensiv 
xo’jalik yuritish mexanizmining mavjud emasligi ertami-kech iqtisodiy tanqislik 
va tanglikni keltirib chiqarishi muqarrar edi. Shunday bo’ldi ham! Iqtisodiy tanglik 
XX asr 80-yillarining oxiriga kelib yanada keskin va halokatli tus oldi. Bu, avvalo, 
mahsulot ishlab chiqarishning butunlay pasayib ketishida, ishlab chiqarish 
quvvatlarining ish bilan ta’minlanmaganida, ishsizlik darajasining o’sishida, pul-
kredit va valyuta tizimining izdan chiqishida namoyon bo’ldi. Xususan, 1990 yilda 
sobiq ittifoq yalpi milliy mahsuloti 1989 yildagiga nisbatai 2 foiz, ishlab 
chiqarilgan milliy daromad hajmi 4 foiz, mehnat unumdorligi 3 foiz pasaydi. 
6
Н.Тўхлиев Тараққиѐтнинг ўзбек модели. Т.:2012.-7-9 бетлар. 



Tashki savdo aylanmasi 6,6 foiz qisqarib, tashqi savdoning salbiy saldosi 9,8 
millard rublga yetdi. Davlat qarzi esa bir yilda 150 millard rubl ko’payib, 550 
millard rubldan oshib ketdi
7

Surunkali inflyasiya hammaning tinkasini qurita boshladi. Natijada shusiz 
ham nochor axvolda kun kechirayotgan aholining daromadlari va turmush darajasi 
muttasil pasaya boshladi. Ishlab chiqarish ko’lami va hajmining tinimsiz 
qisqarishi, ayniqsa, O’zbekistondek keskin demografik sharoitda yashayotgan 
respublikalardagi aholi turmush darajasiga yanada og’irroq ta’sir ko’rsatdi. 
O’zbekiston aholi jon boshiga milliy daromad ishlab chiqarish, real daromadlar, 
ish haqi, mehnat unumdorligi ko’rsatkichlari bo’yicha sobiq shuro respublikalari 
orasida eng oxirgi o’rinlardan biriga tushib qolgan edi. 
Islom Karimov bu ayanchli vaziyat haqida shunday ta’kidlagan edi: 
"O’zbekiston kishi boshiga yalpi ijtimoiy mahsulot ishlab chiqarish bo’yicha 
mamlakatda 12-o’rinni egallab turibdi, aholi jon boshiga milliy daromad ishlab 
chiqarish bo’yicha esa ittifoqdagi o’rtacha darajadan ikki hissa past".
8
Bu davrda sanoatdagi mehnat unumdorligi jihatidan O’zbekiston o’rtacha 
ittifoq ko’rsatkichidan 40 foiz, qishloq xo’jaligidagi mehnat unumdorligi jihatidan 
esa ikki barobar orqada edi. Respublika aholi jon boshiga xalq iste’moli mollari 
ishlab chiqarish bo’yicha ittifoq darajasining 40 foizini tashkil etardi.
9
Boz ustiga iqtisodiyotning tarkibiy tuzilishi va uni tashkil etish shakllari 
zamon talablariga mutlaqo javob berolmasdi. Mamlakat xo’jaligining amal qilib 
kelgan tarkibi ekstensiv rivojlanish mahsuli bo’lgan bu tizim iqtisodiy zarurat 
emas, balki qat’iy markazlashgan ma’muriy va rejali boshqarishga asoslangan edi. 
Qat’iy reja asosiga qurilgan iqtisodiyot esa rivojlanishga qodir emasligi bugun 
ko’pchilikka ma’lum. Rejali iqtisodiyotning tanqislik, ishlab chiqarish 
monopolizmi kabi "surunkali kasalliklar" doimiy hamroxidir. Sobiq sho’rolar 
mamlakatida ijtimoiy ahamiyati kam bo’lgan, xalq ehtiyojlarini bevosita 
qondirishga emas, balki "planni to’ldirish" uchun mahsulot chiqariladigan sohalar, 
korxonalar behad ko’payib ketgan edi. 
Iqtisodiyotning tarkibiy tuzilishini xalq extiyojlari tomonga burmasdan turib 
tanqislikka barham berib bo’lmaydi. Ishlab chiqarish tarkibiga faol ta’sir 
ko’rsatadigan asosiy samarali mexanizm bu — bozordir. Chunki bozor 
sharoitidagina ijtimoiy ehtiyojlarga mos kelmaydigan sohalar o’z-o’zidan barham 
topadi. Davlat bozor tan olmagan, zarar keltirib ishlaydigan, norentabel soha va 
korxonalarni qo’llab-quvvatlamaydi. Xalq ehtiyojlariga xizmat qiladigan, 
xaridorgir, byudjet uchun mablag’ beradigan ishlab chiqarish turlari esa 
rag’batlantiriladi. 
Tanqislikni keltirib chiqaradigan shart-sharoitlardan yana biri ishlab 
chiqarishdagi yakka hukmronlikdir. Monopolizm iste’molchini tanlash huquqidan 
mahrum qiladigan va shu yo’l bilan bozorda yakka hukmronlik imkoniyatini 
7
Ислом Каримов, Ўзбекистон мустақилликка эришиш остонасида. - Т.: "Ўзбекистон". 2011. - 156-
бет. 
8
Ислом Каримов, Ўзбекистон мустақилликка эришиш остонасида. - Т.: "Ўзбекистон". 2011. - 167-
бет.
9
Ўша аср, 167- бет 



qo’lga kiritadigan kuchdir. 
Odatda, tanqislik qondirilmagan talab sifatida vaqti-vaqti bilan har qanday 
bozorda vujudga kelishi mumkin. Bu hodisaga barham berish yangi xaridorgir 
mollarning paydo bo’lishi bilan bog’liq ayrim mollarning miqdori dastlab kamroq 
bo’lganligi tufayli, ularga xarid talabi ma’lum vaqtgacha to’la qondirilmasligi 
mumkin. Bunday sharoitda uo’sha tovarni ishlab chiqaruvchi boshqa shunday 
tovar ishlab chiqaruvchi paydo bulgunicha bozorda monopol huquqqa ega bo’lib 
turadi. Bu imkoniyatdan foydalanib, u vaqtincha monopol foyda oladi. Foyda esa, 
buyuk iqtisodchilar ta’kidlaganidek, shunday qudratli va jozibali xoxish-istakki, 
xaridorgir tovar ishlab chiqarish yo’li bilan uni qo’lga kiritishni xohlovchi 
raqobatchilarni ertami-kechmi, albatta, o’ziga jalb qilmasdan qolmaydi. Natijada, 
raqobatchi mahsulot turining paydo bo’lishi bilan dastlab yangi mahsulot ishlab 
chiqargan korxonaning yakka hukmronlik mavqyei barham topadi. Bundan esa 
bozor, iste’molchi yutadi. Sog’lom iqtisodiyotda antimonopol, antitrest qonunlari, 
soliqlar, imtiyozlar (masalan, kredit olish) orqali doimo monopolizmning qarshiligi 
sindirilib, tovar ishlab chiqaruvchilar rag’batlantirilib turiladi. 
Sosializm xo’jalik yuritish sohasidagi o’zining dastlabki qadamlaridan 
iqtisodiyotni qat’iy markazlashgan rejali asosda tashkil etish yo’li bilan amalda 
yakkahokimlikni qonunlashtirdi. Xususiy 
mulk umumlashtirilib, yagona 
"umumxalk‖ boshqacha aytganda, davlat mulkiga aylantirilishi shuni taqozo etardi. 
Natijada, monopolizm surunkali hodisaga aylanib, har kuni, har soatda takror 
ishlab chiqariladigan bo’ldi. Chunki davlat bozordagi real ahvolni o’zida aks 
ettirmaydigan, oldindan belgilab qo’yiladigan tovar turlari va ularning narxlarini 
qo’llab-quvvatlardi. Shu yo’l bilan doimo talabning taklifdan ustunligi, ya’ni 
taqchillik ta’minlab kelindi. Amalda deyarli barcha korxonalar doimiy 
monopolistlarga aylanib, bozor va iste’molchiga o’z shartlarini qat’iy o’tkazish 
imkoniyatiga ega edi
10

Ishlab chiqarishni yiriklashtirish va ixtisoslashtirish, ijtimoiy mehnat 
taqsimotini chuqurlashtirish ayrim tarmoq va korxonalarning yakkahokimligini 
yanada kuchaytirdi. Yiriklashuv, markazlashuv va ixtisoslashuv iqtisodiy 
qonuniyat darajasiga ko’tarildi. Xo’jaliklararo kooperasiyalash va agrosanoat 
integrasiyasi negizida qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishini yanada yiriklashtirish 
hamda ixtisoslashtirish tug’risida maxsus qarorlar qabul qilindi. Yiriklashtirish va 
ixtisoslashtirish iqtisodiyotning barcha tarmoqlariga, moddiy va nomoddiy 
sohalarga, hatto ijtimoiy-madaniy jabhalarga ham keng singdirildi. Bu mash’um 
tajriba shunga olib keldiki, butun mamlakat bo’yicha ko’pchilik sanoat mhsulotlari 
turlarini bir-ikki korxona yetkazib beradigan bo’ldi
11
. O’tgan asrning 80-yillari 
oxiriga kelib, O’zbekistonda 100 nafargacha ishchisi bo’lgan sanoat 
korxonalarining umumiy soni to’rt yuzdan oshmagani bunga misoldir. Hamma 
joyda gigantomaniya vasvasasi avj oldi. Yagona partiya, yagona mafkura, yagona 
korxona, yagona tovar va yagona xalq!
12
10
Н.Тўхлиев Тараққиѐтнинг ўзбек модели. Т.:2012. 10-11 бетлар. 
11
Ислом Каримов, Ўзбекистон мустақилликка эришиш остонасида. - Т.: "Ўзбекистон". 2011. - 
169-бет. 
12
Н.Тўхлиев Тараққиѐтнинг ўзбек модели. Т.:2012.-12-14 бетлар. 



Shunday qilib, bir tomondan, monopolizm tanqislikning kelib chiqishi uchun 
sharoit yaratadi. Ikkinchi tomondan, ana shu tanqislikning o’zi monopolizmning 
keng tomir otishiga xizmat qiladi. Boshqacha aytganda, ularning har ikkisi bir-biri 
bilan o’ta bog’liq hodisalardir. 
Sog’lom iqtisodiyotda monopoliyalar qattiq raqobat asosida paydo bo’ladi, 
raqobatdan o’sib chiqadi. Shuning uchun ular ilg’or, yuqori samaradorlikka va kam 
mehnat xarajatlariga, zamonaviy texnika va texnologiyalarga ega bo’lishga 
intiladilar. Raqobatdan xoli, iqtisodiy jihatdan o’zini oqlamaydigan, sun’iy, 
yuqoridan turib boshqariladigan korxonalar esa, odatda, texnik va iqtisodiy 
jihatdan qoloq bo’lsa ham, monopolistga aylanishi mumkin. Monopolizm 
sharoitida iste’molchi ishlab chiqaruvchining oldida hamisha ta’zimda bo’ladi. 
Chunki, tanqis tovarni topganiga shukr qiladi, boriga baraka, deb kun ko’radi. 
Monopolizm iste’molchini nafaqat mol egasiga iqtisodiy qaram qilib qo’yadi, balki 
uning muayyan haq-huquqlarini ham buzadi. Monopolizm sharoitida ishlab 
chiqaruvchi (sotuvchi) qirol bo’lsa, raqobat sharoitida iste’molchi ana shunday 
mavqyega erishadi
13

Monopolizm ham, tanqislik ham jamiyatda mas’uliyatsizlik, iste’molchining 
talab-extiyojlarini mensimaslik muhhitini yuzaga keltiradi. Natijada savdo 
do’konlarini sifatsiz, behad qimmat va kam sonli tovarlar egallaydi. Sanoat reja 
ko’rsatkichlarini ortig’i bilan bajaradi, iste’molchi esa ishlab chiqarilgan 
mahsulotlardan qoniqmay qolaveradi. Masalan, 1980-89 yillarda sobiq ittifoqda 
yalpi ijtimoiy mahsulot ishlab chiqarish 32 foiz, sanoat mahsuloti — 46, shu 
jumladan xalq iste’moli mahsulotlari 74 foiz oshgan edi. Aholi sonining o’sishi esa 
bu yillarda 26 foizni tashkil etdi. Ko’riiib turibdiki, ishlab chiqarish sur’atlari, 
aholining o’sish sur’atlaridan ancha yuqori. Ammo ahali turmush darajasida keskin 
o’zgarish yuz bergani yo’q. 
Bunday sharoitda pul o’zining qiymatini yo’kotib, keskin qadrsizlanishi 
tabiiy. Qo’lga kiritilgan puldan qanday foydalanish muammosi ham paydo bo’ladi. 
Korxona endi o’zining mahsulotini sotishga emas, balki o’ziga kerakli boshqa bir 
mahsulot turiga ayirboshlash — barterga intiladi. Bunday ayirboshlash 
harakatlarida taqchil mahsulotlar umumiy muqobil vazifasini o’tay boshlaydi. 
Shunday qilib, o’z-o’zidan barterga, ya’ni tug’ridan-tug’ri valyutasiz tovar 
ayirboshlashga yo’l ochiladi. Iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy voqyealarning bunday 
tadrijiy rivoji bozor iqtisodiyotiga o’tishni muqarrar qilib qo’ydi. 
Lekin o’sha o’ta murakkab sharoitda bu borada bir-birini amalda inkor 
etadigan har xil nuqtai nazarlar mavjud bo’lgani ham sir emas. Birinchisi — 
iqtisodiyotimizni bozor munosabatlariga o’tish halokatdan qutqaradi, deb 
hisoblaydigan uzoqni ko’zlab, oqilona g’oyalar ilgari, surilgan realistik qarash. 
Ikkinchisi - avval ma’muriy yo’llar orqali iqtisodiy va moliyaviy tushkunlikka 
barham berib, undan keyin bozorga o’tish kerak, degan qarash. Bunda ikkinchi 
13
Ўзбекистон Республикаси Президенти И.А.Каримовнинг ―Мамлакатимизни модернизация қилиш ва 
кучли фуқаролик жамияти барпо этиш – устувор мақсадимиздир‖ ҳамда ―Асосий вазифамиз – Ватанимиз 
тараққиѐти ва халқимиз фаровонлигини янада юксалтиришдир‖ номли маърузаларини ўрганиш бўйича 
ўқув-услубий мажмуа. – Тошкент: Иқтисодиѐт. - 2010.14-бет.


10 
guruh vakillari o’z qarashlaridagi ziddiyatni anglab yetmagani qiziq agar ma’muriy 
yo’llar bilan iqtisodiyotdagi surunkali xastalikni, moliyaviy boshboshdoqlikni, 
xo’jasizlikni bartaraf etish mumkin bo’lsa, unda bozorga o’tishning nima zarurati 
bor? 
To’g’ri, bozor iqtisodiyotiga, Yurtboshimiz ko’p bor ta’kidlaganidek, bir 
kunda va bir zarb bilan o’tish aslo mumkin emas. Sababi - O’zbekistonda bozor 
munosabatlariga o’tishning iqtisodiy asoslari juda zaif edi. Buning ustiga 
iqtisodiyotimiz xom ashyoga yo’naltirilgan va asosiy ishlab chiqarish fondlari 
g’oyat eskirgan. O’zbekiston sobiq ittifoq davrida amalda arzon mineral hamda 
qishloq xo’jaligi xom ashyosini yetkazib beruvchiga aylanib qolgan. Bu 
mustamlakachilik amaliyoti chor Rossiyasining O’rta Osiyoni bosib olganidan 
keyin boshlangan, sho’rolar davrida esa u ixtisoslashuv, mehnat taqsimoti vajlari 
bilan yanada chuqurlashtirilgan va mustahkamlangan edi. 
Respublika nafaqat jihozlar, texnologiyalar va juda ko’p turdagi xom ashyo 
mahsulotlarini, balki birinchi darajali ahamiyatga ega oziq-ovqat mahsulotlari — 
g’alla, go’sht, shakar, tuz, qandolatchilik mahsulotlari va boshqalarni, shuningdek, 
yurtimizda ishlab chiqarish mumkin bo’lgan juda keng doiradagi xalq iste’moli 
mollarini ham tashqaridan keltirishga majbur bo’lgan. Deyarli barcha tarmoqlarda 
tugallanmagan siklga ega ishlab chiqarish yo’lga qo’yilgani sababli ular atayin 
xom ashyoni qazib olish va dastlabki ishlov berish, yarim fabrikalar tayyorlash 
bosqichida tuxtab qolar edi. 
Oddiy xalq ommasida agar ishlab chiqarish vositalarining asosiy qismi davlat 
tasarrufidan 
chiqariladigan 
va 
xususiylashtiriladigan 
bo’lsa,
bundan birinchi navbatda, sho’ro zamonidan qolgan xufiyona iqtisodiyot 
korchalonlari yutadi, o’zining «o’lik kapitalini» ishga solib yuboradi, degan 
hadiksirashlar ham mavjud bo’lgan.
Albatta, hyech bir yangilikni hamma ham quchoq ochib kutib olmaydi. 
Tuzumni, 
iqtisodiy-ijtimoiy 
munosabatlarni 
butunlay 
yangicha 
asosda 
shakllantirishni taqozo qiladigan bozor iqtisodiyotini ham o’z tarafdorlari-yu, unga 
shubha bilan qaraydiganlari ham bo’lishi tabiiy. Ko’p jihatdan tavakkalchilikka 
asoslangan bozor sharoitida o’z biznesi sinishidan, raqobat kurashida 
mag’lubiyatga uchrashidan hyech kim kafolatlanmaydi.
Bunday munosabatlarni chuqur tadkiq etganlarning fikricha, kapital 
jamg’arilishining tarixiy tendensiyasi, ya’ni mayda mulklarning kimlardir 
tomonidan g’oyat yiriklashtirilishi, keng xalq ommasining yeri, tirikchilik 
vositalari mehnat qurollarining ekspropriasiya kilinishi kapitalizm tarixining 
muqaddimasidir. Bevosita ishlab chiqaruvchilarning ekspropriasiya qilinishi ko’p 
mamlakatlarda katta yo’qotishlar, o’pirilishlar, ayniqsa, aholi kam ta’minlangan 
tabaqalarini haq-huqulari hisobga olinmasdan amalga oshirildi.
14
Davlatimiz rahbari Islom Karimov uzoqni ko’zlab, oqilona yuritayotgan 
siyosati samarasida O’zbekistonda bozor iqtisodiyotiga o’tishda bunday katta 
yo’qotish va talotumlardan chetlab o’tildi. Ijtimoiy adolatsizlikka, aholining keskin 
tabaqalanishiga yo’l qo’yilmadi. Bozor iqtisodiyotiga o’tishning evolyusion, 
14
Каримов И.А. Ўзбекистон – бозор муносабатларига ўтишнинг ўзига хос йўли– Т.: Ўзбекистон, 1993. 96-,tn 


11 
bosqichma-bosqich yo’li tanlandi. Bu borada ijtimoiy adolatni ta’minlashda 
davlatning islohotchilik roli katta ahamiyatga ega bo’ldi. Prezidentimiz Islom 
Karimov o’zining iqtisodiy siyosatga bag’ishlangan asarlarida bozor 
iqtisodiyotining shakl-shamoyillari, unga o’tishning zarurati, shart-sharoitlari va 
omillarini puxta asoslab berdi. «Biz mustaqillikning ilk kunlaridan boshlab, - deb 
yozadi davlatimiz rahbari, - o’z umrini o’tab bo’lgan eski mustabid sovet 
tuzumidan voz kechib, jahon tajribasini har tomonlama puxta o’rganish, 
umuminsoniy qadriyatlarni chuqur anglash, milliy urf-odat va an’analarimizni 
asrab avaylash va yanada mustaxkamlash asosida ijtimoiy yo’naltirilgan bozor 
iqtisodiyotiga asoslangan ochiq demokratik davlat barpo etishga azmu qaror 
qildik».
15
Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish, raqobat muhitini 
yaratish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish bozor 
munosabatlarini qaror toptirishning asosiy shart va yunalishlarini tashkil etdi. 
O’tgan davr ichida iqtisodiyotga oid qabul qilingan qonunlar. Prezident farmonlari 
va qarorlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlarining asosiy qismi ana shu uch 
yo’nalishni rivojlantirishga qaratilganini alohida ta’kidlash darkor. Bu yillarda 
minglab davlat korxonalari xususiylashtirildi, aksiyadorlik jamiyatlari yoki 
mulkchilikning boshqa nodavlat korxonalari sifatida qayta tashkil etildi. Natijada 
nodavlat sektorining ulushi 1995 yilga kelib yalpi ichki mahsulot ishlab 
chiqarishda 58,4 foizni tashkil etdi. 2010 yilda esa bu ko’rsatkich 81,7 foizga 
yetdi.16 Ular xo’jalik birlashmalari, qo’shma korxonalar, xususiy fermer 
xo’jaliklari, aholi xususiy mulkining boshqa obyektlari sifatida faoliyat yurita 
boshladi. 
Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish, kichik biznesni 
rivojlantirish samarasida O’zbekistonda yangi ijtimoiy qatlam mulkdorlar paydo 
bo’ldi. Qimmatli qog’ozlar va kuchmaye mulk bozori kabi yangi bozorlar paydo 
bo’ldi
17

O’zbekistonda 2000 yilda bozor munosabatlariga xos institusional qayta 
qurishning tugallanishi bilan o’tish davri nihoyasiga yetdi va aralash iqtisodiyot 
asosan shakllanib, uning yanada jadalroq rivojlanish bosqichi boshlandi. 

Yüklə 0,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin